
LEGAL MIND
Huquq, kontent, layfstayl!
😎
— Qo‘lida portfeli bor bir qonunshunos qo‘lida avtomati bor yuz nodonga nisbatan ko‘proq narsani o‘marib ketadi!
Bitta farzandni to'qqiz oy qorinda ko'tarib yurib, o'lim ostonasida uni dunyoga keltirgandan keyin kechalari uxlamay qornini to'ydirib katta qilish qanchalik qiyin ish. Uni ne ne umidlar ila ulg'aytirib oilali qilganingdan keyin qarabsanki, senga yordam va qarov zarur bo'lgan, kuchdan qolgan, non yeganda lablaring titrab ovqatingni ham to'kib yuboradigan bo'lganingda seni bitta yalmog'izning qo'liga topshirishadi. Men bitta izoh bermoqchiman: har doim hozirgidek yosh va chiroyli bo'lmaymiz, biz ham qariymiz, ko'rimsizgina keksalik "men ham edim sendek, sen ham bo'lasan mendek" deya kutib turibdi.
P/s:
uylanishda to'g'ri tanlov qilishdan adashtirmasin))
@legal_mind
PSJ va Sevilyadan uchralgan alamli mag'lubiyatlarning javobini El-Klassikoda Real Madrid beradi deb tuni bilan siqilib chiqqan barsachilardan boshqa barchaga xayrli kun!
@legal_mind
To'g'risini aytsam, video ko'rib yotgan joyimda divanim nimaga o'ngdan chapga yengil borib kelyapti deb o'zimni mast bo'lib qolgan odamdek his qilgandim. Mana yarim soat o'tib telegramga kirib bilyapmanki, ichmaganman shunchaki yer qimirlagan ekan. Epitsentr Qirg'izistonda bo'lgani uchun Namanganda qattiqroq silkinish yuz beribdi.
Yakshanbani maksimal oshna-og'aynilar bilan o'tkazib, ertaga dushanbaligini o'ylab siqilib uyga qaytgandan keyin telegramga kirsam, shu xabarga ko'zim tushdi. To'g'ri, birovning ustidan kulish yaxshimas:
1. Arab tilini o'rganish uchun uylarga bormang.
2. Telefoningizda nashida, ma'ruzalar saqlamang.
3. Boshqalarga diniy audio, ma'ruza va hokazolarni ulashmang.
4. Har xil platformalardagi diniy kontentlarga layk bosmang.
5. Yurituvchi shaxsi noma'lum bo'lgan diniy mazmundagi sahifalarni kuzatmang.
@legal_mind
O'zingizga eng yoqqan TOP uchta serial/kino reytingini yozing-chi))
Masalan, meniki:
1. Taxtlar o'yini
2. Qog'oz bino
3. Iqror
Salom!
Kanalda ayni vaqtda Toshkentda bo’lgan frontend, backend developer, mobile dev’lar bormi?
Legal tech start up bo’yicha jamoa qilayotgandik, agar sizda qiziqish bo’sa manga yozib yuboring
@turaev_j
Agar advokat bo'lmoqchi bo'lsangiz, oldin tergov va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda hech bo'lmasa amaliyot qiling. Lozim topsangiz ishlab ko'ring, qoling, tajriba yig'ing. Shundan so'ng, soqqani bosish uchun xususiy sektorga chiqib ketsangiz zo'r bo'ladi.
Dehqoncha tushuntirish uchun aytaman: masalan Abduqodir Husanov hozir Angliyada bizning arab klublaridagi legionerlarimizdan kam maoshga futbol o'ynaydi. Chunki unga karyera, nomini tanitish, obro' olish muhim hozir.
Shu Husanov o'n yilcha Yevropaning top klublarida yutuqlarga erishib, tanilsa, brendini qurib Osiyoga qaytib kelganidan so'ng arab klublarining millionlari uchun futbol o'ynasa bo'laveradi. Chunki u futbolni eng yuqoridan ko'rgan, ichidan his qilgan.
Siz yurist sifatida qaysi xususiy sohada ishlamang, baribir, davlat organlari bilan to'qnashasiz, ishingiz doimiy davlat organlari bilan chambarchas bog'liq. Kuchli advokat avval tizimni ichkaridan ko'rishi, o'zi shu tizimga aylana olishi kerak deb hisoblayman.
Bu fikrlar mutlaqo menga tegishli, fikrlarimga qo'shilmaslik huquqingiz bor. Meni fikrlarim sizniki bilan mos kelmasligi, bu ikkimizdan birimiz xato qilyapmiz degani emas. Har bir fikr yashashi kerak.
Кароче
70-75, surqaaash, O'zbekiston o'g'loni))
😇
@legal_mind