Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Mille.uz 📖

mille_uz

📖
Kitobxo'r Mille ning shaxsiy sahifasi.
— Soham bo’yicha Stomatologman.
— Kitoblarga qiziqqanim bois bu kanalni yuritaman.
— Bu kanalda kitoblardan iqtiboslar, kitoblarga yozilgan taqrizlarni topasiz va birgalikda mutolaa qilamiz!
Murojaat:
@mille_me

Subscribers
50 900
Post views
3 573
ER
5,93%
Posts
5 357
September 04, 19:35

Mille.uz
📖
pinned «
#mutolaamdan “Bu odam dunyoga kelib nima ko’rdiykin? Aqlini tanigandan buyon ishlagan, bola-chaqa qilgan, ularni boqaman deb, tinim bilmagan. Mana, endi ketdi. Hammasi tamom bo’ldi. Hozirgina u bor edi. Endi yo’q. Hammasi bir kiprik qoqqulik fursatda o’tib…
»

September 04, 19:08

#Biz
kitob o'qimaydiganlardan emasmiz
Kitobxonlik haqida gap ketganda o'zbek xalqining kichkinasidan tortib kattasigacha kitob o'qimaydi deb ayblashga qaratilgan etirozli fikrlar talaygina, shunday kishilarga qarata aytgan boʻlardik. Bugun kitob o'qib Otasiga Elektromobil olib berayotgan yoshlar koʻpayotganligini ko'rmayapsizmi? Yana yoshlar orasidan ajralib chiqqan bir guruh toifa ziyolilar bor ular o'qigan kitoblari haqida sevinib aytib berayotganligini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatmayapsizmi? Muammo qayerda bilasizmi? Muammo bu o'tgan kunlar romanidan o'qishga boshqa kitob tavsiya qila olmaydigan kishilarda axir bu roman yozilganiga ham yuz yildan oshdi-ku. O'tgan kunlardek asarlarini yozadigan qodiriylarni yetishtiradigan tizim yaratolmagan kishilar ayb kimda deb o'ylaysiz? axir o'sha qodiriylar orzu qilgan tinchlik va hurriyat bugun shundoqgina oyoqlarimiz ostidaku. Hali minbarlarga hali televideniyaga chiqib olib yoshlar bugun kitob o'qimay qoʻydi degan rasmiylar avvalo o'zingiz bir kitob o'qishni qoyillatib qo'ying. Axir shaxsiy ibrat 1000 turli targ'ibotdan avzal-ku yana ora orada sukong'ich rahbarlarni uchratib turamiz. Ana shunday kishilarni kitob bilan davolashga nima deysiz? Ko'ryapsizmi? Kitob o'qishni qayerdan kimlardan boshlash kerak grafigiga qarasangiz, nafas olishga vaqti bo'lmagan Prezident boburnomani o'qiganligini aytib berdi. Ana shu inson mutolaaga vaqt topganda amaldorlar nahotki falon kitobni o'qidim? Foydasini falon islohotlarni amalga oshirishda qo'lladim, mazmuni mana bunday deyishga erinsa. Axir har bir tashkilotda matbuot xizmati borku bilasizmi erinish bu qilingan ishni ko'rsatmaslikka nisbatan ishlatiladi. A qilinmagan ishga erinish so'zini ishlatish ham ortiqcha to'g'rimi? Yoshlar kitob o'qimaydi deganlar chorsuga tushib kitob do'konlari yana asaxiy books, ibookga boring. U yerda kitob xarid qilayotganlarni aksariyati yoshlar ekanligini ko'rasiz. Ana endi kitob o'qimaydi deb yoshlarga osilish o'rniga anavi bir-birini g'iybat qilishdan narigi o'tmayotgan vaqtini karta va narda o'ynash bilan isrof qilayotgan o‘rta va yuqori yoshlilarga osiling. Hamma gap ana shularda bu xalq dono xalq Maqollari ham dono "Qush uyasida ko'rganini qiladi", yana "Ekkaningni o'rasan" deyishadi. Nima ekanligini tushunayapsizmi? Bugun pul topib aql topmaganlar yana oltinga teng vaqtini isrof qilayotgan kishilar tufayli kutubxonalardan ko'ra choyxona restoranlar gavjumga aylandi. Axir birgun o'tirishga sarflanadigan pulga qancha kitob olsa bo'ladi? Hech shuni o'ylab ko'rganmisiz? Xullas bugungi yoshlar kitob o'qimaydi emas bugungi yoshlar o'qishiga arziydigan kitoblar yoʻq. Siz bir Javlon Jovliyevga o'xshab yuz mingdan ortiq nashr etilgan "Qo'rqma" kabi roman yozing. Keyin kitob o'qimayabdi deb ayblayversangiz yarashaveradi.

Asadbek Zoirov
@Uygonish_loyihasii

September 04, 18:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kanalga yoza olmayapman, sababi telefonim va uni 1 deganda to’lib qoladigan xotirasi
😒

August 30, 13:34
Media unavailable
2
Show in Telegram

August 30, 09:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

#mutolaamdan
“Bu odam dunyoga kelib nima ko’rdiykin? Aqlini tanigandan buyon ishlagan, bola-chaqa qilgan, ularni boqaman deb, tinim bilmagan. Mana, endi ketdi. Hammasi tamom bo’ldi. Hozirgina u bor edi. Endi yo’q. Hammasi bir kiprik qoqqulik fursatda o’tib ketdi. Tug’ilishi-yu esini tanishi, quvonch-tashvishlari-yu o’limi… Qiziq, odamning umri shuncha qisqa-yu, tipirchilashi olamni tutadi. Go’yo dunyoga ustun bo’ladigandek…”
🌷
Mille.uz

August 29, 18:58

E’LON
Bir ajoyib sevgi qidirilmoqda,
Belgilari: ma’yus, sero‘ychan yuzi.
Kulgulari go‘zal, kulmaydi soxta,
Pomir tog‘lariga cho‘zilgan izi.
Yo‘qolgan sanasi: ul sanam ketib,
Qaytish yo‘llarini unutgan oqshom.
Bo‘yi osmonlarga qolganda yetib,
Yerga bir qulagan xayol parishon.
Katta chandig‘i bor yurak qismida,
Yonida yuradi buyuk nafrati.
Ko‘ring, tag‘in demang, Layli rasmi-da,
Bu o‘sha yo‘qolgan sevgi suvrati.
Tishlari sadafdan, lablari g‘uncha,
Demasmiz, u oddiy, biroq buyukroq.
Ko‘rganlar deyishar, uni ko‘rguncha
Qalb tuyg‘u bilmasdi laziz, suyukroq.
Bu e’lonni yoying hamma tarafga,
Ul ishqning ta’rifi: ko‘p bo‘lmasligi.
Uning muhimligi topilishimas,
Balkim... hech qachonlar topilmasligi!
✍️
Xayrulla Hamidov
@mille_uz
— kitob o’qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

August 29, 16:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

August 29, 16:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

August 29, 16:15
Media unavailable
1
Show in Telegram

August 29, 12:31
Media unavailable
1
Show in Telegram