
Muborak tuman sport yangiliklari | Rasmiy kanal
Muborak tuman sport yangiliklari
Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
#sport_sinovlari
Joriy yilning 23-24 oktabr kunlari Muborak tuman sport maktabida 30 yoshdan yuqori bo'lgan aholidan  “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari qabul qilinadi
Sport sinovlarini topshiruvchilar
my.sport.uz
platformasidan
ro'yxatdan o'tgan holda sport sinovlarini topshiradilar.
Sport sinovlarini topshirish jarayonida elektron ro'yxatdan o'tgan ishtirokchilar
ID-raqami bo'yicha platformada baholanadi
va natijasiga ko'ra
shaxsiy kabinetiga elektron sertifikatlar yuboriladi.
@mubsportuz
🥋
Maʼhorat darsi: tajriba, ruh va g‘alabaga ishonch!
Qashqadaryo viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i
Vahob Ro‘ziyev
Qarshi shahar Kurash mahorat maktabining dzyudo bo‘limi tarbiyalanuvchilari uchun amaliy master class mashg‘ulotini o‘tkazdi.
Ustoz dars davomida yosh dzyudochilarga texnik va taktik usullarni mukammal qo‘llash, jangovar ruhni saqlab qolish, hamda sportda yuksak natijalarga erishish yo‘lida intilish haqida muhim tavsiyalar berdi.
Mazkur mahorat darsi yosh sportchilarda yangi bilim, ishonch va g‘alabaga bo‘lgan motivatsiyani yanada mustahkamladi.
💪
T
elegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
🏐
SPORTNING VOLEYBOL TURI BO'YICHA G'OLIBLAR ANIQLANDI
Bugun Muborak tuman ichki ishlar bo'limi tashabbusi bilan tuman sport maktabi hamda maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi bilan hamkorlikda "Ichki ishlar kubogi" musobaqasi o'tkazildi. Musobaqa g'oliblari medal, diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
@mubsportuz
🏟
Muborakda yangi sport maydonchasi foydalanishga topshirildi
📍
Muborak tumanidagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi qurilgan sport maydonchasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur maydoncha o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zamonaviy sharoit yaratadi.
Tadbirda tuman hokimligi, viloyat sport boshqarmasi, tuman xalq ta’limi bo‘limi vakillari hamda sport sohasida faol o‘qituvchilar va o‘quvchilar ishtirok etdilar.
⚽️
🏀
🏐
Yangi sport maydonchasida futbol, basketbol va voleybol o‘yinlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
🏓
Qarshida U17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida stol tennisi kubogi o‘tkazildi
🗓
Bugun Qarshi shahridagi Stol tennisi markazida U17 yosh toifasida Qashqadaryo viloyat kubogi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridan tuman (shahar) bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan iqtidorli raketka ustalari ishtirok etishdi.
🏆
Musobaqaning asosiy maqsadi — yosh raketka ustalarining tajribasini oshirish, ularni respublika va xalqaro miqyosdagi bellashuvlarga tayyorlash, shuningdek, viloyatda stol tennisi sportini yanada ommalashtirish va rivojlantirishdir. Shuningdek, musobaqa O‘zbekiston kubogi bahslariga saralash bosqichi hisoblanadi.
🎖
Yakunida g‘olib va sovrindorlar Qashqadaryo viloyat Sport boshqarmasi tomonidan diplom va medallar bilan taqdirlandi.
💬
Stol tennisi — tezlik, aniqlik va qat’iyat sporti!
Yosh chempionlar, zarbalaringiz doimo aniq, g‘alabalaringiz ketma-ket bo‘lsin!
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
🏆
MUNDIALDA ALBATTA GʻOLIB BOʻLAMIZ
MI ?
Futbol tarixida faqat 3 kishi, ham futbolchi ham murabbiy sifatida gʻolib boʻlgan ekan.
Manbaa
@mubsportuz
Мубораклик спортчилар халқаро мусобақаларда юксак натижа қайд этишди.
Россия Федерациясининг Қозон шаҳрида бўлиб ўтган халқаро турнирда Муборак туманидан спортчилар муносиб иштирок этишиб, жами 4 та олтин, 2 та кумуш ва 2 та бронза медалларини қўлга киритишди.
Бундан ташқари, спортчиларимиз Россиянинг Самара шаҳрида 10 кунлик ўқув-йиғин машғулотларида ҳам иштирок этиб, ўз маҳоратларини оширишди. Бу эса келажакдаги йирик мусобақаларда янада юқори марраларни эгаллаш учун мустаҳкам замин яратди.
Медаллар Муборак бўлсин !
𝕂𝕒𝕟𝕒𝕝𝕚𝕞𝕚𝕫𝕘𝕒 𝕆𝕓𝕦𝕟𝕒 𝔹𝕠'𝕝𝕚𝕟𝕘
https://t.me/MUBORAK24
═════ ❁✿❁ ═════
🎉
1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak!
Hurmatli ustozlar, murabbiylar va sport ta’lim muassasalari xodimlari!
Sizlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin dildan tabriklayman!
Yosh avlodni sog‘lom, vatanparvar va barkamol etib tarbiyalash, sportni rivojlantirish yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz e’tiborga loyiqdir.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va kasbiy faoliyatingizda yanada katta muvaffaqiyatlar tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar va murabbiylar!
Hurmat bilan,
Vahob Ro‘ziyev
Qashqadaryo viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i
📣
Qadrli, sport ixlosmandlari!
Polvonlar yurti, Qashqadaryo yana yirik Xalqaro turnirga mezbonlik qiladi!!!
⚡️
2025-yil 2–5-oktabr kunlari — Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida tarixda ilk bor! Kattalar o‘rtasida sport kurashi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hokimi sovrini uchun 1-Xalqaro
“KARSHI OPEN”
turniri bo‘lib o‘tadi!
📝
Arizalar qabul qilish muddati 1-oktabrga qadar davom etadi. Ushbu turnir Xalqaro sport kurashlari talablari asosida tashkil etiladi!
🤼♂️
Polvonlar quyidagi vazn toifalarida gilamga tushishadi:
🔹
Yunon-rim (erkaklar): 60, 67, 77, 87, 97, 130 kg (+2 kg)
🔹
Erkin kurash (erkaklar): 57, 65, 74, 86, 97, 125 kg (+2 kg)
🔹
Ayollar kurashi: 50, 53, 57, 62, 68, 76 kg (+2 kg)
💰
Turnir mukofot jamg‘armasi:
🥇
— 10 mln so‘m + medal, diplom
🥈
— 5 mln so‘m + medal, diplom
🥉
— 3 mln so‘m + medal, diplom
🔥
Hayajonli, shiddatli va murosasiz bahslarini o‘tkazib yubormang! Sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlang!
G‘alaba uchun gilamga chiq!
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
🔥
#MATCHDAY
🇪🇸
La Liga | 7-tur
🇪🇸
"Atletiko M" vs "Real Madrid"
🇪🇸
📅
Bugun | 19:15
🔥
- RMA
❤️
- ATM
⚽️
@FUTGOAL
𝕂𝕒𝕟𝕒𝕝𝕚𝕞𝕚𝕫𝕘𝕒 𝕆𝕓𝕦𝕟𝕒 𝔹𝕠'𝕝𝕚𝕟𝕘
https://t.me/MUBORAK24
═════ ❁✿❁ ═════