
Muhammadiy Ansor
Alloh ta’olo ilhom qilganini yozib boraman.
Vaqt ham o‘tdi
hamma o‘z yuki bilan ravona bo‘ldi.
Koshki,
gunohlar ham biz ularni tark qilganimizdek bizlarni tark qilsa edi…
Abdulloh Rahim
@Muhammadiy_Ansor
#Sudkuni
Bugun men va yaqinlarim uchun muhim kunlardan biri.
Bir necha oy avval davlat xavfsizligi tarafidan 244 prim 3 moddasi bilan bizning ustimizdan jinoiy ish ochilgan edi. Bugun esa ushbu ayblov bo’yicha birinchi Sud jarayoni bo’lib o’tadi. O’ylab qolamanki bizga kelgan sinovlar Habibimiz alayhissalom boshlariga kelgan sinovlarini milliondan bir zarrasi emas. Shunday bo’lsa ham u zotni va u zotni yo’lida yurganlarga kelgan sinovni bir qismi keldi. Bundan hech tushkunlikka tushmayman. Aniq bilamanki biz yuksalmoqdamiz va Yangi O’zbekistonda adolat barqarorlashmoqda. Bizga qo’yilgan ayblovni bizga nisbatan tuxmat va asossiz ayblov ekanligigi bugun isbotini ko’ramiz deb umid qilib qolaman.
So‘zimning oxirini Allohning kalomi bilan yakunlayman: “Odamlar o‘rtasida hukm qilganingizda adolat bilan hukm qiling. Alloh hamma narsani ko‘rib, bilib turguvchidir”.
Muhammadziyo Vohidjon o’g’li
Soat: 10:10
13 Oktyabr. 2025 yil
Farg’ona viloyati O’zbekiston tumani Sudi.
Bizni ham sevishadi.
Faqat keragimiz bo’lgan vaqtda.
Yoshim ulg’aygani sayin, Ya’qub alayhissalom ning “
Men dardimni faqat Allohga shikoyat qilaman
“deganlarini yanada yaxshiroq anglab bormoqdaman.
Imom Ibn Qudoma Maqdisiy rahimahulloh aytadi:
"Shuni bilki, ko‘p odamlar tanqidga uchrashdan qo‘rqib va maqtov eshitish ilinjida birovlarning ko‘ngliga qarab ish qiladilar va shu bilan halokat chohiga qulaydilar. Tanqiddan qo‘rqish va maqtovga uchish bir kasallikdirki, undan davolanmoq lozim".
@Muhammadiy_Ansor
Asl yuzlar asta sekin o’zi ochiladi, sen uni ochishga vaqtingni sarflama!
Barcha sirtini
go'zallashtirayotganda, sen qalbingni go'zallashtir!
Hamma birovning xatosini qidirganda, sen o'z xatolaring haqida o'yla....
@muhammadiy_ansor
Ne bo’lsa holing, bo’lding haridor o’zing,
Yo’qsa nuqsonni ilohiy “Adl”danmi bilding?
Muhammadiy Ansor
Allohim
bizlarga shunday eshiklar ochib ber-ki,
Yopilgan barcha eshiklar uchun shukur etaylik.
Amiyn..
@Muhammad_Vahiyd
Hasan Basriy rohimahulloh aytdilar:
Albatta Alloh mo’min uchun jannatdan boshqasini rohat qilmadi.G’aflat vatani (bo’lmish dunyodan) ehtiyot bo’l.
Tarjima: Abdulmalik RosulMuhammad