Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

MUZAFFAR VAKKOSOV

muzaffar_vakkosov1


Hayotiy shaxsiy fikrlarim
Postlar mavzusi
⬇️
💰
Iqtisodiy ilmlar
😇
Psixologiya
🏘
Sotsialogiya
🧑‍🎓
Umuminsoniy ta'limotlar
🕌
Diniy qarashlar
🪐
Ilmiy mavzular
Reklama uchun
👉
t.me/mv_elonlar/5
Audiolar
👉
t.me/mv_audiokitoblar
Admin:
@M_Vakkosov

Subscribers
3 920
Post views
2 141
ER
54,08%
Posts
2 084
October 29, 04:13

💫
Оллоҳнинг ёрдами билан — қалбингиздаги тўсиқларни ечинг.
Сиз қанча ҳаракат қилманг, ҳаётингизда айланиб келаётган такрор муаммолар борми?

Аждодлардан келаётган негатив дастурлар

“Мен нолойиқман”, “менга эмас” деган ички нолойиклик ва ишончсизлик

Муносабатлардаги оғриқлар, хафа бўлиш қадрсизланиш ва камситилишлар

Пул ва фаровонликка тўсиқлар – уй, машина ёки орзу қилинган ҳаётга йўл ёпиқдекми

Асоссиз қўрқув, вахима, хавотир
Ва ҳаётингизда қайта-қайта такрорланаётган вазиятлар...
Буларнинг барчаси — онг ости блоклари.
🎯
Улар ечимсиз эмас, уларнинг ечими бор — Оллоҳнинг ёрдами қалбни тозалаш ва онг ости билан чуқур ишлаш орқали топилади.
👩‍🏫
Фазилат Ибрагимова
Психолог, интуитолог-диагност, онг ости билан ишловчи мутахассис билан
🌿
Рухий терапия ва “Раскопка” орқали:
Қалбингизни турли хил оғриқлардан тозалайсиз
Нолойиқлик ва гуноҳкорлик ҳисларидан халос бўласиз
Оллоҳ берган қувват ва ишончни қайта ҳис қиласиз
💰
Ризқ, муҳаббат ва баракага йўл очилади.
💫
Бу сиз ўйлаганингиздан осонроқ — фақат тўғри ёндашув билан.
2 кунлик махсус акция жуда чиройли нархда факат сизлар учун.
Хозироқ боғланинг
⤵️
📞
Мурожаат учун: +998 97 526 13 83
📲
Telegram:
@FazilatQalandarovna
https://t.me/IbragimovaFazilatQalandarovna
💫
Эсда тутинг:
Ҳаётингиздаги ҳар бир тўсиқ — тасодиф эмас, Оллоҳнинг синови ва сизни руҳий ўсишингиз учун имкон.

October 28, 17:08

Dars siz uchun manfaatli bo‘ldimi?
Qanday yangi anglashlar oldingiz?
Izohlarda bo‘lishing

@muzaffar_vakkosov1

October 28, 17:06

Live stream finished (2 hours)

October 28, 14:59

Live stream started

October 28, 09:48

Ancha vaqtdan beri efir qilmapmiz.
Bugun bir suhbatlashamizmi?
😊

20:00 da boshlaymiz inshaalloh!
Qaysi mavzular qiziq sizga? Savollarni quyida yozishingiz mumkin.
👇
@muzaffar_vakkosov1

October 24, 12:04

"Maʼnaviyatli Ego"
Kanalimdagi Sergey Lazarev kitoblarini o‘qiyotganlardan asosan quydagicha savol ko‘p keladi:
Maʼnaviyatga yopishish yoki sig‘inish nima degani? Qanday maʼnan rivojlangan inson ham gunoh ish qilayotgan bo‘lishi mumkin?
*(Ushbu post ruhiy rivojlanayotgan bo‘lsa ham yaqinlari bilan turli kelishmoqchiliklarni hal qilolmayotgan, yoki yon atrofdagilarga o‘rgangan ilmlarini ulashishda qiyinchilikka duch kelayotganlarga ham juda foydalidir)
Har qanday odam ham avvaliga ilmni faqat o‘z "men"ini qanoatlantirmoq uchun, yaʼni yon atrofdagilarga o‘zini ahmoq emasligi, yoki ulardan ko‘proq narsani bilishini isbotlab, ular oldida shaxs sifatida o‘z o‘rnini topish uchun o‘rganadi. Lekin vaqt o‘tgani sari olayotgan ilmlari avvaliga materialniy bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik ongi o‘sib borgani sari maʼnaviy ilmlar dunyosiga ham kirib boradi. Aynan shunday maʼnaviy ilmlar olamiga kirib borgani sari tushunishni boshlaydiki atrofidagilar anchagina maʼnaviy qoloq, faqat maishiy ehtiyojlari uchungina yashashga bog‘lanib qolgan insonlar ekanini.
Shunday nazari sabab, u endi atrofdagilardan o‘zini maʼnan yetuk insondek his etishni boshlaydi va boshqalarga "men sizlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsataman, meni aytganimni qiling" degandek, ular istamasa ham o‘z ilmlarini majburiy singdirishga urinadi. Uni bu "mehribonligini", aslida esa "maʼnaviy egosi"ga quloq solib, atrofdagilarni o‘zi anglamagan holda past nazarda ko‘rayotganini his etayotgan baʼzilar, uning bu yondoshuvini yoqtirishmaydi va uning qarashlariga qarshi kurashishni boshlashadi.
Natijada unga qarshi insonlarga, yaʼni uning nazarida noto‘g‘ri yashayotgan, xatokor insonlarga nisbatan uning ichida negativlar to‘lib toshadi. Hamda endi butun eʼtiborini o‘sha "xatokor"lar bilan kim haq kim nohaqligini isbotlab yashashga qaratadi.
Hayotning eng buyuk bir qonuni bor: "Hech qachon va hech qanday vaziyatda, biz boshqalarni yomon ko‘rmasligimiz kerak!"
Chunki bu olamni va undagi barcha mahluqotu ilmlarni yaratguchisi Allohdir!
Qachonki, bizga kimdir xato ish qilayotgandek ko‘rinsa ham, xato yo‘ldan ketayotgandek tuyulsa ham, biz boshqa bandalarga nisbatan har doim ichki ezgu muhabbat ko‘zlari bilan boqishda davom etishimiz kerak, va kimgadir ulashadigan ilmlarimizni ham chin qalbdan ehson darajasida ulashishimiz kerak. Chunki qachonki ilm ulashishdan maqsadimiz kimnidir albatta o‘zgartirish bo‘lsa, bu ilmni ehson darajasida emas, balki ilmni qabul qiluvchini o‘zgarishga majburlash darajasida berish bo‘ladi.
Yaʼni o‘zimizni go‘yo maʼnan yetuklikka erishgandek his etib, uni shunday yaratgan va unga shunday taqdirni bergan Allohning ham bir chetga surib qo‘yib, uning hayotini boshqarishni o‘z qo‘limizga olishga urinamiz. Bu esa, albatta taqdir qonunlarini yuqori darajada buzishdir.
Shuning uchun ham ko‘p kuzatiladi, o‘zi ilmli va ziyoli inson bo‘lsa ham, ko‘pchilikka yordami tekkan bo‘lsa ham, qaysidir vaqt keladi va uni o‘zi xalq oldida yomon otliq bo‘ladi. Buning sababi ham yana o‘sha, "maʼnaviyatga yopishish" orqali boshqacha fikrlilarga, boshqacha hayot tarzida yashayotganlarga nisbatan ichki qarshilik va nafrat sabab, o‘sha boshqalarning ham ichki qarshiligi bir kun portlaydi va xaql oldida, aslida ziyo ulashuvchi emas, kibrli insondek ko‘rinib qoladi.
Ilm ulashishda bunday yondashadiganlar yana oila aʼzolari bilan ham hech ham fikr bo‘lolmaydi, go‘yo yaqinlari atayin uni tinglamayotgandek, atayin yomon hayotni (uning nazarida) tanlayotgandek tuyuladi. Natijada etiqodida yuzaga kelgan tofovut sabab juftlari bilan ham, ota onalari yoki farzandlari bilan ham nizolar ko‘payadi.
Bunday kelishmovchilik va vaziyatlarga tushmaslik uchun esa, biz ilmni ehson darajasida, yaʼni natijani Allohga topshirib, qabul qilish tanlovini esa, odamlarni o‘ziga qoldirgan holda bajarishimiz kerak. Shunda kim siz ulashadigan ilmlarga muhtoj bo‘lsa va tayyor bo‘lsa o‘zlari olishadi. Siz esa, Maʼnaviyatingizni kirlatmay ruhiyatingizni rivojlantirishda davom etaverasiz va sizdan ilm olayotganlar taqdiri ham siz orqali yaxshilanib boradi!
#tafakkur_qiling
@muzaffar_vakkosov

October 17, 04:57

Assalomu alaykum Muzaffar kuchli ojiza ayol kirobini tarjima qilip bizga taqdim etganiz uchun minnatdorman. Man amaliyotchi izlanuvchi psiholog sifatida o'zimga juda ko'p yangi anglashlarni oldim. Va bu kitobni hamma o'zini Allohning mo'jizasi dep bilgan xazrati ayollar o'qishi kerak. Bu kitobni 2023 yil sotib olganman va bu kitobni o'qish vaqti endi kelpti. Ungacha menga turmush o'rtog'idan xasrat qiluvhi va jabrdida ayollar ozlarining xasratlari bn shu kitobni o'qi o'qi deyayotganini tushundm. Bu kitobdan eng katta olgan anglashim agar Siz onalik ro'lida bo'lsangiz turmush o'rtog'ingiz sizga qaysar o'g'il ro'lini o'ynaydi. Agar siz unga ortiqcha mashuqa bo'lsangiz tentak oshiq ro'lida bo'ladi. O'zimni hayot yo'limdan turmushimning boshida men jabrdida qul ro'lida edim. So'ngra binnarsalani o'rganip mashuqa ro'liga kirdim. Afsus unda ham bundam Turmush o'rtog'imni o'zimga bog'lap ololmadm. Lekin agar siz shu insonga yordamchi bo'lip yonida turishga do'st bo'lishga ishonsez o'z ro'llaringizni xar kungi ko'zingizni yumip pishiradigan pirogizdek bu ro'llarni ado etasiz. Ozgina ayollik yarim choy qoshiq onalik bir choy qoshiq mashuqalik....
😊
siz qalbizga quloq solishni o'rgansez albatta o'z ro'lingizni maroqli bajarasiz. Uning uchun siz Alloh sizni qanchalik mehrda yaratganini bilishiz darkor. KITOBNI HAMMA AYOLLARGA O'QISHNI TAVSIYA QILAMAN

October 16, 08:10

Pulga muhtoj odamga, aslida, yer sayyorasi ham muhtojdir!
Yaʼni, bunday odamlarning jismoniy va aqliy kuchiga, hamda iqtidoriga Yer sayyorasida ham muhtojlik bor. Ammo ular yer sayyorasi va unda yashovchi boshqa bandalarga o‘zidagi energiyalarni fidokorona baxshida etishni istamagani uchun ham, yer sayyorasidan ham o‘zlariga kerakli neʼmatlarni olisholmayapti.
Qaysiki banda bu qonunni anglasa - yaʼni, o‘ziga berilgan jismoniy va aqliy kuchi, hamda iqtidori aslida bu dunyo va unda yashovchi mavjudotlarga (odamlarga) ko‘maklashish uchun Alloh tarafidan berilgan ekanini chuqur anglasa, shunda har bir lahzasini oilasi, yurti va butun yer yuzi uchun qilinadigan xizmatlarga chin dildan sarflay oladi. Ana shundagina yer sayyorasi ham unga bu ezgu ishlarida ko‘makchi bo‘lib, o‘zidagi moddiy neʼmatlardan qizg‘onmay ulashadi.
#tafakkur_qiling
@muzaffar_vakkosov1

October 11, 06:23

Haqiqiy baxt tuyg‘usi ichkaridan keladi. Tashqi narsalarga bog‘liq bo‘lgan baxt - bu shunchaki nafsning vaqtinchalik qoniqish hirsidir.
Ko‘plab oilalarda notinchlik, urush janjallar doimiy kuzatiladi. Ulardan bu notinchlik sababini so‘rasangiz asosan moddiy yetishmovchiliklar ro‘karch qilinadi.
Go‘yoki agar bu oilaga pul bersangiz ular axl inoq yashashni boshlaydigandek.
Xo‘sh bu rostdan ham shundaymi?
Statistikaga ko‘ra avval kambag‘alligida shunday yetishmovchiliklarni ro‘kach qilib, janjallashib yashagan juftliklarning juda ko‘pchiligi keyinroq boyib ketgandan so‘ng ajirashib ketadi ekan. Xo‘sh buning sababi nima deb o‘ylaysiz?
Chunki, avval o‘zlaro munosabatlarning sovuqligi sababi shunchaki yetishmovchilik deb bilishgan va pulimiz koʼpaysa baxtli bo‘lamiz deb bir biriga chidab, sabr qilishgan. Ammo pul kelgandan keyin tushunishganki, aslida sovuq munosabatlar bu qalban juftini qabul qilolmasligidan ekanini!
Azizlar haqiqiy baxt hissini qachonki juftingizni hech qanday shartlarsiz va hech qanday tashqi go‘zallik va moddiyatlarsiz ham qabul qilganingizda tuyasiz!
Baʼzi oilalarni kuzatsangiz, sharoiti unchalik yaxshi emas, lekin ichiga kirsangiz oila aʼzolarining o‘zaro munosabatidan qalbingiz yayraydi. Chunki ular bir birini shunchaki bu hayotda borligi uchun sevadi va Allohning bir neʼmati sifatida qadrlaydi. Tashqi moddiy matohlar esa, ular uchun ancha keyingi o‘rinda.
* Unutmang yo‘qchilikda ham o‘zaro sevgi muhabbati mavjud oilalargina haqiqiy baxtli oiladir. Ular hayotni yonidagi insonlarni doim asabini buzib, urush janjal qilib, moddiy nimagadir erishish uchun berilgan deb emas. Aksincha har qanday moddiy narsalarni qurbon qilib bo‘lsa ham yonidagi Alloh inʼom etgan yaqinlarini baxtli va sog‘lom bo‘lib yashashi uchun xizmat qilib, shu orqali Allohni roziligiga erishiladigan imkoniyat deb bilishadi!
Xo‘sh endi o‘zingizga xolisona aytingchi - oilaviy nizolaringiz yo‘qchilikdanmi yoki Nafsingiz istaklarini Alloh inʼom etgan juftingiz qalbidan ustun qo‘yganingizdanmi?
#tafakkur_qiling
@muzaffar_vakkosov1

October 10, 08:49
Media unavailable
2
Show in Telegram

Bu kanalni kuzatadigan va kuzatmaydiganlarni muommoli vaziyatlarda o‘zini tutishi
😁
#yaxshi_kayfiyat
@muzaffar_vakkosov1