
Nota bene!
Bizdagi ma'lumotlar:
— hamma ham bilmaydigan;
— dunyoqarashingizni o'stiradigan;
Donat uchun:
https://tirikchilik.uz/mad_max93
Aloqa uchun:
@nota_bene_bot
Muhokama uchun guruh:
@notabene_group
Benom Guruhi ft. Shahriyor - Sen yig'lama
Zo'r chiqqan ekan.
https://www.youtube.com/watch?v=mOvXNFctLF0
Ko'z ochib yumguncha
BOOK.UZ
tarmog'i 7 yoshga kiribdi.
7 yil davomida
BOOK.UZ
jamoasi bizga ko'plab sevimli kitoblarimizni taqdim etdi. Ular tomonidan tayyorlangan arzon va sifatli kitoblar deyarli har bir xonadonga kirib bordi.
Ushbu quvonchli voqea munosabati bilan
BOOK.UZ
26-oktyabr
kuni barcha kitobxonlarni
yirik bayram tadbiri
ga taklif etmoqda. Va eng muhimi ushbu voqea munosabati bilan kitobxonlarga
katta chegirmalar
va'da qilmoqda!!!
Qisqasi, borganlar darmonda, bormaganlar armonda!!!
Manzil: Chilonzor 8, Qatortol koʻchasi 60.
Geolokatsiya
:
https://bit.ly/3xiKlRK
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
@bookuzbekistan
🦉
Zakovat +
Diqqat muhim: matnni o‘qimasdan turib, rasmni ochmang!
Tasavvur qiling,
Zakovat
intellektual o‘yinlarining birida qatnashyapsiz va sizga shunday savol berildi...
Bu savolga qanday javob topardingiz?
U haqidagi maqolada Bobil osma bog‘larining qurilish prinsipi misol sifatida keltirilgan. Timoti Zananing fantastik janrdagi asarida ham o‘zga sayyoraliklar o‘ta mustahkam va har qanday sharoitga dosh beruvchi tolalar orqali unga ega bo‘lishadi hamda sayyoralar orasidagi masofani oson bosib o‘tadi. Uni alifboda ketma-ket kelgan undoshlar bilan boshlanuvchi ikki so‘zda yozib bering?
Balki sizda bu savolga avvaldan aniq javob bordir, ammo aminmizki, unga doir maqolani o‘zbek tilida hali uchratmagansiz. Endi u haqida batafsil bilib olishingiz mumkin. Marhamat —
Kosmik lift
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
X
"Kuz" bilan bog'liq eng yoqadigan qo'shiq.
Hindistonning mashhur aktyori Amitabh Bachchan shunday hikoya qiladi:
— Faoliyatim cho‘qqisiga chiqqan, mamlakatda ham, xorijda ham taniqli bo‘lgan vaqtlarim edi. Bir safar manzilimga samolyotda borishimga to‘g‘ri keldi.
Yon tomonimdagi o‘rindiqda odmigina kiyingan, ko‘rinishidan o‘qimishli, sodda va samimiy tasavvur qoldiradigan bir kishi joylashdi. Tabiiyki, bortdagi boshqa yo‘lovchilar meni tanib, men bilan muloqotga kirishishga harakat qilishar, ammo bu kishi bo‘lsa pinagini ham buzmasdan, borligimdan bexabarday xotirjam qo‘lidagi kitobni mutolaa qilib ketar, ba’zan ilyuminatordan tashqariga qarab qo‘yar edi.
Bort xizmatchilari choy tarqatgan vaqtdan foydalanib, uni gapga solganday jilmayib qarab qo‘ydim. Kutilganday u ham javoban muloyim jilmayib salom berdi va suhbatlashishga sharoit paydo bo‘ldi.
Suhbatimizni filmlar tarafga burdim-da, undan qanaqa kinolar ko‘rishga qiziqishini so‘radim.
— Kinomi, juda kamdan-kam hollarda ko‘raman, oxirgi bor ko‘rganimga bir necha yillar bo‘lib qoldi, – deb javob berdi janob.
Shunda unga o‘zimni tanitmoqchi bo‘lib, kino sanoatida ishlashimni aytdim. Sherigim esa:
— Shundaymi, juda yaxshi, kino sanoatida nima ish bilan shug‘ullanasiz, - deb so‘radi. Tanisa tanib qolar, deb aktyor ekanligimni ko‘plab kinolarda rol o‘ynaganimni aytdim. Gapimga shunchaki, «shundaymi, ha, yaxshi» deb bosh irg‘adi-da, yana qo‘lidagi kitobni mutolaa qilishga tushib ketdi.
Manzilimizga yetib, samolyot qo‘nganida u bilan xayrlashish oldidan «Aytgancha, mening ismim Amitabh Bachchan» deb qo‘l uzatdim. U kishi tabbasum bilan qo‘limni siqib, “Rahmat, siz bilan tanishganimdan xursandman, men kichik Tata bo‘laman (Tata firmasining raisi) deb javob berdi. (izoh: “Tata Group” Hindistonda mashinasozlik, aviasozlik, metallurgiya, maishiy texnika va boshqa sohalarda yirik ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Bugungi kunda 8 ta sektorda 114 ta kompaniyani birlashtirib turadigan 935 ming ishchisi mavjud gigant kompaniya).
Hayot qanday hamrohlarni yo‘liqtirishini bilmaysiz ekan. O‘sha kuni tushundimki, o‘zingizni qanchalik baland sanamang, har doim sizdan yuqoriroq, kattaroq odam baribir chiqadi ekan. Kishi kamtar bo‘lsa hech narsa yutqazmaydi, hurmati ham, himmati ham kamayib qolmaydi.
(Gulniso Saidova sahifasidan olindi.)
Nota bene!
📜
Эсингдами
мени соғинмаган дамларинг,
ҳеч қачон учрашмаганимиз эсингдами?
Эсингдами
биз кезмаган соҳиллар,
сайр этмаганимиз боғлар эсингдами?
Эсингдами
бизсиз ҳувуллаган кўчалар,
бирга яшамаган уйимиз эсингдами?
Эсингдами
мени тополмай йиғлаганинг,
эшитмаганинг исмим эсингдами?
Эсингдами
ёлғиз-ёлғиз юрганимиз,
бахтли бўлмаганимиз эсингдами?
Эсингдами
сенга ёзмаган хатларим,
хатларимнинг ҳар бир сўзи эсингдами?
Мен эса
сени эслаганим-эслаган —
бирга кечирмаган
умримизнинг
ҳар бир лаҳзаси
ёдимдадир.
Усмон Азим
Бугун шоири Азимнинг таваллуд куни – 75 ёшни қаршиладилар. Усмон Азимни шоир деб таниймиз, Халқ шоири унвонига ҳақли мушарраф, ҳақиқиқий халқ шоири, баҳссиз. Бироқ Усмон Азимнинг ажойиб драматургияси, насри ҳам бор. Масалан,
мана бу ҳикоясини
ўқиб кўринглар.
Адибимизга узоқ умр, саломатлик ва муваффақиятларни яна кўп-кўп тилаймиз!
@shahnozxon
1-avgust. Bizning yoshligimizda o'ta qizg'in kun bo'lardi.
13 yil oldin 1-avgustda ilk bor imtixonga kirganman. Tarixdan zo'r yechishimga ishonardim. Ona tili va ingliz tilida ham 25 + yechishimga ishonardim.
Lekin omadsizlikka uchraganman. Bloklar o'rnini almashtirib qo'yib, testning ancha qismini xato belgilab yuborganman. Xullas, dabdala bo'lgan. 156,6 ball to'plab, yiqilganman.
2-3 oy depressiyada yurish, keyin esa "baribir kiraman" deb hammasini boshidan boshlash. Qattiq tayyorgarlik.
12 yil oldin 1-avgustda imtixonga shunchaki kirib chiqqanman. Juda xotirjam. 35 ta tarix, 31 ta ona tili va 30 ta ingliz tili. 206,6. Grand.
O'sha paytlar imtixonga yaqin hamma qandaydir moslamalar, kichik hajmli telefonlar tayyorlardi. O'zimga shu qadar ishonganimdan, kirar joyda o'zim telefonimni topshirib (qadrdom Nokia 1202im) hech qanday qo'shimcha yordamga umid qilmasdan test yechganman. Umuman hayajonsiz.
Juda bir
ajoyib kun
bo'lardi 1-avgust. Imtixonga kirgan xonamizga
qachon kirib, telefonlarni joylashtirib ketishgan,
qanday qilib shuncha tekshiruvlardan
telefon va kitobchalarni olib o'tolishgani
— haligacha qoyil qolaman uddaburonliklariga.
Qanday xotiralar esingizda shu sanadan?
🦉
Zakovat +
2013-yil
da jurnalistlar
insonlar halolligini
sinab ko'rish uchun
16 ta yirik shahar
da o'ziga xos sinov o'tkazishgan — ular
192 ta hamyon
ni
12 ta
dan qismga bo'lib, har bir shahar
ko'chalariga tashlab chiqishgan.
Tadqiqot natijasida
Xelsinki
va eng halol shaharlar reytingida
1-o'rin
ni egallagan — bu yerda
12 ta hamyonning 11 tasi qaytarilgan. Lissabon
esa aksincha, reytingning
eng tubidan
joy olgan —
12 tadan atigi 1 ta qayratilgan hamyon
bilan.
Agar tajriba O'zbekistonda o'tkazilganida...
CS2 o'ynaydiganlar uchun keys ochib skin olish mumkin bo'lgan bot ekan.
(Steam profili yangi bo'lsa, kamida 2 haftadan keyin skinlarni o'tkazib olish mumkin ekan. Eski bo'lsa, kerakli ssilkani topib, o'tkazib olsa bo'ladi)
https://t.me/RFL_BLAST_bot/join?startapp=ref355072690
🏷
CHE-GIR-MA! BOOK.UZdan ob-havo kabi issiiiiiq chegirma!
🔥
BOOK.UZ
kitoblar do'koni
25-31-iyul
kunlari
MEGA-CHEGIRMA
e'lon qiladi.
📦
Qo'shimchasiga,
100 000 so'mda
n ortiq xaridlarga yetkazib berish bepul!
• «Yangi asr avlodi» va «Yoshlar matbuoti» — 30%
• Ro'yxatdagi 430 dan ortiq kitoblar — 20%
📌
BOOK.UZning
barcha
filiallarida
amal qiladi!
🕔
25—31-iyul kunlari
👉
Kitoblar ro'yxati bilan tanishish
✅
Buyurtma berish:
🚚
@bookuzbot
| +998712300050
🌐
Sayt orqali xarid:
book.uz
📚
@bookuzbekistan