Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

OLIM YETISHTIRGAN ONALAR 🧕

olimaonalar

Onajonalarimiz va farzandlarimiz rivoji uchun foydali maslahatlar va ibratli maqolalar kanali
Sizga ozgina foydamiz tegsa juda hursand bolamiz.Albatta sizning zurriyotlaringizdan faqat qoriyu qoriyalar chiqadi
Reklama uchun :
https://t.me/olimaonalarrek

Subscribers
1 960
Post views
1 630
ER
81,5%
Posts
4 245
October 09, 09:17

https://youtu.be/TfppeNy11V8?si=C1_0SIYSWQZtWYs4

September 18, 12:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

September 18, 01:08

#savol
▪️
▪️
▪️
▪️
▪️
: Assalomu alaykum. Yaxshimisiz?
Kanalingiz uchun juda minnatdorman. Meni 1 savol qiynayapti: O‘g‘lim 4 yosh. 3 yoshligidan beri Qurondan kichik suralarni yodlatishga harakat qilaman. 4 5 tasini yod oldi lekin hozir rosa dangasa. Aytgisi kelmaydi, yodlagisi kelmaydi. Men charchadim, siz yodlatib qo‘ying deydi
😳
🤦‍♀️
. Men jahlim chiqib ba’zida baqirib yodlataman, lekin esida qolmaydi. Asabiylashganimdan so‘kib, urib ham qoyaman. Hayoling qayda nega yodlamayapsan deb. Hayoli telefonda. Nima qilsam to‘g‘ri bo‘ladi? Maslahatingiz uchun oldindan rahmat
😘
.
▪️
▪️
▪️
▪️
▪️
:
Va alaykum assalom. Bir yaqin opam bilan shu haqida gaplashgan edik. U ham to‘ng‘ich farzandi Quron o‘qiganida urib jazolab majburlagan ekan. Endi farzandi ulg‘aygach har bir sura o‘qiganida qanday majburlanganini eslar ekan. Onasi o‘rgatish uslubidan juda afsusda...
Bolalarni o‘qish o‘rganishda kaltaklashimiz, baqirishimiz u bilan bog‘liq yomon hislar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Sizning jahlingiz sababli farzandingiz Quronni hech qachon yaxshi ko‘rolmay qolishi mumkin.Undan tashqari qo‘rqqanida nafaqat bolalarning balki kattalarning ham miyasi tormozlanadi. Bu kichik yoshida dinimizni amaliy qoidalariga ko‘proq e’tibor berganingiz ma’qul(Bismilloh aytish, ozodalik, halollik kabi) Suralar yodlash esa majburiy emas ixtiyoriy bo‘lgani ma’qul.
Suralarni bajonidil yodlatishi uchun quyidagilarga e’tibor bering:
1.Uyquga ketishdan avval suralarni birgalikda takrorlab , quchoqlab yoting.
2.Erkaklar uyda namoz o‘qiganida bola o‘ynayotgan xonada o‘qisin. O‘ynab o‘tirgan bola baland ovozda o‘qilgan suralarni eshitib yodlashiga yordam bo‘ladi, suralar nimaga kerakligini tushunadi, namozga qiziqishi uyg‘onadi.
3.Odlangan suralari uchun orzu qilgan o‘yinchoqlarini va’da qiling va olib bering.
4.Telefonda o‘yinlarni o‘chirib, o‘rniga bolalar uchun Quron yodlatadigan ilovalarni yuklab qo‘ying.
©
Rozaliya Gabdulhakova

June 16, 06:41
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qadrlilar
❗️
❗️
❗️
Telegram orqali shunga o’xshash, odamlarni qiziqtiruvchi savollar bilan faylninochishga undovchi xabarlar tarqalyabdi.
Oxiri
.apk
bilan tugaydigan fayllarni aslo ocha ko’rmang!
Aks xolda akkauntingizni buzib kirishadi va raqamingizga ulangan kartadan avtomarik ravishda pulni yechib olishadi.

June 15, 16:57

https://youtube.com/watch?v=vs0mObU9LIo&si=7-Ghzolc05t27S3i
Yakshanbani maroqli o’tkazish uchun ajoyib tanlov!
Har bor onaga tavsiya qilaman!
“Oltin qo‘llar”-
bu oddiy bir ayolning, sabrli va sadoqatli bir onaning bolasi uchun qilgan kurashlari haqida…
U beva ayol edi.
Puli yo‘q, diplomi yo‘q, yordamchisi yo‘q.
Lekin
bittagina kuchi bor edi: farzandiga ishonchi.
U o‘g‘liga shunchalik ishondiki-dunyo ham unga ishona boshladi.
Natijada:
🧠
U bola Ben Carson dunyodagi eng mashhur neyroxirurglardan biriga aylandi.
Minglab odamlar hayotini saqlab qolishdi.
Bu filmda siz:
Onaning qat’iyatini,
Farzanddagi iqtidorni ochish yo‘lini,
Qiyinchilikda ruhiy bardamlikni ko‘rasiz.
📌
Ko‘ring, o‘ylang:
Sizning ichingizda ham Ben Carsonning onasidek kuch bormi?
O’zbek tilidagisini topolmadim.
Lekin, tushinishga qiynalmaysiz degan umiddaman
💬
Filmni ko‘rgach, taassurotlaringizni izohda kutaman
👇

April 30, 05:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

#retsept
Uy sharoitida vitaminga boy vafli
Tayyorlash:
4ta tuxum
100gramm ismaloq (yoki brokolli)
100gramm ta’bga ko’ra sir
100gramm istalgan un( manda ovsyanka blendrda maydalab olingan)
1 choy qoshiq soda yoki razraxritel
Ta’bga ko’ra tuz
Barchasini blendrlab vafliga quyib olamiz va o’rta balandlikda pishiramiz. Tayyor aralashmadan 10ta vafli chiqdi
P.S. Vafelnitsa bo’lmasa, quruq tovada qopqog’i yopib, pastroq olovda pishirilsa pankeyk bo’ladi
https://t.me/salikhovarayhona

April 27, 14:17
Media unavailable
7
Show in Telegram

#salomatlik
Prikormni boshlash va undagi muammolar haqida
https://t.me/vita_bio_line
barcha vitamin va BADlarni shu kanaldan olishingiz mumkin
Sog’lom bo’lishni xoxlasangiz obuna bo’lishni unutmang:
https://t.me/salikhovarayhona

April 26, 06:51

#salomatlik
Bir jiyanim bor. Kutilmaganda onasi homilador bo’lib qoldi, ya’ni emizikli farzandi bor +spiral ustidan homila bo’lgan. Tabiiyki ona defitsitda, chunki yaqinda tuqqan ona + emizadi, endi bonusiga esa yana homilador bo’lib qolgan
😅
(ha, Alloh beraman desa har qanaqasiga beradi)
Shu sababdan ona o’zini tashlab qo’ymadi, har oy kerak bo’lsa analiz topshirib sog’lig’iga qaradi. Tan bergan jihatim, moliyaviy jihatdan zo’r emas, lekin inson xohlasa Alloh yetqizarkan, kiyim olmadi, bolaga sarpa yeg’madi, xatto sarpa pulini undan ko’ra o’zimga beriyla debti. Tug’ilgan kunida esa iphone yoki tilla emas, kerakli BADlarini yaqinlariga sovg’a qilishlarini iltmos qilibdi.
Masalan, homila ko’targanda, ferritini 7 edi, tuqquncha sog’lig’i, ichaklari, immuniteti bilan ishlab, 32ga ko’tarildi. B guruh vitaminlari analizda juda kam chiqqandi (soni esimda yo’q, qizil qilib belgilangandi, juda juda kam degani). Tuqqunicha deyarli normaga keldi. Gemoglabin 86 edi, 130ga yaqinlashdi (normal, sog’lom tarzda ko’tarildi, yallig’lanish sababidan emas!) Yallig’lanish referenslari normallashdi, oqsil ko’tarildi. To’g’ri ovqatlanib, uyquni joyiga qo’ydi. Faqat stress ko’p bo’ldi, chunki yana boshqa bolalari bor, hozirda stressiz onani o’zi yo’q bilasila
😅
Xop natija qanday bo’ldi? Albatta, avvalgilaridan sokinroq bola, immuniteti sog’lom, ichaklarida muammosi yo’q(Allohumma barik deymiz). Prikormga oson o’tishdi, bolani harakatlari normada.
Onasi homiladorlikda qizilcha bo’lgan. Endi bolam virusnaya nagruzka bo’ladimi deb yuragi siqilgandi, bir emas bir nechta doktorga borib virusnaya nagruzka +immunitet bilan ishladi. Tabibgayam, shifokorgayam bordi va bola Alhamdulillah hozircha sog’lom.
Xullas nima demoxchiman, baribir tayyorlanmasdan homilador bo’lgan bo’lsezam, hech bomasa homiladorlikda sog’lom ovqatlanib, zararlardan cheklanib, sog’liqqa e’tibor bersez Alloh mehnatlarizni zoe qimidi. Yana bir muhim jihat, homiladorlikda super uy bekasi bo’lishila shart emas
😅
Imkon qadar himikatlar(yuvish vositalari, soch uchun kraskalar, make up vositalari va hkz) dan uzoqroq tursangiz, kelajak avlod uchun ham siz uchun ham yaxshi. Masalan, vannani qirchishlab cifda yuvmang, oddiy kirsovunda yuving, mayli oppoq bo’lmas, muhimi farzandingiz sog’lom tug’ilsin. Tonna-tonna tonalka-yu pudraga, atirga cho’milmang, tabiiylikni saqlang, zurriyotingizni immuniteti mustahkamroq boladi InShaAlloh.
Eng muhimi DUO, doim Allohdan sog’lom zurriyot so’rela, ana shunda qatta yaxshi shifokor-u dori qidirish bilan miyela band bo’lib qomiydi. Alloh bizni va zurriyotlarimizni sog’lom qilsin
🌹
https://t.me/salikhovarayhona

April 26, 05:23
Media unavailable
3
1
Show in Telegram

Chuvalchanglardan bitta tabletka bilan qutilolmaysiz
Yuqoridagi rasmda tayyorlanmay qilingan anti parazitar terapiya asoratini ko’rishingiz mumkin. Bu bolachada kuchli oqsil defitsiti bo’lgan. Ona bexabar. Terapiyadan so’ng
oqsil battar defitsitga
kirib ketgan.
❗️
Antiparazitar terapiya jiddiy jarayon va parazitlar o’lishi, o’lgan parazitlarni organizmdan tozalash juda katta resurs talab qiladi.
Parazitlar faqat ichakda yashamaydi. 3 kun dori berib ichakni klizma qilib qutulsak qaniydi-yaaaa
🥹
Qonda, mushaklarimizda, o’t yo’llarimiz, jigarimiz, miyya, ko’z, har bir hujayramizda yashovchi parazitlar bor. Bu to’qimalardagi parazitlar qanday tozalanadi?
To’qimalardagini Klizma qila olmaymiz, o’lik parazit ichimizda chirib, maydalanib, chiqindi oqsil — toksinga aylanadi. Hujayra, to’qimadan qonga, keyin esa qon ularni jigarga oboradi. Jigar qonni filtrlaydi, o’t suyuqligi ichakka quyilib, axlat bilan tashqariga chiqariladi. Huddi shunday buyrak ham qonni tozalaydi.
Mana bu ikki og’izli gap, to’liq DETOKS va to’liq jarayonni bajarish uchun organizmga Oqsil, uglevod, yog’ va vitaminlar zarur. Agar bu moddalar kam bo’lsa, terspiyadan keyin bolani holati faqat og’irlashadi.
Yechim
:
⚪️
Terapiyadan avval birinchi oʻrinda farzandingiz ratsionini to’g’irlang;
⚪️
Ratsionni oqsilga — go’sht, tuxum, tvorog, dukkaklilarga boyiting;
⚪️
Murakkab uglevodlar don ko’rinishida — bu detoks uchun energiya manbayi;
⚪️
Sabzavotlar — bolani doim ichi kelishi shart. Ichi qotadigan bola zaharlangan bola degani. Yuqoridagi podkastni eshitib chiqing;
⚪️
Yog’lar — o’t qopi uchun muhim;
⚪️
Mevalar — me’yorida uglevod manbayi.
Parazitar terapiyada ham ratsion ahamiyati katta, bu alohida mavzu Inshaalloh.
Foydali boʻlgan boʻlsa — reaksiya bosamiz, izoh yozamiz va yaqinlarga tarqatamiz, qizlarjon
👍

April 08, 06:11

6 yoshida boyish haqida YouTubeda videolar ko’ra boshlaydi.
7 yoshida quyon boqishni boshlab, fermaga aylantiradi.
8 yoshida daromadiga qo’shnisining mashinasini sotib oladi.
9 yoshida o’z puliga 40 sotix yer sotib olib, fermasiga echkilarni ham qo’shadi.
10 yoshida eski uy sotib oladi. YouTubedan o’rganib o’zi ta’mirlab chiqadi. To’rt barobar qimmatiga xaridor chiqadi.
12 yoshida qishlog’idagi suv yo’qolib borish muammosini hal qilishga kirishadi.
14 yoshida
kitob
yozadi. O’qib tugatdim. Qiziqarli.
Bu yutuqlarga asosiy sabab qilib, ota-onasinig puli yo’q nogironlar bo’lgani va qiladigan ishlarida unga ishonishganini aytib o’tadi.
Bu Cole Summers hikoyasi edi.
Oladigan darsimiz:
Ota-onaning ishonchi qanot bo’ladi. Har qanday cheklovlarni kesib chiqishga yordam beradi.