
ORIENTAL TARIX (rasmiy)
Oriental universiteti Tarix kafedrasining rasmiy kanali!
Bu yerda Siz tanishishingiz mumkin:
👉
Tarix;
👉
Xalqaro munosabatlar;
👉
Ilmiy maqolalar;
👉
Qiziqarli voqealar tahlili;
Shuningdek,
👉
Fakultetdagi o‘quv jarayonlari bo‘yicha yangiliklar.
“ORIENTAL UNIVERSITETI” MCHJ nodavlat oliy ta’lim muassasasi: Manzil: Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko'chasi-154A uy. H/R: 20208000005391384002 …
Assalomu alaykum hurmatli talabalar.
Chaqiruv xati va ma'lumotnoma
olish uchun
+998931122856
raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
🖐
TASLIM BO‘LMA!
🖐
👍
Oriental universitetida “
Inklyuziv media klubi
” tashkil etildi!
✅
Mazkur klub doirasida
“Taslim bo‘lma”
nomli ijtimoiy loyiha
o‘z ishini boshladi.
🧠
Ijtimoiy loyihaning asosiy maqsadi — imkoniyati cheklangan, ammo
sabri, matonati
va ulkan
irodasi bilan
jamiyatga o‘rnak bo‘lib kelayotgan insonlarning hayotini yoritish, ularning ibratli taqdirlari orqali turli
sinovlar bilan kurashayotgan
yoshlarga kuch, ishonch va ruhiy quvvat ulashishdan iborat.
✅
Loyihamizning ilk qahramoni
— Oriental universitetining sirtqi ta’lim shakli “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi 5-bosqich talabasi, “Jasorat” medali sohibasi —
Dilrabo O‘ktamova.
✨
Dilraboning hayoti sabr va jasorat timsoli. U har bir og‘riqni saboqqa, har bir sinovni imkoniyatga aylantira olgan. Uning qat’iyati va oziga bolgan ishonchi har bir yosh uchun  hayot maktabi bo‘lsa ajabmas.
🤔
Oriental universitetining “Inklyuziv media klubi” jamoasi nafaqat universitetimizdagi balki respublikamiz bo‘ylab barcha imkoniyati cheklangan yoshlar bilan hamkorlikda ibratli ijtimoiy videoroliklar olishga tayyor ekanini bildiradi.
👍
ORIENTAL Matbuot xizmati
Bizni kuzating
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
🌎
Web-sahifa
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🇹🇷
Turkiyaning Recep Tayyip Erdoğan universiteti mezbonligida o‘tkazilayotgan
“Rize savdo va iqtisodiyot xalqaro kongressi va sammiti”
ning ochilish marosimi
“Çay TV”
(Çay Televizyonu) telekanali jonli efirlarida | 2025-yil 22-oktyabr
🎤
Kongress sammitining ochilish marosimida dunyoning
22 ta mamlakatidan
kelgan delegatsiya vakillari qatorida
Oriental universiteti rektori Nozim Mamataxunov
ham o‘z ma’ruzasi bilan chiqish qildi.
🎞
To‘liq formatda tomosha qiling...
👍
ORIENTAL Matbuot xizmati
Bizni kuzating
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
🌎
Web-sahifa
🇹🇷
ORIENTAL UNIVERSITETI DELEGATSIYASI TURKIYADA!
🔴
Ayni kunlarda Turkiyaning Rize provinsiyasida joylashgan
Recep Tayyip Erdoğan universiteti
mezbonligida milliy va xalqaro miqyosdagi nufuzli shaxslar ishtirokida
“Raqamli iqtisodiyotdan xalqaro savdoga yangi yo‘l”
mavzusidagi
“Rize savdo-iqtisodiyot xalqaro kongressi”
hamda sammiti o‘z ishini olib bormoqda.
🔴
Mazkur xalqaro kongressda
Oriental universiteti rektori,
tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Nozim Mamataxunov
boshchiligidagi universitet delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda.
✅
Tashrifning dastlabki kunida Oriental universiteti delegatsiyasi
Recep Tayyip Erdoğan universiteti rektori,
professor Yusuf Yılmaz
bilan uchrashuv o‘tkazib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.
🔴
Sammit doirasida
22 ta mamlakatdan
kelgan olim va tadqiqotchilar ishtirok etmoqda. Dastur doirasida jami
175 ta ma’ruza
va
3 ta panel sessiyasi
rejalashtirilgan bo‘lib, unda xalqaro spikerlar hamda soha yetakchilari chiqish qilmoqda. Shuningdek, kongress sammitining ochilish marosimida Oriental universiteti rektori
Nozim Mamataxunov
ham o‘z ma’ruzasi bilan qatnashdi.
🔴
Ma’lumot o‘rnida, xalqaro kongressda raqamli iqtisodiyotning xalqaro savdoga taqdim etayotgan yangi imkoniyatlari, Qora dengiz mintaqasining savdodagi strategik o‘rni, shuningdek, global miqyosdagi “Bir kamar – bir yo‘l” loyihasining potentsial iqtisodiy ta’siri atroflicha muhokama etilmoqda.
👍
ORIENTAL Matbuot xizmati
Bizni kuzating
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
🌎
Web-sahifa
RO'YXATDAGILAR TALABALAR SAFIDAN CHIQARILDI!!!