Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

PESHKU YOSHLARI

peshkuyoshlar

Yoshlar siyosatiga oid yangiliklar, dolzarb muammolar yuzasidan fikrlar hamda qiziqarli faktlar
t.me/peshkuyoshlar

Subscribers
1 120
Post views
497
ER
43,63%
Posts
28 074
October 25, 07:25
Media unavailable
5
Show in Telegram

📚
“Kitob karvoni” Peshku tumani kutubxonasiga ham yetib keldi!
📚
“Yoshlar uchun ming kitob”
loyihasi doirasidagi ma’rifat karvoni navbatdagi manzil – Peshku tumani kutubxonasiga to‘xtadi. Tadbir doirasida Axborot-resurslar markaziga turli yo‘nalishlarni qamrab olgan qimmatli kitoblar to‘plami tuman yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i Mirkamol To'rayev tomonidan topshirildi.
📚
Bu tashabbus nafaqat kutubxona fondini boyitdi, balki yoshlarda ilmga intilish, kitob mutolaasi orqali tafakkur va dunyoqarashni kengaytirish ruhiyatini yanada mustahkamladi.

“Kitob karvoni” bu – bilim va tafakkur eshigini ochuvchi kelajak ishonchi va ma’rifat yo‘lidir. Endi bu ishonch yoshlar qo‘lida, ularning fikrida va yaratadigan kelajagida davom etadi.
@Peshkuyoshlar

October 25, 07:21
Media unavailable
1
Show in Telegram

#BAYRAMINGIZ_MUBORAK_BO
'LSIN
Hurmatli ichki ishlar xodimlari!
Sizlarni
25-oktabr - "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni"
munosabati bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yo‘lidagi fidokorona xizmatlaringiz xalqimiz hurmatiga sazovor. Sizlarning sadoqatingiz, matonatingiz va mas’uliyatli mehnatingiz tufayli jamiyatimizda barqarorlik, qonun ustuvorligi va ishonch mustahkamlanib bormoqda.
Peshku tuman Yoshlar ishlari bo‘limi jamoasi sizlarga sog‘lik, kuch–g‘ayrat, xizmatlaringizda yuksak muvaffaqiyatlar va oilaviy farovonlik tilaydi.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
🇺🇿
@Peshkuyoshlar

October 25, 01:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

BAYRAMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!
Ichki ishlar organlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 25-oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bayrami munosabati bilan Yoshlar ishlari Peshku tuman bólimi soha xodimlari samimiy muborakbod etadi.
Vatanimiz tinchligi hamda xalqimiz farovonligi yo'lida xizmat qilishdan also charchamanglar!
https://t.me/Peshkuyoshlar

October 25, 01:18

“Она юрт посбонлари“ | Сардор Мамадалиев

October 25, 01:12
Media unavailable
1
Show in Telegram

“25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni!

October 25, 01:12
Media unavailable
2
Show in Telegram

XALQ TINCHLIGI MUQADDAS
Bemalol ishla xalqim, bemalol uxla,
Sening ko'p azamat qo'riqchilaring bor.
Tinchlikni buzg'uvchi, shu yerda to'xta,
Ular sergak doim, dunyo senga tor.
Mudom xizmatga shay bahodir o'g'lon,
Nafaqat o'g'lonlar, safda qizlar bor.
Jinoyatchilar qo'rqar, ranglari somon,
Xalq tinchligi muqaddas, ularda shior.
Og'ir xizmatingda bosh bo'lsin omon,
Yordamga shoshasan falokat kelsa.
Qutqarasan xalqingni ayamasdan jon,
Niyating, sen uchun xalq duoda bo'lsa.
Sergaksan, uxlamay asra sharaf-shon,
Jinoyatchini ushla, joyin ko'rsatib qo'y.
Xalqim hurmatidasan, sen bunga ishon,
Xalq tinchligi muqaddas, bu sendagi o'y.
@Peshkuyoshlar

October 23, 10:24
Media unavailable
8
Show in Telegram

“Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida umumta'lim va texnikum o'quvchi yoshlari bilan profilaktik targʻibot tadbirlari olib borildi
Peshku tumanidagi umumta'lim maktabi va texnikumlarida tahsil olayotgan o'quvchi yoshlar bilan navbatdagi profilaktik targʻibotlar oʻtkazilib, ular oʻrtasida sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga doir tushuntirishlar berildi.
O‘rganishlar doirasida jamiyatda yurish-turish va odob-axloq qoidalariga amal qilish, ayniqsa, tungi vaqtlarda bemaqsad yurish oqibatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli ko‘ngilsiz holatlar xususida ogohlantirildi.
O'quvchi yoshlar orasida jinoyat sodir etmaslik firibgarlik, o‘g‘irlik va kiber jinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslik yo‘llari tushuntirildi.
Bunda, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi rolini mustahkamlashga doir yaratilayotgan qulay va keng imkoniyatlardan samarali foydalanish ta’kidlandi.
@Peshkuyoshlar

October 22, 17:03
Media unavailable
4
Show in Telegram

⚡️
“Mutolaa” o‘zbek tilidagi eng katta elektron manbaga aylanmoqda
!
🔶
Endi Mutolaa’da nafaqat kitob o‘qish, balki, kitobxonlar o‘zaro fikr almashishi, ijodkorlar bilan suhbat qurishi mumkin bo‘ladi. Bu esa,
ilk kitobxonlar ijtimoiy tarmog‘ini
yaratadi!
Loyiha 10 dan ortiq nashriyotlar bilan hamkorlikda elektron kitoblar sotishni yo‘lga qo‘ydi. Har oyda
minglab elektron kitoblar savdoga
chiqadi.
Sun’iy idrok
yordamida, foydalanuvchilar o‘z sevgan
kitoblarini muhokama qilishlari
, tezkor javoblar olishi va mazmunni chuqurroq tushunishlari mumkin.
AI suhbatdosh
har doim sizning xizmatingizda bo‘ladi! Shuningdek, ilovada foydalanuvchilar
kitobxonlik tanlovlarini
tashkil etishlari mumkin.
Loyiha doirasida
220 000 sahifa
elektron kitob,
6000 soat audiokitob
yaratildi.
3 milliondan
ortiq foydalanuvchi o‘zbek va jahon adabiyotining
3000 dan ortiq asarlarini 10 million marta
o‘qigan.
📱
Mutolaa vaqti keldi!
Ilovani yuklab oling

October 22, 05:29
Media unavailable
1
Show in Telegram

#диққат
Ўқувчиларнинг ташаббусли бюджети – “Менинг мактабим” лойиҳаси бошланмоқда
Юқори синф ўқувчилари ўзи ўқийдиган мактабга керакли шарт-шароитларни ўз ташаббуслари билан қўлга киритиш имкониятига эга. 22 октябрдан бошлаб, улар “Менинг мактабим” лойиҳасига ўз таклифларини киритиши мумкин.
Таклифлар мактаб ўқувчилари орасида овозга қўйилади ва энг кўп овоз олганларини рўёбга чиқариш учун ҳар бир мактабга 60,2 млн сўмдан пул ажратилади.
Peshku tumani hokimligi axborot xizmati

October 21, 15:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

Men har safar
xorijliklar o‘zbek tilida
so‘zlayotganini ko‘rsam, chuqur faxr tuyg‘usini his qilaman. Albatta, sizda ham shunday bo‘lsa kerak. Ba’zida ular bizning o‘zimizdan ham ona tilimizda ravon gapirishi hayron qoldiradi.
Bugun esa yana bir yorqin misolga guvoh bo‘ldim —
xitoylik talaba o‘zbek tilida
juda ravon so‘zladi.
“Ibrat farzandlari”
loyihasi doirasida biz sun’iy intellekt yordamida
o‘zbek tilini o‘rgatish modulini
ishga tushirdik. Endi xorijliklar
learnuzbek.ai
platformasi
orqali kuniga atigi
15 daqiqa
ajratib, o‘zbek tilini o‘rganishlari mumkin.
Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!