
IMA Dang'ara tumani ixtisoslashtirilgan maktabi rasmiy kanali
Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo'shing!
‼️
‼️
‼️
#Agentlik_tizimidagi_maktablar
#Fargona_viloyati
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga iqtidorli o‘quvchilarni keng jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlariga start berildi.
🤩
Bugungi kunda  mamlakatimizning har bir hududida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar faoliyat olib bormoqda.
✔️
Bu dargohlar — zamonaviy sharoitlar, malakali o‘qituvchilar va iqtidorli o‘quvchilar jam bo‘lgan, xalqaro miqyosda e’tirof etilayotgan maskanlardir.
❗️
Har yili minglab ota-onalar farzandlarini aynan shu maktablarda tahsil olishini istaydi. Chunki bu yerda ta’lim, tarbiya va innovatsiya uyg‘unlikda olib boriladi.
🌐
Siz ham maktab hayoti, o'quvchilar va o'qituvchilarning erishayotgan yutuqlari, dars jarayonlari, iqtidorli o‘quvchilar tomonidan amalga oshiriladigan startap loyihalari hamda ijodiy ishlanmalaridan boxabar bo‘lishni xohlaysizmi?
Unda maktablarimizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklarni birinchilardan bo‘lib kuzatib boring!
📍
Farg‘ona viloyati
da joylashgan Agentlik tizimidagi maktablarning sahifalari:
1.
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi
2.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
3.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Farg'ona filiali
4.
Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
5.
Bag‘dod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
6.
Beshariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
7.
Buvayda tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
8.
Dang‘ara tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
9.
Farg‘ona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
10.
Furqat tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
11.
Marg‘ilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi
12.
O‘zbekiston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
13.
Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
14.
Qo‘qon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi
15.
Qo‘qon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi
16.
Qo‘shtepa  tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
17.
Quva tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
18.
Quvasoy shahar ixtisoslashtirilgan maktabi
19.
Rishton tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
20.
Toshloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
21.
Uchko‘prik tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
22.
Yozyovon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
23.
Farg'ona shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi
24.
Quvasoy shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi
Bizni kuzating
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Portal
#Dangara_IM
#Chsb
🏛
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Dangʻara tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 2025-yil 29-oktyabr kuni 2025-2026-oʻquv yili 1-chorak yakuni boʻyicha choraklik summativ baholash imtihonlarining ikkinchi kuni koʻtarinki kayfiyatda onlayn tarzda boshlandi.
✅
Bugun maktabning 8-9-sinf oʻquvchilari imtihon topshirishlari rejalashtirilgan.
⚜
Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing
#Dangara_IM
#Chsb
🏛
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Dangʻara tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 2025-yil 28-oktyabr kuni 2025-2026-oʻquv yili 1-chorak yakuni boʻyicha choraklik summativ baholash imtihonlari onlayn tarzda boshlandi.
✅
Bugun maktabning 6-, 11-sinf oʻquvchilari imtihon topshirishlari rejalashtirilgan.
⚜
Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing
#Dangara_IM
Hurmatli ota-onalar!
✅
Xabaringiz bor ixtisoslashtirilgan maktablar uchun yagona maktab formasi joriy etilgan. Unga koʻra oʻquvchilar maktab hududida belgilangan formada harakatlanishlari lozim. Yagona maktab formasi har bir mavsum uchun alohida koʻrinishga ega.
✅
Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda havo haroratining pasayib borishini inobatga olgan holda farzandingizni suratda koʻrsatilgan qishki kiyim (bamber) bilan maktabga kelishlarini taʼminlashingiz soʻraladi.
Maktab maʼmuriyati
#Dangara_IM
#Natija
🏛
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Dangʻara tumani ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi IELTS dan 7 ballni qoʻlga kiritdi.
✅
Maktabning 10-sinf oʻquvchisi Inogʻomov Muhammadrajab Rahmatjon oʻgʻli xalqaro IELTS imtihonida muvaffaqiyatli qatnashib 7 ballni qoʻlga kiritdi.
✅
Oʻquvchimizning keyingi faoliyatida ham omad tilaymiz.
⚜
Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing
#Dangara_IM
#Taqdirlash
🏛
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Dangʻara tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 2025-yil 27-oktyabr kuni taqdirlash tadbiri tashkil etildi.
✅
Unda asosiy fan olimpiadasining II (tuman) bosqichida faxrli oʻrinlarni egallab, keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan 17 nafar oʻquvchilar va ularga taʼlim berayotgan oʻqituvchilar maktab rahbariyatining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
⚜
Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing
#Dangara_IM
#Ertalabki_saflanish
🏛
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Dangʻara tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 2025-yil 27-oktyabr kuni ertalabki saflanish tadbiri boʻlib oʻtdi.
🟢
Unda maktab direktori, direktor oʻrinbosarlari, sinf rahbarlari, fan oʻqituvchilari va barcha oʻquvchilar ishtirok etdi.
🔵
Unda boshlanayotgan yangi haftaga rejalashtirilgan ishlar, oʻquvchilar tomonidan ichki tartib va odob-axloq qoidalariga rioya etilishi haqida toʻxtalib oʻtildi.
⚜
Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing
#Rahbar_kubogi
“Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbar kubogi” musobaqasiga start berildi!
Bugun Jizzax Prezident maktabida “Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbar kubogi” sport musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
✅️
Tadbirda Agentlik direktori
Sevara Shakirova
so‘zga chiqib, yoshlarni sog‘lom turmush tarzi, irodali va maqsadli bo‘lishga undovchi ushbu tashabbusning ahamiyatini ta’kidladi.
Musobaqa Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlarining
8–10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida
voleybol, mini futbol, stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha o‘tkazilmoqda.
Mazkur tashabbus yoshlarni sportga keng jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va jamoaviy ruhni mustahkamlashga qaratilgan.
🟢
Har bir g‘alaba — mehnat, iroda va hamjihatlik samarasidir!
Bizni kuzating
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Portal
#Rahbar_kubogi
“Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbar kubogi” musobaqasiga start berildi!
Bugun “Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbar kubogi” sport musobaqasining tantanali ochilish marosimi tizimdagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlarining
8–10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida
voleybol, mini futbol, stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha o‘tkazilishga start berildi.
Mazkur tashabbus yoshlarni sportga keng jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va jamoaviy ruhni mustahkamlashga qaratilgan.
❗️
Eslatib o‘tamiz, Agentlik rahbari Sevara Shakirova Jizzax Prezident maktabida start berilgan musobaqaga tashrif buyurdi.
Bizni kuzating
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Portal
#fan_olimpiadasi_2025
🏛️
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Dang'ara tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 9-11-sinf o'quvchilari asosiy fan olimpiadasining II (tuman) bosqichida ishtirok etdilar.
O'quvchilarimiz ushbu olimpiadada 11 ta fandan ishtirok etib, 17 ta g'olib o'rinni egalladilar!
Jumladan:
✅
1.Mamatqulova Muhabbatxon 9-sinf tabiiy fanlar yo'nalishi - kimyo fanidan 1-o'rin
✅
2.Alisherov Alpjahon 10-sinf tabiiy fanlar yo'nalishi - kimyo fanidan 2-o'rin
✅
3.Davronov Ahadjon 11-sinf tabiiy fanlar yo'nalishi - kimyo fanidan 2-o'rin
✅
4.Adhamov Afzalbek 9-sinf - informatika fanidan 3-o'rin
✅
5.Yo'lchiyev Davronbek 9-sinf - informatika 1-o'rin
✅
6.Mansurov Imronbek 10-sinf - informatika 1-o'rin
✅
7. Mahmudjonova Mubinaxon 10-sinf ona tili va adabiyoti 1-o'rin
✅
8. Odiljonova Nargizaxon 10-sinf ona tili va adabiyoti 3-o'rin
✅
9. Yoqubjonova Shabbonaxon 11-sinf ona tili va adabiyoti 1-o'rin
✅
10. Igamberdiyeva Nigoraxon 9-sinf rus tili 1-o'rin
✅
11. Inog'omov Muhammadrajab ingliz tili 10-sinf 1-o'rin
✅
12. Qahhorova Shahnozaxon 11-sinf ingliz tili 1-o'rin
✅
13. Mirzaahmedova Zarnigor huquq 11-sinf 1-o'rin
✅
14. Mo'minjonov Behruzbek 9-sinf geografiya 1-o'rin
✅
15. Burhonov Asadulloh 9-sinf matematika 3-o'rin
✅
16. Qodirjonov Rasulxon matematika 10-sinf 1-o'rin
✅
17. Bahodirjonov Odilbek 11-sinf matematika 2-o'rin
🥳
Ushbu muvaffaqiyat bilan o'quvchilarimiz, ularning ota-onalarini va albatta o'quvchilardan mehnatlarini ayamagan aziz ustozlarimizni chin dildan qutlaymiz!
17 nafar o'quvchimiz olimpiadaning viloyat bosqichida maktabimiz va tumanimiz sha'nini munosib himoya qilishadi!
⚜️
Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo'shing!