Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

qashqadaryo_MMTB

|Boshqarmaning rasmiy kanali
Facebook: Qashqadaryo_MMtb
bot:
@QashqadaryoMMTBbot
📬
e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz

Subscribers
47 600
Post views
3 793
ER
7,71%
Posts
80 632
October 22, 19:27
Media unavailable
10
Show in Telegram

#Mobil_malaka_oshirish
#Pedagogik_mahorat_markazi
📍
Qashqadaryo viloyati
🚌
"AQLVOY" - KASBI TUMANIDA
👩‍🏫
Mobil malaka oshirish xizmati orqali o'tkazib kelinayotgan "Metodik mahorat soati"ning navbatdagi tadbirlari Kasbi tumani Cho'lquvar MFY da joylashgan 10-sonli DMTT o'tkazildi.
Tarbiyachi-pedagoglar treninglarda mavsumdan kelib chiqib, kuz fasli haqidagi ma'lumotlarni bolajonlarga yanada qiziqarli tarzda yetkazish, ularning kuzatish ko‘nikmalarini shakllantirish, tabiatdagi o‘zgarishlarni idrok etishga o‘rgatish bo‘yicha interaktiv metodlardan foydalandilar.
🌿
🍁
Shuningdek, mashg‘ulot davomida “Kuz ranglari” nomli ijodiy burchak tashkil etib, unda tabiatdan olingan tabiiy materiallar yordamida ishlanmalarni namoyish etish orqali bolalarda ijodkorlik qirralarini rivojlantirish yo'llari muhokama qilindi.
🎨

October 22, 16:15
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

Qashqadaryolik pedagogdan yuqori natija
G'uzor tumanidagi 44-maktabning biologiya fani o‘qituvchisi JO'RAYEV SHAXZOD UROZ O'G'LI 22-oktyabr kuni o‘tkazilgan attestatsiyada ishtirok etib, 94 ball to‘pladi. Ustozni barcha pedagoglar nomidan tabriklaymiz.
https://t.me/qashqadaryo_MMTB

October 21, 12:40
Media unavailable
9
Show in Telegram

✏️
📚
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni
Davlat tili — bu millatning ruhi, uning tarixiy xotirasi va ma’naviy qudratini ifoda etuvchi bebaho boylikdir. Ona tilimiz – o‘zbek tili, xalqimizning asrlar davomida shakllangan boy madaniyati, ilm-fani va adabiyotining mustahkam poydevoridir.
Shunday tadbirlardan biri Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G'uzor tuman bo'linmasi hamda G‘uzor tumani 14-umumiy oʻrta taʼlim maktabi hamkorligida 21- oktyabr O‘zbek tiliga davlat maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan "Ona tilim - jon-u dilim" mavzusida tuman bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘quvchilar musiqiy va badiiy chiqishlari bilan barcha yig‘ilgan mehmonlarni xushnud etdi.
O'zbek tili bayrog‘i doimo baland hilpirab, avlodlar qalbida faxr va iftixor manbai bo‘lib yashasin!
https://t.me/guzortumani14maktab

October 21, 05:58
Media unavailable
4
Show in Telegram

#challenge
“Ona tilim — faxrim, g‘ururim”

Qashqadaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan eʼlon qilingan
“Ona tilim — faxrim, g‘ururim”
challenge uchun Shahrisabz tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi to‘garak aʼzolarining ishtiroki.
Toʻgarak rahbari: Xomidova Nargiza.
©️
Qashqadaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi  Axborot xizmati.

October 21, 04:29
Media unavailable
1
Show in Telegram

#21_октябр_ўзбек_тили_байрами_куни
Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni bugungi qutlug‘ sana — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan chin dildan muborakbod etaman!
Oʻzbek tili asrlar davomida xalqimiz ma’naviyati, adabiyoti va madaniyatining asosiy tayanchi bo‘lib kelgan. U millat sifatidagi mavjudligimizning ramzi, qalbimiz va tafakkurimiz oynasidir.
Shu bois ona tilimizga muhabbat va sadoqat ko‘rsatish, uning bor jozibasi bilan keyingi avlodlarga yetkazish — har bir yurtdoshimizning muqaddas burchidir.
Yana bir bor barchangizni bugungi bayram bilan samimiy tabriklayman.
O’zbek tili bayrami muborak bo’lsin!
E’zoza Karimova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
E’zoza Karimova

October 21, 04:28
Media unavailable
2
Show in Telegram

#21_октябр_ўзбек_тили_байрами_куни

Oʻzbek tili — asrlar davomida millatimiz va xalqimiz hayotining, adabiyoti va madaniyatining ajralmas bir qismi sifatida yashab kelmoqda. Ona tilimizga sadoqat koʻrsatish, uning bor jozibasi va tarovati bilan kelgusi avlodga yetkazish bugungi avlod vakillarining hayotiy burchidir.

XX asr boshlarida yashab ijod qilgan jadid bobolarimiz oʻzbek tilining hikmati va qadrini oʻz asarlarida ulugʻladilar, ilmiy asarlari va hikmatlarining bosh mezoniga aylantirdi.
👉
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tayyorlangan ushbu rolik orqali jadid mutafakkirlarining ona tilimiz — oʻzbek tili haqidagi hikmatli fikrlari bilan tanishasiz.
Bizni kuzating

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin

October 21, 03:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Ona_tilim_chellenji
G'uzor tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan 21-oktabr "O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan "Ona tilim" chellenji doirasida tayyorlangan videorolik.
https://t.me/qashqadaryo_MMTB

October 21, 03:38
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#соҳага_доир_ҳужжатлар
📣
Har yili Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi oʻtkaziladi, gʻoliblar davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
“Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”
gi
qarori qabul qilindi.
Unga koʻra:
👉
2026-yildan boshlab:

taʼlim qardosh tillarda olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha
darsliklarning yangi avlodi yaratiladi;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha
pedagoglar uchun oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqiladi;

maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar uchun
“Mening ilk izohli lugʻatcham” rasmli lugʻat kitobi yaratiladi;

bolalarga oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha zamonaviy animatsion
video va audio mahsulotlar ishlab chiqiladi;
👉
Qarorga asosan:

umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida
oʻzbek tili mavzusida insholar tanlovi;

oʻzbek tili fani oʻqituvchilari oʻrtasida “
Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” respublika tanlovi oʻtkaziladi;

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda boshqa vazirlik va tashkilotlar hamkorligida
har yili Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi oʻtkazib boriladi;

Mazkur olimpiada gʻoliblari respublika oliy taʼlim muassasalarining “filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili va adabiyoti” taʼlim yoʻnalishiga umumiy qabul kvotasidan tashqari
davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin

October 20, 11:44
Media unavailable
5
Show in Telegram

QASHQADARYO AXBOROTI | 21- oktyabr – “O‘zbek tili bayrami kuni” hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil to‘lishi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar tashkil etilmoqda.
😊
👍
#17oct
|
📱
INSTAGRAM
|
📱
FACEBOOK
|
🔵
TELEGRAM
|
📱
YOUTUBE
|
🔵
RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|
🔵
RADIO FM 102.3 INSTAGRAM
|
🔹
TV
⁉️
⁉️
⁉️
⁉️
⁉️
|
🔹
FM 102.3
⁉️
⁉️
⁉️
⁉️
⁉️

October 20, 11:38
Media unavailable
2
Show in Telegram

Inson aziz |
"Har kim ham o‘qituvchi bo‘lolmaydi... "
1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Habiba Mirzayeva
😊
👍
#16oct
|
📱
INSTAGRAM
|
📱
FACEBOOK
|
🔵
TELEGRAM
|
📱
YOUTUBE
|
🔵
RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|
🔵
RADIO FM 102.3 INSTAGRAM
|
🔹
TV
⁉️
⁉️
⁉️
⁉️
⁉️
|
🔹
FM 102.3
⁉️
⁉️
⁉️
⁉️
⁉️