
QIBRAY SADOSI / Расмий канал
Tuman ijtimoiy-siyosiy hayotidagi yangiliklar, badiiy hikoya, hajviya, she'rlar va gazeta o'quvchilarining fikrlari bizning kanalda.
https://t.me/joinchat/AAAAAEyXccN8f6ij7Dvt4A
Murojaаt uchun :
🅰️
dmin:
@qibraysadosi
Bilim va maʼrifat oyligi doirasida
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining Qibray tumanida joylashgan harbiy qismlaridan birida xizmat qilayotgan askarlar tuman Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida ularga adabiy merosimiz namunalari haqida so‘z yuritildi hamda Sayid Ahmadning “Ufq” romani mazmuni harbiy xizmatchilarga atroflicha tanishtirildi.
Tadbir askarlarning maʼnaviy dunyosini boyitish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish va yoshlarda Vatanga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlashga qaratildi.
Maʼmurjon RAHMONOV,
DXX ChQ 3-darajali serjanti
https://t.me/qibray_sadosi
Hafta oxirida biroz issiq havo saqlanib turadi
O‘zgidromet dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
https://t
.me/qibray_sadosi
Milliy armiyamiz asoschisi
Qibray tumanida joylashgan harbiy qismlarning birida
3-CHQV shaxsiy tarkibi
ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir birinchi Prezidentimiz, O‘zbekiston Respublikasining asoschisi
Islom Karimov
ni xotirlash hamda yoshlar ongida milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
Tadbir davomida buyuk davlat arbobining mamlakatimiz mustaqilligi va Qurolli Kuchlarimizni barpo etishdagi beqiyos xizmatlari, milliy armiyamizni yaratish va uni mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlari haqida so‘z yuritildi.
Uchrashuvda 48-umumta’lim maktabi Tarix va “Chaqiriqqacha yoshlar bilan ishlash” fani o‘qituvchisi
Olimjon Mallaboyev
ishtirok etib, Vatanga xizmat qilish burchi haqida suhbatlashdi.
Bunday tadbirlar yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitib, ularda milliy g‘urur, Vatanga sadoqat va ajdodlarimiz merosiga hurmat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Jamshid Madaminov
DXX ChQ 3- darajali serjanti
https://t.me/qibray_sadosi
#диққат
❗️
Ўзбекистонда Музейлар ҳафталиги
2 сентябрдан 8 сентябргача мамлакат музейларига бепул ташриф буюришингиз мумкин.
👉
@Qibray_sadosi
Endi uy-joy sotib olishda ham keshbek joriy etilishi mumkin
Hozirda uy-joylarning atigi 10 foizga yaqini QQS bilan, qolgan 90 foizi esa soliqsiz sotib olinyapti.
https://t
.me/qibray_sadosi
#Табриклаймиз
Бугун Қибрай тумани ҳокимининг матбуот котиби, ахборот сиёсати масалалари бўйича маслаҳатчиси, самимий инсон Тойир Ташходжаевнинг таваллуд айёми!
Шу муносабат билан, Тойир Худойбергановичга соғлик-саломатлик, оилавий бахт ва хотиржамлик тилаймиз!
Фаолиятида улкан зафар ва ғалабалар ёр бўлсин! Жамоатчиликка хизмат йўлида куч-қувват ва баркамол ҳаёт ҳамроҳ бўлсин!
Ҳурмат билан, "Qibray sadosi" таҳририяти жамоаси
https://t.me/qibray_sadosi
Qo‘ng‘iroqchamiz biroz sho‘xroq chiqib qoldi, uzr
😂
https://t.me/qibray_sadosi
#open_byudjet
Tashabbusli byudjet loyihasining 2-mavsumida g‘olib deb topilgan 10 ta loyiha uchun Qibray tumani byudjetidan 15 mlrd 342 mln so‘m mablag' ajratilgan
Xususan, Qibray tumani byudjetidan "Tashabbusli byudjet" loyihasining 2-mavsumi uchun ajratilgan mablag‘ evaziga g‘olib deb topilgan ta'lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini boyitish, o'quv binolarini ta'mirlash, mahalla infratuzilmasini yaxhshilash kabi ishlarga yo‘naltiriladi.
Quyida joriy yil 2-mavsumida g‘olib bo'lgan loyihalar bilan tanishing
.
👉
Hosildor MFY
👉
Mirzo Ulug’bek MFY
👉
25-maktab
👉
29-maktab
👉
G’ofur G’ulom MFY
👉
Qipchoq MFY
👉
”Yalang’och” Oilaviy poliklinika
👉
15-maktab
👉
1-maktab
👉
10-maktab
✍️
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬
telegram
📱
facebook
📱
Instagram
🌐
Website
📱
Youtube
#davra_suhbati
Milliy Armiyamiz asoschisi
Qibray tumani 28- o‘rta taʼlim maktabida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab “Milliy Armiyamiz asoschisi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qibray tuman bo‘linmasi rahbari J.Karimov, maktab direktori A.Baysalova, mahalla raisi Sh.G‘oziyev, CHQBT rahbari E.Xolmirzayev hamda maktab psixologi G.Asilbekova ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida Birinchi Prezidentimizning Milliy armiyani barpo etish va Vatan himoyasini mustahkamlashdagi o‘rni va xizmatlari haqida so‘z yuritildi.
Mazkur tadbir yoshlar qalbida vatanparvarlik, sadoqat va yuksak g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
Maʼmurjon RAHMONOV,
DXX ChQ 3-darajali serjanti
https://t.me/qibray_sadosi
#янгилик
Пойтахт метро линиялари Қибрайгача узайиши кутилмоқда
Келгуси тўрт йил ичида Тошкент шаҳрининг муҳим ҳудудлари ва шаҳар атрофини боғлайдиган бир неча ўнлаб янги станциялар очилиши режалаштирилган.
Лойиҳа транспорт тирбандлигини бартараф этиш ва шаҳар бўйлаб саёҳатни тезроқ ва қулайроқ қилишга қаратилган.
https://t.me/qibray_sadosi