
SAXOVATLI QO’LLAR Insoniylik Yordam Fondi
{ Yaxshilik qiling! Albatta Alloh yaxshilik qilguvchilarni sevadi. } (Baqara surasi, 195-oyat)
Aloqa uchun manzil:
@saxovatli
Faoliyatlarimizni boshqalarga ham ulashib, xayrli ishlarga
sababchi bo’lib, ajrga sherik bo’ling!
https://youtu.be/dtjAl3KNvMY?si=Y4pA_zOPnIaHJPz5
G’azo - Ta’lim loyihasi
https://youtu.be/IbRvpfh2SAY?si=JNJuecosPN3WXdRJ
Iffat loyihasi - G’azo
🇵🇸
https://youtu.be/F5Fz58wN8eI?si=dcwp5upnhCHlWeLP
G‘azo shahridan so‘nggi xabarlar
💥
Isroil armiyasi G‘azoni yana nishonga oldi. Shahar g‘arbiy mahallalariga qarshi kuchli va tinimsiz havo hujumlari amalga oshirilmoqda.
🏚️
Harbiy samolyotlar G‘azo shahrining g‘arbiy qismidagi “Mafraq at-Tayaran” chorrahasida…
G‘azo shahridan so‘nggi xabarlar
💥
Isroil armiyasi G‘azoni yana nishonga oldi.
Shahar g‘arbiy mahallalariga qarshi kuchli va tinimsiz havo hujumlari amalga oshirilmoqda.
🏚️
Harbiy
samolyotlar
G‘azo shahrining g‘arbiy qismidagi “Mafraq at-Tayaran” chorrahasida joylashgan aholiga to‘la turar-joy binosini nishonga oldi. Guvohlarning aytishicha,
ko‘plab odamlar vayronalar ostida qolgan.
⚠️
Fuqaro mudofaasi ma’lumoti:
As-Sabra mahallasida, 30-ko‘cha hududida G‘abbun oilasiga tegishli uyga uyushtirilgan zarbada
40 dan ortiq kishi vayronalar ostida
. Qutqaruvchilar nihoyatda xavfli sharoitda ishlamoqda. Hozircha
2 ayolning jasadi
topilgan.
🏥
Al-Ma’madoniy kasalxonasi:
Isroil samolyotlari tomonidan “Mafraq at-Tayaran” atrofida joylashgan uyni nishonga olish natijasida
2 ayol shahid bo‘lgan
, keyinroq
shahidlar soni 3 nafarga yetgan.
👦
Bir bola og‘ir jarohat olgan.
Bu vahshiylik — urush tugashi kerak bo‘lgan so‘nggi soatlarda ham davom etmoqda.
💔
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra:
G‘azo shahridagi so‘nggi hujumda
50 dan ortiq kishi shahid bo‘lgan.
G‘azo hozir ham olov ichida.
https://t.me/saxovatliqollar
G’azoda urush tugadi!
https://t.me/saxovatliqollar
G’azoda urush tugadimi ?
https://youtu.be/7SZEpeA4eaY?si=4BLerK6oU9_zLVTe
G‘azo shahri va shimoliy hududlardan majburan ko‘chirilgan, hozirda markazda qochqinlikda yashayotgan oilalarga yordam yetkazishda davom etmoqdamiz.
8-oktyabr kuni sizlarning yordamingiz bilan G‘azo markazida issiq taomlar tayyorlab, minglab muhtoj oilalarga ulashish loyihasini amalga oshirdik.
Bugun G‘azoda otashkesin e’lon qilingan bo‘lsa-da, xalqning og‘ir ahvoli davom etmoqda.
G‘azoda aholilarga turli ko‘rinishdagi yordam loyihalarimiz izchil davom etadi.
🤲
Yordam qo‘lini cho‘zgan barcha ehson egalariga chin dildan minnatdorchilik bildiramiz.
Alloh qilgan yaxshiliklaringizni qabul qilsin.
📩
Aloqa va yordam uchun:
Telegram;
t.me/saxovatli
WhatsApp; +352681519195
Bosqinchilarning tajovuzi davom etmoqda
Bosqinchilar otashkesin e’lon qilinganiga qaramay, G‘azo bo‘ylab hujumlar va bombardimonlarni davom ettirmoqda.
Ko‘plab hududlarda portlashlar, yong‘inlar va tinch aholining talafotlari haqida xabarlar kelmoqda.
Bu — xalqaro hamjamiyat guvohligida, tinchlik bitimiga zid holda amalga oshirilayotgan navbatdagi tajovuzdir.
🤲
Alloh zolimlarga kifoya qilsin.
https://t.me/saxovatliqollar
🕊️
Rasmiy Xabar:
G‘azoda otashkesin e’lon qilindi
Al Jazeera xabar berishicha, 2025-yil 9-oktyabr kuni Isroil va Hamas o‘rtasida G‘azoda urushni to‘xtatishga qaratilgan otashkesin kelishuvi e’lon qilindi.
Bu birinchi bosqichdagi sulh bitimi bo‘lib, quyidagi asosiy shartlarni o‘z ichiga oladi:
Qurolli hujumlarni to‘xtatish va harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish.
Isroil qo‘shinlarining ma’lum hududlardan chekinishi.
Garovdagilar evaziga falastinlik mahbuslarning bir qismini ozod etish.
G‘azoga oziq-ovqat, suv, dori-darmon va boshqa yordam vositalarini kiritishga ruxsat berish.
Bu kelishuv ikki yillik uzluksiz urush va azoblardan keyin G‘azo xalqi uchun umid nuri bo‘ldi.
Biz, “Saxovatli Qo‘llar” xayriya tashkiloti, bu ikki yil davomida G‘azo xalqining yonida bo‘ldik va bundan keyin ham insonparvarlik loyihalari bilan qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz.
🤲
2 yil davomida biz bilan G‘azoni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur.
Alloh sizlarning saxovatingizni qabul qilsin.
Birgalikda — G‘azo uchun, insonlik uchun, hayot uchun.
https://t.me/saxovatliqollar