
Shaxsiylik
Shaxsiy qarashlarim
Hamkorlik uchun:
@Hamkorlik_admin1
Xayrli tong doʻstlar
✨
Kelilar bugungi kunimizdan maksimal darajada foydalanib qolishga harakat qilaylik.
Bir necha yillardan keyin afsuslanib oʻtirmaslik uchun,
aynan bugun imkoniyatlarimizdan foydalanishimiz kerak
🫡
Insonlar minglab qilingan yaxshiliklarni bitta xato tufayli unutib yuborishlari mumkin...
Alloh minglab qilingan gunohlarni birgina yaxshilik uchun kechirib yuborishi mumkin!
Yaxshiliklar qilish va Oʻzining magʻfiratiga erishish hammamizga nasib qilsin!
@shaxsiyqarashim
MIYA BEKORCHILIKNI YOQTIRMAYDI
Agar siz maqsadlar qo'ymasangiz va ularga intilmasangiz,unda miyangiz kelajakka emas,balki o'tmishga qarab harakat qiladi.
❌
Biz xatolarimiz va muvaffaqiyatsizliklarimiz haqida o'ylaymiz.Chunki miyani ishlashini ta'minlaydigan maqsad yo'q.
Natijada biz doimiy tashvish va qo'rquvga tushib qolamiz.Bunday turmush tarzi inson ma'naviyati uchun xavfli bo'lishi mumkin,chunki u umidsizlik va depressiyani qo'zg'atadi.
Bekorchilikka qarshi 3 maslahat:
Maqsadingizni toping!
U juda ham katta yoki puxta tuzilgan bo'lishi shart emas.Faqat o'zingizga yoqadigan narsalarni tanlang va har kuni kichik qadamlar qo'yib,unga sho'ng'ing.
Juda uzoq vaqt ishlamang!
Sog'lom aql uchun muntazam aqliy mashqlar muhim ahamiyatga ega. Divanda hech narsa qilmasdan yotish mumkin,ammo bunday dam olishni boshqa bir dam olish turiga almashtirish lozim.
O'zingizga e'tibor qarating!
Ya'ni yaqinlaringiz bilan munosabatlar,sog'liq, ish,dam olish va hokazo.
@shaxsiyqarashim
Hayot — bu shoshilmaslik san’ati.
Ba’zan hamma narsa reja bo‘yicha ketmaydi. Kimdir sendan oldin muvaffaqiyatga erishadi, kimdir esa orqada qoladi.
Lekin bu poyga emas — bu yo‘l.
Har kimning yo‘li, sinovi, vaqti boshqacha.
Shoshilma.
O‘zingni boshqalar bilan solishtirma.
Har bir og‘riq, har bir kechikish, har bir sinov — seni kerakli joyga olib boradigan darsdir.
Bugun biroz charchagan bo‘lishing mumkin, ammo bu to‘xtash degani emas.
O‘zingni esla:
Harakat qilayotganingning o‘zi — g‘alaba.
@shaxsiyqarashim
Keksa, yosh — hayotga har kimki yetar —
Hammasi izma-iz birma-bir o‘tar.
Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy,
Keldilar, ketamiz, kelishar, ketar.
Inson ulg'aygani sari negadir undan samimiylik uzoqlashadi. Manfaatlar ustun kela boshlaydi. Xohlamasak-da.
Bu - ulgʻayishning shafqatsiz qonuniyatlaridan eng achinarlisi!