Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Shohijahon Dadaboyev | YouTube Marketing

shohijahon_dadaboyev

- YouTube Marketing hamda Mediaga oid bilim va tajribalarim
- Eng so’ngi yangiliklar, tavsiyalar, darsliklar, bir-biridan foydali maqolalar
Har kunlik faoliyatimni esa Instagramda yoritib boraman
👇
instagram.com/shohijahon_dadaboyev

Subscribers
225
Post views
1 080
ER
864,08%
Posts
26
July 24, 11:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

Videolaringiz millionlab ko'riladi
Agar siz ssenariy yozishni chuqurroq bilib olsangiz, videolaringiz uchadi. Chunki kamera qarshisida "nima deyishim kerak edi?" deb o‘ylanadigan
vaqt
— tomoshabinni yo‘qotadigan
vaqt
. Bu vaqt kuzatuvchilar videodan chiqib ketishsa, YouTube sizni topga chiqarmaslikni boshlaydi.
Ssenariy bu —
xarita
. Qayerdan boshlaymiz, qayerda tutib qolamiz, va qayerda layk oldiramiz —
ipidan ignasigacha
yoziladi. Quyidagilar esa sizga foydaliroq bo'ladi:
Hook
– birinchi 3 soniya: "Nima bo‘lyapti o‘zi?" degizishi kerak.
Muammo
– odamni o‘ziga tortadigan real og‘riq nuqtasi.
Sabab
– "Nima uchun bu muammo bo‘lyapti?" degan javob.
Yechim
– sizning yondashuvingiz, foydali maslahat, tajriba.
Loop -
videolaringizni voqealarni bir-biriga bog'lab turadi.
Call to Action
– "oxirigacha ko'ring", "kommentda yozing", "obuna bo‘ling".
Eng yaxshi ssenariylar — qisqa, sodda va dialogga o‘xshagan bo‘ladi. Ya'ni ssenariy faqat matn emas, odam bilan suhbatdek tuyulishi kerak.
Siz ssenariy yozishda qaysi qismda ko‘proq qiynalasiz?
Aytmoqchi bu
video
orqali ssenariy yozishni to'liqroq o'rganib oling!

July 23, 11:24

Podcast boshlashingiz uchun muhim 5 QADAM
Bu ishlarni qilmasdan turib, podkast boshlamang!
👇
1- nishangizni yoki mavzularni tanlab oling
, ya'ni siz biznes yo'nalishidamisiz, kinomi, ilmiy sohadami aniq qilib oling.
2- brendingizni shakllantiring va onlayn ko'rinishni yarating
, bunga veb-sayt yaratishingiz, ijtimoiy tarmoqda profillar ochish va audio tarzda eshitilish uchun platformalarga akkunt ochishingiz kerak bo'ladi.
3- audioni sifatli yozish va tahrirlash uchun jihozlar va texnikalar sotib oling
, agar sizni texnikalarngiz yaxshi bo'lmasa, ovozda muammo bo'ladi va bu sizga qimmatga tushishi mumkin!
4- birinchi podkastingizni yozib, montaj qiling, keyin esa unga sarlavha, opisaniyalar tayyorlang hamda chiqarishga tayyor qilib qo'ying, va boshlang
5- podkastni hammayoqqa tarqating
, instagram, facebook, telegram, tik-tok barcha joylarga videolardan, ovozlardan parchalar olib kontent joylab boring.
Bu harakatlar albatta sizdan davomiylik va sifatni talab qiladi.
Esda tuting: podcast=davomiylik
.
Keyingi maqolalarda podkast orqali qanday daromad qilish yo'llarini ham o'rgataman
😉
Siz esa bu maqolani podkast boshlamoqchi bo’lgan do’stingizga yuborib qo'ying!
@shohijahon_dadaboyev

July 23, 09:16
Media unavailable
2
Show in Telegram

Assalomu alaykum Meni ismim Doniyor. Hozirgi kunda Marketing,SMM,Targeting bo'yicha yo'nalishida 3 yildan buyon faoliyat olib boraman Konsultatsiyagacha menda loyihalarga you tubeni qo'shib daromadni oshirishni o'ylagandim,lekin uni raqamlari va you tubeni…

July 23, 09:15

Assalomu alaykum
Meni ismim Doniyor.
Hozirgi kunda Marketing,SMM,Targeting bo'yicha yo'nalishida 3 yildan buyon faoliyat olib boraman
Konsultatsiyagacha menda loyihalarga you tubeni qo'shib daromadni oshirishni o'ylagandim,lekin uni raqamlari va you tubeni asosiy metrikalari bo'yicha bilimlarim yetishmasdi!
Konsultatiyada nimalar oldim!
Asosiy metrikalar,you tube orqali loyihaga daromad olib kelish va barchasini qanday tizimli olib borish bo'yicha savollarimga javob oldim!
Bu insaytlar real keyslar va raqamlar asosida bo'lgani menga juda yoqdi!
Bepul konsultatsiya bo'lsa ham,pulga oladigan bilimlarni tekinga oldim desam ham bo'ladi!
Qisqa qilib aytganda hammaga tavsiya qilaman!

July 22, 16:19

YouTube sizni hali tanimaydi.
Video chiqarasiz. 7 ta ko‘rish. 1 ta like. 0 ta obunachi.
Keyin o‘ylashni boshlaysiz: “Nima xato qildimikin-a?”
Xatolarni bilmadimu, lekin 1000 ta obunachiga erishish uchun 6 qadam oʻrgatmoqchiman:
1. Kimga kontent qilayapsiz?
“Hammaga” emas, aniq bir auditoriya tanlang!
Masalan: “Tibbiyot kollejidagi talabalar uchun maslahatlar.”
Auditoriya aniq bo‘lmasa, YouTube kimga ko‘rsatishni bilmaydi.
2. Profil va banner aniq bo‘lsin!
Kim uchun, nima haqida va qachon video chiqishi yozilsin.
Profilda o‘zingizni qisqa, samimiy tanishtiring)
3. Sarlavha bosishga majbur qilmasa — video umuman koʻrilmaydi!
“1-video”, “Vlog 01” — bularni hech kim bosmaydi, ko’rmaydi ham))
Siz: “7 kunda qanday qilib 100$ ishladim?" deb yozing!
4. Rejasiz kontent — ko‘rilmaydi.
YouTube algoritmi tartibni yaxshi ko‘radi.
Haftasiga 1–2 tadan video chiqaring.
Mavzularni oldindan rejalang. Bu uchun Notion yoki Google Sheet yetarli.
5. Trendlar
doim koʻproq auditoriya olib keladi siz ham trendga o‘z pozitsiyangizni, fikringizni moslashtiring.
Shunda yangi odamlar sizni ko‘radi, lekin brendingizga zarar yetmaydi.
Xulosa:
1000 obunachi — bu hali muvaffaqiyat emas. Bu — yo‘lning boshlanishi.
YouTube sizni eshitishi uchun avval siz o‘zingizni aniq pozitsiyangizni ko’rsating.
Bugunoq bajaring:
– Profilingizni to‘g‘rilang
– Kontent reja yozing
– Sarlavhalarni qayta yozib chiqing
– Yangi auditoriya haqida o‘ylab video tayyorlang
Va yana esda tuting:
YouTube jiddiy o‘ylaganlarga jiddiy natija beradi!
@shohijahon_dadaboyev

July 19, 07:18

Shunaqa loyihalarga o’zim bilan birga olib kelaman desam. Keladiganlar bo’ladimi?
👀

July 19, 07:17
Media unavailable
2
Show in Telegram

July 19, 06:54
Media unavailable
3
Show in Telegram

Videoga auditoriyani reaksiyasi
🥹
Ekranda kimni ismi chiqdi? Taniganlar bormi?

July 19, 06:42
Media unavailable
2
Show in Telegram

July 19, 06:37
Media unavailable
2
Show in Telegram