Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Bonu Sayyid

sokinlikuzra

•Mohinabonu Saidumarova

• Turkiya Karabuk davlat univeri talabasi
! Postlar manbaa bilan olinsin

Subscribers
1 210
Post views
4 684
ER
380,86%
Posts
3 424
October 11, 14:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

💖
Ona bo’lish - rivojlanishdan to’xtash emas, balki, hayotning yangi sahifasi boshlanishi.
🤩
Sayohat faqat shaharlar aro emas, balki, qalblar aro ham bo’ladi.
📕
Ilm olish umuman vaqt tanlamaydi. Jarayon ko’proq ichki xohish bilan bog’lanadi. Sezganingizdek…

October 11, 14:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

💖
Ona bo’lish - rivojlanishdan to’xtash emas, balki, hayotning yangi sahifasi boshlanishi.
🤩
Sayohat faqat shaharlar aro emas, balki, qalblar aro ham bo’ladi.
📕
Ilm olish umuman vaqt tanlamaydi. Jarayon ko’proq ichki xohish bilan bog’lanadi.
Sezganingizdek bu kanalda oilaviy munosabatlar, farzand tarbiyasi, onalik davrida ham ilm o’rganish va sayohatlar mavzusida gaplashamiz
🌼
Kanalda o’z shaxsiy fikrlarim va hayot tarzim orqali ayol-qizlarni ilm olishga, onalikka yengilroq qarashga o’rgataman va albatta o’zim eng sevganim sayohat qilishga qiziqtiraman.
Deyarli 5 yildan beri talaba o’laroq Turkiyadaman. 1 yildan oshdi turmush o’rtog’im bilan baxtli hayot kechiraman. 4 oylik shiringina Safiyanurimni onasiman
💛
Kanalga obuna bo’ling, birga rivojlanamiz
😍
https://t.me/+9-iBkJOtRKhlYmRi
https://t.me/+9-iBkJOtRKhlYmRi

June 18, 10:50

Sinov kelganda unga boshidanoq go’zal sabr qilish mushkul. Xatto sabr yo’lini topa turib, yana orada oqsashlar bo’ladi. Ayniqsa u paytlar jismonan yolg’izlikda qolib ketish ishni yana-da chigallashtiradi. Ma’lum vaqt yaxshi yurasan, orada tanaffus qilib yana turli fikrlar, holatni o’ylayverish, noumidlikka sho’ng’ib qolish boshlanadi.
Tabiiki bu vaqtlar o’zimizni chalg’itishga, yomon fikrlardan uzoq turishga va ko’proq O’ziga yuzlanishga urunamiz. Ammo oson emas aytilganidek. Ustda boshqasan, ichdan kemirayotgan qurtlar esa o’zingga ayyon.
Inson ba’zan shunday o’ta chiqishi ko’rinmaydigan sinov ko’chalariga kirib qolar ekan. Lekin bu ham o’tadi nasib bo’lsa, oldingilari o’tganidek. Oson emasligi uchun ham ajri ko’paytirib berilar balki..
Ba’zan bu sinovlar nimadurlarni o’rgatish ilinjida bo’ladi. O’rganguncha boshingni o’tga betga urasan va oxiri o’sha nuqtaga bexos ko’zing tushadi. “Mana chiqish yo’li” deysan. Harakat qila turib yana qoqilasan. Shu tarzda davom etadi bari. Ammo bir kun tushunadi inson, bari bekorga emasligini, bu sinovlardan olingan darslarni. Va nasib bo’lsa kulib eslaydi barini bir kun… O’sha bir kunga yetishish esa qancha muddatni oladi biz insonlarga qorong’u…
Qorong’ulik ichida suzish esa o’ylaganimdan ancha mushkulroq ekan.
@sokinlikuzra

June 15, 06:10

Qizim, Safiyanurim
💕
Oramizga, bu sinovlarga boy dunyoga xush keldiz. Siz haqizda bilganimdan buyon siz bilan huddi katta insondek bilib gaplashamiz, ilmlar o’rgatib kelvommiz. Endi esa chin hayot ilmlari boshlanadi. Siz uchun ham, biz uchun ham.
Ota-onalik shunchaki oddiy maqom emas ekan. Buni shu oylar davomida yaxshigina angladim. Ulkan ma’suliyat insonni yelkasiga yuklanar ekan-ki, uni to’g’ri boshqarish mushkul. Ammo birgalikda barchasini ustidan chiqishimizga aminman, nasib bo’lsa.

May 19, 19:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

O’zi hayotidan baxtsiz insonlar, boshqalardagi baxtni ham ko’pdek ko’rishadi. Aslida insondagi baxt qayerdan, nimadan shakllanadi? U aynan nimalargadur bog’liqmi? Moddiyat, farzand, oila, sog’liq…
Menimcha aynan nimagadur bog’lanmaydi. Chunki bu dunyo mukammallik olami emas. Shunga ko’ra har birimizda biror noqislik albatta topiladi. Birimiz moddiy boymiz, ammo sog’liq noqis. Birimizda esa umuman teskarisi. Ya’ni har birimizning o’zimizga ko’ra sinovlarimiz bor.
Xo’sh unda nimaga bog’lanadi? deydigan bo’lsak, insonlarning ularga kelayotgan sinovlarini qabul qilish daraja, saviyalariga deyishim mumkin. Shunda ham bu bog’lanish emas. Va yana holatlar yuzasidan fikrlash va xulosalanish tarzi ham ta’sir o’tkazadi.
Bu uchun bir nechi mingta kitobni tugatgan, oliy o’quv dargohlarini bitirgan bo’lishi shart emas. Bunday asoslarga oldin bog’lardim, biroq keyin hayotdagi bunday statusga egamas bo’lib turib, go’zal tushunchali insonlarni uchratgach, fikrimdan qaytdim. Insonni ilman saviyali bo’lishi ham uni baxtli, boshqalarga zulm yetkazmaydigan qilib qo’ymas ekan. Xattoki diniy tushunchalarga ega ekani ham.
Inson avvalo o’zini tushunsa, baxtni topa olsa, o’zi ichki xotirjamligini topsagina boshqalar hayotiga noo’rin aralashishdan, hasaddan to’xtaydi.
Ammo shu baxtni topa olish muammo. Yoshlikdan kattalar bekorga “qo’lingda boriga shukr qil” deb o’rgatishmas ekan. Chunki shukr - baxtni shakllantiradi. Inson ikki turli ko’z bilan hayotiga qarashi mumkin. Holatlardan to’g’ri xulosa chiqarib, o’zidagi ne’matlarni ko’ra olishni o’zi katta ne’mat. Bo’lmasa har birimizni yetarlicha nolishimizga sabablar bor. Ammo yechim nolishda emas, sabablarga kirishishdadir.
Anchadan beri yozmapman bu sahifamda. Miyamdagi ba’zi fikrlarni qayd etib ketgim keldi. Biroz chalkash bo’ldi, chunki anchadan beri yozmayapman..
@sokinlikuzra
🌼

April 20, 07:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

Go’zaaal yoyilib o’tirish
😌
Qizlar sahifasi ochilgandan so’ng, bu sahifamda ancha tinchib ketdim. Ammo shu kunlar qaytish niyatim bor, ichimda yig’ilgan gaplar ko’p
💕
Hozircha shunday ishlar bilan bandman. Yana eski o’zimni topib, rasmlar, ranglar olamiga sho’ng’iganman
@sokinlikuzra

January 19, 05:50
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Kitob + tabiat = yoqimli birlik
🤩
@sokinlikuzra

January 11, 12:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Qishning quyoshi, ayolning ko’z yoshi, amirning iltifoti, dushmanning nasihati va dengizning sukunati aldamchidir”
Usmonlichaning eski mashxur jumlalaridan
🪶
@sokinlikuzra

January 11, 11:38

Onalik, aytishda oson ammo yashab o’tilishi qiyin va bir tomondan umuman o’zgacha hislarni in’om etuvchi jarayon
bo’lsa kerak. Shu uchun ham balki “ona bo’lmaguncha onangni anglay olmaysan” deyilar…
Onalikning ilk g’amxo’rlik davrlari to farzand vujudda ekan boshlanadi. Balki aslida undan oldin ham bu ka’bi hislar insonda bo’lar. Biroq, baribir u vujuddaligini bilingandan so’ng ilk onalik instinktlari ishlay boshlasa kerak.
Bu tabiiki eng go’zal onlar bo’lishi bilan bir qatorda, insonga ikki karra qiyinchilik beradigan ondir ham. Lekin o’ta qiyin degani ham emas, gaplar ko’zimizni qo’rqitmasin. Bu ham bir davr va uni ham o’ziga yarasha zavqli taraflari bor. Hayotdagi har bir onimiz tezlik bilan o’tadi, aynan u ka’bisi esa boshqa kelmaydi. Bo’ynimizga tushadigani esa har ondan yetarli qadar baxramand bo’lib qolish. Xoh u og’riqli va qiyin davrlar bo’lsa-da.
Aslida shu qiyinchiliklar ham bizga ko’p darslarni beradi. Onalikning ilk onlari, ya’ni farzand vujudda ekani paytlari ham bundan mustasno emas. Ona u payt o’z sog’lig’idan ham ko’ra, farzandi haqida ko’proq o’ylashga o’tadi. Shu ham bo’lajak tug’iladigan farzandga nisbatan onaning mehri tushishiga ilk bosqichlar bo’lsa ajabmas.
Biz insonlar, qiyinchilik bilan erishganimiz narsalarga ko’proq mehr qo’yamiz
odatda. Ayol hayotidagi eng qiyin erishiladigan baxtlardan biri esa farzand bo’lsa kerak.
Shunga ham balki onalar farzandiga shu qadar mehribon-ki, har mehr kalimasi tilga olinganda beihtiyor ona keladi hayolga.
Bu davrdagi har bir tortilayotgan ruhiy va jismoniy og’riqlar faqat o’sha onaga ayyon. Uni boshqa insonga aytsa-da, his qilinishi qiyin. Ayniqsa turli havotirlarni o’zi ham, jismoniy og’riqlar o’rnini ham bosib ketadi. Ona - biz farzandlar tabiiki bu bosib o’tilgan yo’l va og’riqlarni idrok eta olmaymiz. Shu uchun ham ba’zi onlarda ularni bizni tushunmaslikda ayblasak kerak. Vaholan-ki, to vujudda paytimiz anglashga urunib, eng tushunarsiz ya’ni chaqaloq paytimiz ham biz nimaga dard chekayotganimizni tushungan yagona inson u, Ona…
Inson chindan ham ona bo’lmay turib, onasini anglashi qiyin bo’larkan.
@sokinlikuzra

December 23, 16:38
Media unavailable
1
4
Show in Telegram

Odatda
0-3 oydagi bolalarga oq-qora rangdagi kitob va kartochkalar
orqali ta’lim boshlashni tavsiya qilishadi. Nimaga unday deydigan bo’lsak:
-
Bolaning ilk oylarida hali ko’rish qobiliyati yaxshi rivojlanmagan bo’lib, u faqat oq-qora ranglarni yaxshi farqlay oladi.
Va bunday ranglar bolaning diqqatini yetarlicha jalb qiladi, samarali ko’rish mashqlari o’rnida xizmat qiladi.
Ranglarni ajrata olish qobiliyati astalik bilan rivojlanadi. Qora-oq rangli kitoblardan foydalanish esa bolaning vizual va kognitiv rivojlanishida juda foydali hisoblanadi. Bu haqida pastda yozaman.
Qora-oq rangdagi ranglar miyaga kuchli signal yuboradi. Bu esa vizual sezgirlikni oshirib, ko’rish tizimining rivojlanishiga yordam beradi. O’rganish va miyaning neyron tarmoqlari faollashadi, bu esa chaqaloqning kuzatish va diqqat qaratish qobiliyatini yaxshilaydi.
Endi esa vizual va kognitif rivojlanish:
Vizual rivojlanish
- chaqaloqni ko’rish qobiliyati o’sishi va yaxshilanishini anglatadi.
Ma’lumot o’rnida:
- Bola tug’ilganda faqat 20-30 sm masofadagi narsalarni ko’ra oladi. Va bu sekin yaxshilanib, yuzlarni, oddiy kontrastli shakllarni ko’radi. Oq-qora, qora-qizil rangli kontrastli ranglarga yaxshi javob bera oladi. Vizual rivojlanish bolani tashqi dunyo bilan muloqot qilishini osonlashtiradi va harakatlarini muvofiqlashtiradi.
Kognitif rivojlanish esa:
O’ylash, tushunish, o’rganish, xotirlash qobiliyatining rivojlanishidir. Kognitiv rivojlanish bolaning miyasi qanday qilib ma’lumotni qayta ishlashi va yangi bilimlarni o’zlashtirishini tushuntiradi. Qisqa aytganda esa miyaning ishlashi va bilimlarni qayta ishlashga qaratilgan.
Shu uchun boshlang’ich oylar uchun eng yaxshi ta’lim uslubi oq-qora rangdagi kitob va kartochkalardir.
@sokinlikuzra
🤩