Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

talimuz

🎓
@TalimUz
– Yangi loyiha! Yangi brend!
O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting!
Hamkorlik (reklama):
@Talimuz_murojaatbot

Subscribers
257 000
Post views
18 360
ER
7,49%
Posts
973
July 14, 09:31
Media unavailable
1
Show in Telegram


Test savollarini ishlash uchun qancha vaqt beriladi?
3 ta majburiy fanlar uchun (jami 30 ta savol) —
60 daqiqa (1 soat);
2 ta mutaxassislik fanlari uchun (jami 60 ta savol) —
120 daqiqa (2 soat).
Jami: 180 daqiqa (3 soat).

Agar kimdadir chet tili yoki boshqa fanlardan imtiyozli sertifikati bo‘lsa va o‘sha
mutaxassislik fani
uchun test sinovidan ozod qilingan bo‘lsa, unda
60 daqiqa (1 soat)
ayirib tashlanadi. Agar ikkita mutaxassislik fanidan ham imtiyozi bo‘lsa, unda 120 daqiqa ayirib tashlanadi hamda faqat majburiy fanlar uchun
1 soat vaqt beriladi;

Agar abituriyentda ona tili va adabiyot, tarix hamda matematika fanlaridan sertifikati bo'lsa, unda u majburiy fanlardan ham testdan ozod qilinadi. Bunda har bir ozod bo'lgan fani uchun
20 daqiqa
chegirib tashlanadi. Masalan, 2 ta majburiy fandan test topshirsa, unda 40 daqiqa beriladi;

Kasbiy (ijodiy) imtihonlari bor yo‘nalishlarga topshirgan abituriyentlar uchun faqat 3 ta majburiy fanga
1 soat vaqt beriladi.
❗️
Ushbu vaqt ichiga javoblarni belgilash ham kiritilgan. Yaʼni bo‘yash uchun
alohida qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

@talimuz

July 14, 09:06
Media unavailable
5
Show in Telegram

📢
2025–2026 ўқув йили учун Осиё Халқаро Университетида қабул давом этмоқда!
🎓
Осиё Халқаро Университети — бу замонавий билим, амалиёт ва
келажакни бирлаштирувчи маскан.

88
та таълим йўналиши

200 та ГРАНТ ўрни

Чет элда амалиёт

Талабалик даврида иш топиш ва тажриба орттириш

Фаол талабалар ҳаёти: маънавият лойиҳалари, спорт ва волонтёрлик
📌
ДТМ баллингиз орқали ҳам талаба бўлиш имконияти мавжуд!
🌐
Рўйхатдан ўтиш:
qabul.oxu.uz
💬
Онлайн мурожаат учун:
@oxu_admin01
📄
Litsenziya
(№ 715238, 10.11.2022-y.)
📞
Биз билан боғланиш: +998 55 305 00 09

July 14, 07:34
Media unavailable
1
Show in Telegram


7 usul orqali testlarni to‘g‘ri ishlashni o‘rganing!
Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.
1️⃣
Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing.
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan,
sharti bilan yaxshilab tanishing.
Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.
2️⃣
Avvaliga oson savollarga javob bering.
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.
3️⃣
Javoblarni xayolda topishga harakat qiling.
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.
4️⃣
Har bir javob variantini o‘qing.
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.
5️⃣
“Chiqarib tashlash” usulidan foydalaning.
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.
6️⃣
“Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.
7️⃣
Har bir savolga javob bering.
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.
Maslahatlarimiz
sizga ma'qul bo'lgan bo'lsa, do'stlaringiz va yaqinlarizga ham ulashing.

@talimuz

July 14, 07:00
Media unavailable
3
Show in Telegram

Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ?
😊
🇺🇿
🇯🇵
O'zbekistonda universitetni bitirib,
Yaponiyada
IT sohasida
ish boshlash mumkin. Buni Japan Digital University
ilk bitiruvchilari uddalashdi.
Siz- chi ? Yapon tili va IT ni o'rganib
🇯🇵
Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ?
😊
👉
HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN
Qabul davom etmoqda !
Kirish imtihonlari matematika, ona tili va adabiyoti fanlaridan bo'lib o'tadi
.
📞
71-200-05-95
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Web site

July 14, 03:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Kirish imtihonlari boshlanmoqda!
📹
Test sinovlarini jonli kuzating!
Abituriyentlar
va
ularning
ota-onalariga
qulaylik yaratish maqsadida ko'ngillilar tomonidan
@test2025uzbot
ishlab chiqildi.

Bot orqali telegramdan chiqmasdan, hechqanday brauzerga kirmasdan
test sinovlarini jonli efirda kuzatib borishingiz
mumkin!
Barchasi juda oson:
1⃣
. Ro'yxatdan o'ting;
2⃣
. Viloyatni belgilang;
3⃣
. Test binosini tanlang.
📹
@test2025uzbot
Shubhali holatni ko'rsangiz xabar bering!

@talimuz

July 13, 07:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

Javoblar varaqasi namunasi-2025
🖨
Ushbu javoblar varaqasini chop eting va uni to'g'ri to'ldirishni hozirdan mashq qilishni boshlang!

Esingizda bo'lsin, bo'yaganda doiradan tashqariga chiqmang. Doira ichini to'liq bo'yalmasligi ham xato;

Xato qilib belgilagan doirani "teshish" mumkin emas. Skaner teshilgan javobni baribir xato deb hisoblaydi;

Bitta testga javob sifatida birdaniga ikki yoki undan ortiq doirani bo'yash mumkin emas. Bu ham xato va buning uchun hech qanday ball berilmaydi.
‼️
Eng yomoni, xato qilganingiz uchun sizga yangi titul berilmaydi!

@talimuz

July 12, 11:56
Media unavailable
1
Show in Telegram


Testdan keyin abituriyent nima qiladi?

O‘tgan yildan buyon testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo‘ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi.
Xo‘sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
1️⃣
Birinchidan: beshtagacha yo‘nalish tanlaydi.
Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan
ISTALGAN yo‘nalishlarni
va
ISTALGAN OTMlarni
tanlashi mumkin.
Ko‘pchilik ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida tanlagan
yo‘nalishini o‘zgartirsa bo‘ladimi
, deb so‘ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo‘nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko‘pchilik chalg‘ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo‘nalish
hech narsani anglatmaydi
, shunchaki osonroq bo‘lishi uchun misol sifatida qo‘yilgandi xolos.
Xullas, siz ro‘yxatdan o‘tishda qaysi yo‘nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan
ISTALGAN beshtagacha yo‘nalishni
tanlay olasiz.
2️⃣
Ikkinchidan, ta’lim shaklini tanlaydi.
Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab,
kunduzgi, kechki
yoki
masofaviy
shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo‘nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo‘ladi. Masalan, 1 va 2-yo‘nalishga kunduzgi, 3 va 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib.
Qaysi yo‘nalishda kechki va masofaviy bor-yoki yo‘qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi.
3️⃣
Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi.
Bunda tanlov ustuvorligini yoki
davlat grantiga
, yoki
yo‘nalishga
qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q,
asosiysi davlat grantiga kirishim kerak"
, desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart,
kontraktga kirsam ham roziman
" desa, unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.
(joriy yilda sirtqi bo‘lmaydi, lekin misol tariqasida tizim qanday ishlashini tushunib olish mumkin)
❗️
XULOSA:
Demak, abituriyentlar
14-23-iyul kunlari
testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun
15 kun
vaqt beriladi. 15 kun o‘tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat
1 hafta ichida
chiqishi kerak. Demak,
17-avgust atrofida
mandat chiqishi mumkin.
Oliygohlarning mandati chiqib bo‘lgach, o‘qishga kira olmagan abituriyentlarga
kollej
va
texnikumlarni
tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga
10 kun
vaqt ajratiladi.
Manba
: Xushnudbek

@talimuz

July 12, 03:34
Media unavailable
1
1
Show in Telegram


Testingiz qayerda bo'lishini bilasizmi?
📹
O'sha bino kameralarini kuzatishnichi?

Telegram bot orqali tezda aniqlang!
Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga
2025-2026-o‘quv yili
kirish
test sinovi o‘tkaziladigan binolar
bo‘yicha ma’lumotlar
joylashtirildi
. Telegramda
@imtihon_qayerda_bot
orqali buni aniqlash osonlashtirildi!
Unda quyidagilar aks etgan:

Test o‘tkaziladigan hududni
rasmi
;

Hududga
kirish joylari
;

Test sinovi o‘tkaziladigan joy
nomi
;

Test sinovi o‘tkaziladigan joy
manzili
;

Bino
raqami;

Test sinovi o‘tkaziladigan
guruhlar
;

Joylarning google xaritadagi
joylashuvi
;

Binodagi kuzatuv kameralar.
Hoziroq sinang va adashib yurmang:
👉
@imtihon_qayerda_bot
👉
@imtihon_qayerda_bot

Eslatib o'tamiz, hududga vaqtida kelmagan abituriyentlar test sinovlariga qoʻyilmaydi!

July 11, 14:05
Media unavailable
2
Show in Telegram

⚡️
14-iyulidan 23-iyuligacha davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari tashkil etiladi
📊
671.397 nafar abituriyent testga
kiradi!
📈
143.356 nafari sertifikatga
ega!

678 nafarida 5 ta fandan ham bor!
⛔️
3.370 ta sertifikat soxta bo'lib chiqdi!
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan
brifingda
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari
Nazokat Abduqunduzova
ma’lum qildi.

2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish
5-iyundan 25-iyungacha
onlayn tarzda amalga oshirildi. Bu davr mobaynida respublika bo‘yicha jami
671 397 nafar abituriyent
ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan
426 685 nafari (63,6 %) joriy yil bitiruvchilari, 244 712 nafari (36,4 %) esa oldingi yillar bitiruvchilari
hisoblanadi.
🔠
Abituriyentlarning
53,8 foizini (
361 019 nafar)
xotin-qizlar
,
46,2 foizini
(310 378 nafar)
erkaklar
tashkil etdi.
🔠
Alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarga
39 307 nafar abituriyent
hujjat topshirdi.
🔠
Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida taqdim etilgan xalqaro sertifikatlar tizimli ravishda ko‘rib chiqildi. Natijada
18 854 ta sertifikat
haqiqiy deb topildi va tan olindi.
3 370 ta sertifikat
esa belgilangan talabga javob bermagani sababli rad etildi.
🔠
Joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan
678 nafar abituriyent
test sinovlaridan
ozod qilinib,
bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazildi
. 2024-yilda
bunday imkoniyatdan atigi
1 nafar abituriyent
foydalangan edi.
🔠
85 140 nafar abituriyent
umumta’lim fanlaridan
, 58 216 nafari esa chet tillaridan milliy
yoki
xalqaro sertifikatga
ega ekani aniqlandi. Bu ko‘rsatkichlar
2024-yilda
mos ravishda
13 180 va 44 834 nafarni
tashkil etgan.
🔠
Joriy yildan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan yo‘nalishlarga faqat
til sertifikatiga ega
abituriyentlar qabul qilinmoqda. Bu talablarga mos kelgan abituriyentlar soni
22 041 nafarga
yetdi.

@talimuz

July 11, 06:57
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bu yil akademik litseylarga kirish uchun 49 mingdan ortiq ariza topshirildi
Qabul jarayonlari kecha,
10-iyul
kuni
yakunlandi
. 9-sinf bitiruvchilari tomonidan jami
49 ming 362 ta
ariza yuborildi.

9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul
davom etmoqda.
Bugungacha
134 ming 568 ta
ariza kelib tushgan. Qabul
20-iyulgacha
(shu kuni ham)
davom etadi.

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMlarga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha
1 ming 370 ta
ariza kelib
tushgan.
Turdosh yoʻnalishlar roʻyxati
bu yerda.
Qabul
25-iyulgacha
davom etadi.

Magistraturaga arizalar qabuli davom etmoqda. Bungacha
6 ming 373 ta
ariza
kelib tushgan
. Qabul
30-iyulgacha
(shu kuni ham)
davom etadi.

Ikkinchi mutaxassislikka qabul kecha tunda
ochildi
. Bungacha 2 ming 70 ta ariza
kelib tushgan
. Qabul
10-avgustga qadar
(shu kuni ham)
davom etadi.
⛔️
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli
15-iyuldan
boshlanib,
5-avgustgacha
davom etadi.
#Qabul2025

@talimuz