
Ta'limxona
Taʼlimxonamizga xush kelibsiz
Taʼlimga oid eng soʻnggi yangiliklar...
Hamkorlik uchun:
@ravshanjon_uz
#raqamlashtirish
#talabaga_qulaylik
⚡️
Endi talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha onlayn ariza berishlari mumkin
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
24-sentyabrdagi
605-son qaroriga
asosan ijara huquqi asosida yashaydigan
davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim
shaklida tahsil olayotgan talabalarga oylik
ijara to‘lovining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi bo‘yicha
arizalarni onlayn yuborish imkoniyati yaratildi.
Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:
1️⃣
kontrakt.edu.uz
axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣
shaxsiy kabinetdan
“Ijara to‘lovlari”
bo‘limi tanlanadi.
3️⃣
“Ariza yuborish”
tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.
Bunda
1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr
oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi
.
Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun
ijara shartnomasi bo‘lishi
talab etiladi.
Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati:
👉
http://ijara.soliq.uz
@talimxona
- Bu sizning xonangiz!
🔵
📌
Super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi
Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) uchun
ta’lim krediti berilmaydi.
Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit berishi mumkin va uni foizi yuqori bo'ladi.
Biroq super-kontraktga kirganlar 2-kursdan oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol
2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin.
Ta’lim krediti joriy yildan boshlab
faqat kunduzgi ta’limda o'qiydiganlarga
beriladi.
Super-kontraktni
4 ga bo’lib to’lash
mumkin.
Eslatib o'tamiz, “Super-kontrakt”ga kirgan talabalar ham keyinchalik
grant asosida
o‘qishi mumkin.
@talimxona
- Bu sizning xonangiz!
🔵
#e’lon
⚡️
Ariza yubormaganlar shoshiling! 1-kursga tavsiya etilganlar uchun yotoqxonalar ajratila boshlandi
Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan
reglamentga
asosan Davlat xizmatlari markazi yoki
my.gov.uz
portali orqali
ariza yuborgan talabgorlarga talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha
natijalar e’lon qilinmoqda
.
Ma’lumot uchun, reglamentga muvofiq dastlab
imtiyoz va ustuvorliklarga
ega talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Shundan so‘ng joylar,
umumiy ro‘yxatdagi
talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️
1-kurs talabalari uchun
55 — 65 foiz
;
▪️
2-kurs talabalari uchun
15 — 20 foiz
;
▪️
3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun
20 — 25 foizgacha
ajratiladi.
Arizalar qabuli
o‘quv yili yakuniga qadar
davom etadi.
Batafsil ma’lumot:
👉
https://lex.uz/uz/docs/-6568679
#e’lon
⚡️
Ariza yubormaganlar shoshiling! 1-kursga tavsiya etilganlar uchun yotoqxonalar ajratila boshlandi
Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan
reglamentga
asosan Davlat xizmatlari markazi yoki
my.gov.uz
portali orqali
ariza yuborgan talabgorlarga talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha
natijalar e’lon qilinmoqda
.
Ma’lumot uchun, reglamentga muvofiq dastlab
imtiyoz va ustuvorliklarga
ega talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Shundan so‘ng joylar,
umumiy ro‘yxatdagi
talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️
1-kurs talabalari uchun
55 — 65 foiz
;
▪️
2-kurs talabalari uchun
15 — 20 foiz
;
▪️
3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun
20 — 25 foizgacha
ajratiladi.
Arizalar qabuli
o‘quv yili yakuniga qadar
davom etadi.
Batafsil ma’lumot:
👉
https://lex.uz/uz/docs/-6568679
@talimxona
- Bu sizning xonangiz!
🔵
‼️
Talabalarni OTM yotoqxonalariga qabul qilish tartibi: muhim 6 qoida Talabalarni OTM yotoqxonalariga qabul qilish my.gov.uz yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali berilgan yo‘llanma asosida amalga oshiriladi. Talabalarni talabalar turar joyiga yo‘llanmasiz…
‼️
Talabalarni OTM yotoqxonalariga qabul qilish tartibi: muhim 6 qoida
Talabalarni OTM yotoqxonalariga qabul qilish
my.gov.uz
yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali berilgan yo‘llanma asosida amalga oshiriladi. Talabalarni talabalar turar joyiga yo‘llanmasiz qabul qilish taqiqlanadi.
1. Yotoqxonaga joylashish uchun ariza kimga beriladi?
• Talabalar faqat
my.gov.uz
portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali berilgan rasmiy yo‘llanma asosida joylashtiriladi.
• Yo‘llanma olish uchun arizalar
1-avgustdan o‘quv yili tugaguniga qadar
topshiriladi.
• Yo‘llanmasiz talabalar turar joyiga qabul qilish qat’iyan taqiqlanadi.
• Berilgan yo‘llanma faqat
o‘sha o‘quv yili davomida
amal qiladi.
2. Arizada kamchiliklar aniqlansa tuzatishga vaqt beriladi
• Agar arizada kamchilik bo‘lsa, abituriyentga
5 ish kuni
muddat beriladi.
• Belgilangan vaqtda xatolar tuzatilmasa yoki yolg‘on ma’lumot ko‘rsatilsa, davlat xizmati ko‘rsatish rad etiladi.
• Boshqa sabablarga ko‘ra rad etish mumkin emas.
3. Yo‘llanma chiqqanidan so‘ng 10 ish kunida talaba shartnoma qilishi kerak
• Yotoqxonada bo‘sh o‘rinlar avval
imtiyozli talabalar ro‘yxati
, keyin esa
umumiy navbatdagi talabalar
asosida avtomatik shakllanadi.
• Talabani joylashtirish jarayoni OTM va talaba o‘rtasida
shartnoma tuzish
orqali amalga oshiriladi.
• Agar 10 ish kuni ichida shartnoma tuzilmasa yoki birinchi oy uchun to‘lov qilinmasa, yo‘llanma
bekor qilinadi
.
• To‘lov miqdori va muddatlari OTM tomonidan belgilanadi.
4. Iqtidorli talabalar birinchi qabul qilinadi
Ustunlik huquqiga ega talabalar:
• “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, etim va ota-ona qaramog‘idan mahrum talabalar;
• “Ijtimoiy himoya yagona reestri”, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari;
• I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;
• Xorijiy davlat fuqarolari;
• Bir oiladan kamida ikki yoki undan ortiq kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar;
• Xalqaro va respublika olimpiada g‘oliblari;
• “Zakovot” respublika bosqichi g‘oliblari;
• “Yil talabasi” tanlovi g‘oliblari;
• “Talabalar teatr studiyalari” tanlovi g‘oliblari;
• Talabalar turar joyi kengashi raisi yoki qavat sardorlari.
5. Birinchi kurs talabalariga ko‘proq joy beriladi
Imtiyozga ega bo‘lmagan talabalar uchun joylar quyidagicha taqsimlanadi:
• 1-kurs talabalariga
55–65%
;
• 2-kurs talabalariga
15–20%
;
• 3-kurs va undan yuqori kurslarga
20–25%
.
Qoidalar:
• To‘lmagan o‘rinlar avval quyi kurslar, so‘ng yuqori kurslarga beriladi.
• OTM joylarni fakultetlar kesimida ham taqsimlashi mumkin.
6. Imtiyozga ega bo‘lmaganlar ham mezonlar asosida tanlab olinadi
Umumiy ro‘yxatdagi talabalar quyidagicha tartib bilan joylashtiriladi:
1. Bir oiladan kamida ikki yoki undan ortiq kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar;
2. Kunduzi o‘qiyotgan talabalar;
3. Talaba qizlar;
4. Bakalavriat bosqichida o‘qiyotgan talabalar;
5. OTM joylashgan hududdan boshqa hududda yashovchilar;
6. Ariza topshirilgan sana bo‘yicha navbat asosida.
@talimxona
- Bu sizning xonangiz!
🔵
"Oltinchi yo‘nalish" tanlash haqida 5 ta asosiy fakt!
Shavkat Mirziyoyevning ta’limga oid videoselektorda ilgari surgan yangi tashabbusi bo‘yicha ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Quyida shu haqda eng muhim 5 ta faktni bilib oling:
1️⃣
Qachondan boshlanadi?
Bu tartib keyingi yildan emas,
aynan joriy yildan (2025-yildan)
kuchga kiradi.
2️⃣
Tartibi qanday bo‘ladi?
Hozircha aniq tartibi tasdiqlanmagan. Mas’ul vazirlik bir nechta variant ustida ish olib bormoqda. Rasmiy tartib tasdiqlangach, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
3️⃣
Kimlar uchun?
Bu imkoniyat faqatgina tanlagan
beshala yo‘nalishiga ham (na grant, na kontraktga) kira olmagan
abituriyentlar uchundir. Agar birorta yo‘nalishga qabul qilingan bo‘lsangiz, bu tartib sizga taalluqli emas.
4️⃣
Bu super-kontraktmi?
Yo‘q, bu super-kontrakt emas. Bu imkoniyat faqat
kvotasi to‘lmay qolgan o‘rinlar
hisobidan taqdim etiladi. Agar biror yo‘nalishda barcha o‘rinlar to‘lgan bo‘lsa, unga oltinchi yo‘nalish sifatida tanlov bo‘lmaydi.
5️⃣
Qaysi yo‘nalishni tanlash mumkin?
Oltinchi yo‘nalishni tanlashda abituriyentning
fanlar majmuasi mos kelishi shart
. Masalan, biologiya fanidan imtihon topshirgan abituriyent yurisprudensiya yo‘nalishini tanlay olmaydi.
Xulosa:
Demak, bu yil o‘qishga kira olmaganlar uchun qo‘shimcha imkoniyat bo‘ladi, lekin uning aniq tartib-qoidalari hali e’lon qilinmadi.
@talimxona
- Bu sizning xonangiz!
🔵
«Super-kontrakt» haqida ayrim maʼlumotlar
❓
4 ballgacha yetmaganlar qancha to’laydi?
Super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha:
➡️
o‘tish baliga
1
ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining
1,5 barobari;
➡️
1,01
balldan
2
ballgacha —
2 barobari;
➡️
2,01
balldan
3
ballgacha —
2,5 barobari;
➡️
3,01
balldan
4
ballgacha —
3 barobari.
❓
Super-kontrakt bilan bir qatorda oddiy kontrakt ham qo‘shib to‘lanadimi?
✔️
Yo‘q, unaqa emas. Birinchi yili faqat super-kontrakt summasi to‘lanadi, oddiy (bazaviy) kontrakt qo‘shib to‘lanmaydi. Ikkinchi yildan boshlab esa faqat oddiy kontrakt to‘lanadi, super-kontrakt to‘lanmaydi.
❓
Super-kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachongacha ariza berishi kerak?
✔️
Hali super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmayapti. Arizani sentyabr oyida, o‘qishlar boshlangach
onlayn berasiz
.
Kim birinchi ariza bersa, o‘sha birinchi qabul qilinadi, degan qoida yo‘q. Talabgorlar
to‘plangan ballga qarab tartibga solinadi,
yaʼni avval yuqori ball to‘plaganlarga imkon beriladi.
❓
Super-kontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi?
✔️
Yo’q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit taklif qilishi mumkin.
❓
Super-kontraktdagilar grant taqsimotida qatnasha oladimi?
✔️
Ha, ular ham 1-kursdan keyin o’zlashtirishi va faolligi yaxshi bo’lsa, grantga da’vogarlik qila oladi.
@talimxona
- Bu sizning xonangiz!
🔵
O‘qishga kirishga yetarli ball to‘play olmadingizmi?
“Hammasi tugadi”, - deb o‘ylashga shoshilmang. Sizda yana bir ajoyib imkoniyat bor.
🎓
Hurmatli abituriyentlar!
Endilikda siz
UZBMB (DTM) test
natijalari asosida,
imtihonsiz
Renessans ta’lim universiteti talabasi bo‘la olasiz.
Davlat litsenziyasiga ega hamda davlat namunasidagi diplom taqdim etuvchi
30 dan ortiq ta'lim yo'nalishlariga
ega Renessans taʼlim universiteti talabasiga aylaning
.
Buning uchun hoziroq rasmiy saytimiz orqali ariza topshiring
👉
www.renessans-edu.uz
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, bugunoq talaba boʻling!
📞
Murojaat uchun:
555067007 |
@RTUadmin
👈
📄
Litsenziya (№
715272, 18.11.2022)
📍
Manzil:
Toshkent shahri , Samarqand darvoza koʻchasi, Charxnovza 17
Telegram
|
Instagram
|
Veb-sayt
📌
Kontrakt toʻlovining 12%ni qaytarib olishda 26 yosh chegarasi bekor qilindi
Professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.
Avvalgi tartibda, ota-onalar oʻzlarining 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining kontraktlari uchun pul toʻlaganda, toʻlangan qismidan 12 foizlik daromad soligʻi hisoblanmasdi va qaytarib berilar edi. Endi bu yosh bu yosh chegarasi bekor qilindi.
@talimxona
- Bu sizning xonangiz!
🔵
⚡️
Yakuniy mandat natijalari e’lon qilindi!
Natijangizni
@DTMSTAT_BOT
orqali darhol ko‘ring.
1️⃣
“MANDAT NATIJASI”
ni bosing
2️⃣
Abituriyent ID
raqamingizni kiriting
3️⃣
Natijangiz chiqadi
Holat turlari:
🟢
Davlat granti
🟡
To‘lov-kontrakt
🔴
Talabalikka tavsiya etilmadi
+ tanlangan yo‘nalish va tafsilotlar
👉
Hoziroq kiring:
@DTMSTAT_BOT
#tezkor
#rasman