
Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...
Telegram:
@taqi_guruhi
Instagram:
https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona:
@books_taqi
Sayt:
taqu.edu.uz
🇬🇧
Buyuk Britaniyaning Chevening stipendiya dasturiga arizalar qabuli endi ochiq!
Stipendiya yetakchilik qobiliyatiga ega nomzodlarga Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlarida
magistrlik
darajasini olish imkoniyatini, shuningdek, butun dunyo boʻylab 50 000dan ortiq bitiruvchilardan iborat global tarmoqni taqdim etadi!
🎓
Grant olish huquqiga ega bo'lish uchun nomzod:
- O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi,
- bakalavr darajasiga ega bo'lishi,
- kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo'lishi,
- Britaniyaning uchta universitetiga hujjat topshirib, 2026-yil iyul o'rtasigacha kamida bittasiga to'liq (unconditional offer) qabul qilinishi,
- o‘qishni tamomlagandan keyin kamida 2 yilga O‘zbekistonga qaytishi kerak.
🎉
Chevening dasturi nimalarni qoplaydi?
- Tanlangan universitetning to’liq o’quv to’lovlarini (kontrakt)
- Oylik stipendiya
- Borish va qaytish uchun uchish biletlari
- Qo’shimcha xarajatlar
📆
Arizalar qabuli
2025-yil 5-avgustdan 7-oktabrgacha
ochiq. Arizangizni quyidagi havola orqali topshiring:
https://www.chevening.org/apply/uzbekistan
Jahon miqyosidagi ta’lim olish va Buyuk Britaniya madaniyati bilan tanishish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.
📌
Batafsil ma’lumot uchun
Telegram kanalimizni kuzatib
boring.
Bugun ro‘yxatdan o‘tishning oxrigi kuni!
📆
2025-yil 25-iyun
— oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni hisoblanadi.
📱
Abituriyentlar bugun,
soat 23:59 ga qadar
ro‘yxatdan o‘tishlari yoki (to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa ham) ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritishlari mumkin.
26-iyundan
boshlab
ma’lumotlarni tahrirlash imkoniyati yopiladi.
🔔
Shu munosabat bilan abituriyentlarga quyidagilar tavsiya etiladi:
▪️
Ro‘yxatdan o‘tishni kechiktirmasdan, imkon qadar erta yakunlash;
▪️
Fanlar majmuasi (ketma-ketligi), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik;
▪️
Xalqaro sertifikatlarini tizimga imkon qadar ertaroq yuklash;
▪️
Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish (imtiyozga ega bo‘lganlar bundan mustasno);
▪️
Barcha kiritilgan ma’lumotlar va to‘lov holatini shaxsiy kabinet (qayd varaqasi) orqali tekshirib chiqish.
🌐
Ro‘yxatdan o‘tish havolasi:
my.uzbmb.uz
ℹ️
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun rasmiy sahifalar kuzatib borilishi tavsiya etiladi.
✔️
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
O‘zbekiston delegatsiyasi Chengduda bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy-texnologik konferensiyada ishtirok etdi
11-iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining Chengdu shahrida
“Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi Ikkinchi xalqaro ilmiy-texnologik almashinuv konferensiyasi hamda fan, texnologiyalar va innovatsiyalar vazirlarining yig‘ilishi
bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yirik anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari
Otabek Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya
ishtirok etdi.
Konferensiyada
91 davlat va 17 xalqaro tashkilotdan 1500 nafardan ortiq
delegat qatnashdi. Xususan, vazirlar yig‘ilishida
42 ta davlat vakillari
ishtirok etib, global muammolarga qarshi ilmiy yondashuv va xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Anjuman doirasida
vazir o‘rinbosari O.Mahkamov
Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari
Konstantin Mogilevskiy
bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.
Shu bilan birga, ushbu xalqaro anjumanda
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti iUNRC (Tadqiqot hamkorligi uchun universitetlar tarmog‘i) a’zoligiga rasman
qabul qilindi. Bu orqali universitet
O‘zbekiston nomidan iUNRCda ishtirok etuvchi ilk oliygoh
ga
aylandi
.
#XalqaroAnjuman
#OliyTaʼlim
#Hamkorlik
#Eʼtirof
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
TAQU registrator ofisi
telegram kanaliga qo'shilib oling:
@taquregistratorofisi
1.
Bitiruvchi kurs (kunduzgi va sirtqi ta'lim) talabalar uchun qayta o‘qish 2025-yil 19-maydan boshlanadi
bunda 1-,2- va 3-kurs talabalari qarzdor fanlari mavjud bo‘lsa
4-kurs (kunduzgi)
va
5-kurs (sirtqi)
guruhlariga qo‘shilib o‘qishi mumkin. Qayta o‘qish uchun to‘lovni
kontrakt.edu.uz
tizimi kredit-modul bo‘limidan onlayn ariza beriladi va registrator ofisi tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlangan shartnoma orqali to‘lovni amalga oshirish mumkin.
☝️
ESLATMA
.
Qayta o‘qish uchun to‘lovni 2025-yil 19-may kunigacha amalga oshirishingiz shart.
2.
1- , 2- va 3-kurs (kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy ta'lim) talabalar uchun qayta o‘qish 2025-yil 26-maydan boshlanadi
.
Qayta o‘qish uchun to‘lovni
kontrakt.edu.uz
tizimi kredit-modul bo‘limidan onlayn ariza beriladi va registrator ofisi tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlangan shartnoma orqali to‘lovni amalga oshirish mumkin.
☝️
ESLATMA
.
Qayta o‘qish uchun to‘lovni 2025-yil 26-may kunigacha amalga oshirishingiz shart.
3. 2025-yil 19-maydan boshlab bir marta qayta o‘qish uchun qo‘yilgan fan 2024-2025 o‘quv yili uchun boshqa qo‘yilmaydi.
4. Qayta o‘qish fanlarini qachondan qo‘yilishi va boshlanish sanalarini ushbu URL orqali bilib borishingiz mumkin:
👇
https://drive.google.com/drive/folders/12rVExr_7nOoLtVxYhj28Xh9Cb6GnbbAf?usp=sharing
5. Qayta o‘qish fanlari dars jadvallari
ni ushbu URL orqali bilib borishingiz mumkin.
👇
https://drive.google.com/drive/folders/12rVExr_7nOoLtVxYhj28Xh9Cb6GnbbAf?usp=sharing
6. Qayta o‘qish fanlari to‘lovga qarab ketma ket qo‘yib boriladi.
7. 2024-2025 o‘quv yilida 1-, 2- va 3-kurs
(kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy ta'lim
) Qayta o‘qish uchun umumiy kreditlar miqdori 24 kredit (24 ECTS) gacha o‘qishi belgilangan.
8. 2024-2025 o‘quv yili qayta o‘qish fanidan o‘zlashtirgan talabalar baholarini HEMIS AT Qayta o‘qish bo‘limidan bilib boradilar.
9. Qayta o‘qish to‘g‘risidagi ma'lumotni TAQU registrator ofisidan yoki
👉
https://t.me/taquregistratorofisi
kanaldan olishingiz mumkin.
10. TAQU registrator ofisi telefon raqami: +998555080291
Assalomu alaykum.
✅
AutoCaD dasturini o'rganmoqchi bo'lib yurgan yoshlarimizga katta imkoniyat.
🏗
Biz sizga AutoCaD dasturi bilan birga loyiha qilishni, uning konstruktiv elementlarini, qurilish texnologiyalari va jarayonlarini 0 dan kamida 2 AR loyiha portfoliongizni atigi 1 oylik kursimizda o'rgatamiz.
💲
Bu hali hammasi emas. Kursimizga CHEGIRMALAR e'lon qildik.
⏰
26-aprel 12:00 da TAQU 2-bino 424-xonada barchangizni ochiq darsimizga taklif qilamiz, qatnashish BEPUL.
💻
Bu darsda siz AUTOCAD dasturida mustaqil ishlash ko'nikmalariga ega bo'lasiz.
🙋🏻
🙋🏻♀️
Eng faol qatnashchilar uchun
AutoCaD dasturida loyihalash
kursimizga qo'shimcha chegirmalar beriladi.
🧑🏻💻
👩🏻💻
Siz bir qarorga kelguningizcha 1000 dan ziyod yoshlar biz bilan birga o'rganib, qurilish sohasida o'z o'rniga ega bo'lishdi.
Murojat uchun
👇
👇
👇
@AutoCaD_fast_learn
https://t.me/shaxobiddins_blog
Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
pinned a photo
#Abituriyent2025
#BaholashMezoni
☄️
2025/2026-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga
mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
tasdiqlandi
(mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi)
.
💬
Unga ko‘ra:
◀️
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:
🔸
Ona tili
(o‘zbek, rus, qoraqalpoq)
x 10 ta;
🔹
Matematika x 10 ta;
♦️
O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️
30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.
◀️
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
➡️
1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️
2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️
60 ta savoldan jami 156,0 ball.
🟩
2025/2026-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga
umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test
topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan
maksimal ball –
189 ballni
tashkil etadi.
‼️
Eslatma o‘rnida
👉
Fanlar majmuasi
bu yerda
👉
Javoblar varaqasi
bu yerda
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#TAQU
#OSHXONA24_7
🏛
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida
"Qurilish kafesi"
24/7
faoliyatini boshladi!
📣
Endilikda saharlik va iftorlik vaqtlarida ham oshxona eshiklari ochiq.
Barchangizni kutib qolamiz!
📍
Manzil:
1-sonli TTJ ro‘parasida
📞
Murojaat uchun:
+998946419616