Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Переходник

taqwatiy
Subscribers
80
Post views
5 520
ER
8 363,64%
Posts
4
July 03, 07:26

https://t.me/+rhbN3sqX5GA3OGUy

June 23, 20:47

Channel created

May 30, 19:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

Balki yoshimiz tengdir, lekin siz meni katta boʻlganingizda tushunasiz…..)
@taqwatiy

May 30, 12:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kun oyati

May 30, 10:58
Media unavailable
1
Show in Telegram

Hamirni mushtlashib qoʻy, sut quyib berib tur, kamroq sol, sen ham ertaga erga tegasan ke unni elakdan oʻtkazishni oʻrgan. Tandirni qizdirishga tomdan oʻtin tashlash kerak, gʻozapoya yaxshi yonadiyu, choʻgʻi kam tushadida anor oʻtin tashasin ayt akengga. Hamirturushni salqin uyga opkirib qoʻy. Tandir qizidi nonni opkeginda oʻzing ket, orqamdan oʻtma nonlarim tushib ketadi.
Nonni uzdim, qatirmachaklari qoldi uzib yevol boʻmasam qorayib ketadi. Choʻgʻiga kartoshka koʻmgan boʻsen qarab oʻtir kuyib hidi chiqmasdan olib yevol…..) Chiroylilarini non idishga solib oʻradim, kimdir kelsa oldiga qoʻyamiz, tandirni jagʻiga yopilgan nonlarni yimiz avval.
Bizni yoshlik shunday oʻtgandi….)
19-yoshimgacha telefon tutmaganimdan fahralanaman. Yoshligimni samimiy oʻtishiga sababchi boʻlgan ota-onamga cheksiz tashakkurlarim:)
*samimiy chiqishi uchun ba’zi jumlalar sof Andijon shevasida yozildi
@taqwatiy

May 30, 09:33
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qadarga taslimiyatda hayr bor!
Chet elga kelishimdan oldin surunkali va qattiq shamollash bilan buyrakda tutib ogʻriq paydo boʻlganda ikki bukilib qoladigan holatga kelib qoldim, boshimni orqasi ogʻrib qoldi. Shifokorga borganda “почечный давление” tashxisi qoʻyishdi, bunaqa qattiq shamollash va analizlar bilan uyda davolanishga ruxsat bermayman dedi shifokor. Faqat ayollar davolanadigan shifoxonaga davolanishga yotdim. Tabiiyki, u yerda homiladorlar, turmushga chiqmaganlar umumiy aralash yotishadi.
Palatamizga mendan 2 yosh kichkina qiz keldi. Koʻrinishidan soddaligini bilish qiyin emas, roʻmollarini ham eplab oʻray olmaydigan darajada soddagina va qattiq siqilgan. Honada 3 kishimiz, hammamizdan kattaroq opa gap boshladi:
-singlim nimaga yotibsiz?
-shamollash kuchli ekan 5 kun yotish kerak dedi eng kamida
-sizchi? deb anavi yangi qizga savol berdi
-3 oylik homilam rivojlanmay qolibdi shuni tushirishga keldik dedi koʻzi toʻla yosh.
Unaqa payt nima deb dalda bersang uni ichidan oʻtganini his qila olmagandan keyin tasallilar befoydadek tuyiladi. Yoshi katta opa
“singlim, Allohni qadari shu ekan, oʻrnini toʻldirib qoʻysin. Men oʻgʻlimni dunyoga keltirganimda jarrohlik amaliyotini boshimdan oʻtkazganman. Tabiiy tugʻruq emas kesarcha kesish orqali. Shunda qaytib bola tugʻmayman deganman. Alloh mana senga dedi 14 yil farzand bermadi, mana oʻgʻlim 15ga kirdi hozir 7 oylik homiladorman. Allohga isyon qilib qoʻymang”
dedi. Men jim eshitib oʻtribman.
Biroz vaqt oʻtib haligi qizni shifokorlar olib chiqib ketishdi. Kechgacha yigʻlab yotdi, juda sokin, uyalib, bizdan tortinib yigʻlardi. Eng ogʻriqli yigʻi ham shu aslida. Palatalarga uydagilarni kirishi mumkin emas, qattiq nazorat qilinadi. Yoki pastga tushib oʻzingiz koʻrishasiz yoki hamshiralar olib chiqib beradi biror narsa olib kelishgan boʻlsa. Ruhan ancha siqilgani uchun menimcha u qizni onasini kirishlariga ruxsat berishdi.
Juda yuzlarida nuri bor, viqorli ayol kirdi. Qizi onasini koʻrib-la hoʻngrab yigʻlab yubordi. Onasi oʻzini tutdi,
“inna lillahi va inna ilayhi roji’un”
dedi. Oldiga oʻtirdi-da bir umr esimdan chiqmayigan soʻzlarni aytdi.
“Alloh beribdi, Alloh oldi. 3 oy suyuntirdimi? Suyuntirdi. Nega berganda quvonganingchalik olganda quvonolmayapsan? Biz kimni quli ekanimizni unutdingmi? Qorningni tepmagandi hali, qimirlashini sezmaganding, yurak urishini eshitmagansan, agar shunday boʻlganda nima qilar eding? 9 oy koʻtarib yurib achchiq toʻlgʻoq bilan dunyoga keltirib isidan hidlaganingdan soʻng olsa nima qilarding? Koʻzingni quvontirib atak-chechak qilib yurib qolganda olsa nima qilarding? Shukur qil, iforidan mast boʻlmading, qoʻlingga olmay ayrilding. Shu qadar ekan, rozi boʻl. Berganda quvonganingchalik olganda sabr qilolmasang oʻzingni musulmonman dema”
dedi.
Gaprgan gaplar hech biri ovutish emasdi, men
“yigʻlama qizim, yana beradi Alloh, hali unuttirib yuboradigan darajada oʻrnini toʻldiradi”
qabilidagi gaplarni kutgandim onasidan.
Onasi qiziga gapryapti-yu gaplari menga tarsaki boʻlayotgandek edi. Rostan ham berganda quvonib ketamiz, farzandnigina emas umuman hamma ne’matni, olganda isyon qilib yigʻlab qoʻymayapmizmikan? Olganda nega? Nega menda shunday? Aybim nima? deb oʻzimizdan farishta yasab olmayapmizmikan? Vaholanki Alloh ayblarimizga bir koʻzgu olib kelsa boʻynimiz tovonimiz qadar egiladigan darajada kirlashib ketgan qalbimiz borku?!
Yigʻladim beixtiyor, gaplaridan ancha narsani tafakkur qildim. Bunday onani kim tarbiyat etganiga juda qiziqdim. Jamiyatimizga shunday onalar kerak. Suv va havodek zarur. Musibatda isyonsiz ofiyat soʻray oladigan ummatni tarbiya qiladigan onalarga muhtojmiz.
Boʻlmasa yozni issigʻida konditsioner yoʻq, qishni sovugʻida gaz yoʻq deb “red flag” ni yoqib oladigan yengiltabiyat qizlarga kunimiz qolib ketyapti….!
Achinish kerak bunga faqat! Achinish!
Ma’assalama!
©️
Ummu Sa’ad
@taqwatiy

May 30, 08:49
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

G'am-anduh bir insonning qalbiga soya sola boshlasa, yo Robbisini sog'ingan bo'ladi, yo Robbisi uni!
©️
Shams Tabriziy
@taqwatiy

May 29, 20:37

Nima zamon kelsa kelsin hayo pardasi koʻtarilmasin ekan….!
@taqwatiy

May 29, 15:23
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Qur’onni samarali yodlash uchun odatda qisqa suralardan boshlash tavsiya etiladi, chunki bu vahiylarning ritmi va uslubiga asta-sekin ko‘nikishga yordam beradi.
🤩
Oxirgi suralardan boshlash
30-juzdan boshlang, chunki:
• Suralar qisqa va oson yodlanadi.
• Namozda tez-tez o‘qiladi.
• Tez yodlab olish motivatsiya beradi.
Tavsiya etilgan ketma-ketlik:
• An-Nas (114)
• Al-Falaq (113)
• Al-Ixlos (112)
• Al-Masad (111)
• An-Nasr (110)
• Al-Kavsar (108)
• Al-Fil (105)
• Al-Humaza (104)
• Al-Asr (103)
• Az-Zalzala (99)
• Al-Bayyina (98)
• Al-Qadr (97)
🤩
O‘rtacha uzunlikdagi suralar
30-juzni tugatgandan so‘ng, o‘rtacha uzunlikdagi suralarga o‘ting, masalan:
• Al-Mulk (67)
• Qof (50)
• Al-Hadid (57)
🤩
Uzoq suralar
Miyangiz yodlashga ko‘nikgach, uzun suralarga o‘ting:
• Al-Baqara (2)
• Oli Imron (3)
• An-Niso (4)
@taqwatiy

May 29, 10:03


Optom” kanal sotuvini kechani oʻzidan bot da ochib yuborganman)
Dushanbani kutishmadi koʻplar. Tabiiyki men ham dushanbagacha kutmay bugun ochaveraman^_^
Kanal ichida +60ta sahifalar jamlangan. Hohlagan boʻlimingizdan sotib olib biznes qilishingiz mumkin yoki oʻzingizga olasiz:)
Narhiniyam unaqa qimmaaaat qilmadim 35ming soʻm:)
Sotib olish uchun
@taqwatiyga_bot
Sotib olib baraka topganlar albatta bizga habar qilasiz degan umiddamiz.
*qabul chorshanba 4-iyunga qadar!
@taqwatiy