
O'ZMU Tarix fakulteti Talaba yoshlar kanali.
Bu kanal tarix fakulteti talabasi tomonidan yuritiladi.
Kanalda talabalar hayoti,faoliyati,ijodlari,xajviy(yumor),tanqid va hokazo postlar qóyiladi.
https://tirikchilik.uz/tarixfakulteti
Talabalarga yetkazib qo'ying kontrakt to'lamaganligi sababli chetlashayabdi
📣
E’LON!
“Eng faol yil talabasi” respublika tanloviga start berildi!
🎓
⚡️
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Eng faol yil talabasi” respublika tanlovi boshlandi.
Tanlovda (bakalavr, kunduzgi) 2-, 3- va 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin.
📅
Tanlov bosqichlari:
1.Fakultet bosqichi;
2.Universitet bosqichi (noyabr oyida);
3.Respublika bosqichi (dekabr oyida).
Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
✅
Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
✅
Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
✅
Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
✅
Yilning eng faol sportchi talabasi;
✅
Yilning eng faol iqtidorli talabasi;
✅
Yilning eng faol ijodkor talabasi;
✅
Yilning eng faol tadbirkor talabasi (faqat xotin-qizlar uchun).
G‘oliblar moddiy rag‘batlantiriladi:
🥇
1-o‘rin — BHMning 8 barobari;
🥈
2-o‘rin — BHMning 6 barobari;
🥉
3-o‘rin — BHMning 4 barobari.
➖
Tanlovning fakultet bosqichi 3-noyabr kuni bo’lib o’tadi. 1-noyabrga qadar talabalar o’z hujjatlarini topshirib bo’lgan bo’lishi kerak.
👉
TANLOV NIZOMI
Tanlovda ishtirok etish
uchun
Tarix fakulteti Yoshlar yetakchisiga
murojaat qiling
Tarix fakulteti yoshlar ittifoqiga qo'shiling
Telegram
|
Instagram
Ассалому алайкум хурматли талабалар!!! Ўтган ўқув йилида малака амалиётига келмаган ва хисоботларни ўз вақтида (узрли сабабларга кўра) топшира олмаган талабалар зудлик билан деканатга келиб учрашингизлар. Истисно тарикасида топшириш муддати 31 октябргача этиб белгиланди
🌐
"Joriy yilning 4-5-noyabr kunlari O‘zbekiston Milliy universitetida shaxmat bo‘yicha universitet birinchiligi o‘tkaziladi"
📌
Musobaqada universitetda tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishlari mumkin.
📶
Ushbu musobaqada ishtirok etish istagida…
🇪🇸
Реал Мадрид ғалаба қозонди
🇪🇸
Испания Ла Лигаси | 10-тур
🇪🇸
"Реал Мадрид" 2-1 "Барселона"
🇪🇸
Реал Мадрид
мухлисларини табриклаб қоламиз!
#Qabul_natijalari
📖
O'zbekiston Milliy universiteti 2025/2026 o’quv yili qabuli bo’yicha magistratura mandat
natijalari.
#Tanlov
📝
Iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash Ulug'bek jamg'armasi tomonidan
Abdulhamid Cho’lponning “Kecha va kunduz” romani
mavzusida
Insholar tanlovi
o'tkazilmoqda.
✔️
G'oliblar quyidagi yutuqlarga ega bo'ladilar:
🥇
5 000 000 (besh million) so'm;
🥈
3 000 000 (uch million) so'm;
🥉
2 000 000 (ikki million) so'm.
❗️
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
- ijodiy ish insho yozuvchi shaxsning oʼzi tomonidan yozilishi (qoʼlyozma shaklida)
- insho kamida 5 betda yozilishi (belgilangan tartibdagi hajmda va kattalikda)
- sunʼiy intellektdan foydalanmaslik;
- insho o'zbek tilida yozilishi kerak;
- muallifning pasporti nusxasi;
- muallifning manzili, o'qish (ish) joyi va bogʼlanish telefonlari;
- yosh chegarasi 16-25 yoshgacha boʼlishi;
❗️
Hujjatlar
22-oktabrdan 12-noyabrgacha
insholartanlovi.uz
platformasida qabul qilinadi.
☎️
Qo'shimcha ma'lumot uchun:
+99894 682 41 60
👉
@Ulugbek_Tukhtayev
БЎРИВОЙ
Масал
Бўри ўлди. Кўмишди.
Ўтди неча ой, йиллар.
Неча ҳилол тўлишди,
Очилди, сўлди гуллар.
Бўривойни ёмонлар,
Жабр кўрган ҳайвонлар.
Мақтар ўша замонлар
Давр сурган ҳайвонлар.
Бўривой қучоғида
Яйраб қўшиқ куйлаган
Тулкилар дер гоҳида,
“Яшагани қўймаган!”
Бўридан ортган сарқит
Сўнгакларни ялаган,
Шоқоллар ғингшир: “Исқирт
Бўри бизни талаган!”
Биров дейди, фидойи,
Биров дейди, чин ваҳший!
Ёш ҳайвонлар хаёли
Чалкашади, ким ваҳший?..
Бўри асли ким эди?
Бўриларга дўст эди!
Ожизни тутиб ерди,
Ўзбилармон, қўрс эди!
Бўривойнинг даврида
Бўриойлар яйради.
Бўривойнинг қаҳридан
Ҳатто тошлар сайради.
Ўрмон ўзи шунақа,
Замон ўзи шунақа.
Дунёни тош деб ўйлар,
Тош ичида Тошбақа.
Бўривойнинг даврида
Кун кўрмаган чувалчанг,
Сўранг, Бўри ҳақида,
Сўзи бол, мақтар, қаранг!
Нега бунча берилиб,
Ёлғонларни сўйлашар?
Балки, Бўри тирилиб
Келади деб ўйлашар!..
24.10.2025.
Носиржон ТОШМАТОВ
🌐
"Joriy yilning 4-5-noyabr kunlari O‘zbekiston Milliy universitetida shaxmat bo‘yicha universitet birinchiligi o‘tkaziladi"
📌
Musobaqada universitetda tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishlari mumkin.
📶
Ushbu musobaqada ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar O‘zMU sport klubi (
A.Platunov
)ga murojaat qilishlari kerak.
📰
Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish 31-oktyabr kuniga qadar davom etadi.
✅
Manzil: Universitet sport majmuasi
Bizni kuzating:
@Ulugbek_Tukhtayev