
Telegram: Contact @tdtu2
⚡️
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
#abituriyent
#qabul2025
🏛
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha
52 ta oliy ta’lim muassasasida
o‘tkaziladi.
📱
Kasbiy (ijodiy) imtihonning
aniq sanasi, vaqti
va
manzili
ko‘rsatilgan ruxsatnoma abituriyentning shaxsiy kabinetida
(
my.uzbmb.uz
saytida)
e’lon qilindi.
❕
Diqqat! Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) imtihon
ruxsatnomasini yuklab olish
va imtihon o‘tkaziladigan joyga
belgilangan vaqtdan bir soat oldin
yetib borish so‘raladi.
✔️
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
Hurmatli futbol ishqibozlari !
Sizlarni 2025 yil 6-iyul yakshanba kuni soat 19-00 da Qo‘qon shahar markaziy o‘yingoxida mahalla yoshlari o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan
“KELAJAK FUTBOL LIGASI”
musobaqasining final bosqichiga taklif etamiz.
Final sharxlovchisi
Xayrulla Hamidov
Mehmon san’atkor
Jaloliddin Ahmadaliyev
KIRISH BEPUL
https://t.me/quqonmanaviyhayoti
#SamarqandSayohati
Samarqandga sayohat — suratlarda
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan sayohat davomida talabalarimiz unutilmas lahzalarni boshdan kechirmoqda.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#MirzoUlugʻbekVorislari
QoʻqonDU talabasi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomladi
Qoʻqon davlat universiteti Aniq va raqamli texnologiyalar fakulteti talabasi
Azizjon Bobonazarov
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslarini
muvaffaqiyatli tamomlab
, sertifikat bilan taqdirlandi.
Mazkur kursda tinglovchilarga
Data Science
yo‘nalishi bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar — matematik statistika, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish, sun’iy intellekt yordamida boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish kabi ko‘nikmalar berildi.
3-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘tkazilgan yakuniy marosimda 60 nafar bitiruvchiga sertifikatlar tantanali tarzda topshirildi. Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri
Sherzod Shermatov
, “Mirzo Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi
Oqil Salimov
hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari
Sarvarxon Buzrukxonov
ishtirok etdi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#Dolzarb90Kun
#IchkiTurizm
Talabalar “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasi bilan yaqindan tanishdilar
Avval xabar berganimizdek, Qoʻqon davlat universitetining bir guruh iqtidorli talabalari “Dolzarb 90 kun” loyihasi hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan safar doirasida qadim va navqiron Samarqand shahriga sayohati davom etmoqda.
Safarning ilk kunida talabalar “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasiga tashrif buyurib, majmuadagi qadimiylik va zamonaviylik uygʻunligidan bahramand boʻlishdi. Ushbu maskan oʻzida milliy hunarmandchilik sanʼatining turli yoʻnalishlarini mujassam etgan.
Sayohat doirasida talabalar uchun maxsus madaniy-koʻngilochar dastur ham tashkil etildi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#Dolzarb90Kun
“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” gala-konserti
Joriy yilning 3-iyul kuni Qo‘qon shahridagi “Yoshlar” bog‘ida
“Dolzarb 90 kun”
loyihasi doirasida navbatdagi yirik madaniy-ma’rifiy tadbir – gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
topshirig‘iga binoan yoshlarda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishni ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Kechada
Qo‘qon davlat universiteti jamoasi
– professor-o‘qituvchilar va talabalar faol ishtirok etdi. Ular tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari, badiiy ko‘rinishlar, hamda tashkiliy ko‘mak tadbirga o‘zgacha fayz kiritdi.
Tadbir davomida sovg‘ali viktorina o‘tkazilib, faol yosh ishtirokchilarga kitoblar sovg‘a qilindi.
Tadbirning faxrli mehmoni sifatida o‘zbek estradasining afsonasi
Botir Zokirovning o‘g‘li, taniqli prodyuser va rejissyor Bahodir Zokirov
tashrif buyurdi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#Dolzarb90Kun
#IchkiTurizm
"Dolzarb 90 kun" doirasida Samarqandga sayohat
📖
Qoʻqon davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi hamda ichki turizmni rivojlantirish doirasida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni yurtimizning tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida navbatdagi sayohat uyushtirildi.
🚌
Bugun
85 nafar talaba
,
15 nafar professor-oʻqituvchi va tyutorlar
dan iborat guruhning
Samarqand shahriga 3 kunlik madaniy-ma’rifiy sayohat
boshlandi.
📌
Ulug‘ allomalar yurti bo‘lmish Samarqand yoshlarga ilm, tarix, ma’naviyat bilan sug‘orilgan unutilmas taassurotlar ulashadi, albatta.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube