Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

"TIQXMMI" Milliy Tadqiqot Universiteti |Yoshlar Ittifoqi

tiiame_uz

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Yoshlar kanali
Ushbu kanalda Universitet hayotiga oid xabarlar, yoshlar bilan bog'liq yangiliklar berib boriladi
Murojaat uchun manzil: Universitet Yoshlar Ittifoqi bo'limi.

Subscribers
1 130
Post views
322
ER
28,58%
Posts
3 884
October 27, 14:21
Media unavailable
8
Show in Telegram

Joriy yilning 27-oktyabr kuni "TIQXMMI" Milliy Tadqiqot universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkilotining hisobot-saylov yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda "TIQXMMI" Milliy Tadqiqot universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Ro‘zimurod Qoʻngʻirotovich Choriyev, "Iqtisodiyot" fakulteti dekani Uchqun Zairovich Alimov va boshqa fakultet dekan muovinlari ishtirok etishdi.
Saylov natijalariga koʻra, "TIQXMMI" Milliy Tadqiqot universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchi etib Elbek Tursunkulov Oybek o'g'li saylandi va ishonch yorlig'i topshirildi.
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Yoshlar ittifoqi kanali:
@tiiame_uz

October 27, 14:12
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Tayinlov
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Yoshlar ittifoqi yetakchisi hamda Yoshlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi lavozimiga Tursunkulov Elbek Oybek o'g'li saylandi.
Tursunkulov Elbek Oybek o'g'li
ga ushbu mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik, ijtimoiy faollik va tashabbuskorlikni yanada rivojlantirishda ulkan zafarlar yor bo‘lsin!
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Yoshlar ittifoqi kanali:
@tiiame_uz

October 27, 07:54

❗️
Endi moped va skuter egalari haydovchilik guvohnomasini oson olishi mumkin bo‘ladi
Vazirlar Mahkamasining "Transport vositalarini boshqarish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra,
2026-yil 1-yanvardan
boshlab moped va skuterlarni, shuningdek, eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan oshmaydigan mototransport vositalarini boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasida
“A1” kichik toifasi
joriy etiladi.
2026-yildan “A1” kichik toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlarga haydovchilarni tayyorlash majburiy o‘quv dasturini o‘tamasdan turib,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazariy va amaliy imtihonlarni topshirish
huquqi beriladi. Bunda talabgorlar o‘zlarining ixtiyoriga ko‘ra o‘quv kurslarida (onlayn yoki oflayn shaklda) o‘qishi yoxud mustaqil tayyorlanishi mumkin bo‘ladi.
Haydovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlardan haydovchilarni tayyorlash o‘quv dasturi bo‘yicha o‘qishni tugatgani haqida
guvohnoma talab etilmaydi.
“A”, “B”, “C”, “D” toifadagi avtomototransport vositalaridan birini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslar “A1” kichik toifadagi transport vositalarini
to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarish huquqiga ega
bo‘ladi.
“A1” kichik toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini beradigan milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy imtihonda
20 ta savoldan kamida 16 tasiga
to‘g‘ri javob bergan haydovchilikka nomzodlar amaliy imtihonga qo‘yiladi
(boshqa toifalar uchun 18 ta)
.
2026-yil 1-fevraldan
“A” va “B” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun talabgorlar haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha majburiy o‘quv dasturining
nazariy qismini mustaqil o‘zlashtirishi
mumkin bo‘ladi.
“A” va “B” toifadagi transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv guruhlarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida ro‘yxatga olish tartibi bekor qilinadi.
2026-yil 1-apreldan
maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali qayd etilgan tegishli yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun ham jarima ballari hisoblanadi.
Jarima ballarini transport vositasining mulkdori va mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda
(ishonchnoma, sug‘urta polisi, yo‘l varaqasi)
foydalanuvchi
boshqa haydovchilarga taqsimlash tartibi j
oriy etiladi.
@tiiame_uz

October 25, 17:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi tomonidan Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich
tashkilotlari yetakchilari
salohiyatini oshirish va ularni zamonaviy boshqaruv hamda kommunikativ “Yangi avlod yetakchilari maktabi” loyihasi doirasida o‘quv seminarlar tashkil etilib kelinmoqda.
Joriy yilning 25-oktyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 2-o‘quv seminari
bo‘lib o‘tdi.
Ushbu seminarda "TIQXMMI" Milliy Tadqiqot universiteti nomidan universitetimiz Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi v.v.b. Elbek Tursunkulov faol ishtirok etdi.
#instagram

October 25, 03:04
Media unavailable
2
Show in Telegram

⚠️
Is gazidan zaharlanish qanday sodir bo‘ladi?
Batafsil viderolikda namoyish etilgan.
😁
''TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti rasmiy telegram kanali:
@ilovetiiame

October 24, 03:49
Media unavailable
4
Show in Telegram

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va Pekin texnologiya instituti (BIT) o‘rtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida universitetimiz delegatsiyasi Xitoyga rasmiy tashrifini boshladi...
batafsil:
https://tiiame.uz/news?id=9231

October 22, 18:29
Media unavailable
2
Show in Telegram


🟦
🟦
🟦
#sorovnoma
🇺🇿
21-oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi.
🗣
Sizgachi? Qaysi o‘zbek tilidagi so‘z yoqadi va nima uchun?
🗣
Qaysi o‘zbek tilidagi musiqa sevib eshitasiz?
✏️
Bizni kuzatishda davom eting
!
🕊
Telegram
|
📱
Instagra
m
📱
Facebook
|
📺
YouTube

October 21, 11:53
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

🇺🇿
O‘zbek tili – millat faxri!
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan O‘zbek tili kechasida "TIQXMMI" Milliy Tadqiqot universiteti Yoshlar Ittifoqi a'zolari Yoshlar Ittifoqi yetakchisi Elbek Tursunkulov boshchiligida faol ishtirok etdi.
Tadbirga O'zbekiston mahallalar uyushmasi raisi Qahramon Kuranboyevich, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari
Otabek Abdurashidovich, Yoshlar ishlari agentligi direkrtori va Oliy Majlis senatori Alisher Zafarovich, O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Fayzullayevich, O'zbekiston Bolalar tashkiloti raisi Xasanboy Nabiyev, O'zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo' jalar tashrif buyurishdi.
Ochig‘ini aytganda, Agentlikning tinib-tinchimas, fidoyi xodimlari tomonidan o‘tgan qisqa davrda o‘zbek tilimiz maqomini yuksaltirish borasida juda ko‘plab katta loyihalarga qo‘l urildi. Mazkur tashabbuslarning aksariyati bugun hayotimizga faol kirib keldi. Albatta, bu xayrli ishlar e’tirofga loyiq.
Tadbir davomida Yoshlar ishlari agentligi jamoasi “Yoshlar uchun ming kitob”, “Mutolaa”, “Ibrat farzandlari”, “Wikimarafon”, “Bek va Lola” kabi yangi va o‘ziga xos loyihalarning taqdimotini o‘tkazishdi. Ushbu tashabbuslar yoshlarimiz uchun haqiqatan ham foydali va ilhomlantiruvchi ekani bilan ajralib turadi.

😁
''TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti rasmiy telegram kanali:
@ilovetiiame

October 18, 14:22
Media unavailable
4
Show in Telegram

Har bir tomchi suv — hayot!
Har kuni biz suvdan foydalanamiz — ichamiz, yuvamiz, sug‘oramiz… Lekin shu paytda ortiqcha isrof bo‘layotgan suv haqida unutamiz…
Keling, bugundan boshlab birgalikda
suvni tejash odatini boshlaymiz!
Qoidalar juda oddiy:
Tish yuvayotganda kranni o‘chiramiz.
Har bir tomchini qadrlab, boshqalarni ham shunga undaymiz!
Har kuni suvni tejash yo‘lida qilgan kichik amalingizni suratga oling yoki video qilib ijtimoiy tarmoqlaringizga joylang va
#SuvniBirgaAsraymiz
heshtegi bilan tarqatin
g!
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

October 16, 06:26
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
“UNIVERSITET KENGASHI” STIPENDIYASI TANLOVIGA HUJJATLAR QABULI BOSHLANDI!
Universitetimizda eng iqtidorli, faol va tashabbuskor yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida “Universitet Kengashi” stipendiyasi uchun tanlov e’lon qilinadi!
Tanlovda:
📘
Bakalavriatning 2–3-bosqich talabalari;
🎓
Magistratura 1-bosqich bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Nomzodlarga qo'yilgan talablar:

Reyting ko‘rsatkichi a’lo

Kamida 2 ta ilmiy maqola yoki tezis

B2 / IELTS 5.5 yoki unga teng sertifikat

Ijtimoiy va madaniy hayotda faol

O‘zini ijobiy fazilatlari bilan namoyon etgan iqtidorli talaba
batafsil:
https://tiiame.uz/ads?id=700