Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Alixonov Timur

timur_safsata

Erkin ijod. Erkin fikr. Erkin aka!
⚡️
▪️
Reklama:
@alixonov_ads

Subscribers
6 800
Post views
6 532
ER
95,23%
Posts
1 135
August 21, 12:18
Media unavailable
1
Show in Telegram

"
Yurt faxri
" ko'krak nishoni bilan taqdirlandim do'stlar
🤝
Bu hammamizni yutug'imiz.
Boringizga shukr
🫂

August 19, 13:38
Media unavailable
5
Show in Telegram

O'zimni hayotim bilan yashab yuribmanda

August 14, 09:19
Media unavailable
3
Show in Telegram

Nega aynan Chelsea?
⚽️
Yoshligimdan bu klub nafaqat men balki oilamizning eng sevimli jamoasi bo'lib kelgan.
Chelsea insoniylik qadriyatlari va kuchli mehnat hamda sabr ustiga qurilgan klubdir.
London is blue
💙

August 14, 09:09
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Chelsi futbolchilari KJCH uchun olgan bonusdan Diogu Jotaning oilasi uchun $500.000 ajratgan.
Bu ish futbolchilarning shaxsiy tashabbusi bo’lgan.

@vamosfarrukh

August 10, 09:32
Media unavailable
3
Show in Telegram

✉️
O'limingiz kuni
sanasi yozilgan xat berilganda uni ochgan bo'larmidingiz?
Izohda fikringizni yozib qoldiring
🫂

August 04, 11:45
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🧩
Hozir yutayotganlarni olqishlang, navbat sizga kelguncha kuting.
Hasad ruhingizni yemiradi, bundan ham yomoni, u yo‘lingizdan adashtiradi. Ba’zida qiladigan ishlaringizni shunaqangi zaharlaydiki, sizga yordam berishi mumkin bo‘lgan odamlar bilan aloqani uzib qo‘yishingiz mumkin.
🤝
Agar ichingizda hasad uyg‘onsa, uni bosib turing. O‘rniga, bor narsangiz uchun minnatdorlikni, boshqalarning yutug‘i uchun esa xursand bo'lishni tanlang.
Chunki ular sizdan oldin yetib kelgani, siz kechikdingiz degani emas. Sizga faqat boshqa yo‘l, boshqa vaqt ajratilgan.
@timur_safsata

August 02, 12:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qo‘rquvlaringizning 99 foizi faqat xayolingizdagi to‘qima.
Siz hozir ko‘prik tagida och va uysiz yashamayapsiz. Ringda og‘ir vazn chempioniga qarshi kurashga chiqayotganingiz ham yo‘q.
Siz faqat vaqtni bekorga ketkazmayapmanmi degan xavotirdasiz. Yoki nimadir qilishdan qo‘rqyapsiz, chunki odamlar nima deydi degan fikr sizni ushlab turibdi.
Lekin, miyangizda aylantirib yurgan eng yomon ssenariylarning deyarli hech qaysi bo'lmaydi. Va agar ular ichidan bittasi rostdan sodir bo‘lsa ham, u siz o‘ylaganchalik dahshatli emas.
Bu xayoliy qo‘rquvlaringiz hayotingizni o‘zgartirishga to‘sqinlik qilmasin.
@timur_safsata

August 01, 08:33
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📖
Qarorlar ko‘p hollarda harakatgacha bormaydi.
Chunki qaror qilishning o‘zi yetarli emas. Uni tez harakatga o'girish kerak.
Boylik orttirgan ko‘plab tanishlarim, avval yaxshilab o‘ylab, keyin tezda qaror qiladi.
Ular o‘zini harakat qilishga o‘rgatgan. Qaror qilganini orqasidan ergashtiradi. Harakatlari orqali tezda natija ko‘radi.
Bu yerdagi g‘alaba siri, harakat qilib ko‘rish. Ular o‘ta ehtiyotkor bo‘lib yillarni o‘tkazmaydi, imkoniyatlarni sinab ko‘radi.
👍
Qanchalik ko‘p yo‘lni sinasangiz, to‘g‘ri yo‘lni topish ehtimoli shunchalik oshadi. To‘g‘ri paytda, to‘g‘ri joyda bo‘lish, ko‘pincha shunchaki qilib ko'rishga bog‘liq.
@timur_safsata

July 31, 06:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

Emotsional kuch
Qanchalik ishonchingiz baland bo‘lsa, emotsional tomondan shunchalik kuchli bo‘lasiz.
O‘ziga ishongan odam boshqalarning fikriga bog‘lanib yashamaydi. Tanqid bo‘lsa ham, salbiy fikr bo‘lsa ham, uni o‘sish uchun imkoniyat deb ko‘radi.
Agar o‘zingizni faqat boshqalar qanday baholashiga qarab qadrlasangiz, har bir tanqid ichingizni yemirishni boshlaydi. O‘zingizga ishonchingiz kuchli bo‘lsa, hech kimning yoqdi-yoqmadisi sizni o‘zingizdan uzoqlashtira olmaydi.
Bu yondashuv qarorlaringizga, xatolaringizga, munosabatlaringizga ta’sir qiladi. Yutqazishdan kamroq qo‘rqasiz. O‘zingiz uchun foydaliroq qarorlar qabul qilasiz. Va eng muhimi ichingizda tinchlik bo‘ladi
🪶
@timur_safsata

July 30, 07:37

Axborot dietasi
Har kuni ko‘rayotgan narsalaringiz, eshitayotgan gaplaringiz, suhbatlashayotgan odamingiz sekin-sekin sizni o‘zgartiryapti.
Buni birdan sezmaysiz. Lekin bir necha yildan keyin qarasangiz, aynan shular hayotingizga ta’sir qilgan bo‘ladi.
Shu sabab, o‘zingizga ruxsat berayotgan har bir axborot eshigini tanlab oching.
Yengil-yelpi gaplar, foydasiz videolar, har doim shikoyat qiladigan tanishlar… Bular ichingizdagi kuchni yeb bitiradi.
O‘rniga yaxshiroq odamlar, yaxshi kitoblar, fikrli kontentlar qo‘shing. Oddiy odatlaringizni ozgina bo‘lsa ham yaxshilang.
📌
Oxirida esa bir savol qoldiring:
Bugun tanlagan yo‘lingiz, siz borishni xohlagan joyga olib boradimi?
@timur_safsata