Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Stomatology campus online

tsdi_official

Ex-Официальный канал ТГСИ

Subscribers
2 750
Post views
1 528
ER
54,59%
Posts
2 660
October 25, 06:10
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

🔺
"Ortopedik stomatologiya va ortodontiyaning dolzarb muammolari" nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi
🔺
2025 yil 23 oktyabr bo'lib o'tgan konferensiya Gospital ortopedik stomatologiya kafedrasi, Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi, Ortopedik stomatologiya propedivtikasi kafedrasi, Ortodontiya va tish protezlash kafedralari tomonidan tashkil qilindi.
🔺
Ushbu konferensiyadan maqsad Rivojlangan va sog‘lom avlodni tarbiyalash davlat siyosatining bugungi kundagi ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bugungi kunda tibbiyot muassasalarida tibbiy yordam sifatini oshirish, innovatsion yondashuvni qo‘llashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining farmoniga muvofiq qabul qilingan va bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etilayotgan sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish dasturi bu boradagi ishlarda dasturi amal bo‘lmoqda.

October 25, 06:09
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

💬
TIL MILLAT KO'ZGUSI
➡️
2025 yil 23- oktabr kuni
TDTU 3-kampus, 2- stomatologiya fakulteti "Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan "oʻrinbosari, "O'zbek va xorijiy tillar va pedagogika
" kafedrasi professor-o'qituvchilari va tyuterlari bilan birgalikda 13- sonli talaba qizlar yotoqxonasida 21- oktabr - Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan
"Til millat koʻzgusi"
nomli madaniy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirida yotoqxonadagi qizlar O'zbek tili tarixi, uning milliy qadriyatlarimizni ifodalovchi o'zbek tilining go'zalligi va boyligiga bag'ishlangan she'rlar va kuy-qo'shiqlar ijro etildi. Bayram yakunida faol ishtirok etgan talabalarga minnatdorchilik bildirildi. "Til- millat ko'zgusi" nomli ushbu tadbir yoshlarning ona tiliga bo'lgan hurmatini yanada mustahkamlash, milliy g'urur va iftixor tuyg'ularini oshirishga xizmat qildi.

October 21, 04:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

Hurmatli hamkasblar!
Sizlarni va Siz orqali oila a’zolaringizni, soha rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan barcha xodimlarni bugungi muhim sana -
O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan
kun bilan tabriklaymiz!
Til-faxr va iftixordir.
U muloqot vositasigina bo‘lib qolmay, insonning ichki olamini ifodalaydi, dunyoni teran idrok qilishiga ko‘maklashadi, dunyoqarashi va kamolotini belgilab beradi. Shuning uchun ham yer yuzida rivojlanayotgan har qanday davlat o‘z tilining mavqesini yuksaltirishga intiladi.
Bugun ona tilimizga
Davlat tili maqomi berilganligining
36-yilligini
nishonlamoqdamiz. Tilimizga hurmat va ehtirom ko‘rsatish nafaqat ushbu kunni munosib nishonlash, balki tilning sayqallanishi, sof
o‘zbek tilining avlodlarimizgacha
yetib borishiga o‘z hissamizni qo‘shish bilan namoyon bo‘ladi.
Aziz hamkasblar!
Sizlarni yana bir bor bayram bilan tabriklaymiz. Xalqmiz dasturxoniga fayz-baraka, barchangizga sog‘liq, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!

October 19, 15:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

E’LON! HURMATLI PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR HAMDA TALABA-YOSHLAR!
Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilishining 36 yilligi munosabati bilan 2025-yil
20-oktabr kuni soat 11:00da
Stomatologiya kampusi, rektarot binosi 1-zalida
“Til - millat ko'zgusi" nomli
ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi.
SIZ AZIZLARNI BAYRAM DASTURIMIZGA TAKLIF ETAMIZ!

October 10, 12:04
Media unavailable
10
Show in Telegram

🏢
Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Internet va tahdidlar” mavzusida navbatdagi “Ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi
Universitetining
1️⃣
Bosh kampus
2️⃣
Pediatriya kampusi
3️⃣
Stomatologiya kampusi
hududlarida navbatdagi “Ma’rifat darsi” “Internet va tahdidlar” mavzusida “Kelajak soati” tarzida o‘tkazildi.
🔹
Tadbirga O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori Mavrulov Abduxalil Abdulxayevich
🔹
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy- ma’naviy tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i, falsafa fanlari doktori To‘rayev Shavkat Nishonovich
🔹
Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Razzoqov Alisher Axmatovich
taklif etilib, ular talaba-yoshlarga “Internet va tahdidlar” mavzusida ma’ruza qildilar.
🔶
Ma’rifat darsida fakultetlarning yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va talabalar faol ishtirok etdilar. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarning
➡️
“ZOOM”
➡️
YouTube
platformalari orqali masofadan turib qatnashishi ta’minlandi.
Mashg‘ulot yakunida Kahoot tizimi orqali interfaol test sinovi o‘tkazilib, eng yuqori natija ko‘rsatgan 3 nafar talaba Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

October 03, 04:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

Некролог
С глубоким прискорбием сообщаем, что скоропостижно и совершенно неожиданно ушла из жизни доктор наук, профессор Муратова Надежда Юрьевна, автор более 200 научных и учебно-методических работ, выдающийся учёный и педагог, посвятивший всю свою жизнь развитию стоматологии и подготовке новых поколений специалистов.
Она была не только признанным исследователем и истинным преподавателем, искренне любившим свою профессию, но и человеком, который занимал особое место в нашей команде. Её уважали и ценили все — от студентов до руководства. Она умела вдохновлять, поддерживать и делиться своим опытом, оставаясь одним из самых жизнерадостных и светлых членов нашей большой университетской семьи.
Её уход стал невосполнимой утратой не только для коллектива EMU University, но и для всей сферы современной стоматологии Узбекистана. Мы выражаем глубокие соболезнования её родным, коллегам, студентам и всем, кто имел честь знать и работать рядом с ней.
Память о Муратовой Надежде Юрьевне навсегда останется в сердцах её учеников и коллег как о человеке, посвятившем себя науке, образованию и служению людям.

September 20, 07:42
Media unavailable
1
Show in Telegram

Tishlar salomatligi – ayollar uchun nega alohida ahamiyatga ega?
Sog‘lom tishlar hammaga kerak. Ammo homiladorlikda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining homilaga jiddiy ta’sirini bilasizmi? Ularda infeksiya, asab kasalliklari, rivojlanmay qolish xavf soladi.
👉
https://kun.uz/79463991
Kun.uz rasmiy kanali

September 20, 07:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

September 18, 08:52
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

💬
Toshkent davlat tibbiyot universitetiga qabul qilingan 3 000 dan ziyod 1-bosqich talabalar uchun yangi o‘quv yili boshlandi
➡️
Toshkent davlat tibbiyot
universitetining barcha kampuslarida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun 2025/2026-o'quv yili doirasida ilk mashg‘ulotlar
boshlandi.
🔺
Toshkent davlat tibbiyot universitetida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun 2025/2026-o'quv yilini boshlash tadbiri bo'lib o'tdi.
🔹
Universitetning barcha kampuslarida tashkil etilgan tadbirda
universitet rektori, professor Shuxrat Boymuradov
, prorektorlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar-yoshlar ishtirok etdilar. Ko'tarinki ruhda o'tkazilgan tadbirda
yoshlarni oliygohda kutayotgan imkoniyatlar, yangi o‘quv yilidagi asosiy vazifalar va maqsadlar
to'g'risida so'z yuritildi.
✈️
“Toshkent davlat tibbiyot universiteti bugun nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda ham tan olingan ilmiy va ta’lim markaziga aylangan. Siz, aziz talabalar, ertangi kun shifokorlari sifatida xalqimiz salomatligi yo‘lida fidoyilik va mas’uliyatni o‘z burchingiz deb bilishingiz lozim.” —
deya ta’kidladi universitet rektori, professor Shuxrat Boymuradov.
🔺
Tadbir davomida talabalarga universitetdagi ta'lim jarayoni, ilmiy faoliyat, xalqaro hamkorlik loyihalari, zamonaviy laboratoriyalar hamda klinik bazalar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilida amalga oshiriladigan ta’lim dasturlari ham tanishtirildi.
✈️
Ilk dars mashg‘ulotlari talabalarda vatanparvarlik, millat va xalq oldidagi mas’uliyat hissini oshirish, kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lish sari dadil qadam tashlashga undashga qaratildi.

September 18, 05:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

🌏
Tayanch harakat bo’limi. Osteologia. Tana skeleti. Umurtqa pog’anasi. Birinchi bo’yin umurtqasi – atlas. Ikkinchi bo’yin umurtqasi – axis. III – VII – chi bo’yin umurtqalari. Ko’krak umurtqalari – vertebrae thoracicae. Bel umurtqalari – vertebrae lumbales.…
To'liq ma'lumot
👇
https://milliytibbiyot.uz/uz/tayanch-va-harakat-bolimi/
Яқинларингизга каналимизни улашинг
👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFfWPWuAxDfGZmYlMg