
Ulug‘bek Samigjonov Darslari asosidagi Kurslar
Bu kanalda siz:
- Har kuni yangi videolar
- Dasturlash tillari bo'yicha to'liq kurslar
- Amaliy mashqlar
- Savollaringizga to'liq javoblar
- Birinchi veb saytingizni yaratish uchun kerak bo'ladigan barcha resurslar
Gergely Orosz
bir necha oy oldin dasturchilar orasida so‘rovnoma o‘tkazgan edi. Bugun natijalari e’lon qilindi. Quyida qisqacha aytib o‘taman
👇
So‘rovnomada qatnashganlarning deyarli 83 foizi 6 yildan ortiq tajribaga ega va ularning asosiy qismi Software Engineer sifatida faoliyat yuritadi. Ko‘pchiligi backend bilan shug‘ullanadi. Bunday tajribali dasturchilarning javoblaridan ko‘p narsani o‘rganish mumkin.
85.3% dasturchilar AI’dan foydalanishadi. Ular orasidagi eng mashhurlari - GitHub Copilot, ChatGPT va Cursor. Cursor yaqinda chiqqanini hisobga olsak, tez orada birinchi o‘ringa chiqib olishini taxmin qilish mumkin.
Katta kompaniyalar ko‘proq GitHub Copilot’dan, kichik kompaniyalar esa Cursor, Zed va boshqa alternativalardan foydalanishar ekan. Buning asosiy sababi - GitHub Copilot’ning ortida turgan kompaniyaga bo‘lgan ishonch bo‘lishi mumkin.
Qo‘shimcha AI dasturlar ichida Microsoft Copilot (GitHub Copilot emas!), DeepSeek va Wrap yetakchilik qilmoqda. Agar siz ham terminalingizni keyingi bosqichga olib chiqmoqchi bo‘lsangiz, Wrap’dan foydalanib ko‘rishingiz mumkin.
Eng ko‘p ishlatiladigan dasturlash tili - TypeScript, undan keyin esa Python. Eng sevimli dasturlash tili sifatida esa birinchi o‘rinda Python, undan keyin TypeScript ko‘rsatilgan. Nima bo‘lganda ham, bu ikki tilni o‘rganish zarar qilmaydi.
Eng sevimli IDE’lar uchligi: VSCode, JetBrains IDE’lari va Cursor. O‘zim azaldan JetBrains mahsulotlarini ishlatardim, VSCode’ni esa yoqtirmasdim. Qizig‘i shundaki, hozir VSCode asosida qurilgan Cursor mening eng sevimli IDE’imga aylangan. Afsuski, JetBrains hozircha AI poygasida orqada qolmoqda.
Eng yomon ko‘rilgan dasturlar uchligi: JIRA, Microsoft Teams va Confluence. Odatda, bu dasturlar yirik kompaniyalarda uchraydi. JIRA va Confluence - Atlassian’ga tegishli. Hatto, ularning murakkabligi sababli kurslar ham mavjud. O‘zim ham Coursera’da o‘qib chiqqanman. Agar ularni o'zgartirish imkoni bo'lsa, JIRA o‘rniga Linear, Teams o‘rniga esa Slack’ni tavsiya qilaman.
Eng sevimli IDE’lar uchligida VSCode, Cursor va IntelliJ bor. Cursor’ning atigi 2 yillik tarixga ega ekanini hisobga olsak, bu katta yutuq.
Version control’da esa hali ham GitHub yetakchi (~50%), undan keyin GitLab kelmoqda. CI/CD’da esa GitHub Actions birinchi o‘rinda, keyingi o‘rinlarda Jenkins va GitLab CI joylashgan. Siz ham CI/CD’ni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, aynan GitHub Actions’dan boshlashni tavsiya qilaman.
Cloud provayderlar orasida esa har doimgidek AWS 60% ulush bilan birinchi o‘rinda, undan keyin Azure va GCP (Google Cloud Platform) kelmoqda.
To‘liq maqolani quyidagi havola orqali o‘qishingiz mumkin:
https://newsletter.pragmaticengineer.com/p/the-pragmatic-engineer-2025-survey
👈
Matn mazmuni:
3 oydan beri hech qanday dasturlash tajribasiga ega bo‘lmasdan, faqat AI yordamida loyiha qilmoqchi bo‘lgan. Lekin har safar kichik bir o‘zgarish ortidan, 4 kunlab xatoliklarni tuzatishga (debug qilishga) majbur bo‘lgan.
AI sizni dasturchiga aylantirib qo‘ymaydi - u faqat dasturchi sifatidagi samaradorligingizni oshiradi. Shuning uchun fundamental bilimlarni o‘zlashtirish juda muhim.
AI yordamida kod yozishingiz mumkin, lekin dasturlash uchun tajriba va chuqur tushuncha talab etiladi.
0 → 1
ga chiqish uchun dasturlash bo‘yicha mustahkam fundamental bilimlar va tajriba kerak.
1 → 10x
samaradorlikka erishish uchun esa AI’dan foydalanishingiz mumkin.
Lekin avvalo shu
“1”
bosqichiga chiqib olishingiz kerak.
Hooked: How to Build Habit-Forming Products
Bu kitob odatga aylanadigan mahsulotlarni qanday ishlab chiqishni o'rgatadi. Uni nafaqat yangi mahsulot ishlab chiqishda, balki boshqa mahsulotlarga ortiqcha bog'lanishni oldini olishda ham qo'llash mumkin.
Buning uchun
Fogg Behavior Model
'ni tushunish zarur. Bu modelga ko'ra, biror xatti-harakat yuz berishi uchun uchta omil bir vaqtda sodir bo'lishi kerak:
- Motivatsiya (Motivation)
- Qobiliyat (Ability)
- Turtki (Prompt)
Formulasi:
B
= M × A × P
(B - xatti-harakat; M - motivatsiya; A - qobiliyat; P - turtki)
- - - - - - - -
Instagram misolida:
Harakat:
Instagram'ni ochib, skroll qilish.
Turtki:
"Do'stingiz yangi surat joyladi" degan bildirishnoma.
Motivatsiya:
Yangiliklardan xabardor bo'lish va ozgina chalg'ish istagi.
Qobiliyat:
Juda oson - bitta tap bilan ochiladi.
Uchala omil bir vaqtda bo'lsa, siz Instagram'ni ochasiz va skroll qilasiz.
- - - - - - - -
Agar biror omil yetishmasa, nima bo'ladi?
Turtki yo'q bo'lsa:
Bildirishnoma kelmasa, esingizga tushmaydi va ochmaysiz.
Motivatsiya past bo'lsa:
Band bo'lsangiz yoki qiziqishingiz yo'q bo'lsa, ochishni xohlamaysiz.
Qobiliyat (imkoniyat) yo'q bo'lsa:
Internet bo'lmasa yoki telefon ishlamasa, ocholmaysiz.
- - - - - - - -
Odatdan qutulish uchun
kamida
bitta omilni yo'q qilish kerak.
Turtki:
Butunlay yo'qotish qiyin, do'stingiz link yuborishi yoki o'zingiz eslab qolishingiz mumkin.
Motivatsiya:
Kuchli iroda bilan pasaytirish mumkin, ammo ko'pchilik uchun bu qiyin.
Qobiliyat:
Eng samarali yo'l - Instagram ilovasini o'chirish yoki akkauntni yopish. Shu tarzda, bir omil yo'q qilinadi va odatning yo'qolishiga erishiladi.
Demak endi siz qanday qilib odatdan qutilishni bildingiz. Endi buni amalda qo'llash qoldi xolos.
Yilning
teng yarmi
ortda qoldi. Ortga nazar tashlab, tahlil qilish uchun eng yaxshi vaqt.
Ayniqsa odat shakllantirish bo'yicha, shu yil davomida o'rganganlarimni bo'lishmoqchiman.
1) Consistency > Intensity
Masalan, kitob o'qishni olaylik. Bir kun 100 bet o'qib, keyin haftalab kitobni qo'lgan olmagandan ko'ra, kuniga 5 bet (yoki undan kamroq) o'qib, uni doimiy odatga aylantirish ancha samaraliroq.
Raqamlar ham buni tasdiqlaydi: bu yil ~10 ta kitob tugatdim. O'tgan yili esa butun yil davomida ham buncha kitob o'qiy olmagan edim.
2) One habit at a time
Yangi odat shakllantirmoqchi bo'lsangiz, bir vaqtning o'zida faqat bitta odatga e'tibor qarating. Bir nechta odatni birgalikda shakllantirish sizni charchatadi va ko'pincha hech qanday natijaga olib kelmaydi.
O'tgan yili avgustda birinchi yangi odatimni boshladim, bu yil yanvarda esa yangi odat ustida ishladim. Mana, 6 oy o'tdi, endi esa navbatdagi odatni shakllantirishni boshlayman.
3) If you miss one day, that's misfortune. But if you miss twice, it's another habit.
Bir kun odatni o'tkazib yuborish normal holat. Lekin bu ketma-ket sodir bo'lsa, demak siz yangi - "qilmaslik" odatini shakllantiryapsiz. (Rasmda ham ba'zi kunlar qolib ketganini ko'rishingiz mumkin).
4) Start small
Yangi odatni boshlayotganda, uni imkon qadar sodda va kichik qilib boshlash muhim. Masalan, "kuniga 100 bet o'qiyman" deyish o'rniga, "kamida 15 daqiqa o'qiyman" deb maqsad qo'ying. Bu 5 yoki 10 bet bo'lishi ham mumkin.
Muhimi - har kuni bajarish. Kichik qadamlar vaqt o'tgan sayin katta yutuqlarga olib keladi. Xuddi shu yondashuvni boshqa odatlarga ham qo'llasangiz bo'ladi.
P.S: Odatlarni belgilab borish uchun
HabitKit
ilovasidan foydalanaman.
Nafaqat AI, balki Robotics sohasida ham jadal rivojlanish ketmoqda:
https://www.youtube.com/watch?v=lkc2y0yb89U
Bu esa bir yil oldingi holat: AI (OpenAI) + Robotics:
https://www.youtube.com/watch?v=Sq1QZB5baNw
.
AI bo'yicha ortda qolgandek his qilishingiz mumkin, va bu tabiiy hol.
Soha juda tez rivojlanmoqda, barcha yangiliklardan xabardor bo'lish deyarli imkonsiz.
Lekin hali kech emas - aksincha, o'rganishni boshlash uchun aynan eng yaxshi vaqt.
AI vositalari tez orada kod yozishda standartga aylanishi aniq. Ular samaradorlikni oshiradi va ko'plab ishlarni avtomatlashtirishda yordam beradi.
Bu vositalarni o'zlashtirish - kelajak uchun tayyor bo'lish demakdir.
Farqi yo'q, junior bo'lasizmi, middle yoki senior. Darajadan qat'i nazar, AI'ni o'rganish shart. Ayniqsa, tajribangiz qancha ko'proq bo'lsa, shuncha muhim.
Qayerdan boshlash kerak?
- Bitta dasturni tanlang. Masalan,
Cursor
yoki
Windsurf
. Ikkovini ham bepul qismlari mavjud. O'rganish uchun bemalol yetadi.
- Yangi loyiha boshlang va tanlagan dastur yordamida kod yozishni mashq qiling. Dasturning barcha imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanishga harakat qiling.
- Ingliz tilini bilmaysizmi? Muammo emas. Hozirgi AI modellar o'zbek tilida berilgan buyruqlarni ham bemalol tushunadi va o'zbekchada javob bera oladi.
- Boshqa mavzularga chalg'imang: MCP serverlar, AI agentlar, LLMs va hokazo - hozircha bular "shovqin" (noise). Bir vaqtning o'zida juda ko'p narsani o'rganishga urinish sizni charchatib qo'yadi.
- Tanlagan dasturda o'zingizni erkin his qila boshlaganingizdan keyin boshqa vosita yoki yangi texnologiyani o'rganishni boshlang.
- Shu ketma-ketlikda davom eting. To'xtash yo'q. O'rganiladigan narsalar juda ko'p.
Bularni bir kunda o'rganish imkonsiz. O'zingizga vaqt bering. Shundoq ham yilni deyarli yarmi o'tdi. Endi qolgan yarmini o'rganib o'tkazing.
Codex holati:
Hozirgacha 5ta PR merge bo'ldi. Orada open turgani bug, merge bo'lsa ham status o'zgarmadi. Kichik tasklar uchun juda qulay. Misol uchun kodni bir xil ko'rinishda o'zgartirish, refactor, va bug'larni yopish uchun juda mos.
Nima qilishni aytasiz, borib choy damlab qaytib kelsangiz, PR ochib qo'ygan bo'ladi. Tezda review qilib, approve qilib yuborsangiz bo'ldi. Boshqacha qilib aytganda virtual shogirt sifatida ko'rsangiz bo'ladi. Faqatgina bitta emas balki o'nlab shogirdingiz bo'ladi
🙂
CursorAI stats
- 145K line edits
- 1,228 tabs accepted
Loyihani o'zi esa 10K lines ham chiqmasa kerak. Bu degani bitta line bir necha marta edit qilingan va kattaroq refactor o'tkazilgan. 95% ham emas deyarli 100% AI yozgan desa ham bo'ladi.