Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati boshqarmasi

uzchamber_an

Savdo-sanoat palatasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi rasmiy Telegram kanali
Bizning sahifalar
https://instagram.com/uzchamber_an/
https://www.facebook.com/uzchamber.an/

Subscribers
660
Post views
130
ER
19,43%
Posts
2 999
July 23, 11:45
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

❗️
❗️
❗️
Президентнинг тадбиркорлар билан очиқ мулоқотига тайёргарлик кўриш доирасида
29 июль
куни соат
15:30
да Тошкент шаҳрида
тижорат банклари, микромолия, лизинг ва суғурта ташкилотлари
билан очиқ мулоқот бўлиб ўтади.
Учрашувнинг мақсади — молия соҳасидаги муаммо ва таклифларни муҳокама қилиш, тадбиркорлар учун банк, микромолия, лизинг ва суғурта хизматларини такомиллаштириш юзасидан амалий ечимлар ишлаб чиқиш.
Мулоқотда тегишли идоралар раҳбарлари ва вакиллари иштирок этади.
🗓
29 июль, 15:30
📍
Wyndham Tashkent
Учрашувда иштирок этиш учун
рўйхатдан ўтишингиз сўралади:
📞
+998 90 001 54 31
🔵
@Khasan_Zokhidov
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
Youtube

July 23, 10:56
Media unavailable
2
Show in Telegram

📅
25–29 sentyabr
, Nyu-Dehlida yirik xalqaro tadbir —
“UP International Trade Show”
bo‘lib o‘tadi!
🇮🇳
🌍
📍
Joyi: India Expo Centre
🎓
Dastur doirasida: seminarlar, master-klasslar, tajriba almashinuvi
🧑‍🌾
Tadbir quyidagi sohalarni qamrab oladi:
Qishloq xo‘jaligi, bog‘dorchilik, sug‘orish
Chorvachilik, baliqchilik va sut mahsulotlari
To‘qimachilik, kiyim-kechak
Avtomobilsozlik, energetika, logistika
🤝
Rejalashtirilgan:
🔹
2500+ ishtirokchi korxonalar
🔹
125 000 dan ortiq B2B uchrashuvlar
🔹
450 000 ga yaqin B2C muloqotlar
🌐
Bu sizning biznesingiz uchun katta imkoniyat!
Ro‘yxatdan o‘tish uchun 997861046 raqamlariga bog‘laning.
Sahifa:
@uzchamber_an

July 16, 05:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇹🇷
3-6 sentyabr kunlari Anqarada “Capital of Fashion Ankara” ko‘rgazmasi!
Anqara kiyim-kechak va sanoat uyushmasi hamda REM Fuarcilik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan ko‘rgazma “ATO Congresium” majmuasida bo‘lib o‘tadi.
👗
Ko‘rgazma doirasida:
✔️
Kompaniyalar taqdimotlari
✔️
Soha bo‘yicha B2B uchrashuvlar
✔️
Sanoatga oid sessiyalar va anjumanlar
📌
Batafsil ma’lumot:
www.cof.org.tr
👤
Tashrif buyurmoqchi bo‘lsangiz, ro‘yxatdan o‘ting:
https://cof.org.tr/ziyaretci-kayit/
☎️
Bog‘lanish uchun: +998997861046
Sahifa:
@uzchamber_an

July 15, 10:55
Media unavailable
1
Show in Telegram

24-25 iyul kunlari Hindiston Eksport Tashkilotlari Federatsiyasi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Tashrif doirasida, 24 iyul kuni "Ramada by Wyndham Tashkent" mehmonxonasida O‘zbekiston va Hindiston tadbirkorlari o‘rtasida B2B uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Delegatsiya tarkibida quyidagi sohalarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar ishtirok etadi:
🌿
Agrosanoat mahsulotlari
🌶
Hind ziravorlari va hidi yoqimli mahsulotlar
🍬
Qandolat va shirinliklar
💊
Dori-darmon vositalari
🔋
Quyosh batareyalari
⚡️
Elektr jihozlari va uskunalar
👗
To‘qimachilik mahsulotlari, kiyim-kechak va maktab formasi
🧪
Organik kimyoviy moddalar
🖊
Kanselariya mahsulotlari
📍
Barcha qiziqqan tadbirkorlarni hamkorlikda ishtirok etishga taklif qilamiz!
☎️
Batafsil ma’lumot: +998997861046
Sahifa:
@uzchamber_an

July 11, 04:47
Media unavailable
8
Show in Telegram

🎯
Bitiruvchi yoshlar uchun “Biznes marafon” tashkil etildi
Andijon shahridagi "Texnika instituti"da viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi yoshlari uchun “Biznes marafon” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tashabbus Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyat boshqarmasi, O‘zmilliybank AJ, Yoshlar – kelajagimiz jamg‘armasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Andijon viloyati boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.
🔹
Tadbirda viloyatda muvaffaqiyatga erishgan taniqli tadbirkorlar ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarga tadbirkorlikni boshlash bosqichlari, biznes-reja tuzish tartibi hamda muvaffaqiyatga erishish yo‘llari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berishdi.
🔹
Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, kerakli javoblarni olishdi.
🔹
Shuningdek, O‘zmilliybank AJ tomonidan imtiyozli kreditlar va moliyaviy ko‘mak imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
🔹
Marafon doirasida bitiruvchi yoshlar uchun viloyatdagi bir qator muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan korxonalarga amaliy sayohatlar ham tashkil etildi. Bu esa ularning real biznes muhitini o‘rganishiga keng imkoniyat yaratdi.
📌
“Biznes marafon” yoshlarda tadbirkorlik ruhini shakllantirish, iqtisodiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni oshirishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Sahifa:
@uzchamber_an

July 10, 05:03
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

“Partnering in Business with Germany” дастурида иштирок этиш учун АРИЗАЛАР ҚАБУЛ ҚИЛИНМОҚДА!
Дастур йўналиши:
🌾
Озиқ-овқат саноати ва Smart Farming соҳасида иқтисодий ҳамкорлик
🗓
Германияда бўлиш муддати:
02.11.2025 – 21.11.2025
🇺🇿
🇩🇪
Ўзбекистон Савдо-саноат палатаси ҳузуридаги Германия–Ўзбекистон Бизнес Ҳамкорлиги бюроси (DUWK Büro) ҳамда GIZ (Германия халқаро ҳамкорлик жамияти) билан ҳамкорликда, Германия Иқтисодиёт ва иқлимни муҳофаза қилиш федерал вазирлиги томонидан амалга оширилаётган
“Partnering in Business with Germany”
дастурида иштирок этиш учун танлов эълон қилинади.
Ушбу дастур
қуйидаги соҳаларда
фаолият юритувчи ўзбекистонлик менежерлар учун мўлжалланган:
озиқ-овқат маҳсулотларини ишлаб чиқариш ва қайта ишлаш, агротехнологиялар ва Smart Farming, маҳсулотларни қадоқлаш, сақлаш ва ташиш, қишлоқ хўжалигида рақамлаштириш ва автоматлаштириш, қишлоқ хўжалик маҳсулотларини сертификатлаштириш, органик деҳқончилик ҳамда бошқа тегишли соҳалар.
Номзодларга қўйиладиган асосий талаблар:
▪️
Раҳбар лавозимида ишлаши
▪️
Олий маълумотга эга бўлиши
▪️
Рус тилини билиши (инглиз тилини билиш — афзаллик беради)
▪️
Камида 3 йиллик раҳбарлик тажрибасига эга бўлиши
▪️
Германия билан ҳамкорликдаги лойиҳа учун аниқ ғояга эга бўлиши
🗓
Дастурнинг умумий давомийлиги — 9 ҳафта:
6 ҳафта онлайн тренинг + кундузги семинар,
3 ҳафта — Германияда амалий машғулотлар (корхоналарга ташрифлар, B2B учрашувлар, тажриба алмашинуви).
👛
Амалиёт Германия Иқтисодиёт ва иқлимни муҳофаза қилиш федерал вазирлиги томонидан молиялаштирилади.
📨
Резюмеларни
2025 йил 25 августга қадар
қуйидаги электрон манзилларга юборишингизни сўраймиз:
buero@duwk.de
ёки
akhmadjonovnm@gmail.com
❗️
Иштирокчилар
танлов асосида
саралаб олинади.
📞
+998 71 200 98 89
📞
+998 50 078 72 08
📞
+998 94 640 72 08 (WhatsApp, Telegram)
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
Youtube

July 09, 06:29
Media unavailable
5
Show in Telegram

🇺🇿
Yoshlar bandligi — davlat e’tiborida!
📌
Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar masalasi davlat siyosati darajasida muhim o‘rin egallab kelmoqda. Ayniqsa, ularning ish bilan ta’minlanishi, kasbga yo‘naltirilishi hamda tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasidagi islohotlar joylarda amaliy natijalar bermoqda.
🤝
Shu maqsadda Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Qo‘shtepa mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlarga alohida e’tibor qaratilib, ular bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda.
🧠
Muloqot davomida yoshlarning bandlik holati, kasbga bo‘lgan qiziqishi, tadbirkorlik salohiyati o‘rganildi. Suhbat jarayonida yoshlar o‘z muammolari, hamda takliflarini ochiq bayon qilishdi. Bildirilgan fikrlar asosida kelgusida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.
💼
Yoshlarni ish bilan ta’minlash imkoniyatlari, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish, kasb-hunar o‘rganish bo‘yicha keng tushunchalar berildi.
Sahifa:
@uzchamber_an

July 07, 06:34
Media unavailable
4
Show in Telegram

20 август – Тадбиркорлар куни!
🇺🇿
Шу муносабат билан давлат раҳбари тадбиркорлар билан навбатдаги
очиқ мулоқот
ни ўтказади.
Учрашувга тайёргарлик доирасида
“Тадбиркорлар билан очиқ мулоқот”
электрон платформаси
доимий фаолият
га ўтказилди.
Мурожаат юбориш учун:
🔗
my.chamber.uz/ochiq_muloqot
Платформа барча вазирлик ва идоралар билан интеграция қилинган. Мурожаатингиз тўғридан-тўғри тегишли ташкилотга юборилади ва
назорат остида кўриб чиқилади
.
📞
Шунингдек,
1094
ёки
1100
рақамларига мурожаат қилинг — операторлар
24/7
режимда ишлайди.
Имкониятдан фойдаланинг – муаммоларингизга ечим топинг!
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
Youtube

July 07, 04:47
Media unavailable
1
Show in Telegram

✔️
Савдо-саноат палатаси — 21 йилдан бери тадбиркорлар хизматида
Роппа-роса 21 йил аввал —
2004 йил 7 июль куни
Товар ишлаб чиқарувчилар ва тадбиркорлар палатаси негизида
Ўзбекистон Савдо-саноат палатасини ташкил қилиш тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг
ПФ-3453-сонли Фармони
қабул қилинди.
Шунингдек,
2004 йил
Ўзбекистон Савдо-саноат палатаси фаолияти учун меъёрий-ҳуқуқий база тўлиқ шакллантирилди. Хусусан:
◾️
Сентябрь ойида
— “Ўзбекистон Савдо-саноат палатаси фаолиятини ташкил этишни таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида”ги
Вазирлар Маҳкамасининг қарори
,
◾️
Декабрь ойида
— “Ўзбекистон Савдо-саноат палатаси тўғрисида”ги
Ўзбекистон Республикаси Қонуни
қабул қилинди.
👍
21 йил давомида Палата минглаб тадбиркорларнинг масалаларини ҳал қилди, юзлаб ислоҳотларни илгари сурди ва бизнеснинг ҳақиқий кўмакчисига айланди.
Бугун эса — у нафақат тадбиркорларнинг ҳуқуқий ҳимоячиси, балки янги имкониятлар эшигини очувчи ҳамкор ҳамдир.
Асосий миссия эса ҳамон ўзгармас: тадбиркорга таянч бўлиш, бизнесга йўл очиш!
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
Youtube

July 04, 06:54
Media unavailable
2
Show in Telegram

🏗
TOG‘-KON VA QURILISH SOHASIDAGI YETAKCHI XALQARO TADBIR – MASHHADDA!
🪨
“Central Asia Stone Exhibition – 2025”
(4-Xalqaro Mashhad Tosh Ko‘rgazmasi)
📅
15–18 iyul, 2025-yil
📍
Mashhad xalqaro ko‘rgazmalar markazi, Eron
🇮🇷
Eron Tosh Sanoati Uyushmasi tomonidan tashkillashtirilayotgan mazkur ko‘rgazma tosh sanoatida faoliyat yurituvchi ishlab chiqaruvchilar, eksportyorlar, loyiha tashkilotlari, me’morlar va qurilish sohasi mutaxassislari uchun mintaqaviy hamkorlik va innovatsion almashuv maydonchasidir.
📌
Ko‘rgazma doirasida:
🔹
Yangi texnologiyalar va zamonaviy jihozlar namoyishi
🔹
Investitsiyalar va eksport bo‘yicha istiqbolli kelishuvlar
🔹
Qurilish va dizayn bo‘yicha amaliy tajriba almashinuvi
🔹
Hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun biznes uchrashuvlar
🎯
O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari va soha vakillari uchun bu ko‘rgazma o‘z mahsulotlarini xalqaro bozorda targ‘ib qilish va yangi sheriklar topish uchun muhim maydondir.

Xorijiy savdo delegatsiyalari uchun maxsus shartlar:
🏨
4-yulduzli mehmonxonada 2 tunlik bepul yashash
🚐
Aeroport–ko‘rgazma markazi o‘rtasida transfer xizmatlari
🤝
Tashkil etilgan biznes uchrashuvlar
📢
Tosh sanoati va qurilish materiallari sohasida faoliyat yuritayotgan barcha kompaniya va mutaxassislarni mazkur nufuzli ko‘rgazmada ishtirok etishga chorlaymiz!
☎️
Batafsil ma’lumot: +998997861046
Sahifa:
@uzchamber_an