Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

School English Teachers

uzteachers

Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal
"HR Edu-Servis" MCHJ
GUVOHNOMA: №865873
Sayt:
www.hasanboy.uz
Fayllar bo'yicha:
@uzteachers_admin
Owner:
@hasanboy_uz
Reklama xizmati:
@uzteachers_ads

Subscribers
70 400
Post views
22 160
ER
31,34%
Posts
17 913
July 24, 16:22
Media unavailable
1
Show in Telegram


Ertaga taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan ("qizil") maktabga ishga kirish uchun murojaat muddati tugaydi
📄
Boshqa hududlardagi taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan oʻqituvchi-pedagoglar elektron platformaga kiritilgan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarning birini tanlab, koʻrsatilgan
vakant soatlar boʻyicha 15-maydan 25-iyulga qadar
umumtaʼlim maktabi direktoriga
toʻgʻridan-toʻgʻri
murojaat qiladi.
📌
Oʻqituvchi-pedagoglar taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktab direktoriga
quyidagi hujjatlarni
taqdim etadi:
🔹
mutaxassisligi, dars beradigan fanini koʻrsatgan
holda direktor nomiga ariza;
🔹
doimiy yashash manzili
(hudud, tuman/shahar nomi), telefon raqami koʻrsatilgan maʼlumotnoma — obyektivka;
🔹
oliy yoki birinchi malaka toifasiga
ega ekanligini tasdiqlovchi
sertifikat nusxasi.
🔖
Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan oʻqituvchi-
pedagoglarni saralash boʻyicha Ishchi guruh
(keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) tuziladi.
Ishchi guruh tarkibiga maktab direktori, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, kadrlar boʻyicha menejer (inspektor), psixolog, maktab kasaba uyushmasi vakili kiritiladi.
📑
Ishchi guruh
murojaat etgan oʻqituvchi-pedagoglar tomonidan taqdim etilgan
hujjatlarni oʻrganib chiqadi.
💬
Belgilangan talablarga mos kelgan hamda vakant soatlar boʻyicha
bir oʻringa ikki va undan ortiq nomzodlar boʻlgan taqdirda
, ular kasbiy bilim va koʻnikmalar, pedagogik mahorat hamda psixologik qobiliyat yoʻnalishida Ishchi guruh tomonidan suhbatdan oʻtkaziladi.
Saralash
onlayn tarzda
ham amalga oshirilishi mumkin.
🖥
Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktab
har yili 5-avgustga qadar
Ishchi guruh tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish va suhbat natijalariga koʻra saralangan oʻqituvchi-pedagoglar haqidagi maʼlumotlarni
elektron platformaga
kiritadi.
Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda ishlamoqchi boʻlgan oʻqituvchi-pedagoglar:
🔹
tegishli fan yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
🔹
dars berayotgan fani boʻyicha birinchi yoki oliy malaka toifasiga ega boʻlishi;
🔹
boshqa hududda kamida bir yil pedagogik faoliyat yuritgan boʻlishi;
🔹
amalda faoliyat yuritayotgan maktab taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatida mavjud boʻlmasligi talab etiladi.
🇬🇧
@uzteachers
🇺🇿

July 24, 15:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

"Kimda B2 muammo bo'layotgan bo'lsa, yo'lini qilib oberamiz!" deb kichik eksperiment o'tkazib ko'rdim...
😁
Uzteachers guruhimizda bir ukamizni profilidan shunday mazmunda e'lon joyladik. Biznikilar ko'p halol-xaromdan gapiradi, adolatsizlikdan noliydi hech kim bunday "xizmat"ga qiziqmasa kerak, degan o'ylar bilan guruhga xabar qoldirdik. Bittagina e'lon orqasidan 30 daqiqada 20ga yaqin obunachilar qiziqish bildirib yozishdi.
Endi tushunib yetdim nimaga biznikilar ko'p shunaqa firibgarlarga chuv tushib qolishlarini. Astoydil bo'lsa, bir necha guruhlar bilan ishlasa bir kunda 100-200tasini chuv tushirib tashlasa bo'lar ekan. Qoyilmisiz?
Tadbir yakunida adashishga moyil bo'lgan fuqarolar bilan profilaktik suhbat o'tkazildi. Bunday fuqarolar "Soddalar daftari" ga ro'yxatga kirgizildi. Kelgusida bunday xatolarga yo'l qo'ymaslik masalasida tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir yakunida guruhimiz admini tomonidan bunday firibgarlarga ishonishda davom etayotgan fuqarolarimiz manzillariga iliq fikrlar bildirildi. So'ngida "ogoh bo'ling" tadbiri sho'x kuy-qo'shiqlarga ulanib ketdi...
😂
🇬🇧
@uzteachers
🇺🇿

July 24, 13:17
Media unavailable
1
Show in Telegram


Umrbodlik sertifikat umrbod ISHDA qolish huquqini beradimi?
Savol:
Menda TKT sertifikati bor. 2022-yil may oyida qo'lga kiritib, 3 yil davomida ustama olib keldim. Sertifikatim ustamasi tugadi. Endi ishga kirish yoki qolish uchun o'taveradimi? U sertifikatdan shunday maqsadlarda UMRBOD foydalansam bo'ladimi?
Ahir bu sertifikat umrbodlikku!
Javob:
Oldingi postlarda ham bu bo'yicha tushuncha bergan edim. Til sertifikatlari 2 yil muddatga beriladi, chunki inson til qobiliyatida 2 yilda o'zgarish bo'ladi. Agar umuman shug'ullanmay qo'yilsa, C1 darajada biladigan odam 2 yildan keyin B2 yoki B1 ga tushib ketishi mumkin. Shu sabab test markazlari biz bergan sertifikat hozirda talabgorni C1 ekanligini tasdiqlaydi, va ikki yil davomida amal qiladi. Ikki yildan keyin biz javob bermaymiz qay darajada ekanligiga deb beriladi. TKT/TESOL/TEFL sertifikatlari til bilish darajasini o'lchaydigan sertifikat sirasiga kirmaydi. Ya'ni bular til sertifikati emas. Shuning uchun muddat qo'yilmaydi bularga. Muddatsiz degani umrbod amal qiladi degani emas. PF-134 da, sertifikatlar amal qilish muddati davomida, muddati ko'rsatilmagan bo'lsa 3 yildan oshmagan holatda ustama to'lanadi deb belgilab qo'yilgan. Ta'lim vazirliklarining sertifikatlar ro'yxati bo'yicha
3515-sonli qarori
(29.05.2024) da ham amal qilish muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat
olingan kundan boshlab
uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyoz va ustamalar qo‘llaniladi deb belgilab qo'yilgan.
Shu sabab juda ko'pchilik murojaat qiladi, ustama olib bo'lganman. Ishda qolishga o'tadimi, sertifikatim umrbodlikku! yoki bo'lmasam 2022-yil olib 2023-yilda dekretga chiqib ketganman, 2025-yilda qaytdim. Foydalanmagan 2 yilim uchun ustama to'lab beriladimi deb murojaat qilishadi.
Bu savolga ham 3515-sonli qo'shma qaror asos bo'la oladi. Ya'ni sertifikatizni qanaqa turi bo'lishini ahamiyati yo'q. Muddati belgilanmagan bo'lsa, OLINGAN KUNDAN BOSHLAB 3 yil amal qiladi. Ya'ni uni olib foydalanasizmi yoki foydalanmaysizmi ahamiyati yo'q. Imtiyozi olingan sanadan boshlab maksimal 3 yil. Undan keyin bizda hech qanday imtiyoz taqdim etmaydi!
🇬🇧
@uzteachers
🇺🇿

July 24, 06:33
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

❗️
BUGUN APTIS ESOL INTENSIV KURSIMIZGA QABULNING SO'NGGI KUNI, ERTADAN DARSLAR BOSHLANADI!
🔥
APTIS YANA QAYTMOQDA!
BIZDA TALABLARGA BINOAN NAVBATDAGI KURS!
Talablarga binoan bizda,
INTENSIV APTIS KURSI!
Sertifikat olmagan qolmasin!
📆
Darslar haftada 5 kun!
JONLI!
Kurs davomiyligi 30 kun!
👩🏻‍🏫
Darslar tajribali ustoz Aptis, TKT, Multi-level sertifikatlari sohibasi, oliy toifali ustoz
👩🏻‍🏫
Teacher Ma'mura
(Komilova Ma'mura) tomonidan olib boriladi
📆
Kurs boshlanish sanasi:
25-IYUL, JUMA

Qabul so'nggi kuni: 24-IYUL, 23:00
💲
Kurs narxi:
250 MING SO'M.
(bir martalik tolov)
Darslar jonli, video dars orqali olib boriladi. Belgilangan vaqtda kirmaganlar uchun dars videosi va topshiriqlar saqlanadi.

Nima uchun Aptis?
Agar
qaror loyihasi
tasdiqlansa, Aptis sertifikati bilan siz quyidagi imtiyozlarga ega bo'lasiz:

Hech qanday qo'shimcha talablarsiz 50 foiz ustama

Attestatsiyaning navbatdagi majburiy qismida maksimall ball

Magistratura va Doktoranturaga topshirish imkoniyati

B2 daraja uchun ishga kirish/ishda qolish

B2 darajasi TKT/TESOL bilan birgalikda qabul qilinadi.

Dars taqsimotida ustunlik
☝️
Agar qaror loyihasi tasdiqlanmasa, Aptis ustama ro'yxatida aks etmasa, kurs to'lovi 100 foiz qaytarib beriladi. Nechta dars o'tilganidan qat'iy nazar!
Aptis bo'yicha barcha savollarga javoblar
👉
USHBU VIDEO
da
Kursga yozilish uchun
➡️
@aptis_direct
ga yozing.
👉
@aptis_info

July 24, 03:25
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

⚡️
2025/2026-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul davom etmoqda
2025/2026-oʻquv yilida
ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik)
uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali
my.edu.uz
orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar
onlayn shaklda amalga oshiriladi.
▪️
Bunda nomzodlar platformada:

oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;

diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;

hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.
☝️
Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish
toʻlov-kontrakt
asosida amalga oshiriladi.
🇬🇧
@uzteachers
🇺🇿

July 23, 11:41

Qayta tayyorlash diplomi bilan magistraturaga hujjat topshirsa bo'ladimi?
Savol:
Men o'zim nemis tilini bitirganman. Ingliz tilidan qayta tayyorlovdan o'tib, shu fandan dars berib kelaman. Ushbu hujjat bilan magistraturaga ingliz tili yo'nalishga topshirsam bo'ladimi?
Javob:
Qayta tayyorlov guvohnomasi sizga faqatgina Maktabgacha va maktab ta'limi tizimida asosan kadrlar yetishmasligi sabab, boshqa bir fandan dars berish imkoniyatini beradigan hujjat bo'lib, o'sha mutaxassislik bo'yicha haqiqiy diplomning o'rnini egallamaydi. Oliy ta'lim va boshqa tizimlarda tan olinmaydi. Magistratura qabulida aynan bakalavr diplomingiz ahamiyat kasb etadi va topshirmoqchi bo'lgan yo'nalishingizga turdosh bo'lishi talab etiladi. Shu sababli siz magistratura uchun faqat bakalavr diplomidagi yo'nalishingizga turdosh hisoblangan yo'nalishgagina topshirsangiz bo'ladi.
🇬🇧
@uzteachers
🇺🇿

July 23, 06:16
Media unavailable
1
Show in Telegram


Kasbiy sertifikat nima va uni kimlar topshiradi?
Vazirlar Mahkamasining tegishli (
12.02.2024-yildagi 87-son
)
qarori bilan
tasdiqlangan nizomga koʻra,
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar
stajyor-o‘qituvchi
sifatida faoliyat yuritishi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab
bir yil muddat davomida
kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi
talab etilishi belgilangan.
Kasbiy sertifikatlash jarayoni Vazirlik tomonidan tashkil etiladi, nazorat qilinadi va muvofiqlashtiriladi.

Kimlar jalb etiladi?

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagog kasbiga
birinchi marta ishga qabul qilingan
stajyor-o‘qituvchilar,

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab esa pedagoglar attestatsiyasidan o‘ta olmagan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar ham kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi;
Talabgor asosiy ish joyi bo‘yicha kasbiy sertifikatlashga jalb etiladi.

Kimlar jalb etilmaydi?

fan nomzodi, falsafa doktori Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlar;

magistr darajasiga ega mutaxassislar;

toifaga ega pedagog kadrlar;

pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etib, kamida mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimi saqlangan darajada ko‘rsatkichga ega bo‘lgan pedagoglar.

Kimlar vaqtincha ozod etiladi?

homilador ayollar, homiladorlik yoki tug‘ish ta’tilida bo‘lgan ayollar, ular ta’tilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin
bir yil davomida;

pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar
(farzandi uch yoshga to‘lgunga qadar);

uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin
olti oy davomida;

uch oy va undan uzoq muddatga respublika hamda chet el davlatiga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagog kadrlar, ular ishga chiqqanidan so‘ng
olti oy davomida.

Qanday ariza topshiriladi?
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
hamda davlat xizmatlari markazlari orqali ariza topshiriladi.

O'ta olmasa nima bo'ladi?
O'z vaqtida jalb qilinib, nazorat sinovi natijasi boʻyicha
56 balldan kam koʻrsatkichga ega talabgor nazorat sinovidan oʻtmagan
hisoblanadi.
Kasbiy sertifikat imtihonlariga qatnashmagan yoki o'ta olmagan
oʻqituvchiga yana bir marta imkoniyat beriladi
.
Unda ham
56 baldan past natija qayd etsa
, u holda pedagog bilan tuzilgan
mehnat shartnomasi bekor qilinadi.
Uzrli sabablarga koʻra nazorat sinovida ishtirok eta olmagan hamda birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan oʻta olmagan talabgor uchun navbatdan tashqari nazorat sinovi har yili
YANGI O'QUV YILI boshlangunga qadar
tashkil etiladi.
☝️
Hozirda 7-iyuldan 7-avgustgacha navbatdan tashqari kasbiy sertifikat topshirish uchun arizalar qabul qilinyapti.
Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball toʻplay olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi
mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Nazorat sinovida qayta ishtirok etish uchun
talabgor tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida
toʻlov toʻlanadi.
👉
Ariza topshirib berish xizmati uchun
@forcefr2
ga murojaat qiling!
🇬🇧
@uzteachers
🇺🇿

July 23, 04:55
Media unavailable
1
Show in Telegram


Ta'tilga chiqib ketgan o'qituvchini maktab direktori ta'tildan chaqirib olishi mumkinmi?
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
qaroriga
koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari pedagoglari uzaytirilgan -
56 kunlik
mehnat taʼtili olish huquqiga ega.
Mehnat Kodeksiga
koʻra, barcha xodimlar, shu jumladan, oʻrindoshlar ham har yilgi mehnat taʼtiliga chiqish huquqiga ega (216-modda). Xodimni yillik mehnat taʼtilidan chaqirib olishga faqat xodimning
yozma roziligi bilangina
yoʻl qoʻyiladi (232-modda).
Ta'tildan pedagogni majburiy (yoki ixtiyoriy-majburiy) chaqirib olishga va unga qo'shimcha topshiriqlar yuklashga hech kimning haqqi yo'q!
⚠️
Agar mehnat huquqlaringiz buzilsa, hududingizdagi mehnat inspeksiyasiga, prokuratura yoki adliya organlariga murojaat qiling!
🇬🇧
@uzteachers
🇺🇿

July 22, 08:05
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Chat GPT Plus va Telegram Premium endi juda ham qulay narxlarda!
Ko'pchiligimiz hozirgi kunda sun'iy intellektga ishimiz tushadi. Bepul versiyasi biz kutganday ishlamaydi. Pullik versiyasi esa ancha qimmat turadi!
Lekin bepulga solishtirganda ancha aqlliroq, tezroq va mukammalroq javob beradi.
Rasm/PDF fayllar, Word/Excel fayllari bilan ham ishlay oladi.
Rasm generatsiya qilishdan tashqari video generatsiya qilish xususiyatlari ham bor.
Sizga ChatGPT Plus shared account taklif qilamiz.
Bitta accountda 5-10 tagacha a'zo bo'ladi.
Narxi
85 ming so'm
- oyiga
Telefon/Kompyuter/Planshet orqali foydalansa bo'ladi.
Bu rasmiy ChatGPTning Plus versiyasi, bot yoki norasmiy ilova emas!
To'lovdan keyin sizga Premium obunali login parol beriladi.
O'zingizning akkauntingizga ChatGPT Plus oberish - 305 ming so'm

Telegram Premium esa:
yillik obuna (o'zini profilidan kirib oberilganda) -
305 ming so'm
1 oylik obuna -
55 ming so'm
Gift sifatida (profilga kirmasdan) taqdim etish:
yillik -
36$
6 oylik -
20$
3 oylik -
15.5$
⭐️
Telegram stars: 13 ming so'mdan 260 ming so'm gacha
Canva Premium
(shared account 5tagacha foydalanuvchi) - 85 ming so'm/oyiga
ChatGPT yoki Telegram Premium, Stars olish uchun
@webadmin24
ga yozing.
Xizmatlarimiz bo'yicha fikrlar:
@webadmin_feedback
☝️
Xizmatlar ishonchli, shaxsiy ma'lumotlaringiz sir saqlanishi kafolatlanadi!
🇬🇧
@uzteachers
🇺🇿

July 22, 07:15
Media unavailable
3
Show in Telegram

⚡️
Magistratura qabuli
30-iyulga qadar davom etadi
Respublika
davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga
onlayn roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda.
2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni
vazirlikning rasmiy
my.edu.uz
platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham)
davom etadi.
Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda
belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar
ishtirok etishi mumkin.
👉
Ingliz tili turdosh yo'nalishlar
👉
Tan olinadigan sertifikatlar ro'yxati va yo'nalish bo'yicha daraja talablari
Ariza topshirib berish xizmati uchun
@forcefr2
ga yozing.
🇬🇧
@uzteachers
🇺🇿