Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Vohid Karimov

vovopapcom

Software Engineer, Google.
youtube.com/@vovopapcom
|
buymeacoffee.com/vovopapcom
|
@talk2vovopap

Subscribers
5 550
Post views
4 322
ER
78,03%
Posts
916
October 26, 13:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

Chrome hozirda bir juda foydali feature ustida ishlayapti — Split Tabs.
Nega allaqachon bu featureni qo'shishmagan xayronman! Split Tabs feature hozirda experiment modeda, lekin siz
chrome://flags
(search for side-by-side) paneli orqali bu featureni o'zingiz uchun yoqib olsangiz bo'ladi.

October 26, 11:02

2021-yilda Amazon LP interviewlari uchun yozib chiqqan hikoyalarimni sizlar bilan ulashishga qaror qildim. Hozirda FAANG’ga harakat qilayotganlar uchun yaxshi na’muna bo’ladi.
https://vovopap.com/2025/10/26/amazon-lp-savollariga-star-uslubida-javob-beraman.html

October 20, 16:33

Behavioral interviewlarda qilinadigan xatolar:
— STAR uslubida javob bermaslik. Tabiatdan savollarga qisqa javob berishga o'rganib qolganmiz. Follow-up savollar berilgandagina detallarga kiramiz. STAR uslubi sizni bir tizimga solib savolga yetarli detallar bilan to'liq javob berishga majburlaydi.
— Hamma savolni STAR metodida gapirishga harakat qilish.
"Tell me about yourself? What is your favorite programming language?"
kabi savollarga oddiy javob bersa bo'ladi.
— Yolg'on gapirish yoki bo'rtirish. Follow-up savollar bilan siz aytgan gaplar qanchalik to'g'riligini bilib olish qiyin emas. Savolga yaxshi javobingiz bo'lmasa shuni ochiq aytish kerak. Bu interviewni fail qildingiz degani emas, kerakli "signal"larni interviewer boshqa savollar orqali bilib olaveradi.
— Weakness/failure so'ralganda ochiq gapirmaslik yoki down-play qilish. Hammada weakness bor va hamma yetarlicha fuck-up qilgan. Shuni bilgan holda interviewer sizdan rostan qilgan hatolaringizni va eng muhimi ulardan olgan ko'nikmalaringizni bilmoqchi.
— va eng katta xato bu tayyorgarlik uchun yetarlicha vaqt sarflamaslik. Yaxshi tayyorgarlik: a) ko'p so'raladigan savollarga o'zingizni tajribangizdan javoblarni STAR metodida yozib chiqish, b) uni yotlab chiqish va c) kamida 2-3ta mock interview qilish.

October 19, 14:04

Hozir bir bola bilan behavioral mock interview qildik. Interview ohirida 2021-yilda Amazon bilan qilgan interviewlarim esimga tushdi. Esimda... qattiq qo'g'irishgan edi.
Agar Amazon behavioral interviewlaridan o’ta olsangiz, menimcha har qanday FAANG kompaniyaning behavioral interviewlaridan o’ta olasiz.
Context:
Amazon Leadership Principles

October 18, 10:49

12 oyda sizning karyerangiz va shu jumladan sizning hayotingiz qanday xolatda bo'lishi bugun siz nechchi soat o'z ustingizda mehnat qilganingizga bevosita bog'liq:
1 soat → 0.25x
2 soat → 0.5x
4 soat → x
6 soat → 2x
8 soat → 4x
10 soat → 8x
12 soat → 16x
To'g'ri... bu vaqt davomida to'g'ri ishlarni qilish kerak. Lekin, odatda bir maqsadga borishning bir nechta "to'g'ri" yo'llari bo'ladi. Eng ideal yo'lni qidirib vaqt sarflashdan ko'ra birinchi topilgan yaxshi yo'lda
har kuni
tezroq
yurgan sizni maqsadga muofiq.
Do you have dreams? Do you have goals? Start grinding today, there is no easy path to greatness.

October 16, 14:59
Media unavailable
3
Show in Telegram

📣
BIG NEWS:
GDG DevFest 2025
is set for
December 6
at the iconic
Cinema Palace
,
and you're invited!
Get ready for a day packed with cutting-edge tech talks, incredible networking, and the vibrant energy of our developer community. This is the can't-miss event of the year, and spots will be filling up fast.
❗️
Don't be left out — stay tuned for further announcement to secure your spots.
Telegram
|
Instagram
|
LinkedIn

October 09, 08:51

Hamkasbim Michel Devoret fizika yo'nalishida Nobel mukofoti olibdi
👏
💪
1980-yilda qilgan ishi uchun
🤯
https://blog.google/inside-google/company-announcements/googler-michel-devoret-awarded-the-nobel-prize-in-physics/

October 01, 17:16
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🚨
🌍
Google
Internship
Mavsumi Ochildi!
Arizalar qabul qilish boshlandi! Do'stlaringiz bilan ham ulashing!
🇺🇿
O'zbekistonda bo'lsangiz ham ariza topshirishingiz va taklif olishingiz mumkin!
Interview'larni o'tsangiz bo'ldi, sizga viza bilan ham yordam beriladi.
Asosiy Talablar:
• Kompyuter fanlari yoki tegishli texnik sohada Bakalavr/Magistr/PhD dasturida o'qish.
• Kamida bitta umumiy dasturlash tilida tajriba (Python, JS, C++, Java).
• Data structures and algorithms.
• Ingliz tilini bilish (aloqa uchun talab qilinadi).
• Bu yerda batafsil:
google.com/about/careers...
Agar siz barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tsangiz, Google'ning London
🇬🇧
, Shveytsariya
🇨🇭
, Germaniya
🇩🇪
yoki Polshadagi
🇵🇱
ofislarida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Ochiq ish o‘rinlariga link'lar jadvali:
docs.google.com/spreadsheets/d/1Fks3mHptIwIY7hvp7BzmvIJ3wHWM6N9KIjWvAKJAT0g/edit?usp=sharing
Ochiq ish o‘rinlari:
google.com/about/careers/...
FAQ sahifasi (muddatlar, talablar, vizalar):
google.com/about/careers/applications/stories/google-internship-faqs/
‼️
Deadline: 24 October
@cracking_maang

September 30, 08:40

Dasturlashga qo'l urgan, lekin nimadan boshlashni bilmaganlar uchun 3-5 yillik plan:
— Nerd rejimiga o'ting: kuniga kamida 6 soat dasturlash bilan band bo'ling
— Computer Science mavzularini chuqur o'rganing
— Muntazam algoritmik masalalarni yeching (codewars, leetcode, va hokazo)
— Bitta dasturlash tilini mukammal o'rganing
— Web, mobil, yoki desktop development uchun kerak bo'lgan texnologiyalarni o'rganing
— O’zingizni pet proyektlaringizni yarating
— Har kuni ko'p kod yozing
— Tez-tez interview qiling (ishingiz bo'lsa ham)
— Vaqtida uxlang, ovqatlaning, va sport bilan shug'ullaning
Qolgani (ish, daromad, va xurmat) o'zi keladi. Natija darxol ko'rinmaydi, lekin albatta keladi - haqiqiy yutuqlar vaqt talab qiladi.
Jarayondan zavq oling!

September 29, 10:43

FAANG intern offerlar olish uchun muhim faktorlar:
1. Mustaqil kod yoza olish, bir dasturlash tilini yaxshi bilish
— sizga tayyor yechim berilsa, uni kodini bemalol yoza olasiz
2. Ravon muloqot qila olish
— ham yozma ham og'zaki
— intervyu jarayonida va keyinchalik intern host bilan ishlash uchun bu juda muhim
3. Texnologiya uchun ishtiyoq
— kompaniyalar o'ziga eng yuragida olov yonganlarni jalb qilishni istaydi
— shaxsiy loyihalar (katta yoki kichik)
— hackathon & dasturlash musobaqalar
— tech konferensiyalari
4. Jarayonga mas'uliyat bilan yondashish
— O'z vaqtida javob bering va sizdan so'ralgan narsani ortig'i bilan bajaring
5. Ijobiylik va qiziquvchanlik
— yuzda tabassum
— jarayonda mazmunli va o'rinli savollar so'rash
Boshqalardan ajralib turishning eng oddiy yo'li bu ko'p loyihalar qurish va ular haqida dunyoga jar solish (GitHub repo, blog post, Telegram/YouTube channels, etc).