Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Xususiy oliygohlar | INFO

xususiy_oliygohlar

🔥
Reklama:
t.me/Click_Edu/27
🤝
Tijoriy hamkorlik:
@talim_reklamalari
🔎
O'zbekistondagi litsenziyaga ega xususiy oliy ta'lim muassasalari haqida ishonchli ma'lumotlar
🗺️
Manzillari
🎓
Yo'nalishlari
💰
Kontrakt narxlari
🔥
Qulayliklari va boshqalar

Subscribers
50 200
Post views
3 143
ER
5,91%
Posts
1 203
October 17, 05:46
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Xorijda o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalar soni keskin kamayib ketdi
Chet elga tahsil olish uchun boruvchi o‘zbekistonlik talabalar soni qariyb 25% ga kamaydi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi
ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida jami 20,7 ming nafar o‘zbekistonlik o‘qish maqsadida chet elga safar qilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 5,1 ming nafarga yoki 24,6 foizga kamayganini anglatadi.
Ma’lum bo'lishicha, o‘zbekistonlik yoshlar hanuz qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarini ko‘proq tanlamoqda.
Biroq oxirgi yillarda Koreya va Turkiya kabi davlatlarda ta’lim olishga bo‘lgan qiziqish ham ortib bormoqda.
Raqamlar quyidagicha:
Tojikistonda — 5 270 nafar
Rossiyada — 4 649 nafar
Qirg‘izistonda — 3 064 nafar
Koreya Respublikasida — 2 309 nafar
Turkiyada — 1 538 nafar
Shuningdek, Qozog‘istonga 874, Xitoyga 797, Buyuk Britaniyaga 567, Germaniyaga 285 va AQSHga 256 nafar fuqaro o‘qish uchun yo‘l olgan.

@Xususiy_oliygohlar

Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal

October 13, 05:23
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

⚡️
2024-yilda eng ko'p daromad olgan xususiy universitetlar ro'yxatida
KIU yetakchi!
Toshkent kimyo xalqaro universiteti 2024-yilda
1,4 trln
so‘mdan ko‘proq sof foyda olibdi. Universitetning jami daromadlari esa
1,5 trln
so‘mdan oshgan.
Nodavlat oliy ta’lim muassasalari orasidagi rekord natija.
Central Asian University (sobiq Akfa universiteti)ning 2024-yildagi daromadlari
103,4 mlrd
so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, sof foyda olmagan, aksincha, yilni
-29 mlrd
so‘m zarar bilan yakunlagan.
❗️
Eslatma:
ko‘rsatilgan raqamlar
to‘liq daromadni anglatmaydi,
chunki foydaning ma’lum qismi biznesga reinvestitsiya qilinadi.

@Xususiy_oliygohlar

Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal

October 12, 14:31
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

Test sinovlari oʻtkazildi
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining davlat granti, shuningdek Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun ajratilgan 200 ta maqsadli kvota bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi
📆
2025-yil 11-oktabr (shanba)
kuni barcha hududlarda test sinovlari belgilangan tartibda o‘tkazildi.
👥
Mazkur test sinovlarida jami
1 ming nafar talabgor
ishtirok etdi.
📚
Tanlov natijalari 2025-yil 17-oktabrga qadar
my.uzbmb.uz
saytida e'lon qilinadi.

@Xususiy_oliygohlar

Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal

September 30, 08:45
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

❗️
Xorijiy va nodavlat OTMlarga ajratilgan 1 320 ta davlat granti bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.
Ro‘yxatdan o‘tish
my.uzbmb.uz
sayti
orqali amalga oshiriladi.
📝
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Tahrirlandi. Ilova (rasm)da keltirilgan
nodavlat OTMlarga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan
quyidagi abituriyentlar:

davlat OTMlariga hujjat topshirmagan va
bevosita nodavlat OTM imtihoni asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar
— ular test sinovlarida ishtirok etadi (majburiy);

nodavlat OTMdan tashqari davlat OTMlariga ham hujjat topshirib, testdan o‘tgan, lekin davlat OTMlariga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar
(agar yo‘nalish va fanlar mos kelsa) — ular o‘zlari to‘plagan ballari asosida, fanlar majmuasi va taʼlim tili mos bo‘lsa, tanlovda qatnashadi.
Test topshirishi shart emas.
Shuningdek, to‘plagan bali bilan tanlovda ishtirok etishni istamasa,
ularga qayta test topshirish imkoniyati
beriladi.
🗓
Muhim sanalar:
Ro‘yxatdan o‘tish:
5-oktyabrga qadar
(shu kuni ham)
Test sinovlari:
12-oktyabrgacha
oʻtkaziladi
Natijalar:
17-oktyabrgacha
aniq boʻladi.
Eslatma:
ro‘yxatdan o‘tishda
testda ishtirok etadigan abituriyentlardan
Prezidentning PQ–4319-son (14.05.2019-y.) qaroriga muvofiq belgilangan miqdordagi to‘lov undiriladi.

@Xususiy_oliygohlar

Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal

September 23, 11:12
Media unavailable
3
Show in Telegram

Vakant o‘rinlarga tanlovda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish 25-sentabrdan boshlanadi
2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriatga kirish imtihonlarida
56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlar
vakant o‘rinlar qolgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish muddati:
2025-yil
25-sentabrdan 3-oktabrgacha
(shu kuni ham).
Tanlovda ishtirok etish tartibi:
Abituriyentlar “
my.uzbmb.uz
” shaxsiy kabineti orqali ro‘yxatdan o‘tadilar.
Test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalishlardan
5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini (ta’lim shakli bilan birga) tanlash imkoniyati mavjud.
Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar
toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida
talabalikka tavsiya etiladi.
Tanlov natijalari 2025-yil 8-oktabrgacha e’lon qilinadi.
📌
Muhim eslatma:
Agar abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos vakant o‘rinlar mavjud bo‘lmasa, tanlovda qatnashish imkoniyati berilmaydi.

@Xususiy_oliygohlar

Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal

September 22, 16:27
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

❗️
Xorijiy va xususiy oliygohlar uchun 1.320 ta davlat granti tasdiqlandi
Endi grant olish uchun test topshirish kerak!
Davlat qabul komissiyasi bayoniga muvofiq 2025/2026-oʻquv yili uchun respublikada faoliyat koʻrsatayotgan
xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga 1 ming 320 ta davlat buyurtmasi parametrlari
tasdiqlandi.
2025-yil 29-sentyabrdan 5-oktyabrga qadar (shu kuni ham)
muayyan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga
toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun
mazkur bayon bilan tasdiqlangan davlat buyurtmasi parametrlariga
(talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha) abituriyent sifatida
roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.
Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun
2025-yil 12-oktyabrga qadar test sinovlari
oʻtkaziladi.
Eslatma:
roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlardan Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ–4319-son (14.05.2025-y.) qaroriga muvofiq
belgilangan miqdordagi toʻlov
undiriladi.
Oʻtkazilgan test sinovlari natijasiga koʻra abituriyentlarning
toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan
holda shakllantirilib, belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun
2025-yil 17-oktyabrga qadar tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga
yetkaziladi.
Shuningdek, ushbu tanlovda 2025/2026-oʻquv yiliga davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun
ro‘yxatdan o‘tib, kirish imtihonlarida ishtirok etgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abiturientlarga
ham to‘plagan ballari bilan fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tanlovda ishtirok etish imkoniyati berildi.

@Xususiy_oliygohlar

Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal

September 22, 09:09
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

⚡️
Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun 7 200 ta qo‘shimcha kvota ajratildi!
• 6 500 ta — To‘lov-kontrakt asosida
• 700 ta — Davlat granti asosida

︎6 500 ta to‘lov-kontrakt kvota — 2022-yilgi Prezident farmoni asosida, o‘qishga kira olmaganlar uchun ajratiladi.
• 700 ta davlat granti kvota — 2025-yilgi qarorga ko‘ra:
• 500 ta — davlat OTMlari uchun
• 200 ta — xususiy OTMlar uchun

@Xususiy_oliygohlar

Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal

September 18, 08:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali tashkil etiladi
“Toshkent shahrida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi
Prezident qarori (PQ–276-son, 08.09.2025-y.)
qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Filial faoliyatining
asosiy yo‘nalishlari
etib quyidagilar belgilandi, jumladan muhandislik sohasida:

innovatsion yondashuvlarni qo‘llay oladigan, chuqur ilmiy-texnik bilimlarga ega bo‘lgan yuqori
malakali kadrlarni tayyorlash
;

fundamental va amaliy
ilmiy-tadqiqotlar
o‘tkazish.
Filialda ta’lim faoliyati
2026/2027-o‘quv yilidan
boshlanadi.
Filialga talabalarni o‘qishga qabul qilish
davlat granti hamda to‘lov-kontrakt
asosida amalga oshiriladi.
2025/2026-o‘quv yilidan Moskva davlat texnika universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida
magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari
asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
Filial bitiruvchilariga
O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat
sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

@Xususiy_oliygohlar

Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal

September 17, 15:25
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

🚗
O‘qituvchilarga BYD Chazor avtomobili sovg‘a qilindi
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 37-maktabning ingliz tili muallimasi
Nodira Nabiyeva
hamda Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 38-maktabning ingliz tili o‘qituvchisi
Billura Ikromova
Prezident tomonidan taqdirlandi.
❗️
Ma'lumot uchun,
Nodira Nabiyeva
eshitish qobiliyatida nuqsoni borlar uchun
“inglizcha-oʻzbekcha surdo lugʻat”
yaratgan boʻlib, Germaniyaning “Lambert Academic Publishing”  nashriyotida uning “
Teaching English to deaf students”
nomli kitobi chop etilgan. 8 ta tilda tarjima qilingan mazkur adabiyot AQShning
Galladet
universitetida yordamchi oʻquv-uslubiy qoʻllanma sifatida
foydalanilmoqda.
Billura Ikromova
esa Top-200 talikka kiradigan Buyuk Britaniyaning
Reding oliygohini
bitirgan. Hozirda Romitanning eng chekka qishlog‘idagi maktabda ingliz tilidan dars bermoqda. U —
TESOL, ESOL va IELTS (C1)
kabi nufuzli xalqaro sertifikatlar sohibi, qishloq qizlari uchun mentorlik loyihasi
tashabbuskori.

@Xususiy_oliygohlar

Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal

September 17, 14:03
Media unavailable
2
Show in Telegram

🎉
Tashkent Perfect Universitetida darslar boshlandi!
🚀
Rasman Perfect’da yangi o’quv yilining ilk darslari boshlandi!
Iqtisodiyot yo‘nalishidagi
talabalarimiz o‘qishga start oldi. Endi navbat boshqa yo‘nalishlardagi talabalarimizni kutib olishga. Eng qiziqarli jarayonlar hali oldinda!
🎥
Videoni to‘liq ko‘rib, yangi o‘quv yilidagi ilk taassurotlarni biz bilan birga his eting.
⚡️
Hoziroq
ushbu havola orqali
hujjat topshiring va Perfect oilasiga qo’shilishga ulgurib qoling!
📞
Murojaat uchun:
(77)129-29-29
📱
Telegram
📱
Instagram
🌐
Web sayt
📱
You tube
📱
Facebook