Yoʻqlik....
Channel created
#duo
Ya Robbim, gunohlarimizni kechir, barcha ishlarimizdagi bilimsizlik va chegaradan o'tib qilgan jinoyatlarimizni, va barcha O'zingga ayon bo'lgan xatolarimizni avf et.
Allohim, gunohlarimizni kechir, bilib, bilmasdan, hazil qilib bo'lsa ham, sodir qilib qo'ygan gunohlarimiz uchun bizni jazolama.
Allohim, bizni avvalgi va keyingi, ochiq va yashirin gunohlarimizni kechir.
O'zing hidoyatga boshlovchi, va hidoyatdan mahrum qilib qo'yguvchi, butun borliq ustida qudratli Zotsan.
Ya Alloh, bizga bu dunyo va u dunyo yaxshiliklarini ato et, biz bilgan va biz bilmagan yomonliklardan O'z panohingga qochamiz.
Allohim, Sendan, Sening quling, Rosuling so'ragan xayriyatlarni so'raymiz, va Sendan Sening quling, Rosuling panoh so'ragan narsalardan panoh so'raymiz.
Allohim, Sendan jannatni so'raymiz, Sendan jannatga eltuvchi so'z va amallarni so'raymiz.
Va Sendan jahannamga yaqinlashtiruvchi ishlardan bizni uzoq qilishingni so'raymiz.
Allohim, ikkala dunyoda ham saodatli bo'lishni so'raymiz, oilamizda, ishimizda, molimizda, kelajagimizda ofiyatni so'raymiz.
Allohim, bizni har qanday sharmandagarchilikdan, qutqar.
Bizni oldimizdan, orqamizdan va ikkala yonimizdan ham, ostimiz va ustimizdan ham O'z himoyanga ol.
Fazl-u Karaming haqqi, xorlik ila o'lim topishdan saqla.
Allohim, O'zingga bo'lgan qo'rquvni qalbimizga joylab qo'y.
G'azablanganimzda adolat va haqiqat ila gapirishlikda yordam ber.
Ehtiyojimizda, boyligimizda meyorni, qadarga rozilikni so'raymiz.
O'limdan keyin, yaxshi hayotni, jamolingga yetishlikni va Sen bilan uchrashishlikni nasib et.
Bu yo'lda na baxtsizlik va na yomon amallarimiz bizga to'siq bo'lmasin.
Ey Robbim, osmonlar-u yerning Hukmdori, yashirin va oshkor narsalarni bilguvchi Zot, Sendan boshqa iloh yo'qligiga, guvohlik beraman.
O'z qalbimning chirkinliklaridan, huzuringda panoh istayman.
Shaytonning hiylasidan, nafsimning halokatidan panoh tilayman.
Ey Robbim ishlarimda sabot, qattiylik ber, to'g'ri yo'ldan ozdirma Robbim.
Meni shukr qilguvchilardan va Senga samimiy tavba qilguvchilardan ayla.
Qalbimni salomat, tilimni haq so'zlaguvchi qil.
O'zingga ayon bo'lgan eng yaxshisini ber, va O'zingga ayon bo'lgan eng yomonidan asra.
Allohim, qabr azobidan, qiyomat daxshatidan asra!
#Eslatma
#Xusuf
🌔
OY TUTILGANDA NIMA QILISH KERAK?
📢
Bugun 7 sentyabr kuni Yer yuzi aholisi astronomik hodisalardan biri – to‘liq Oy tutilishini kuzatishlari mumkin.
✨
Oy tutilishi — Alloh taoloning qudratidan dalolat qiluvchi ulkan hodisadir. Dinimiz bu kabi holatda musulmon kishini ibodat va duo qilishga undaydi.
📿
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar:
“Quyosh va oy Alloh taoloning mo‘’jizalaridandir. Ular biror kishining o‘limi yoki tug‘ilishi sabab tutilib qolmaydi. Agar ular tutilsa, ochilgunga qadar namoz o‘qinglar va duo qilinglar”
(Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
Ushbu hadisga ko‘ra, oy tutilganda har kim o‘zi yolg‘iz holatda xusuf (Oy tutilish) namozini o‘qishi sunnat amal hisoblanadi.
🕌
Xusuf namozi qanday ado etiladi?
▪️
Ushbu namoz ikki rakat nafl namoz bo‘lib, unda xohlagan surani zam sura qilish mumkin.
▪️
Namoz maxfiy (ovoz chiqarmasdan) o‘qiladi.
▪️
Uzun suralarni zam sura qilish afzal hisoblanadi.
▪️
Namozdan keyin toki oy ochilib ketguncha duo qilib turiladi.
📚
🌙
Oy tutilishining hikmati
Bunday ulkan hodisalar insonga Allohning qudrati va Qiyomat voqealarini eslatishi uchun yuborilgan. Shunday ekan mo‘min kishi bunday holatdan ibrat olib, dunyo hayoti o‘tkinchi ekanini, Qiyomat voqealari esa shubhasiz sodir bo‘lishini yodga solishi, o‘zini hisobga tortib, gunohlaridan tiyilishi, xayrli amallarda peshqadam bo‘lishga intilishi lozim.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi
“
Vaqt
” hayotdir!
Hayot esa oltindan qimmat!
#iqtibos
Hatto ka’baning ham ustida yopinchig’i bor..
Sen qachon o’ranasan ey islom qizi?!
@yoqlik
/
#eslatma
Biz jonimizdan ortiq suyib avaylab ōstirgan farzandlarimiz-u, bizga jonini fido qilishga tayyor Ota onamiz ham  biz bilan birga qorong’u qabrda yotishib qo’ymaydi.
Yolg’iz Allohgina biz o’lganimizdan so’ng ham bizga yordam beradi.
Endi o’ylaylik hayotimizda kimni o’rni qay darajada?!
@yoqlik
/
#his