
YOSH KINEMATOGRAFISTLAR
Yosh kinematografistlar tomonidan suratga olingan barcha qisqa metrajli filmlar va ijodiy ishlarni, shuningdek, kino olamiga oid qiziqarli ma'lumotlarni ushbu kanaldan topishingiz mumkin.
Talab va takliflar uchun:
@Yosh_kinematograflar_bot
Телевизорда кино жудаям кам кўраман. Киноплатформаларга одам ўрганиб қолди. Лекин ўзбек тилида, болалик ностальгияси билан соғинган фильмларимни “Маҳалла” канали тез-тез қўйиб туради. Аниқ биламан, ҳар куни 23:00 да кино бошланади.
Ҳозир келаси ҳафта анонсини кўриб, улашгим келди:
🎬
14 июлдан 20 июлга қадар Ҳафта давомида ўзбек миллий кинофондидан ретро фильмлар беришаркан.
◀️
Душанба — “Стадионда учрашамиз” б/ф (ПРЕМЬЕРА)
13:00 ва 23:00 да
◀️
Сешанба — “Қалбимда қуёш” б/ф
13:00 ва 23:00 да
◀️
Чоршанба — “Менинг меҳрибоним” б/ф
13:00 ва 23:00 да
◀️
Пайшанба — “Чиптасиз” б/ф
13:00 ва 23:00 да
◀️
Жума — “Аччиқ данак” б/ф
10:20 да
◀️
Шанба — “Буюк Турон” б/ф
13:00 да
◀️
Шанба — “Сўғдиёна” б/ф
23:00 да
◀️
Якшанба — “Олмос” б/ф
10:20 да
◀️
Якшанба — “Ватангадолар” б/ф (ПРЕМЬЕРА)
13:00 ва 23:00 да
#Live
📣
"Bahorni quvib" filmi yuksak mukofotga sazovor bo‘ldi
Ayni kunlarda Xitoyning Chongqing shahrida bo‘lib o‘tayotgan SHHTga a’zo davlatlar kinofestivalida Ayub Shahobiddinovning "Bahorni quvib" filmi
"Eng yaxshi aktrisa"
nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi. Mazkur filmda bosh rolni taniqli aktrisa
Ra’no Shodiyeva
ijro etgan.
Ushbu yuksak mukofot barcha ijodkorlar hamda kino ixlosmandlariga muborak bo‘lsin!
🔂
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
Ингмар Бергманнинг "Куз сонатаси" фильмига бағишланган кўрсатув.
ASSALOMU ALAYKUM!
Biz uchun aziz va qadrli mehmonimiz!
2025-yilning 4-iyun sanasida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va uning tasarrufidagi San’atshunoslik instituti o‘zbek teatr va kino san’atining yorqin yulduzi, betakror iste’dod sohibasi, xalq tomonidan “Aya” deb e’zozlangan LUTFIXONIM SARIMSOQOVAning yorqin xotirasiga bag‘ishlab “O‘ZBEGIMNING AYASI” nomli xotira kechasini tashkil etmoqdamiz. Mehrga, samimiyatga, ezgu tashabbusga yo‘g‘rilgan ushbu xayrli tadbirda biz bilan bo‘lishingizdan umidvormiz! Xotira yashar ekan, tuyg‘ular barhayot!
Tadbir kuni: 4-iyun 2025-yil
Boshlanish vaqti: 16:00 da
Dress kod: milliy libos
Manzil: "O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi"ning kichik zali.
Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 15-uy
#Tavsiya_etamiz
#inson
#birdamjamiyat
🎞
San'atshunos, jurnalist Iqbol Qo'shshayeva Fransiya kinoijidkorlari tomonidan ishlangan "To'rtyuz zarba" filmini ko'rishni tavsiya etadi.
Urush nafaqat insonlarni jismonan majruh etadi. Balki u insonlardagi eng ezgu his-tuyg'ularni ham majruh etadi. Filmdagi yosh qahramoning urush ko'rgan avlod vakili bo'lgan onasidagi o'sha onalik tuyg'ulari mavh bo'lgan edi. Bu urushning asorati edi.
Film "Sen farzandingni dunyoga keltirdinmi seni farzandingni ko'chalar voyaga yetkazmasin. Farzandingni baxti uchun, ko'zidagi har bir tomchi ko'z yoshi uchun sen mas'ulsan" degan fikrni beradi.
Rasmiy sahifalarimiz
👇
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
#kino
Zvyagintsevning bashorati to‘g‘ri chiqadimi?
O‘ngda ko‘rganlarimizning tahlilini tushda ko‘ramiz. Uxlaganimizda ham miyamiz ishlab turadi. Kun bo‘yi yig‘ilgan axborotni qayta ishlaydi: analiz, sintez, tasnif, talqin qiladi, xulosa chiqaradi. Tushlarning ba’zida kelajakdan ishora berishini ilmiy jihatdan shunday tushuntirish mumkin. Tushda kelingan xulosalar bizni oʻngimizda ham beixtiyor boshqaradi.
Men adabiyot va sanʼatni jamiyatning tushlariga oʻxshataman. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy jarayonlar ongli va ongsiz ravishda idrok etib boriladi. Xalq latifa va mishmishlar toʻqiydi. Ziyolilar kitob yozadi, kino oladi. Bashoratgoʻy asarlar paydo boʻlishi sababi shundan.
1990-yillar boshida Sovet Ittifoqi tarqalib ketdi. Temir intizom davridan keyin xalqqa erkinlik kerak edi, Rossiyada shunga mos rahbar davlat tepasiga keldi. Boshboshdoqlik boshlandi. Bunday davom etib boʻlmasligi ommatan anglandi. KGBdan chiqqan odam prezidentga aylanishi va bu yuqori koʻtarinkilik bilan kutib olinishi ijtimoiy hissiy kechinmalar natijasi edi.
Andrey Zvyagintsev jamiyatda kechayotgan jarayonlar silsilasida "Qaytish" (2003) filmini olishga ehtiyoj sezganmikan. Ikki aka-uka bolalik - beboshlik nashidasini surib yuribdi. Lekin ularga ota tarbiyasi kerakligi ham rost. Shunda qamoqdan qaytadi oʻsha qattiqqoʻl kimsa. Onasining oppoq toʻshagida jundor oyoqlarini koʻrpadan chiqarib yotgan erkakni koʻrib bolalar hayron qoladi. Detallar voqealar rivojiga ishora qiladi.
Rahmsiz ota oʻgʻillarining tarbiyasi bilan shugʻullanaman deb qattiqqoʻllikni haddidan oshirib yuboradi. Xoʻrlab tashlaydi. Ukasining tahqirlanishiga chiday olmagan bolakay bexosdan otasini oʻldirib qoʻyadi. (Tafsilotlarda uncha-muncha adashayotgan boʻlishim mumkin, filmni ancha yillar avval koʻrganman.)
Ukrainaga bosqin boshlanganidan keyin, urushdan rus xalqi ham ozmuncha jabr chekmayotganini kuzatib oʻylanib qoldim. Rossiya agar Ona boʻlsa, oddiy xalq agar Uka boʻlsa, jamiyatning elita qatlami filmdagi Akaning ishini qila oladimi?..
Mamlakatda hukm surayotgan turfa holatlarni ongli ravishda ham, gʻayrishuuriy tarzda ham tahlil qilib borgan rejissor Andrey Zvyagintsevning bashorati toʻgʻri chiqadimi?
Дўстлар, бир ўзбек фильмининг дубляжи учун Наби Раҳимов, Ҳамза Умаров, Мурод Ражабов ва Пўлат Саидқосимовнинг овозлари зарур бўляпти. Сунъий интеллект ёрдамида тикласа бўладими? Маслаҳатингиз ва кўмак керак.
Ҳамма кўриши тавсия этиладиган фильмлар учлиги
«
Худди ўша Мюнхаузен
»
(1979). Ҳар гал «замондошлар хотираси»ни ўқиганимда шу фильм ёдга тушади. Сохта обрў олдидаги ожизлик, Шахс ёлғизлиги, ёлғонга мойил жамият ҳақидаги дарди ёруғ фильм. Қизиғи, бу дардни кулиб-кулиб юрагингга олиб кирасан;
«
Орзу дарахти
»
(1979). Бу фильм лой ичидан сеҳрли тош қидираётган, гўзалликни, покликни ўз қўллари билан ўлдирган жаҳолат ва тартибот ҳақида кенг мушоҳадаларга чорлайди;
«
Йўл қўшиғи
»
(1955). Ҳинд муаллифлик фильмининг дурдонаси. Унда «Муҳтожликнинг чўққиси
инсонийликнинг интиҳоси» деган ғоя шафқатсиз реализм билан очиб берилади.
"
Қаҳрамон»
«Ghahreman», 2021
Система, яъни тизим издан чиққан бўлса, қонунлар инсон манфаатига эмас, аксинча унга қарши ишлай бошлайди.
Бундай тизим виждонли одамга лўттивоз, жиноятчи мақомини бериши ҳам ҳеч гап эмас. Атрофдагилар фильм қаҳрамони Раҳимга ёрдам бераман дегани сари вазият чигаллашиб кетаверади. 2021 йили Канн кинофестивалининг бош совринига эга чиққан бу фильмида Фарҳодий иккинчи ва учинчи планни биринчи пландан кам ишламайди. Яъни сиз воқелик тасвирланаётган ҳудудни қуруқ декорация деб қабул қилолмайсиз. Узоқдан кўзга ташланган ғира-шира соя ҳам ишлайди, гапиради.
Турмуш бор мушти билан кўринади. Биринчи планда фильм қаҳрамонлари ниманидир гаплашяти, лекин айни чоғда сиз кўзини қўл телефонидан уза олмаётган болаларни ҳам кўрасиз. Замонавий дунёнинг ҳақиқий зиндони бу — интернет ҳибсхонаси. Ижтимоий тармоқлар ҳар бир қадамимиз учун қўйилган тузоқ!
Эрон фильмлари миллионлаб
одамларнинг тақдири, орзу-истаклари уч-тўрт арбоб ихтиёрида бўлган тузум ҳақидаги оғир-оғир саволларини дунёга олиб чиқди. Улар ижтимоий кўламга кўтарилган маиший мавзунинг психологик талқинини кўрсатиб бера олди.