
YourChance | Yoshlar hamjamiyati
Ijtimoiy loyihalar
- har bir brendga yanada status beradigan, uning obro'sini mustahkamlab beradigan va bitta qo'shimcha ustunlik beradigan jihat. Aynan shunday loyihalardan biri
Ipoteka
banki va ko'pchilikka allaqachon tanish
Osnova
hamkorligida amalga oshirildi:
📚
BILIMXONA
📚
Ushbu yangi Bilimxona nomli onlayn ta’lim platformasi sun’iy intellekt (ChatGPT, Midjourney), dizayn (Figma, Tilda), marketing, Excel, HR kabi zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda kurslarni
mutlaqo bepul
taqdim etadi. Har bir kursni tamomlaganingizdan so‘ng sertifikat, ishga tayyorgarlik bo‘yicha yordam va sun’iy intellekt yordamida kasb bo‘yicha maslahatlar olishingiz mumkin.
Bu loyihaning e'tiborga molik jihati - u O‘zbekistondagi taniqli va sifatli o‘quv platformasi bilan amalga oshirilgani. Agar siz ham o‘qishga va yangi bilimlarga chanqoq bo‘lsangiz, marhamat havola orqali kurslarni boshlang:
🔗
Bilimxona
Yoshlar manfaati uchun yaratilgan va maqsadiga sodiq qolgan loyihangiz,
@yourchanceuz
Siz bilan bir juda manfaatli loyihani ulashgani kelyapman...
Hozir ham o'qiyotganlar bo'lsa albatta))
Uchinchi variantni bosishingiz shart emas, birinchi va ikkinchi tanlov oldidagi xolis fikringiz muhim
🙏
👩🏻💻
Qizlar va ayollar uchun O‘zbekistonning yetakchi IT-kompaniyalarida to‘lanadigan stajirovkalar! Stajirovkalarning ko‘pchiligi Toshkentdagi kompaniyalarda o‘tkaziladi. Arizalarni O‘zbekistonning istalgan hududida yashaydigan qizlar berishi mumkin. Ishtirokchilar…
👩🏻💻
Qizlar va ayollar uchun O‘zbekistonning yetakchi IT-kompaniyalarida to‘lanadigan stajirovkalar!
Stajirovkalarning ko‘pchiligi Toshkentdagi kompaniyalarda o‘tkaziladi. Arizalarni O‘zbekistonning istalgan hududida yashaydigan qizlar berishi mumkin. Ishtirokchilar bir oy davomida Toshkentda yashash va ishlash xarajatlarini qoplaydigan stipendiya oladi.
Biz 30 nafar ishtirokchini 1 oylik to‘lanadigan stajirovka uchun tanlab olamiz. Dastur 2024 yil oktabrdan noyabrgacha davom etadi va Toshkentda yakuniy tadbir bilan tugaydi, unda ishtirokchilar o‘z natijalarini taqdim etadi va sertifikatlar oladi.
❗️
Arizalar 2024-yil 10-oktyabrgacha qabul qilinadi.
Ariza shakli:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScCxt9CuPsQlAFLGxo0kB6QcNrmH0kFrlHwiAnlND2q_odpYw/viewform
Dastur Tech4Impact NNT tomonidan BMT Taraqqiyot Dasturi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi loyihasi doirasida.
Yoshlar manfaati uchun,
@yourchanceuz
HR BOʻLIMIDA AMALIYOT VA ISH
"Telefonchi uz"
kompaniyasi HR bo'limida amaliyot o'tash imkoniyatini taqdim etadi.
Talablar:
- 10 kun davomida ish o'rganish uchun to'liq vaqt ajrata olish;
- 19-23 yosh oralig'ida bo'lish;
- Full time ya'ni to'liq grafikda amaliyot o'tash va ishlay olish;
- Shaxsiy noutbukka ega bo'lishi;
- Rus tilini boshlang'ich darajada bilish. (Ingliz tilini ham bilsa afzal ko'riladi);
- HR sohasiga qiziqishi va o'rganishga bo'lgan xohish.
Takliflar:
- O'zingizni rivojlantirish uchun imkoniyat;
- Muvaffaqiyatli amaliyotdan so'ng sertifikat;
- Muvaffaqiyatli amaliyotdan so'ng, shartnoma asosida ishga joylashish.
Ariza qoldirish
Yoshlar manfaati uchun,
@yourchanceuz
HR MENEJER LAVOZIMI UCHUN BOʻSH ISH OʻRNI
💼
Kompaniya:
Yosh Tadbirkor University
📌
Hudud:
Toshkent shahar
📑
Ish turi:
Ofisga kelib; Full-time
💳
Maosh:
3 500 000 – 8 000 000 so’mgacha
Talablar
✔️
HR sohasida 1+ yildan ortiq tajriba
✔️
Rus, o'zbek va ingliz tillarini bilish
✔️
Xodimlarni baholashning joriy usullarini bilish (KPI);
✔️
Mehnat qonunchiligini bilish, ishbilarmonlik aloqasi asoslari, hujjatlar bilan ishlash va og'zaki va yozma nutqni bilish.
✔️
Xodimlar va boshqaruv qobiliyatlari.
Murojaat uchun:
@boboqulov_bb
Yoshlar manfaati uchun,
@yourchanceuz
NATURE FOR DEVELOPMENT DASTURI UCHUN MA'LUMOTLARNI VIZUALLASHTIRISH BO'YICHA BMTDA ONLAYN KO'NGILLILIK
🗓
Muddat:
7-fevral
🎒
Davomiyligi: 4 hafta
💼
Ish: haftasiga 16-20 soat
💸
Mukofot: topshiriqni bajarganingizdan soʻng siz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Koʻngillilar platformasidan sertifikatga ega boʻlasiz
National Biodiversity Strategies and Action Plan (NBSAP) jamoasi Biologik xilma-xillik konvensiyasining ikkita tadqiqotini tahlil qildi va soʻrovlar asosida brifing eslatmasi uchun ma'lumotlarni vizuallashtirishga yordam beradigan koʻngillilarni izlamoqda.
Nimalar bilan band boʻlasiz:
✔️
sizdan uchta ma'lumotlar toʻplami boʻyicha tahlil va vizualizatsiya yaratish soʻraladi
✔️
tahlil natijalari axborot eslatmasida aks ettiriladi va 2024-yilda BMT Atrof-muhit assambleyasida taqdim etiladi.
Talablar:
✔️
ingliz tilini mukammal bilish
✔️
ma'lumotlarni tahlil qilish va vizualizatsiya qilish boʻyicha tajriba yoki ma'lumot
✔️
tahliliy koʻnikmalar va ma'lumotlarni tahlil qilish va vizualizatsiya vositalari (R, Public Tableau, Excel va boshqalar) bilan ishlash qobiliyati
Batafsil
Yoshlar manfaati uchun,
@yourchanceuz
УКРЕПЛЕНИЕ ЦИФРОВЫХ НАВЫКОВ ЖЕНЩИН-ПРЕДПРИНИМАТЕЛЕЙ
🗓
Muddat:
29-yanvar 2024-yil
OSCE
tashkiloti 2024-yil 19- fevraldan 3-aprelga qadar onlayn tarzda oʻtkaziladigan “Tadbirkor xotin-qizlarning raqamli koʻnikmalarini oshirish” dasturiga qabul ochilganligini e’lon qiladi.
Afzalliklar:
✔️
Raqamli koʻnikmalar boʻyicha amaliy bilimlar;
✔️
T
aqdirlash marosimining barcha xarajatlari: sayohat, turar joy, oziq-ovqat xarajatlari tashkilot tomonidan qoplanadi;
✔️
Tanlangan gʻoliblari har yili onlayn obuna va raqamli kurslarga ega boʻladi.
Kimlar qatnasha oladi:
✔️
18 yosh va undan katta boʻlgan ayol biznes egalari;
✔️
Kamida 2 yil biznesini yuritib kelayotgan boʻlishi;
✔️
Oʻrta Osiyo davlatlari fuqarosi boʻlishi;
✔️
Rus tilida soʻzlasha olishi;
✔️
Barqaror internetga aga boʻlishi;
✔️
Yangiliklarni oʻrganishga ochiq va vazifalarni bajarishga tayyor bo'lishli.
Batafsil
Roʻyxatdan oʻtish
Yoshlar manfaati uchun,
@yourchanceuz
AUDIT INTERNSHIP | KPMG
🗓
Muddat:
11-yanvar 2024-yil
KPMG Uzbekistan bitiruvchilar uchun Audit bo'yicha amalyotga qabul ochilganligini e’lon qiladi.
11-yanvar kuni, soat 14:00 da Toshkent shahri
Baholash markazida testda qatnashing va amalyot oʻtash imkoniga ega boʻling!
Registratsiya formasini toʻldirganingizdan soʻng, xodimlar sizga aloqaga chiqishadi.
Arizani toʻldirish
Yoshlar manfaati uchun,
@yourchanceuz