
Amirxon Valijonov | Blog
Kitob va unga bogʻliq hamma narsa haqidagi qarashlarim...
@ibook_uz
,
@tirilishuz
va
@kitobxonacom
asoschisi
Qalblar odob, dunyo ilm bilan zabt etiladi!
Muqovada "Qulog'im senda qizim", "Yosh qizga nasihat" kabi kitoblar dizayneri yuborgan variantni tanladik.
Kitobda Zayd Ibn Sobitdan tortib, Oiz Qarniygacha ilm ahli, Umar ibn Abdulazizdan tortib Nelson Mandelagacha hukmdorlar, Sufyon Savriydan Hasan Basriygacha avliyolar, Tomas Edisondan Stiv Jobsgacha olim-u tadbirkorlar, Muhammad Ali va Maykl Jordan kabi sportchilar muvaffaqiyat yo'lida onalari qanday rol o'ynaganini o'qiysiz va juda-juda ko'p haqqoniy ibratlarni olasiz.
"Sening go'zalliging Allohning borligiga isbotdir. Faqat Allohgina bunday go'zallikni yarata oladi".
"Happiness is your current situation minus expectations".
Ertaga 14:00 da Toshkent kitob markazida festivalda kutamiz. Kelishingiz uchun 4 ta sababimiz bor:
•
“Tirilish”
nashriyotining yangi kitoblariga
maxsus chegirmalar;
•
“Amir Temur va Ibn Xaldun uchrashuvi”
— ilk bor sotuvda;
• Siyosatshunos
Hamid Sodiq
bilan
“Ijtimoiy shartnoma”
taqdimoti;
• 100 ming so‘mdan oshgan xaridlar uchun
1 yillik 10% sodiqlik kuponi
.
Muqovani tanlashvoringlar, o'rtoqlar. Doimgidek eng ko'p shu blogdagi izohlarga e'tibor qaratamiz.
Bugun qaror chiqarishimiz kerak.
"O'zbeklar kitob o'qimaydi" - bu endi yolg'on
2025-yil mana shu absurd fikr yolg'onligi isbotlanayotgan yil. Kitobxonlar safi kundan kun oshib boryapti, ham yoshlar, ham kattalar orasida. Men sababini quyidagilarda ko'raman:
1. Ijtimoiy tarmoqlarda "vaqtni zoe ketkazish"ga muqobil qilib kitob o'qishning tanlanishi
Bu ham influenserlar (Abdukarim Mirzayev, Abror Muxtor Aliy, Hamid Sodiq kabi yuz minglab auditoriyasi bor insonlar) ham davlat, ham kitob do'konlari tomonidan olib borildi. Natijada kitob mutolaasi yoshlarning hobbisiga aylanib boryapti.
2. Davlat tashkilotlarining e'tibori
Birinchi navbatda, Yoshlar Ishlari Agentligidagi "Mutolaa", "1000Kitob" kabi mln auditoriyali loyihalar. Yana "Mahalla kutubxonasi", "Yosh kitobxon" ham. Bularning ichida "Mutolaa"ning ta'sirini alohida e'tirof etish kerak.
3. Kitob sohasiga kuchli kadrlarning kelishi
Qamar, Asaxiy kitob do'koni sifatida, Huzur, Pir, Farengeyt Press kabilar nashriyot sifatida sohaga yaxshi mutaxassislarni jalb qilishdi. Qamar kitob do'koni kengayish harakatini boshladi va yangidan yangi minglab kitobxonlarni o'ziga jalb qilyapti.
4. Marketpleyslar ta'siri
Uzum, YandexMarket, Wildberries kabi gigant marketpleyslar bir kunda bepulga istalgan mahsulotni mijozga yetkazishni ta'minlayapti. Bu esa kitobga minimal qiziqishi bor har qanday inson uchun ideal imkoniyat. Ayniqsa, Uzum Marketda shu yilning o'zida yuz minglab, balki millionlab kitob sotildi.
Kamchiliklar ham bor, masalan:
1. Diniy kitoblarga ruxsat berishda vaqt yo'qotilishi va ruxsat berilgan adadning ozligi.
2. O'zbekistonda mavjud bosmaxonalarning sifatida muammolar yetarlicha.
3. Nashriyotlar esa yangi tarjima kitoblarni tayyor holga keltirishda jahon standartlaridan ancha sekin harakat qilishadi va hokazo.
Xulosa qilsam, o'zbeklar kitob o'qiydi, hali bundan o'n, yuz barobar ko'p ham o'qiydi.
Bozorning o'ziga qo'yib berilsa va davlat "Mutolaa"dek faqat yaxshi loyihalarga e'tiborni susaytirmasa, keyingi besh-o'n yilda bizda ham million adadda sotilgan kitoblar paydo bo'ladi. Sohada faoliyat yurituvchilar esa muvaffaqiyatli tadbirkorlar safidan joy oladi.
Tarix shunchaki emas, ma'lum qonuniyatlar asosida takrorlanadi.
Bu nazariyani birinchilardan bo'lib Ibn Xaldun "Muqaddima"da keltirib o'tadi. Bu esa tarix tasodifiy voqealar ketma-ketligidan emas, tizimli, zanjirli, zamonaviy tilda aytganda "siklik, evolyutsion" voqealardan iborat bo'ladi degani.
Demak, tarix bir vaqtning o'zida aniq fan ham. Uning qoidalariga yaxshiroq amal qiladigan xalqlar yuksaladi, e'tiborsiz qoldirganlar kalavaning uchini topolmay qiynalib yashaydi.
Shuning uchun olimlar har qaysi fanni chuqur o'rganishda uning tarixiy ildizlariga murojaat qilishadi.
Mana shunaqa izohlar uchun ham ishlaging kelaveradi)
Sentabrni tahlil qilgandik. Bizning eng katta xaridorimiz Uzum Market ekan, keyingi o'rinda Qamar va Farg'ona shahar dilleri.
Assalomu alaykum! Biz ibook jamoasi kitobxonlarga yanada qulayroq xizmat koʻrsatish maqsadida yangi loyiha ustida ishlayapmiz. Sizning fikringiz biz uchun juda muhim. Soʻrovnoma atigi 1-2 daqiqa vaqt oladi. Javoblaringiz asosida biz qogʻoz kitoblar qatorida…