
Amirxon Valijonov | Blog
Bizda yana yangi kitoblar.
Nashriyotimizda chiqqan kitoblar sonini sanamay qo'ygandim. Bu ikkisi bilan adashmasam 70 dan oshdi kitoblarimiz soni. Yil oxirigacha 100 lik dovonni bosib o'tishni maqsad qilganmiz.
P.s: "Tejamkor startap" hali sotuvga chiqmadi.
📱
Siz kutgan, lekin qatnasha olmagan o‘sha mashhur taqdimot endi YouTube’da!
"Tirilish"
nashriyotining uzoq kutilgan yangiligi — Abu Nasr Forobiyning
"Baxtga yo‘llanma"
kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tgani esingizdami? Tadbirda aytilgan fikrlar, ustozlarning nutqi shunchalik qimmatliki, biz buni siz bilan ulashmasdan tura olmadik!
✅
Nimalarni bilib olasiz?
- Forobiy nazdidagi haqiqiy baxt tushunchasi;
- Bugungi kun insoni qanday qilib ruhiy muvozanatga erishishi mumkin?
- Ustozlardan maslahatlar.
O‘tkazib yubormang! O‘zingiz va yaqinlaringiz uchun baxt formulasini yozib oling.
📱
Premyera vaqti:
Bugun 19:30
🔕
Hoziroq bildirishnomani (kolokolchik) yoqib qo‘ying!
Video uchun havola:
https://youtu.be/rsXSzEavVQQ?si=hIpfrvYo1nDMvoyL
@ibook_uz
"Baxtni mayda narsalardan izlamaslik kerak..."
"Bu kabi kitoblarning targ'ibotiga har birimiz mas'ulmiz..."
Taqdimotda nashr uchun nega bu kitob tanlangani, kitobning bugungi kundagi ahamiyati, Muhammadali Eshonqulovning baxt haqidagi fikrlari, jurnalist Ilyos Safarov va notiq Omar Xalilning mulohazali savollari va boshqa ko'plab foydali masalalarda fikr yuritilgan. Iltimos, ko'rib bo'lgach, fikringizni izohda qoldiring.
Biz Youtubega sekin-asta qaytyapmiz.
Uxlamaganlar bormi?
Trend kitoblar haqida mulohaza yuritishga nima deysiz?
Nega o'zi bir kitob trendga aylanadi? Trend kitoblar umrini yashab bo'lganidan keyin muntazam sotiladigan kitoblar qatoriga kirib qoladimi?
2025-yilda, mening nazdimda, "Yashamoq", "Muqaddima", "Men" top 3 ta trend kitob bo'ldi. Nega? Buning qandaydir universal qonun-qoidalari bormi?
2026-yilda hozircha "Odam bo'lish qiyin" va "Binafsha shu'lasi"ni top darajaga chiqdi desak bo'ladi. Nega aynan shu ikkisi, tahlil qilib ko'raylik.
Vaqtingiz va fikringiz bo'lsa, bo'lishing, iltimos.
Ertaga 14:00 da kitob taqdimoti. Vaqtingiz bo'lsa, albatta, keling.
Kitob bir kun qo'lingizga tushganida va boshlab qo'yganizda fikrlar va savollar ummoniga g'arq bo'lishingizga kafolat beramiz.
Kecha bir fikrda bo'lsam, bugun unga umuman teskari fikrni aytsam, bu normal. Muhimi aqida, vatan, oila kabi muqaddas masalalarda fikr (prinsip) mustahkam bo'lsa, qolgan hammasida o'zgarib turaveradi.
Keladiganlar bormi?
✨
Baxtni tushunish uchun emas, uni yashash uchun keling.
“Baxtga yo’llanma” - Abu Nasr Forobiy
KITOB TAQDIMOTIGA TAKLIF QILAMIZ!
🗓
11-aprel (shanba)
⏰
14:00
📍
Najot Ta’lim, Chilonzor filiali
🎤
Sizni kutmoqda:
🟢
Amaliy tajriba
🟢
Hayotiy fikrlar
🟠
Sizni o‘zgartiradigan bilimlar
🟢
yangi kitob sotib olish imkoniyati
⚪️
Mashhur insonlar bilan samimiy suhbat:
—
Abror Muxtor Ali
—
Muhammadali Eshonqulov
—
Temurbek Adhamov
—
Said Komil Muhammad Karim
⚠️
Joylar soni cheklangan !
Ishtirok etishni istasangiz izohlarga + belgisini yuboring.
@iBooK_uz
#tez_kunda
"Chempionlar jang maydonida paydo bo'lmaydi, u yerda e'tirof etiladi xolos".
"Yetakchilikning 21 qonuni" kitobidan
2026-yilda nashriyotimiz e'tibor qaratadigan yo'nalishlardan biri axloq falsafasi va mantiq bo'lyapti. Yil davomida Forobiy, Ibn Rushd, Ibn Sinoning bir nechta kitoblari nashr qilinadi. Zamona mualliflaridan ham 2 ta kitobimiz bor shu mavzuda.