Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Buxoro Talabalar Kengashi 🎓 | NORASMIY |

Buxoro_talabalar_kengashi

Buxoro "Talabalar kengashi" Norasmiy.
Talabalarning haq-huquqlarini himoya qilish va ularning ğoyalarini har tomonlama quvvatlash — Oliy maqsadimiz!
You tube sahifamiz
⤵️
https://bit.ly/3yyTcl5
📋
☎️
@Mr_ecolog

Subscribers
1 090
Post views
1 258
ER
113,34%
Posts
2 343
July 21, 05:57

❗️
Barcha bosqichdagi qabul jarayonlari haqida ma'lumotlar:
#abituriyent
🔄
Bakalavr uchun test sinovlari oxirlab qoldi, bugun sakkizinchi kun. Yana 2 kundan soʻng barcha testlar tugaydi va keyin yoʻnalish tanlash boshlanadi. Testdan keyin abituriyentlar nimalarni tanlashi haqida batafsil
bu yerda.
⌛️
Akademik litseylarga imtihon 24-25-iyul kuni
boʻladi.
Ruxsatnomalarni yuklab olish kerak, unda imtihon oʻtadigan sana, smena hamda joyi yozilgan.
#️⃣
9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga arizalar topshirish kecha, 20-iyul kuni
yakunlandi.
Talabgorlar tomonidan
166 ming 21 ta
ariza yuborildi.

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMlarga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha
4
ming 226 ta
ariza kelib
tushgan.
Turdosh yoʻnalishlar roʻyxati
bu yerda.
Qabul
25-iyulgacha
davom etadi.

Magistraturaga arizalar qabuli davom etmoqda. Bungacha
18 ming 383 ta
ariza
kelib tushgan.
Qabul
30-iyulgacha
(shu kuni ham)
davom etadi. Turdosh yoʻnalishlar roʻyxati
bu yerda.
Talab etiladigan sertifikatlar ro‘yxati
bu yerda.

Ikkinchi mutaxassislikka qabul davom etmoqda. Bungacha
9 ming 679 ta
ariza
kelib tushgan.
Qabul
10-avgustga qadar
(shu kuni ham)
davom etadi.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ham arizalar qabuli qilinmoqda. Qabul jarayoni
5-avgustgacha
davom etadi. "Perevod" bo‘yicha batafsil tushuntirish
bu yerda.
👉
@Buxoro_talabalar_kengashi
👈

July 16, 02:44

O’qishni ko‘chirish bo‘yicha 2025-yilgi o‘tish ballari tasdiqlandi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy…

July 16, 02:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

O’qishni ko‘chirish bo‘yicha 2025-yilgi o‘tish ballari tasdiqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan
2025/2026-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballari
tasdiqlandi.
Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan
vazirlik va idoralarning takliflari asosida
shakllantirildi.
ℹ️
O’tgan yilgi o’tish ballari bilan yagona o’zgarish —
huquq yo’nalishida o’tish bali 140 dan 165 ga ko’tarilgan.
Qolgan yo’nalishlarda o’zgarish yo’q.
👉
@Buxoro_Talabalar_kengashi
👈

July 16, 02:43

🔄
“Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish
Tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son
Prezident qarori.
1️⃣
Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:
1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;
2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki
voyaga yetmagan
farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa
(ishga kirgan vazirlik xati asosida).

Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham shu qoida ishlaydi.
Masalan, SamDU talabasi Samarqand tibbiyot universitetiga ko’chiraman desa ham, Toshkent tibbiyot universitetiga ko’chiraman desa ham
shu 2 ta sabab
kerak.
2️⃣
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish
Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:
1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda
o‘tish balini to‘plash
talab etiladi. 2025-yilgi o’tish ballari bu yerda:
t.me/xushnudbek/28719
2) o‘tish balini to‘play olmasa,
super-kontrakt shartlari asosida
o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;
3) xorijdan
mos va turdosh bo‘lmagan
yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga
ruxsat berilmaydi
. 2024-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda:
t.me/xushnudbek/24831
‼️
Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti

degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi.
3️⃣
O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish
Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:
1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda
o‘tish balini to‘plash
talab etiladi. 2025-yilgi o’tish ballari bu yerda:
t.me/xushnudbek/28719
2) o‘tish balini to‘play olmasa,
super-kontrakt shartlari asosida
o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;
3)
mos va turdosh bo‘lmagan
yo‘nalish uchun esa
bir martalik “super-kontrakt”
to‘lab,
imtihonsiz
ko‘chirishi mumkin.
t.me/xushnudbek/24579
2024-yilgi turdosh yo’nalishlar:
t.me/xushnudbek/24831
2024-yilgi super-kontrakt narxlari:
https://t.me/xushnudbek/25518
4️⃣
Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni davlat hozircha nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlar o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring.
5️⃣
Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni ham davlat hozircha nazorat qilmaydi, tartibini nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.
6️⃣
Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni ham davlat hozircha nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.
7️⃣
Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga
o‘qishni ko‘chirish
Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham
rektor nomiga yoziladi
. Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin.
8️⃣
Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish
Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati
(masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk)
va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, kechki, sirtqi yoki masofaviydan
kunduzgiga
o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin
kunduzgidan
ko’chirish odatda muammosiz hal bo’ladigan masala.
***
Arizalar quyidagicha qabul qilinadi:
➡️
transfer.edu.uz
— respublikaning bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga yoki bir oliygoh ichida;
➡️
my.uzbmb.uz/service/41
— xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat oliygohlariga.
☝️
Arizalar
15-iyuldan 5-avgustgacha
(shu kuni ham) qabul qilinadi.
Kerakli hujjatlar:
◾️
ariza (onlayn tarzda);
◾️
transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli);
◾️
akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).
👉
@xushnudbek
👈

July 15, 05:32
Media unavailable
2
Show in Telegram

Bugun, 15-iyuldan o’qishni ko’chirish uchun arizalar qabul qilinishi boshlanishi kerak.
Hozircha ikkala tizimda ham arizalar qabuli boshlangani yo’q.
Ma’lumot uchun:
my.uzbmb.uz
sayti orqali
— xorijdan hamda O’zbekistondagi nodavlat va xorijiy oliygohlardan o’qishni ko’chirish uchun;
transfer.edu.uz
sayti orqali
— bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga o’qishni ko’chirish uchun arizalar qabul qilinadi.
👉
@Buxoro_talabalar_kengashi
👈

July 15, 05:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

Расман: ўқишни кўчириш жараёнлари бошланди
Ўқишни кўчириш учун аризалар қабули 15 июлдан 5 августгача давом этади.
Давлат ОТМнинг биридан бошқасига —
transfer.edu.uz
Хорижий мамлакатларда ёки республикада фаолият юритаётган хорижий ва нодавлат ОТМдан давлат ОТМларига —
my.uzbmb.uz
Кимлар ўқишини кўчириши мумкин?
Давлат ОТМларидан бошқасига кўчириш учун:

турмуш қуриб, турмуш ўртоғининг доимий яшаш ҳудудига ўқишини кўчираётган талаба;

ота-онаси ёки турмуш ўртоғининг иш жойи ўзгариб, ўқишини кўчиришга тегишли вазирликдан тавсиянома олган талабага рухсат берилади. Улар имтиҳонсиз ўқишини кўчира олади.
Кимлар имтиҳон билан ўқишини кўчира олади?

Хорижда ўқиётган талаба;

Хусусий университетда ўқиётган талаба.
@Buxoro_talabalar_kengashi
👈🏽

July 07, 17:26

⚡️
Magistratura uchun qabul nihoyat 1 hafta kechikib ochildi
Talabgorlar
my.edu.uz
sayti orqali
magistratura mutaxassisliklariga
onlayn roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda chet tilini bilishi haqida
belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar
ishtirok etishi mumkin.
Sertifikatlar ro‘yxati bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/24242
❗️
Oliy ta’lim vazirligi arizalar
30-iyulga qadar
(shu kuni ham)
qabul qilinishini
ma’lum qildi.
Lekin arizalar qabuli 1 hafta kech boshlangani hisobiga qabulning oxirini ham
shuncha muddatga uzaytirishsa,
adolatdan bo’lardi. Abituriyentlarning haqqini beringlar, baraka topgurlar.
👉
@Buxoro_talabalar_kengashi
👈

June 09, 07:45
Media unavailable
1
Show in Telegram


Test uchun to‘lovni qachongacha qilish kerak?
#abituriyent

JAVOB:
Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish
tekin
, avvalgi yillarda bitirganlar
187 ming 500 so‘m
(yarim “minimalka”) to‘lashi kerak.

To‘lovni amalga oshirmasa nima bo’ladi?
❗️
To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar
ro‘yxatdan o‘tmagan
deb hisoblanadi va
test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Bo’lib-bo’lib to’lasa ham bo’ladimi?

Ha, ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat
25-iyunga qadar
(o‘sha kuni ham) mazkur summa to‘liq to‘lanishi shart. Ya'ni qachon ro'yxatdan o'tganingizning farqi yo'q, asosiysi to'lovni
25-iyun soat 23:59 gacha
to'lash shart.
‼️
LEKIN!!!
Siz taqab oxirgi muddatga olib bormang. Sababi bank va onlayn tizimlarda kutilmagan profilaktik ishlar bo'lsa, yoki oxiriga taqagan odamlar tufayli serverda yuklama ko'payib ketsa, kutilmaganda to'lovni amalga oshira olmay qolishingiz mumkin.

Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:
— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.
👉
@xushnudbek
👈

June 04, 03:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

June 04, 03:39

Telegram каналлар админлари билан тўғридан-тўғри мулоқот қилиш мумкин бўлди Telegram мессенжери фойдаланувчилари эндиликда каналларга шахсий хабарлар юбориши ҳамда уларнинг эгалари ва админлари билан бевосита суҳбатлаша оладилар. Янгиланган версиада бу имконият…