
Buxoro Talabalar Kengashi 🎓 | NORASMIY |
Talabalar, bayramingiz muborak bo'lsin
❗️
400 mln so’mlik ta’lim granti: kontraktda o‘qiyotan talabalar uchun XushnudbekUz kanali granti e’lon qilindi Bir necha yil avval yaxshi niyatlar bilan MetsenatUz loyihasini boshlagandik. Loyihadan asosiy maqsad ta’limga investitsiya kiritish, ehtiyojmand…
❗️
400 mln so’mlik ta’lim granti: kontraktda o‘qiyotan talabalar uchun XushnudbekUz kanali granti e’lon qilindi
Bir necha yil avval yaxshi niyatlar bilan
MetsenatUz
loyihasini boshlagandik. Loyihadan asosiy maqsad ta’limga investitsiya kiritish, ehtiyojmand talabalarga ilm olishlari uchun moddiy ko‘mak berish, jamiyatda metsenatlik (homiylik) madaniyatini shakllantirish edi. Bugunga qadar loyihamizda
6,5 mlrd so’mlik
grant va stipendiyalar e’lon qilindi.
Allohga shukr, mamnuniyat bilan navbatdagi ta’lim grantini e’lon qilmoqchimiz.
XushnudbekUz Telegram kanali e’lon qilgan ta’lim grantida
50 nafar talabaga 8 mln so‘mdan,
jami
400 mln so‘mlik
mablag‘lar to‘lab berishni niyat qildik.
ℹ️
Ma’lumot uchun:
mazkur ta’lim granti
Ibrat farzandlari,
UzChess,
Mutolaa
hamda
Ustoz AI
loyihalari bilan kelishuv asosida e’lon qilinmoqda. Men 1 yil davomida ushbu ijtimoiy loyihalarni targ’ib qilaman, evaziga esa ular
50 nafar
talabaning kontrakti uchun
8 million so’mdan
to’lab berishadi.
📲
ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH
Taʼlim granti haqida maʼlumot:
🏢
Qaysi OTMlar uchun:
barcha davlat, nodavlat, diniy taʼlim muassasalari uchun
📊
Qaysi bosqich uchun:
bakalavriatning barcha bosqichi
📚
Qaysi taʼlim shakli uchun:
kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy
👥
Necha kishiga beriladi:
50 nafar
(shundan kamida 5 nafari TDYU talabalari uchun)
💰
Taʼlim granti miqdori:
har bir kishiga
8 mln
so‘mdan
(jami 400 mln so‘m)
❓
Qaysi jihatlarga ustunlik beriladi:
o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalar. Shuningdek, anketa oxirida yoziladigan
esse
ham juda muhim.
📲
ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH
⏳
Hujjatlar
31-oktyabr soat 23:59 gacha
qabul qilinadi. Shundan so’ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g’oliblar aniqlanadi.
Eslatma:
arizalar
to‘liq elektron tizim orqali
qabul qilinishi tufayli, mabodo hujjat topshirishda texnik muammo yoki tushunmovchilik bo‘lsa,
mana bu yerda
izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.
👉
@xushnudbek
👈
So'rovnomalarda orqali pul ishlayapman
🤑
Internetda pul ishlash yo'llaridan biri bu
so'rovnoma
larda qatnashishdir. Qandaydir boshim aylanib qarash uz saytida so'rovnomalar to'ldirish orqali pul ishlashga kirib qoldim va kirganimdan hozirga qadar
47.7 ming
so'm ishlab topdim
😅
.
Saytni ishlash prinsipi haqida qisqacha aytib beraman. Avvalo qarash uz dan ro'yxatdan o'tasiz, profil ma'lumotlarini to'ldirasiz. Shundan so'ng telegramdagi botiga ulanishni aytishadi. Siz to'ldirishingiz kerak bo'lgan so'rovnomalar haqida
xabar telegramdan kelib turadi
(har safar saytga qarash shart emas).
So'rovnomalarni to'ldirganizga so'rovnoma qiyinligiga qarab
900 - 8100
so'm
gacha pul to'lar ekan (menda eng kichik va eng katta narx shu ekan). Ularni to'ldirishga esa
5-20 daqiqa
gacha vaqt ketar ekan, to'ldirish uchun juda kuchli miya kerak emas.
Shu usul orqali pul ishlab ko'raman deydigan bo'lsangiz referal havolamdan foydalanishni tavsiya qilaman:
referal havolam
https://panel.qarash.uz/?ref=v42bq79agxy8uxy8y4ksk0tdns
❗️
Talabalar ijara to‘lovining bir qismini qaytarish uchun
my.gov.uz
orqali ariza berishi mumkin bo’ladi
1-noyabrdan
boshlab talabalar uchun ijara to‘lovining bir qismini
my.gov.uz
portali orqali
(hozirda
kontrakt.edu.uz
orqali amalga oshiriladi)
qaytarish imkoniyati
yaratiladi.
Shuningdek:
🗓
2025-yil 1-noyabrdan
: transportga gaz balloni o‘rnatilganligiga oid ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish orqali transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini qayta rasmiylashtirish tartibi bekor qilinadi.
🗓
2026-yil 1-yanvardan
: o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayoni bilan bog‘liq davlat xizmatlari Yagona portal orqali ko‘rsatiladi.
🗓
2026-yil 1-maydan
: nogironlikni belgilash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishda fuqarolarga tibbiyot muassasalariga imtiyozli davolanish uchun beriladigan yo‘llanmani shakllantirish va elektron navbatga qo‘yish kompozit shaklda amalga oshiriladi.
🗓
2026-yil yakunigacha
: tibbiy ko‘rik jarayonida shifokor nutqini avtomatik bayonlashtiruvchi ovozli yordamchi hamda bemorlarga tashxis qo‘yishda ko‘maklashuvchi sun’iy intellektga asoslangan “Shifokorning raqamli yordamchisi” dasturi ishga tushiriladi.
👉
@Buxoro_talabalar_kengashi
👈
#DIQQAT
#TARQATING
☄️
🎓
Talabalar uchun zo‘r xabar!
Talabalar
my.gov.uz
orqali ijara to‘lovining bir qismini qaytarib olishlari mumkin bo‘ladi
Yangi tartib 2025-yil 1 noyabrdan kuchga kiradi. Ilgari hujjatlarni dekan o‘rinbosariga yoki oliygohning tegishli bo‘limiga taqdim etish talab etilar edi.
Talabalarga yuborib qo‘yamiz!
Rasmiy sahifamizga obuna bo‘ling
👇
@Buxoro_talabalar_kengashi
📌
Talabada hayfsan bo‘lsa, grant taqsimoti vaqtida ijtimoiy faolligi nol bo‘ladimi?
✅
JAVOB:
Yo‘q, bunday bo‘lishi mumkin emas.
Grantlar taqsimoti joriy yilda ilk marta bo‘layotgani sababli turli tushunmovchiliklar bo‘lishi tabiiy. Yangi tizimni joylarda turlicha talqin qilishlari mumkin.
Masalan, menga kelib tushgan murojaatlarga ko‘ra, ayrim oliygohlarda
hayfsan
olgan talabalarga
“ijtimoiy faolliging uchun beriladigan jami 20 balldan mahrum bo‘lding, sizlarga nol ball beriladi”
deyishmoqda ekan.
Oliy ta’lim vazirligining 2025-yil 16-maydagi 186-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan metodikaga ko‘ra, ijtimoiy faollik qanday aniqlanishi va qaysi ko‘rsatkich uchun necha ball berilishi belgilangan. O‘sha metodikaning eng oxirida quyidagicha qoida bor:
Qoida tariqasida talaba muayyan sabab bilan (misol uchun, OTMning ichki tartib qoidalari, Odob-axloq kodeksi talablarini buzganligi uchun) intizomiy jazoga tortilganda “Ijtimoiy faollik indeksi”da to‘plagan balidan 15 ballgacha olib tashlanishi mumkin.
Bu yerda 15 ball deganda 100 ballik shkalada nazarda tutilmoqda.
Qarang, bir boshidan tushuntiraman. Grant taqsimoti
100 ballik
shkalada baholanadi. Shundan
80 bali
akademik o‘zlashtirishga
,
20 bali
ijtimoiy
faollikka beriladi.
80 ballni chiqarish uchun GPA balini
16 ga ko‘paytirishadi.
Masalan, GPA 4,6 bo‘lsa: 4,6 x 16 =
73,6 ball
Ijtimoiy faollik beriladigan 20 ball esa quyidagicha aniqlanadi: talabaning 11 ta yo‘nalishdagi ishlari jami
100 ballik
shkalada baholanadi va chiqqan natija
5 ga bo‘linadi.
Masalan, ijtimoiy faollik jami 85 ball chiqsa: 85 / 5 =
17 ball
Yakuniysi: 73,6 + 17 =
90,6 ball
Tushundingiz degan umiddaman.
Endi savoldagi masala qaytamiz. Agar talabada hayfsan bo‘lsa, unda 100 ballik shkaladan
maksimum 15 ballgacha
olib tashlanishi mumkin. Lekin qolgan 85 baliga da’vogarlik qilaveradi.
Agar 20 ballik asosiy shkaladan hisoblasak, unda 15 ni 5 ga bo‘lishimiz kerak: 15 / 5 =
3 ball
. Demak, hayfsani bor talabadan ijtimoiy faollik uchun
maksimum 3 ball olib tashlanishi
mumkin xolos, to‘liq
20 ball olinishi qoidalarga zid.
✈️
Obuna bo’ling
➡️
@OTM_Minbari
#ТЕЗКОР #ТАРҚАТИНГ
⚡️
🚍
Бухоро ва Когон шаҳарларида йўловчи ташувчи жамоат транспортга йўл кира нархи 3000 сўм этиб белгиланди. Бухоро вилоят ҳокимининг 2025 йил 19 сентябрдаги 45-2-0-Қ/25-сон қарорига асосан, Бухоро ва Когон шаҳарларида йўловчи ташувчи жамоат…
Talabalar to'lov-kontrakt olish maqsadida
kontrakt.edu.uz
saytida
"Shartnoma turini tanlash
" degan band bor. Bunda yoki
ikki tomonlama
, yoki
uch tomonlama
shartnomani tanlash so‘ralmoqda.
2️⃣
Ikki tomonlama shartnoma
— bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda, agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning
o‘zi yonidan
to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak.
‼️
Bundan tashqari bankdan
taʼlim krediti olmoqchi
bo‘lsa yoki
ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan
to‘lamoqchi bo‘lsa ham ikki tomonlama shartnoma olish kifoya qiladi.
3️⃣
Uch tomonlama shartnoma
— bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa, unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak. Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning
(o'qiyotgan universitetning emas)
STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi.
@Buxoro_talabalar_kengashi
📢
E’lon!
Buxoro davlat texnika universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori bilan tanishing!
📌
Batafsil ma’lumot
Bizni kuzating
@buxoro_talabalar_kengashi