
Chortoq tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi
🌷
Tadbir
🌷
Bugun  tumandagi 15-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida  o'quvchi yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmui tashkillash, fan, kasb, sport to'garak mashg'ulotlari  samaradorligini  oshirish doirasida  maktabning Texnologiya  fani o'qituvchisi  M.Mamadaliyeva faolligida
6A-sinf qizlari o'rtasida
"Balli qizlar" tanlovi o'tkazildi.
Qizlar 5 ta  shart  asosida bellashib,  fanga oid  savollarga javob berish  bilan birga  tikuvchilik, pazandachilikdan olgan bilimlarini namoyon qildilar.
Ko'rik-tanlov  hayotga, fanlararo bog'lanib, qiziqarli tarzda tashkil etildi
Чортоқ туманидаги 6-мактабда "Дамариқ" ва "Юксалиш" маҳаллалари фаоллари, маънавият тарғиботчилари, ўқувчи-ёшлар ва нуронийлар иштирокида  "Уч авлод учрашуви" маърифий тадбири бўлиб ўтди
Учрашув-мулоқотда миллий қадриятлар, катталарга ҳурмат ва ёш авлоднинг келажакдаги масъулияти ҳақида фикр алмашилди.
Учрашув ёшларни ватанпарварлик ва маънавий етукликка ундашга хизмат қилди.
#Agentlik_tizimidagi_maktablar
#Namangan_viloyati
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga iqtidorli o‘quvchilarni keng jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlariga start berildi.
🤩
Bugungi kunda  mamlakatimizning har bir hududida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar faoliyat olib bormoqda.
✔️
Bu dargohlar — zamonaviy sharoitlar, malakali o‘qituvchilar va iqtidorli o‘quvchilar jam bo‘lgan, xalqaro miqyosda e’tirof etilayotgan maskanlardir.
❗️
Har yili minglab ota-onalar farzandlarini aynan shu maktablarda tahsil olishini istaydi. Chunki bu yerda ta’lim, tarbiya va innovatsiya uyg‘unlikda olib boriladi.
🌐
Siz ham maktab hayoti, o'quvchilar va o'qituvchilarning erishayotgan yutuqlari, dars jarayonlari, iqtidorli o‘quvchilar tomonidan amalga oshiriladigan startap loyihalari hamda ijodiy ishlanmalaridan boxabar bo‘lishni xohlaysizmi?
Unda maktablarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklarni birinchilardan bo‘lib kuzatib boring!
Namangan viloyatida
joylashgan Agentlik tizimidagi maktablarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
1.
Namangan shahridagi Prezident maktabi
2.
Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
3.
Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
4.
Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
5.
Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
6.
Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
7.
Namangan shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
8.
Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
9.
Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
10.
To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
11.
Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
12.
Uychi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
13.
Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
14.
Yangiqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
15.
Pop tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Namangan viloyati Chortoq tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 8-DMTTning 1-oʻrta guruhi
Tarbiyachi: Davranova O.
Oy mavzusi: OʻZBEKISTON neʼmatlari va boyliklari
Hafta mavzusi: Oʻzbekistonning tabiiy boyliklari
Paxta applikatsiya
"Makatbag‘cha ta’lim tashkilotlarida ‘Bulutli yomg‘ir’ mavzusida qiziqarli mashg‘ulot o‘tkazildi. Bolajonlarimiz tabiat hodisalari bilan yaqindan tanishdilar, bulutlar qanday hosil bo‘lishini, yomg‘ir qayerdan yog‘ishini tajribalar orqali o‘rganishdi. Mashg‘ulot davomida ular bulutlar yasab, suv aylanish jarayonini amalda kuzatishdi. Bunday faoliyatlar orqali bolalarda tabiatga mehr, kuzatuvchanlik va fikrlash qobiliyati shakllanadi."
Chortoq tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 32-umumtaʼlim maktabida ertalabki saflanishda "Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning inson kelajagiga salbiy taʼsiri" mavzusida o‘tkazilgan suhbat jarayonidan fotolavxalar
Namangan viloyati Chortoq tumani maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 54-maktabning 5-sinfida Adabiyot fanidan "Sharq hikoyat va rivoyatlari. Ibn Sino shogirdlari. Non hurmati" mavzusida ochiq dars tashkillandi.
Dars davomida "Chegarani saqlaymiz","To‘siq va g‘ovlarni yengib o‘tamiz", "Aʼlo kayfiyat", "Mening o‘z fikrim bor" kabi metodlardan foydalanildi.
Sahna koʻrinishlari namoyish etildi, sheʼrlar aytildi.
Fanlaro integratsiya taʼminlandi, koʻrgazmalar, tarqatmalar, dekoratsiya mavzuni ochib berdi.
Roliklar namoyish etildi, Yashil Makon dasturi eslatildi, kitobxonlik targʻib etildi.
Baholash Ilm qopchalari asosida baholandi, "Ibn Sino" jamoasi 12 ta rag‘bat, "Mirzo Ulugʻbek" jamoasi 24 ta rag‘bat bilan dars g‘olibi bo‘lishdi, darsning boshlanishi noanʼanaviy Harbiy qo‘shig‘i sarflanishi bilan ochildi.
Vatanparvarlik, Ezgulik ulug‘landi.
Dars yuzasidan tahlil muhokamasi o‘tkazildi, tavsiyalar berildi.
Oʻqituvchi Naima Soliyeva
Chortoq tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 32-umumtaʼlim maktabining tarix fani o‘qituvchisi M.Dadamirzayeva rahbarligidagi "Jadidlar izidan" to‘garagi mashg‘uloti jarayonidan fotolavxalar
Chortoq tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 32-umumtaʼlim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi N.Tursunova rahbarligidagi "Yosh kimyogar" to‘garagi mashg‘uloti jarayonidan fotolavxalar
Chortoq tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 32-umumtaʼlim maktabining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan "Quvnoq startlar" sport musobaqalari jarayonidan fotolavxalar