
Chortoq tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi
#Диққат
#Тарқатинг
✅
Барча боғча тарбияланувчилари учун:
Чортоқ туман мактабгача ва мактаб таълими бўлими ҳамда
ЧОРТОКЛИКЛАРБУГУН
канали хамкорлигида.
Фақатгина боғча тарбияланувчилари учун
"Инглиз тили билимдони_2026"
Баҳорги мавсум лойихасини амалга оширмоқдамиз.
✅
Лойиха шартларига кўра,
Фарзандингиз 1-дақиқада (максимал 1 минут) инглизча сўзларни нечта бўлса хам ёддан ўзбекча таржимаси билан биргаликда
(Масалан: name — ism , white —
✏️
oq) айтилган видеолавхасини
https://t.me/chortoqadmin
манзилига юборишингиз лозим.
‼️
Видеолавха билан биргаликда фарзандингизни исми шарифи ва боғча рақамини хам илова қилинг.
Биз уни кенг жамоатчиликга эълон қиламиз.
✅
Лойиха ғолиблари Жорий йилнинг 11-май Душанба куни эълон қилинади.
Бу хали хаммаси эмас , ғолиб болажонимиз қимматбаҳо эсталик совғалари билан тантанали тақдирланади.
↗️
Шошилинг бундай имкониятни қўлдан бой берманг!.
📲
Ушбу эълонни барчага тарқатиб қўйинг.
📲
Каналга қўшилинг
👉
@chortoqliklarbugun
#PIRLS_2026
O‘zbekiston PIRLS 2026 xalqaro tadqiqotining asosiy sinov jarayonlarida ishtirok etmoqda
Ma’lumki, joriy yilning 15-aprel sanasidan respublikamizdan tanlab olingan maktablarda
PIRLS 2026 xalqaro baholash dasturining asosiy sinov jarayonlari
boshlandi.
Tadqiqotda ishtirok etish uchun Ta’limdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (
IEA
) tomonidan O‘zbekistonning barcha hududlaridan
164 ta maktab
reprezentativlik va tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olindi.
Mazkur maktablardan
5947
nafar
4-sinf
o‘quvchilari, ularning ota-onalari,
214
nafar boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari hamda
164
nafar maktab direktorlari ishtiroki rejalashtirilgan bo‘lib, jarayonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bosqichma-bosqich davom etmoqda.
Ma’lumot uchun: PIRLS 2026 tadqiqotida 60 dan ortiq mamlakat hamda ta’lim tizimlari qatnashmoqda va O‘zbekiston ushbu tadqiqotda ikkinchi marotaba ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, har besh yilda bir marta o‘tkaziladigan PIRLS tadqiqoti 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini xalqaro darajada baholaydi.
PIRLS 2026 tadqiqotning oltinchi davri bo‘lib, unda qatnashayotgan barcha davlatlar baholash jarayonida to‘liq raqamli formatda ishtirok etmoqda.
PIRLS 2026 xalqaro tadqiqotining asosiy sinov jarayonlarida ishtirok etayotgan barcha o‘quvchilarimizga omad tilaymiz!
✉️
Telegram
📱
Instagram
🗳
Facebook
Ochiq darslar tanlovi
Chortoq tuman 1-sonli umumta’lim maktabida biologiya fanidan navbatdagi ochiq dars tashkil etildi. Mazkur darsni biologiya fani o‘qituvchisi Kamalova Nigora 7-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Hayvonlarni ko‘payishi” mavzusida olib bordi.
Dars jarayonida o‘quvchilarga hayvonlarning ko‘payish turlari, jumladan, jinsiy va jinsiz ko‘payish usullari haqida batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, turli hayvonlar misolida ularning ko‘payish jarayonlari, rivojlanish bosqichlari va biologik ahamiyati tushuntirildi. O‘qituvchi mavzuni tushuntirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ko‘rgazmali vositalar hamda interfaol metodlardan samarali foydalandi.
O‘quvchilar dars davomida savol-javoblar, guruhli ishlanmalar va kichik topshiriqlar orqali faol ishtirok etdilar. Bu esa ularning mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishiga xizmat qildi.
Dars yakunida o‘quvchilarning bilimlari mustahkamlanib, mavzu yuzasidan xulosalar chiqarildi hamda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi.
Mazkur ochiq dars o‘quvchilarning biologiya faniga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
#Янги_тайинлов
Отавалиев Отабек Исроилович Чортоқ тумани ММТБга қарашли 8-сонли айрим фанлар чуқур ўқитиладиган синфлари мавжуд умумий ўрта таълим мактаби директори лавозимида иш бошлади
.
У 1982 йилда Чортоқ туманида туғилган. 2003 йилда Тошкент давлат техника университетини тамомлаган.
Меҳнат фаолияти давомида Чортоқ педагогика коллежи, Чортоқ спорт коллежи, Наманган вилояти транспорт ва ахборот технологиялари коллежида ўқитувчи, ўқув ишлари бўйича директор ўринбосари лавозимларида ишлаган.
Тайинловга қадар Чортоқ тумани ММТБга қарашли 48-сонли умумий ўрта таълим мактабида ўқув ишлари бўйича директор ўринбосари вазифасида фаолият юритган.
#Kitobxonlik
Chortoq tumani MMTBga qarashli 39-umumiy o'rta ta'lim maktabida 6-"A" va 6-"B" sinf o'quvchilari bilan "Men sevgan kitob" mavzusida musobaqa tashkillandi.
O'quvchilar bilan Antuan de Sent-Ekzyuperining "Kichkina shahzoda" asari bo'yicha savol - javob o'tkazildi.
Barcha topshiriqlar bo'yicha kuchlar teng kelib, do'stlik g'alaba qozondi.
Asarning mazmun-mohiyati, bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
#Sport_oʼyinllari
Chortoq tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 32-umumtaʼlim maktabida sportning "Volleybol" turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa jarayonidan tayyorlangan videorolik
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
Chortoq tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 32-umumtaʼlim maktabining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining qishloq xo‘jalik va tibbiyot sohalarida faoliyat yuritib yurt ravnaqiga o‘z xissasini qo‘shgan er-xotin faxriylar Zokirjon ota va Asimaxon momo xonadonlariga tashriflari jarayonidan tayyorlangan videorolik
Chortoq tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 32-umumtaʼlim maktabining tarix fani o‘qituvchisi M.Dadamirzayeva rahbarligidagi "Jadidlar izidan" to‘garagi mashg‘uloti jarayonidan fotolavxalar
Chortoq tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 32-umumtaʼlim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi I.Axmadjanova rahbarligidagi "Funny English" to‘garagi mashg‘uloti jarayonidan fotolavxalar