Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

AI | DigiTech

DigiTechAI

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama:
@DigiTech_ads

Subscribers
51 400
Post views
7 993
ER
15,25%
Posts
4 382
October 14, 14:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

🚘
Ilon Mask kelasi yili Dubay ostida yer osti avtomobil tunnellarini
ochadi
— ular tez va tirbandliksiz sayohat qilish imkonini beradi. Shunga o’xshash tunnellar Las-Vegasda 2021-yildan beri ishlaydi.
Dubai Loop uzunligi 17 kilometr bo’lib, 11 ta stansiyani o’z ichiga oladi va undan soatiga 20 000 kishi o’ta oladi. Tunnelning birinchi qismi 2026-yilning ikkinchi choragida ochilishi rejalashtirilgan. Loyiha hukumatning shahar ko’chalaridagi tirbandlikni kamaytirishga qaratilgan sa'y-harakatlari doirasida amalga oshiriladi.
📟
DigiTech

October 14, 10:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

☀️
Magnit bo’ronlari xavfi afsona emas: Garvard tadqiqoti geomagnit bo’ronlar va sog’liq uchun xavf o’rtasidagi bog’liqlikni
tasdiqladi.
Olimlar 2001-yildan buyon 4 million o‘lim holatlarini tahlil qilishdi. Ma'lum bo’lishicha, magnit bo’ronlari yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan odamlar orasida, ayniqsa, bahor va kuzda o‘lim darajasining oshishiga olib kelgan.
📟
DigiTech

October 14, 05:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

👨‍💻
Microsoft Windows 10'ni qo’llab-quvvatlashni rasman
to’xtatdi
— bugundan boshlab OS bepul xavfsizlik yangilanishlarini olmaydi.
Kompaniya Windows 10 foydalanuvchilariga Windows 11'ga yangilashni tavsiya qilmoqda va agar ularning shaxsiy kompyuteri uni qo’llab-quvvatlamasa, yangisini sotib olishni maslahat bermoqda. AQSh va boshqa ba'zi mamlakatlarda qo’llab-quvvatlashni yana bir yilga uzaytirish uchun pullik variant ham mavjud — uning narxi 30 dollar.
📟
DigiTech

October 13, 14:58
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Insayder Mark Gurman'ning
xabar berishicha,
Apple yangi qurilmalarni shu hafta chiqaradi. Bu M5 chipida ishlaydigan birinchi gadjetlar bo’ladi.
Taqdim etilishi mumkin bo’lgan qurilmalar: yangilangan MacBook Pro va iPad Pro. Ular bilan birga Vision Pro'ning yangi versiyasi ham chiqariladi.
Katta ehtimol bilan, taqdimot bo’lmaydi. Qurilmalar shunchaki kompaniya
veb-saytida
paydo bo’ladi.
📟
DigiTech

October 13, 09:46
Media unavailable
3
Show in Telegram

🥔
Lay's o’z tarixidagi «eng katta» rebrendingni o’tkazadi, sababi chipslar haqiqiy kartoshkadan tayyorlanishini ko’pchilik bilmagan.
Kompaniya o'z logotipiga quyosh nuri va har bir ta'mning o'ramiga butun kartoshka tasvirini, shuningdek, «Haqiqiy kartoshkadan tayyorlangan» yozuvini qo’shadi — so'rovlar natijalariga ko’ra,
iste'molchilarning 42 foizi buni bilishmagan.
Tarkibi ham o’zgaradi: makkajo’xori yog'i zaytun yoki avokado yog'iga almashtiriladi, AQSh'da esa qo’shimchasiga, sun'iy qo’shimchalar va rang beruvchilardan voz kechishadi.
📟
DigiTech

October 13, 05:17
Media unavailable
4
Show in Telegram

👨‍💻
Black Shark kaftni isitish va sovutish funksiyalariga ega o’yin sichqonchasini chiqardi.
O’rnatilgan sovutgich sichqoncha korpusi haroratini 10,3°C gacha pasaytiradi, qishda esa 20°C gacha isitish imkoniyati ham mavjud. Star Flash Cool and Warm Gaming Mouse shuningdek, bir zaryadda 100 soat ishlaydi va RGB yoritish mavjud.
Xitoyda narxi — 62 dollardan.
📟
DigiTech

October 12, 11:05
Media unavailable
1
2
Show in Telegram

⚡️
Xitoy hukumati The New York Times jurnalistlariga Tibet platosidagi quyosh elektr stansiyasiga kirishga
ruxsat berdi.
Bu dunyo bo’yicha eng balandda joylashgan yashil energiya obyektlari tarmog'idir.
Talatan quyosh parki dengiz sathidan deyarli uch kilometr balandlikda joylashgan 420 kvadrat kilometr maydonga o’rnatilgan panellarni o’z ichiga oladi.
Bu hammasi emas: 2028-yilgacha panellar maydonini ikki baravarga katallashtirishadi, 2030-yilga borib esa energiya ishlab chiqarish hajmi 5 baravarga oshadi. Hozirda ushbu quyosh panellari 17 GVt energiya ishlab chiqaradi — bu Chikagodagi barcha uylarni quvvatlantirish uchun yetarli.
Shuningdek, u Xitoy SI modellarini o’rgatish uchun foydalaniladigan ma'lumotlar markazlarini ham quvvatlaydi.
📟
DigiTech

October 11, 14:45
Media unavailable
4
Show in Telegram

⚡️
Ushbu rasmdagi kishi Ginnesning rekordlar kitobiga kirish uchun o’z ismini 2253 so’zga rasman
o'zgartirdi.
Rasmlarda uning to’liq ismi ko’rsatilgan.
Yangi Zelandiya rasmiylari unga dastlab rad javobini berishdi: chunki pasportga bunchalik ko’p so‘zlarni qanday sig'dirishni bilishmasdi. Ammo u Oliy sudgacha bordi va g'alaba qozondi. Lekin bu hodisadan so’ng, boshqa hech kim buni takrorlamasligini ta'minlash uchun mamlakat hatto ikkita qonunni o’zgartirdi.
Hozirda u Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan: uning ismi olti sahifani egallaydi va talaffuz qilish uchun taxminan 20 daqiqa vaqtni oladi.
📟
DigiTech

October 11, 06:10
Media unavailable
6
Show in Telegram

📲
Telegram'ga Liquid Glass dizayni qo’shildi — messenjer bir qator yangi funksiyalar bilan katta yangilanishni chiqardi:
– iPhone'lar uchun iOS 26 dizaynidagi «suyuq shisha» qo’shildi;
– Guruh qo’ng'iroqlari paytida endi xabarlar yozish va reaksiyalar bosish mumkin;
– Endi sovg’ani (gift) profil foniga qo’yish mumkin;
– Sovg’alar (gift) bo’limi interfeysi soddalashtirildi va jo’natuvchining ismini yashirish mumkin bo’ldi;
– Endi istalgan kontaktga tug'ilgan kun haqida eslatma qo’shish mumkin.
📟
DigiTech

October 10, 15:25
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Nanozarrachalarga asoslangan yangi saraton vaksinasi sinovlari muvaffaqiyatli
o’tdi:
u 88% hollarda sichqonlarni saratonning ko’p shakllaridan himoya qildi.
Preparat tanani zararli o’simtalarga qarshi kurashishga va hatto metastazlardan himoya qilishga o’rgatadi. Sinov jarayonida sichqonlar saraton kasalligiga uzoq muddatli immunitetga ega bo’lishdi.
Endi olimlar preparatni yanada yaxshilab, odamlarda sinab ko’rishga tayyorlanishmoqda.
📟
DigiTech