Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

AI | DigiTech

DigiTechAI
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
Подписчики
55 000
24 часа
700
30 дней
1 100
Просмотры
10 192
ER
16,69%
Посты (30д)
88
Символов в посте
533
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Электроника
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Технологии и разработка software
Краткое описание
April 28, 15:14
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🕹️
PlayStation'da litsenziyalarni tekshirish tizimi
paydo bo‘ldi:
agar PS4 yoki PS5 30 kundan ortiq internetga ulanmasa, o‘yinlar ishga tushmasligi mumkin.
Yangi tizim faqat 2026-yilning 17-martidan keyin sotib olingan o‘yinlar uchun ishlaydi. Ayrim o‘yinchilar PS4'da 30 kunlik taymerni allaqachon
payqashgan.
Sony o‘zgarishlar haqida hech kimni ogohlantirmagan — buni faqat qo‘llab-quvvatlash xizmati operatorlarigina tasdiqlamoqda.
📟
DigiTech

April 28, 10:24
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Tadqiqot: 15 yil ichida odamlar kuniga 28 foiz kamroq so‘z talaffuz qiladigan
bo‘lishdi.
Smartfonlar tufayli haqiqiy suhbatlashishga ehtiyoj kamaydi.
2005-yilda odamlar kuniga o‘rtacha 16,6 mingta so‘z aytishgan bo’lsa, 2019-yilga kelib bu ko‘rsatkich 12 mingtadan kamaygan. Ushbu pasayish eng ko‘p zumerlarda kuzatilgan.
📟
DigiTech

April 28, 06:22
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Odamlarni yollash ularni neyron tarmoqlar bilan almashtirishdan arzonroqqa tushmoqda — kompaniyalar botlarga odamlarning maoshidan ko‘proq pul
sarflay boshlashdi.
Nvidia neyron tarmoqlarga butun jamoaning maoshlaridan ko‘ra ko‘proq mablag‘ sarflamoqda. Uber rahbari esa yillik sun’iy intellekt byudjetini bir necha oyda sarflab bo‘ldi, chunki kompaniya ichida hamma Claude yordamida kod yozyapti.
Claude allaqachon keskin talab tufayli narxlarni oshirib yuborgan.
Agar avvallari korporatsiyalar har qadamda sun’iy intellektni joriy etayotgani bilan maqtanib yurgan bo‘lsa, endi bundan uyalishmoqda. Neyron tarmoqlar uchun bunday katta harajatlar aksiyadorlarda faqatgina vahima uyg‘otyapti.
📟
DigiTech

April 27, 15:49
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

⚡️
Xitoyning BYD kompaniyasi Audi sobiq dizayneri Volfgang Egger ishlagan Denza Z elektrokabrioletini namoyish qildi.
Superkarning eng top versiyasi 1000+ ot kuchiga ega, 0-100 km/soat tezlikka <2 soniyada erishadi va bir zaryadda 600 kmgacha masofa bosib o’tadi. Shuningdek, 9-12 daqiqada 100% gacha o‘ta tez zaryadlash imkoniyati ham bor.
Yakuniy texnik xususiyatlari iyul oyida e’lon qilinadi, taxminiy narxi — 58 500 dollardan boshlanadi.
📟
DigiTech

April 27, 10:43
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📱
Original bo‘lmagan quvvatlagich va kabellardan foydalanilganda iPhone Air'lar ommaviy ravishda «g‘isht»ga
aylanib qolmoqda
— bu nosozlik quvvat 0% gacha tushib ketganida yuz beryapti.
Telefon shunchaki o‘chib qolyapti va hech qanday ishlash alomatlarini ko‘rsatmayapti: na ovoz, na ekran, na vibratsiya va hokazolar ishlamaydi.
Apple vaziyat yuzasidan izoh bermayapti, biroq foydalanuvchilar allaqachon telefonni «jonlantirish» yo‘lini topishdi: buning uchun ikki tomonlama USB-C kabeli o‘rniga bir tarafi USB-A bo‘lgan simni ulash kerak.
📟
DigiTech

April 27, 06:33
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

👨‍💻
Neyron tarmoqlar IT-mutaxassislarining hayotini yengillashtirishi kerak edi — ammo buning o’rniga ularning kuniga yana 3 soat qo‘shimcha o‘qish vaqti
qo’shildi.
Hozir ko‘pchilik ishdan keyin o‘tirib, kurslar, prompt-muhandislik va sun’iy intellekt agentlari bilan tajribalar o‘tkazib, o‘rganishmoqda. Garchi botlar vazifalarning bir qismini o‘z zimmasiga olayotgan bo‘lsa-da, ularning rivojlanishidan ortda qolmaslik uchun, har bir yangi model chiqqanida uni sinab, o’rganib chiqish kerak.
📟
DigiTech

April 26, 14:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Samsung‘ning 40 ming xodimi maoshlarni oshirishni
talab qilishmoqda.
Samsung xotira chiplariga bo‘lgan talab ortgani sababli o‘tgan yilni 700 foizlik o‘sish bilan, ya’ni rekord darajadagi foyda bilan yakunladi. Shunga qaramay, oddiy ishchilarning maoshi va mukofot pullari yuqori emas, shu sababli xodimlar raqobatchi kompaniyalarga o‘tib ketmoqda.
Kasaba uyushmasi xodimlarga bonus sifatida 30 milliard dollar ajratishni talab qilmoqda. Agar bu talab rad etilsa, ishchilar 18 kunlik ish tashlash e’lon qiladi va bu ishlab chiqarishning to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin.
📟
DigiTech

April 26, 05:36
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Google'dagi yangi kodning 75 foizini sun’iy intellekt
yozmoqda,
muhandislar esa agentlik ish ssenariysiga o‘tmoqda: ular shunchaki natijani tekshirishyapti.
Yaqinda kompaniya kodlar bazasini sun’iy intellekt agentlari yordamida ko‘chirdi. Bu jarayon qo‘lda bajariladigan ishga nisbatan olti baravar tezroq bo’ldi.
Kodni sun’iy intellektga ishonib topshirayotgan faqat Google emas. Microsoft'da kodning 30 foizgachasi, Snapchat’da esa 65 foizgachasi sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan.
Microsoft texnik direktori Kevin Skottning ta'kidlashicha, besh yildan so‘ng «insoniy» kod deyarli qolmaydi. Junior dasturchilarning kelajagi so‘roq ostida.
📟
DigiTech

April 25, 15:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Microsoft Word, Excel va Powerpoint dasturlarida «vaybvorking»ni
ishga tushirmoqda
— The Verge.
Endi ularda Agent Mode mavjud. Unga vazifani tushuntirishning o‘zi kifoya, shundan so‘ng sun’iy intellekt hujjatni o‘zi tayyorlaydi va to‘ldiradi.
• Excel’da sun’iy intellekt formulalar va jadvallarni o‘zi tuzadi hamda ma’lumotlarni tahlil qiladi.
• Word'da sun’iy intellekt matnni o‘zi yozadi, tahrirlaydi va aniqlashtiruvchi savollar beradi.
• PowerPoint'da sun’iy intellekt uslubni saqlagan holda taqdimotlarni o‘zi yangilaydi.
Shu bilan birga, yon tomondagi panelda agentning harakatlari real vaqtda ko‘rinib turadi — har ehtimolga qarshi kuzatib, tuzatishlar kiritish mumkin. Lekin bir minus bor, ushbu funksiya faqat premium obunaga ega foydalanuvchilar uchun mavjud.
📟
DigiTech

April 25, 09:28
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

🚘
Tesla rul va pedalsiz ilk seriyali elektromobili — Cybercab'ni
chiqardi.
Avtomobil to‘liq sun’iy intellekt tomonidan boshqariladi. Unda hatto yon oynalar ham yo‘q, faqat ma'lumotlar ko’rsatiladigan ekran bor. Cybercab'dan Tesla'ning taksi xizmatida foydalaniladi.
Kutilayotgan narxi — 30 ming dollar.
📟
DigiTech