
Doniyor Nasriddinov
Tabiiy fanlar eksperti, 15 yillik tajribaga ega pedagog Doniyor Nasriddinovning rasmiy telegram kanali.
🌐
https://doniyornasriddinov.uz
Kecha qadrdon akamiz Valijon To’raqulovning dadalari vafot etdi. Xabarni eshitiboq, Valijon akaning ular haqida aytgan gaplari esimga tushdi. Alloh taolo joylarini jannatdan qilsin. Ortidan qolganlarga sabr-u jamil bersin. Inna lillahi va inna ilayhi rojiun
Kecha qadrdon akamiz
Valijon To’raqulovning
dadalari vafot etdi. Xabarni eshitiboq, Valijon akaning ular haqida aytgan gaplari esimga tushdi.
Alloh taolo joylarini jannatdan qilsin. Ortidan qolganlarga sabr-u jamil bersin. Inna lillahi va inna ilayhi rojiun
Go’zal xulqlar kitobidan ta’sirlangan o’quvchilarimiz ajoyib she’r yozishibdi
"Go'zal xulqlar" kitobim qayta nashr etildi!
@Colba_maktabi
ma'muriyati baraka topishsin, so'nggi kunlarda ushbu kitobni o'qishni o'quvchilar orasida keng targ'ib qilganlari sababli kitobimiz tugab qolgan edi. Orada biroz uzilish bo'lib qolgan bo'lsa-da, 3-nashr ham qo'limizga tegdi, alhamdulillah. Bugundan "Qamar" kitoblar do'konidan topa olasiz, tez kunda boshqa do'konlarga ham tarqala boshlaydi, inshaalloh.
Aytgancha, 18-oktabrda "Colba" maktabida o'quvchilar bilan kitob yuzasidan tanlov+suhbat bo'ladi. Tadbirda ota-onalar ishtirok etishi mumkin.
#guzalxulqlar
#sotuvda
@GiyosiddinYusuf
🏅
Now, I am an Ironman)
5-oktabr kuni Barselonada bo‘lib o‘tadigan Ironman musobaqasida qatnashishimiz kerak edi.
Ammo viza masalasi sababli yo‘l ochilmadi.
Lekin biz to‘xtamadik.
Ta’slim bo‘lish o‘rniga —
moslashdik.
Shunday qilib, o‘zimizning to‘liq Ironman musobaqamizni tashkil etdik.
🏊♂️
Erta tongda Chorvoqning sovuq suvlarida 4 km suzdik.
🚴♂️
So‘ng tirband va past-baland yo‘llarda 180 km velosipedda yurdik.
🏃♂️
Keyin esa to‘xtamasdan 42.2 km yugurdik.
Soat 07:00 da boshlangan sinov, tunda soat 22:00 atrofida yakunlandi.
Alhamdulillah, Allohning fazli bilan bu 226 km masofani 15 soat davomida bosib o‘tdik. Bu masofani bosib o’tar ekanman, o’zimni, nafsimni qaytadan tanidim.
Qo‘llab-quvvatlagan barchaga, ayniqsa super murabbiyim Shoxrux Yunusuvga chuqur minnatdorchilik bildiraman.
@Doniyor_Nasriddinov