
Doniyor Nasriddinov
Soatlab dars qilib ham yetarli natija ololmayotgan bo‘lsangiz, o‘rganganlaringiz tez esdan chiqayotgan bo‘lsa yoki samarali dars qilish tizimini hali topmagan bo‘lsangiz, "O'rganish formulasi" darsimiz siz uchun.
Sarchashma loyihasining 6-sonida:
— Ilm olish samaradorligini 10X'ga oshiradigan 20+ texnikalar;
— Miyamiz ilm olish jarayonida qanday ishlaydi va ilm olish zanjiri;
— Qanday qilib uzoq vaqt samarali va charchamasdan dars qilish mumkinligi va boshqa muhim mavzular haqida gaplashamiz.
Daftar va qalamingizni tayyorlang, darslikda aytilgan ma'lumotlarni konspekt qilib oling, texnikalardan foydalaning.
Darslik havolasi:
https://www.youtube.com/watch?v=YDEDfkArp-0
Ilm olish jarayonidagi eng muhim sirni ochaman
Men bu haqida ko’p o’ylaganman, nega qadimda ulug'larimiz qiyin sharoitda ham samarali o'rganishgan. Biz esa sun’iy intellekt davrida yashab deyarli hech narsa o'rganolmayapmiz. Javob oddiy, bizning diqqatimizni chalg’ituvchi ma'lumotlar juda ham ko’payib ketgan. Aynan mana shu bosqichda to’xtab qolganmiz, uyog’iga o’tmaymiz.
German Ebbingauzning
tadqiqotlariga ko’ra,
ilm olishdan oldin diqqatini jamlamagan kishilar, darsdan atigi 20 daqiqa o’tib, o’rgangan ma’lumotlarining 40%ini, 1 soatdan keyin 58-60%ini, 24 soatdan keyin esa qariy 70-80% qismini unutib yuboradi.
Kaliforniya universiteti professori Gloria Mark
tadqiqotlariga ko‘ra,
odam chalg‘igach, diqqatni tiklash uchun o‘rtacha 23 daqiqa 15 soniya ketadi.
Bundan ko'rinadiki, dars qilishdan oldin va dars qilish jarayonida diqqatni jamlash ilm olishdagi eng muhim va birlamchi texnikalardan hisoblanadi.
Kecha ilm olish bo'yicha so'rovnoma
o'tkazgan edik.
Shu mavzuni boshlaganimizdan keyin juda ham ko’pchilikda ilm olish, dars qilish bo'yicha muammo borligini ko’rdik. Eng og'riqli mavzulardan birini ko'targan ko'rinamiz.
So'rovnoma bo'yicha ba’zilar ko'p chalg'ishini, dars qilish davomiyligini oshira olmayotganini aytsa, ayrimlar tez esidan chiqarayotganini, dars qilishda aniq bir tizim yo'qligini aytishdi.
Shuncha kishining muammosini ko’rib, buni shunchaki "shaxsiy muammo" sifatida qoldira olmaymiz. Muammoni hal qilish uchun aniq tizim va ilmiy yondashuvga ehtiyojimiz bor.
Siz ilm olishda qanday texnikalardan foydalanasiz?
Izohlarda yozib qoldiring
👇
Qo'lingizdan keladigan ish uchun gap eshitmang "Osmondagi Bolalar" ko‘rsatuvining navbatdagi mehmoni — Colba maktablari asoschilaridan biri, Jahongir Nasriddinov bo‘ldilar. Suhbat davomida siz: -Qanday qilib to‘xtamasdan rivojlanish; -Yuksak marralarga…
Qo'lingizdan keladigan ish uchun gap eshitmang
"Osmondagi Bolalar" ko‘rsatuvining navbatdagi mehmoni — Colba maktablari asoschilaridan biri,
Jahongir Nasriddinov
bo‘ldilar.
Suhbat davomida siz:
-Qanday qilib to‘xtamasdan rivojlanish;
-Yuksak marralarga eltadigan maqsad qo‘yish;
-Og‘ir vaziyatlarda tushkunlikka tushib qolmaslik;
-Ilm-fan orqali yaxshigina daromadga chiqish;
-Qanday qilib ta’limni biznesga integratsiya qilish;
-Jamoaga to‘g‘ri xodim tanlash va yana ko‘plab mavzularda bilimlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
👉
Hoziroq suhbatni quyidagi havola orqali tomosha qiling:
https://youtu.be/m3gGAWqQ-kk