
Bek Olimjon
Balki foydasi tegar…
Farzandlarimizga o’rgatishimiz kerak bo’lgan ko’nikmalar juda ko’p.
Biz kitob o’qish, savodli qilish, universitetga kirish, muvaffaqtiyatli bo’lish kabi mavzularga ko’p e’tibor beramiz.
Bularga aloqasi bo’lmagan, ammo hayot-momot masalasi uchun muhim bo’lgan bir qancha ko’nikmalar bor.
Shulardan biri -
bola o’zini suvda erkin his qila olish ko’nikmasi. Ochiq suvda cho’mila olish ko’nikmasi.
Mayli, suzishni sport darajasida o’rganmasin, ammo suvga tushganda qirg’oqqa chiqa olishni o’rganishi
SHART.
Bolaligimizda kanal-ariqlarda cho’milar edik. Eshitishimcha hozir bu narsalar ham kamayib ketgan yoki butunlay yo'q.
Aslida 6-10 yoshli bola cho’milishni o’rganishi uchun 10-15 marta basseynga borish yetarli.
Endi boshlayotgan vaqtdagi eng muhim omil bu bolani birdaniga suvga otmaslik, sekinlik bilan o’rgatish.
Norvegiyada suv ko’p. Yozda cho’milishga yuzlab ko’llar bor. Shu paytlarda cho’kish halokatlari ham bo’lib turadi.
Maktab bolalariga suzishni o’rgatish qonunan majburiyat. O'quvchilar maktabda suvdan qutqarish imtihonidan o’tishga majbur. Ya’ni maktab suzishga olib borishi shart va olib boradi.
1-3 sinflar uchun basseyn tekin, har kuni. (yozgi ta’tildan tashqari). Ota-onasi bilan maktabdan keyin ham, dam olish kunlari ham bor borishi mumkin tekinga.
Shunday bo'lsada kelib chiqishi g’arbdan bo’lmagan bolalar orasida suzish ko’nikmalari yaxshi emasligi qayta-qayta
ta’kidlanadi.
Bolalar orasidagi cho'kish halokatlari ham immigrantlar orasida ko'proq.
Suzishni o’rganish bu huddi velosiped minishni o’rganishdek. Bir marta o’rganadi va butun umr esdan chiqmaydi.
Agar bilmasangiz o’rganing.
Farzandlarga esa albatta o’rgating.
Bir kun kelib o’zini yoki boshqa kimindir hayotini saqlab qolishga imkoniyat yarating.
Bek Olimjon
29.10.25
Norvegiya
O'rtoqlar bu kanaldagi postlar foydali ekanligini bilaman, lekin men uchun undanda qiziqroq postlardan iborat bo'lgan sarguzasht mana
bu joyda
boshlandi.
Ha, ingliz tilida, bu uchun uzrimni qabul qilasiz.
Agar ingliz tilini umuman bilmasangiz tarjimondan foydalanib o'qisangiz ham bo'ladi.
O'zi meni ingliz tilim juda zo'r emas, shuning uchun o'qish uchun oson. Readingni oshirish uchun ham ishlatsangiz bo'ladi
😊
Substackda boshqalar tomonidan ham foydali postlar juda ko'p. (O'zbek tilida ham bor)
Substackni ham
"mativatrlar"
loyqalatmasidan oldin, unga o'tib foydali odamlarga yozilib olish kerak
😁
.
Norvegiya maktabi
Ko’p eshitamiz - "Skandinaviya maktablari xalqaro reytinglarda baland o’rinlarda turadi."
Skandinaviya ta’lim tizimi o’ta yaxshi hisoblanadi.
Men oxirgi 10 yildan ortiq umrimni Norvegiya va Shvetsiyada o’tkazyapman. Farzandlarim shu yerda tug’ilgan. Bu yerdagi ta'lim tizimidan yaxshigina xabarim bor.
Maktablarda yaratilgan sharoit rostdan ham zo'r. Kutubxona, sport manbalari, halol ovqat, 12-14 ta o'quvchilik sinflar va hok.
Scandinavia davlatlaridagi maktablarning xalqaro reytinglarda yuqori o’rinni egallashiga bir qancha omillar sabab. Shulardan biri bu o’quvchilarni “bir xil” tenglikda ko’rish omili.
O'quvchiga ta'lim berishga kelganda esa bir qancha
oqsoqlanishlar
bordek.
O’qituvchi eng ko’p e’tibor beradigan o’quvchi bu sinfdagi qoloq o’quvchi.
A’lochi o’quvchiga e’tibor berilmaydi.
Maqsad hammani bir xilda olib ketish.
Albatta, zo’r niyat va maqsad. Shunig uchun ham o’rtacha o’quvchi boshqa davlatlar o’rtacha o’quvchisidan balandroq ko’rsatkichga erisha oladi.
Xalqaro testlar o’rtacha ko’rsatkichga asoslanadi.
Ammo maktablardagi katta muammo bu a’lochi o’quvchilarni qiynalishi. Ular uchun fanlar o'ta oson bo'ladi, yetarli darajada qiyinchilik ko'rmaydi darsda. Natijada zerikadi, to’polon qiladi, frustrated bo’ladi, boshqa narsalarga chalg'ib ketadi. E'tibor berilgani sport bilan chalg'iydi.
Maktablarda uy vazifasi juda kam. 8-sinfgacha baholash yo’q. O'qituvchilarni qattiqqo'llik qilishlari yaxshigina cheklangan.
A’lochi o’quvchilar rag’batlantirilmaydi. Rag’batlantirmasligiku mayli, ularga alohida e’tibor ham qaratilmaydi. O'qituvchilar harakat qiladi, ammo vaqti, e'tibori yetmaydi. Ularni ham tushunsa bo'ladi.
Natijada juda ko’p potensiali yuqori bolalar o'z potensialini rivojlantira olmay katta bo'lishadi.
Talantlar rivojlanmay qolib ketadi :(
Fikrimcha bu katta muammo. Buni muammo ekanligini OAVda qayta-qayta gapirilsada, “tenglik” ro’kachi ostida e’tibor qaratilmaydigan mavzu bo’lib qolib ketaveradi.
Shuning uchun men har doom aytaman: “Bola ta’limi uchun maktabdan avval ota-ona mas’ul!”
Bek Olimjon
25.10.25
Norvegiya
Bolalarda juda ko'p ajib xislatlar bor.
Ular xotirasi juda yaxshi.
Yana bir xislatlaridan biri - ular hamma narsani boricha va to'g'ridan-to'g'ri qabul qiladi.
Bir nima qilamiz deyildimi - uni amalga oshmasligini tasavvur qilisha olmaydi.
Bolaga qattiq ta'sir qiladigan voqealardan biri bu ularga aytilgan narsani amalga oshmay qolishi.
Misol uchun "o'yinchoq olib beraman", "bolalar bog'iga o'ynagani boramiz", "basseynga boramiz" kabi kichik "va'dachalar".
Biz kattalar bunday "va'dalarni" vaziyatga qarab o'zgartirishga o'rganib qolganmiz. Misol "bugun bozorga borishimiz kerak”, lekin “ee ish chiqib qoldi, ertaga borarmiz". Bola buni qabul qilishi va tushunishi juda qiyin.
Shuning uchun qizim bilan meni oramda bir gap bor: "Dada va'da berdi, dada bajaradi"
Bu menga ota sifatida nimani o'rgatadi?
- va'da berishga yengil qaramaslikni
- ilojsiz narsani va'da bermaslikni
- bergandan keyin amalga oshirishni
- sabrli bo'lishni
- javobgarlikni
- ba’zan o’zim xohlamasamda qilishim kerakligini (murosaa)
Buni rivojlantirish uchun vaqt kerak. Bu xislatni rivojlantirish uchun ota bo’lish ham shart emas aslida
Buni qanday qilib rivojlantirish mumkin o’zi?
Bir mentorim aytganidek:
"o'zingga kichik va'dalarni berish va bajarish orqali"
"o'zini hurmat qilgan odam, o'ziga bergan va'dalarini bajaradi"
"kichik va'dalarini bajara olgan odam kattaroq va'dalarni bajarishga yaxshi zamin yaratadi"
"o'z va'dasini bajargan otani farzand har doim hurmat qiladi"
Bek Olimjon
24.10.25
Kongsvinger
Norvegiya
original note
promises, small, kids, memory, mentor
Balki yana navbatdagi teskari fikrlardan biri
2-10 yoshli farzandi bor otalar (menga o'xshab)
Agar farzand o'z-o'zidan kelib sizni achomlab olmasa, ustingizga chiqib o'ynamasa, siz borligingizda jim bo'lib qolsa yoki "o'ta odobli" bo'lib qolsa, siz bilan hazillashmasa, orada masofa saqlaydigan bo'lsa, gaplarini sizga aytmasa, biror xato ish qilsayu uni sizdan berkitsa, o'rningizdan turganingizda yoki birortasini chaqirganingizda cho'chib tushsa...
chuqur o'ylab ko'rish kerak...
qayerdadir xato bo'lishi mumkin
balki sizdagi yuqori stres sabab bolaga nisbatan asossiz g'azabdorlik bordir...
balki telefon sabab bolaga nisbatan be'etiborlik bordir...
balki sizdan qo'rquv manbasi sifatida ko'p foydalanilar...
balki siz intizomli tarbiya deb o'ylagan narsa faqat qo'rquv ustiga qurilayotgandir...
qo'rquv bilan katta bo'lish bola kelajagiga o'ta salbiy ta'sir qilishi mumkinligini o'ylab ko'rish kerak.
Bunday muhitda o’sgan bolalarning o’ta kam foizida keyinchalik o’ziga bo’lgan ishonch oshib boradi. Bu boshqalarni o’ziga na’muna qilish orqali bo’ladi…
Bek Olimjon
23.10.25
Kongsvinger
Norvegiya
Original note:
kids, fear, fatherhood
Qaysi sohani tanlay?
Bu ko'pchilikni o'ylantiradigan savol.
Tibbiyot sohasidagi inson sifatida aytishim mumkin. Bu yondashuvdan boshqa sohadagilar ham fodalansa bo'ladi.
Men doim aytaman
"Inson hayoti uning karyerasidan iborat bo'lmasligi kerak"
Bir kishini kasb egasi bo'lishidan boshqa juda ko'plab vazifalari bor. Misol uchun oilasi oldidagi majburiyat va vazifalari.
Kecha internetda titkilanib o'tirgan iqtisod yo'nalishidagi mana bu
ilmiy maqolaga
ko'zim tushib qoldi.
Maqola AQShdagi shifokorlarga bo'lgan talab va ularning topadigan maoshlari haqida.
Kam ishlab ko'p pul topadigani dermatologlar ekan. Haftasiga 45 soatdan kam ishlab 600ming dollardan (yiliga) ko'p olishar ekan.
Undan keyingi o'rinda ko'z duxtirlar ekan. Haftasiga 47 soatcha ishlab 600 ming atrofida topishar ekan.
Neyroxirurg eng ko'p topadigani ekan, ammo haftasiga eng ko'p ishlaydiganlar ichida ekan. Kardioxirurg esa haftasiga 67 soatcha ishlab, ko'z duxtirdan kam topar ekan.
Endi aytishlaricha dermatologiya oldingidek emas hozir. Sababi soqqa keltiradigan muolajalar (botox, filler, yoshartiruvchi amaliyotlar va hok) shifokor bo'lmaganlar tomonidan bajarilmoqda va bozor oldingidek emas.
Men doim aytamanku oftalmologiya barakali soha
😁
Bek Olimjon
22.10.25
Norvegiya
article in full text
Qizim 2 mlncha pul to'plagani va endi uni investitsiya qilish haqida o'ylanaytoganimiz haqida
yozgan
edim.
Shu masala davomi sifatisa kecha mashinada bo'lgan suhbatdan.
Investitsiyadan maqsad pulni ko'paytirish ekanligini gaplashdik. Kim xohlamaydi deysiz?!
**************
Men: "Qizim, agar xohlasangiz dada bankiga investitsiya qilsangiz bo'ladi."
Qizim: "Qanchaga ko'payadi?"
Men: "Turli xil, misol 1000 so'm pulingiz bir yilda 1100 bo'ladi."
Qizim: "Xolosmi, bu juda pastku, 10%."
Men: "Ha, ba'zan 30%, ba'zan 15, ba'zan 5%, ba'zida minus 10%."
Qizim: "Minus? Investitsiya faqat plyusda bo'lmaydimi?"
Men: "Aslo, unday turi ham bor, lekin u yaxshi emas. Sizga va boshqalarga zarari ko'p. Boshqalarga nisbatan adolatsizlik bo’ladi."
Qizim: "Agar minus bo'ladigan bo'lsa men pul idishimda saqlayveraman."
Men: "Albatta, bu ham bir variant. Lekin bu ham juda zo'r emas."
Qizim: "Nega? minus bo'lmaydi shunda, shu menga yaxshi!”
Men: "Ha, lekin pulni idishda saqlasangiz u ko'paymaydi, aksincha kamaydib boradi."
Qizim: "Kamayadi? Men ishlatmoqchi emasman, shunda kamaymaydi."
Men: "Ishlatmasangiz ham kamayib boradi."
Qizim: "Qanaqasiga?"
Men: "Inflyatsiya sabab."
Qizim: "Nima u?"
Men: "Inflyatsia bu narhlar oshib borishi. Misol uchun hozir bir kilo pishloqni 100 so'mga olsak, yanagi yili shu pishloq 120 so'm bo'ladi. Hozir sizdagi 100 so'mga 1kg olasiz. Endi shu pulni idishingizda saqlasangiz yanagi yilga 1kg emas 800gr pishloq beradi."
Qizim: "Narh har doim oshib boradimi?"
Men: "Ha, inflyatsiya doim bor."
Qizim: "Unda o'ylab ko'rish kerak..."
Shu bilan suhbat multfilmdagi yer kuchugi qanday qilib dengiz kuchugiga aylanib qolgani haqidagi mavzuga o'tib ketdi.
Bek Olimjon
21.10.25
Jessheim
Norvegiya
Sport haqida postlar yozing deganlar uchun
Xayotimda yaxshi hodisalar ko’p bo’ladi.
Yaqinda ana shundaylaridan yana biri bo’ldi.
O’z vaqtida jahon chempioni bo’lgan, triatlon olamida yaxshigina tanilgan bir legendar murabbiy menga yordam bera olishini aytdi.
Talabi - 1000 kun davom etadigan challenge
😊
Sarguzashtlarni hujjatlashtirib borishni niyat qildim.
Ingliz tilida, Substackda.
Kecha birinchi postni qo’ydim.
Postni quyidagi linkda o’qishingiz mumkin.
Ingliz tili bilmaganlar tarjimondan foydalanishlari mumkin.
Substackda aaancha foydali insholarni o’qiysiz. O’torish kerak.
https://open.substack.com/pub/bekolimjon/p/is-your-success-repeatable?r=19nsqj&utm_medium=ios
Things got a bit real now
Bek Olimjon
20.10.25
Norvegiya
Yozish menga fikrlarimni, qiladigan ishlarimni tartibga solishga yaxshi yordam beradi.
Yozishsiz bularni iloji yo’qdek.
Yillar davomida yozish uchun turli xil ilovalarni ishlatib ko’rdim. Evernote, Notion, Goodnotes va yana boshqa 10 tachasi bor.
Soddaligi, qulayligi, osonligi jihatdan har doim yutadigani bu oddiy whiteboard va oddiy bloknot. Iloji bo’lsa qalam bilan. Chiq-chiqli qalam. Yoki Mujiga o’xshagan qaymoq ruchka
😊
Bloknotni 2004 yillardan beri, whiteboardni 2008 dan beri ishlataman.
Har doim katta yo kichik whiteboardim bo’lgan xonamda.
Rasmda klinikadagi whiteboard. Huddi shundan uyda ham bor.
Gilam o’rniga whiteboard osadigan ahmoq
😁
Bek Olimjon
18.10.2025
Norvegiya
Ko’nikmalar diversifikatsiyasi
Juda ko’pchilik ishini yo’qotishdan qattiq havotirlanadi.
Bu g’arb davlatlarida yanada yaqqolroq seziladi.
Bu vaziyat hech qachon sodir bo’lmasligi mumkin, ammo xavf doim borligi bois, juda ko’pchilik doimiy havotirda bo’ladi.
Hozir trenddagi qo'rquvlardan biri bu AI sabab IT chilar ishini yo'qotishi misol bunga
Bizni aslida biror nohush voqeadan ko’ra, uni sodir bo’lish ehtimoli qo’rqitadi.
O’ylab ko’rsam buni yechimi ko’nikmalar diversifikatsiyasi ekan.
Investorlar pullarini bitta loyihaga tikishmaydi. Turli xil loyihalarga tikishadi. Sababi biri bankrot bo'lsa qolgani orqali pul topa olishgani uchun.
Buni nomini diversifikatsiya deyiladi. Hamma tuxumni bir savatga solmaslik o’xshatmasi mana shundan.
Kelajakdagi ishini yo’qotmaslik havotirini yengish uchun ko’nikmalar diversifikatsiyasi ustida ishlash yaxshi strategiya ekan. Ya’ni bir ishni yo’qotsa odam ikkinchi ishni qilish orqali pul topa olishi uchun. Ya'ni bir emas, bir nechta hunarga ega bo'lish
(40 hunar maqoli)
.
O’zimni misolimda yozsam. Quyidagilar deyarli barchasidan pul topganman.
1. Shifokorlik (ko’z duxtirman, operatsiya qilaman)
2. Ilmiy tadqiqot (PhD bor, professor bo’lish imkoniyati)
3. O’qituvchilik (universitet darajasida dars berish)
4. Konsultantlik (ilmiy ishlar dizayni, statistika va hok)
5. IT konsultant (Health IT da masters degree)
6. Tadbirkorlik (xususiy klinika, hamkorlik, turli bizneschalar)
7. Mentorlik (hali pul topmadim, lekin topa olishimga ishonaman)
8. Yozish (blog)
9. Ijtimoiy tarmoqlar
10. Jismoniy mehnat (barista, farrosh, ko’chish ishlari)
Bir necha turdagi ko’nikmalarni rivojlantirish orqali inson kelajagi mustahkamlashib borar ekan. Shu bilan havotir ham yo’qolib borar ekan. Bu inson o'ziga ishonchi ortib boradi degani. Bu esa keyingi ishlaridagi muvaffaqiyatni belgilab beradi.
Xo’sh yechim qanday?
- qiziqish, izlanish, harakat, tezlik, orzu
- paydo bo’lgan imkoniyatlarga
HA
deb javob berish
- chin dildan ishlash
- boshqa sohani boshlashdan qo’rqmaslik
- tadbirini qilib, yaxshi niyatda bo’lib tavakkal qilish
Bular hech qay biri 1-2 yılda paydo bo’lib qolmaydi. Vaqt kerak!
Biz qisqa muddatda ko'p narsa qila olamiz deymiz, ammo 10 yilda erishish mumkin bo’lgan natijalarni esa aqlimizga sig’dira olmaymiz.
"Most people overestimate what they can do in one year and underestimate what they can do in ten years." - Roy Amara
Bek Olimjon
16.10.25
Norvegiya
Original note 15.10.25:
Skill diversification, fear, Roy Amara