Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Bek Olimjon

DrBekOlimjon
Balki foydasi tegar… 40 yoshida pensiyaga chiqishni reja qilgan shifokor 📍 Norvegiya
Subscribers
28 100
24 hours
30 days
100
Post views
20 671
ER
83,52%
Posts (30d)
17
Characters in post
636
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Psychology
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Business & Management
Summary
April 26, 16:19

Bolalarda uzoqni yaxshi ko'ra olmaslik holati (miopiya) ortib boryapti.
Bunga bir qator sabablar bor.
Ko'pchilik biladigan sabablardan biri bu bolalarimizni turli gadjetlarda soatlab vaqt sarflashlari.
Ko'pchilik bilmaydigan sabablardan biri bu boladagi uyqu rejimi.
Tadqiqotlar (
1
,
2
) ko'rsatishicha
kam uxlaydigan
va
kech uxlaydigan
bolalarda miopiya rivojlanish darajasi ko'proq kuzatilgan.
Bolalarda to'g'ri uxlash undagi jismoniy va aqliy rivojlanishni bevosita belgilab beruvchi omil.
Bolamizdagi uyqu rejimiga e'tiborli bo'laylik.
Bek Olimjon
26.04.26
Norvegiya

April 25, 15:52

Omading kelgan seni deyishadi.
Bu fikrga qo'shilaman.
Hayotim davomida kuchli ustozlar bilan ishlash nasib etdi.
Shulardan biri Gordo Byrn. Ultraman jahon chempioni. Bugun dunyoda o'z yoshidagi eng tez triatlet.
Unga birinchi marta shaxsiy xabar yozish uchun 4 oy tayyorlangan edim.
U qatnashgan jami podcastlarni 2 martalab eshitib, fikrlarini o'zlashtirib, olgan bilimlarimni yozib chiqqan edim.
Bunga 1 oyc vaqt ketgan edi.
**********************************
Yillar davomida anglab yetgan fikrlarimdan:
• imkoniyatlar har doim bor.
• muvaffaqiyatli insonlar biz o'ylaganchalik "yetishib bo'lmas" odamlar emas.
• ular biz o'ylagandan ko'ra sahiyroq va himmatliroq.
• ular bilimlarini jon deb ulashgisi keladi.
Savol omad yoki imkoniyatlarda emas.
Biz 4 oy sabr bilan izlanishga tayyormizmi?
Asl savol mana shu.
Bek Olimjon
25.04.26
Norvegiya

April 23, 09:54

Hozir bir bemor onaxon qabulimdan chiqib ketdi.
Kasalligini nazorat qilib turishimiz kerak.
Shu sabab keyingi nazoratni 6 oydan keyinga dedim.
Biz bemorga belgilangan vaqtni eslatish uchun SMS yoki internet orqali bemor profiliga xabar yuboramiz.
80+ yoshdagilarga esa pochta orqali xat yuboramiz. Ular ko'pi telefonni faol ishlatishmaydi. Ko'rmay qolishadi. Boshqalar esa tushunmayman deydi.
Onaxondan dakki eshitdim men.
"Menga xat yuborma, SMS yoki internet orqali yubor eslatmalarni. Men internet ishlataman" dedi.
Onaxon 1929-yil mart oyida tug'ilgan.
Hursand qiladigan dakki bo'ldi.
Bek Olimjon
23.04.26
Norvegiya

April 20, 08:30

(Bu asosan yigitlarga tegishli)
Iqtidorli va salohiyatli yoshlar ancha ko'paydi.
Til o'rganishdi.
Darajasi yuqori, ingliz tilidagi murakkab mavzularda podcastlar tinglashmoqda.
Ulardan olgan bilimlariga amal qilishga harakat qilishmoqda.
Bu juda yaxshi. Bu joyiga men chindan hursand bo'laman.
Ko'p men tanigan yigitlar asosan hayot tarzini targ'ib etuvchi podcastchi yoki fikr yetakchilarini kuzatishadi.
Yaqqol misollar Tim Ferriss, Andrew Huberman, Chris Williamson, Lex Fridman, Alex Hormozi, George Mack kabilar.
Bu insonlar orasida bir o'xshashlik bor.
E'tibor bersak ularda na oila, na farzand bor.
Berayotgan fikrlarini qabul qilish albatta mumkin, lekin aynan shu oila va farzandi bo'lishlik omiliga ham e'tibor berish juda muhim.
Sababi oila va farzand o'z ustida ishlaydigan erkak kishini hayotga bo'lgan qarashlarini yaxshigina o'zgartiradi.
Aniqrog'i fokusni egodan olib, jamiyatga yo'nalishiga sabab bo'ladi.
Bek Olimjon
20.04.26
Norvegiya

April 17, 06:38
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ko'p pul topmoqchimisiz?
Boylar muammosiga yechim taklif eting.
Rasmda Jensen Huang. Dunyodagi eng qimmat kompaniya - NVIDIA boshlig'i (4,5 trillion dollar)
Men Mr Huangdagi kamida 4 ta muammoga yechim bera olaman.
1. ko'zoynakdan xalos qilish
2. qovoqlarini ko'tarib qo'yish
3. ko'zini doimiy tekshiruvdan o'tkazib turish
4. oilasidagilar ko'zini yillik tekshirib turish
Jensen meni tanlaydimi yoki yo'q bu alohida masala.
Muammo har doim bor. Yechim taklif etuvchilar kam.
Noligandan foyda yo'q, muammo topib unga yechim berishga harakat qilish kerak.
Bek Olimjon
17.04.26
Norvegiya
PS. NVIDIA dunyodagi eng ilg'or AI kompaniyalardan biri. Bu gap AI shifokorlar ishini olib qo'yadi deganlar uchun
☺️

April 14, 10:50

Bir loyiha uchun nomzodlar qidiryapmiz.
Talablar:
• Oftalmolog yoki oftalmologiyada so'ngi kurs ordinatura yoki magistraturada bo'lishi
• Ingliz tilini kamida B2 bilishi
• Farg'onada bo'lishi
Maoshli ish!
Qiziq bo'lsa shu
so'rovnomada
ma'lumot qoldiring.
Talablarga javob beradigan va ma'qul kelgan nomzodlar bilan o'zim bog'lanaman.
Bek Olimjon
14.04.26
Norvegiya

April 13, 17:14

bir ishni boshlamoqchisan
bilasan bu og’riqli jarayon
uzoq jarayon
mavhum jarayon
qo’rquv bor, katta qo’rquv bor
qattiq mehnat qilish kerak bo’ladi
atrofdagilar faqatgina natijani ko’radi xolos
ikkita yo’l bor
biri komfortda davom etish
ikkinchisi qo’rquv ko’ziga tik boqish va tavakkal qilish
yo’qotadiganing -1,
topadiganing esa x10
qachon og’riqqa chidab davom eta olasan?
qachonki og’riqni ich-ichingdan his qilsang
Bek Olimjon
13.04.26
Norvegiya

April 12, 09:01

Vanihoyat Tesla FSD (full self-driving) Gollandiyada tasdiqdan o’tdi.
Bu endi boshqa Yevropa davlatlari ham tezroq ruhsat beradi degani.
FSD bu mashinani haydovchisiz o’zi yurish imkoniyati.
O’zi yurar avtomobillar bu transport sohasidagi inqilobiy davr.
Xavfsizlik jihatdan FSD siz va mendan karra-karra xavfsiz.
Buni men sizga ko’z duxtir sifatida aytmoqdaman.
Har kuni ko’zi yaxshi ko’rmaydigan ammo kunini rulda o’tqazadigan bemorlarni qabul qiladigan duxtir sifatida aytaman.
Kelajak allaqachon shu yerda…
Ajoyib davrlar…
Bek Olimjon
12.04.26
Shvetsiya

April 11, 07:39

Hammasi oddiy fikrdan boshlanadi.
oddiy fikr -> g’oya -> orzu -> niyat va maqsad -> reja -> harakat -> natija
Kechalari uyquni oladigan bir g’oya bilan band bo’lish orqali katta natijalarga erishish mumkin.
Bunday «mukkasidan ketish» (being obsessed) har doim ham sog’lom yo’l emas.
Ammo mukkasidan ketuvchilar uchun boshqa yo’l mavjud emas…
Ana shunday mukkasidan ketuvchi optimist insonlar dunyo o’zgartiradi.
Bek Olimjon
11.04.26
Norvegiya

April 10, 09:30

sayohat uchun amalda sinalgan tavsiya
yangi boshlovchilar uchun
o'tgan yili noyabr oyida mana shu yo'nalish bilan yaqin 4 ta do'stim sayohat qilishgan edi.
10 kun davomida
1. Toshkent - Istanbul samolyot
2. Istanbulda ijaraga mashina (rental car)
3. Istanbul - Anqara (rental car)
4. Anqara - Konya (rental car)
5. Konya - Cappadocia (rental car)
6. Cappadocia - Kayseri (rental car)
7. Kayseri - Istanbul (samolyot)
8. Istanbul - Tashkent (samolyot)
yotoqxona 3-4 yulduzli hotelda bo'lgan (hostelda emas), nonushtasi bilan
yemish yoki aylanishlardan cheklanishlar bo'lmagan edi
har bir kishi uchun 1500USD bo'lgan edi.
hotel, ovqat, ziyoratgoh va sovg'a-salomlardan yaxshigina ekonom qilsa bo'ladi.
shu yo'nalishni 800-1000 ga bemalol qilsa bo'ladi.
qimmatdek tuyuladi, lekin foydasini keyin tushunasiz.
tak chto, bosiloradi...
Bek Olimjon
10.04.26
Norvegiya