
Hadis va oyatlar | حدس ايات 📚
~ Hadislar, oyatlar
📚
~ Hayotiy hikoyalar
🧕
~ Qiroatlar
🎧
~ Hikmatli so'zlar
🌺
~ Hadis va oyatlar kanali siz bilan
💌
✍️
Fikr va murojaatlar uchun:
@Hadiss_Oyatt_bot
• «Husni jamolini ko'z-ko'z qilib, pardoz-andoz qilib olgan, ochiq-sochiq kiyinib olgan qizlarni ko'rsam, ularning onalarini o'ylayman. Beixtiyor Allohning
«Va ularni to'xtatinglar! Albatta, ular so'ralguvchidirlar»
degan so'zi esimga tushadi (Soffat surasi, 24-oyat). Shunda mening Onam ham shu xususida so'roq-savol qilinmasliglari uchun yanada ko'proq hayo qila boshlayman».
Alloh bu dunyoda harom qilgan ko'pgina narsalar jannatda halol bo'ladi. Masalan, u yerda anvoyi xildagi ichimliklar bo'ladi. Ammo Alloh yarim yalang'och bo'lib, ochiq-sochiq yurishni ikki dunyoda ham harom qilgan. Doimo o'ranib, mastura yurish ne'matlardan biridir.
Alloh taolo bu haqda
«Sen u yerda och-yalang'och qolmassan»
(ya'ni jannatda doimo qorning to'q, usting but bo'ladi), degan (Toha surasi, 118-oyat).
Bo‘yrachi
Xalil bo‘yra to‘qirdi. Joynamozi bo‘lmagan namozxonni ko‘rsa, darhol bo‘yra to‘qib, sovg‘a qilardi. Bir kuni ajib tush ko‘rdi. Umurtqasidan tok novdasi o‘sib chiqib, bir bosh uzum tugibdi. Kishilar kelib undan qancha yeyishmasin, tugamas emish. Bu ko'p bor takrorlangach, bir shayxning huzuriga borib, ta‘birini so‘radi:
— Farzanding bormi? — deb so‘radi.
— Ha, ikki yosh o‘g‘lim bor, — javob berdi Xalil.
— Uni Azharda o‘qitgin. Diniy bilmlarni o‘rgansin. Insha Alloh, buyuk inson bo‘ladi, — tayinladi shayx.
Shunday ham bo‘ldi. Xalil o‘g‘lini Azharda o‘qitdi. Bola sakkiz yoshida Qur’onni yod oldi. Mushafi sharifni dunyoda birinchi bo‘lib magnit tasmasiga Imom Osimdan Hafsning rivoyati asosida yozdirdi. Buning uchun moliyaviy haq olmadi. Shu sababmi Alloh bu mehnatiga mashhurlik ato qildi. U butun dunyoga tarqaldi. Keyinchalik boshqa qiroatlarni ham magnit tasmasiga tushirdi.
Birinchi bo‘lib "o‘rgatuvchi" uslubida Qur’onni magnit tasmasiga yozdirdi.
Birinchi bo‘lib Birlashgan millatlar tashkilotida Qur’on o‘qidi va peshin vaqtida azon chaqirdi.
Birinchi bo‘lib Amerika Kongressida Qur’on o‘qidi.
Qur’on qiroatiga bag'ishlangan qator asarlar bitdi. Uning qariyb ellik besh yillik Qur’on bilan qilingan safari 1980 yil 23 noyabrda nihoyasiga yetdi. Bu ulug‘ qiroat sohibi Mahmud Xalil Husoriy rahimahullohdir. Biz hali ham o‘sha bir bosh uzumdan bahramand bo'lyapmiz va u hamon tugagani yo‘q.
Otasi Xalil namozxonlarga bo‘yra to‘shab yaxshi ish qildi. Alloh uning o‘g‘li ovozini butun dunyoga "Husoriy" (bo‘yrachi) nomi ila taratdi.
Alloh uchun qilinadigan amalimizni kichkina sanamaylik!
"Qalblardan so‘rang"
📚
#БИР_ОЯТ_БИР_ҲАЁТ
📖
Қуръони карим:
وَاذْكُر رَّبَّكَ إِذَا نَسِيتَ وَقُلْ عَسَىٰ أَن يَهْدِيَنِ رَبِّي لِأَقْرَبَ مِنْ هَـٰذَا رَشَدًا
«Эсдан чиқарган чоғингда Парвардигорингни зикр қил ва: “Шоядки, Роббим мени бундан ҳам тўғрироқ йўлга бошлар”, дегин».
(Каҳф сураси, 24-оят)
✨
Қисқа тафсир:
• Инсонга
унутувчанлик табиий
. Аммо унутган чоғингда
Аллоҳни зикр қилиш
буюрилмоқда.
• Бу оят
вайҳий кечиккан пайтда Пайғамбаримиз соллалоҳу алайҳи васалламнинг ҳолатларига
ҳам ишорадир — фақат Аллоҳнинг хоҳиши билан ҳақиқат ошкор бўлади.
•
“Раббим мени бундан ҳам тўғрироқ йўлга бошлар”
— яъни Аллоҳдан
ҳидоят ва яхшироқ йўл
сўраш кераклигини ўргатади.
🕊
• Ҳар бир инсонда ҳаётда “билмадим, адашдим, унутдим” дейишига сабаб бўладиган ҳолатлари бўлади.
• Аммо ҳақиқий нажот –
унутганда ҳам Аллоҳни зикр қилиш
,
ва
Аллоҳдан яхшироқ йўл сўраш
билан келади.
Haloli baribir boshqacha boʻladi-a?
Chunki halolidan xavotir qilmaysizda...
U sizniki, u sizga berilgan hadya!
Kimdir tortib olmaydi...
Koʻzlariga toʻyib boqsangiz gunoh boʻlmaydi...
Sajdasi sajdangiz yonida tursa...
Duolar birlashsa...
Muhimi uni qalb bilan sevasiz...
Alloh uchun...
Qanchalik chiroyli koʻrinsa ham, halol boʻlmagan sevgining oxiriga kafolat yoʻq!
Agar Alloh qalbingizga solgan boʻlsa, sizga havodek zarur inson bor boʻlsa, uni tezroq halolga aylantiring...)
🫀
Шайх Шинқитий айтадилар:
«Иймон сустлашиб, ибодатга танбал бўлиб қолсанг, ушбу дуони кўп айтгин: «Аллоҳумма лаа тажъалний шақийян ва лаа маҳруман» (Аллоҳим! Мени бадбахтлардан, маҳрумлардан қилиб қўйма!).
Tarbiya
Bolangizni maktabga yuborayotib, qo‘liga ikkita pechenьe berib, deng: "Biri senga, biri yaxshi ko‘rgan do‘stingga". Ana shunda u muhabbat va yaxshilikni o‘rganadi
Sumkasiga ortiqcha qalam solib, tayinlang: "Biror do‘sting qalamini unutgan bo‘lsa, buni unga ber". Ana shunda bola ma'suliyat va yaxshilikka shoshilishni o‘rganadi.
Qaytganida uy u kelishi bilan yorishganini ayting. Ana shunda qiymatini biladi, o‘zini qadrlashni o‘rganadi.
Kechqurun bugungi eng go‘zal ishi haqida so‘rang. Ana shunda u yaxshi va yomon ishning o‘rtasini ajratadigan, keyingi safar so‘ramasangiz ham, o‘zi aytadigan bo‘ladi.
АЁЛЛАРНИНГ ЙЎЛДА ЮРИШ ОДОБИ
Абу Усайд Ал-ансорий Розияллоҳу анҳу айтадилар:
- Расулуллоҳ ﷺ масжиддан чиқаётиб , эркаклар билан аёллар йўлда қоришиб кетганларини кўриб айтдилар :
-
"Четроқ туринглар, йўлнинг ўртасидан юриш сизларга эмас!.
Сизлар йўлнинг четини лозим тутинглар"
дедилар .
Саҳобий айтадиларки :
-
"Шундан сўнг , аёллар (йўл четидаги) деворларга ёпишиб юришларидан, хатто кийимлари деворга илашиб қолар эди"
(Имом Абу Довуд ривояти)
Саҳобия аёлларнинг бу амрга бўйнсунишларида муболағани қаранг :
"Эркакларга тегиб кетмасак бўлдида"
деб Расулуллоҳ ﷺ амрларини ўзларича таъвил қилмадилар . Асли Расулуллоҳ ﷺ уларга :
"Деворга суркалиб юринглар" демадилар . Аммо улар "четда юринглар"
деган амрни ортиғи билан адо қилдилар!
Бизнинг замонамизда эса , эркаклар кўчада юрганда хижолатдан деворга ёпишишга мажбур бўлмоқдалар.
Manba: iymon
.
Эгилишга ҳаққингиз йўқ, чунки “сизга суяниб турганлар бор”
*olindi
Satr ne‘mati nima?
● Bemor bo‘lsang-u, ammo o‘z oyog‘ingda yurolsang, demak, bu bemorlikning xorligidan satr
● Cho‘ntagingda ozgina pul borligi oddiy non bilan bo‘lsa ham to‘q holda bemalol uxlashingga imkoniyat bersa, demak, ochlik xorligidan satrdasan;
● Garchi yamoq bo‘lsa-da kiyimlaring sen uchun sovuq xorligidan satr;
● Nimadir sabab bilan xafa bo‘lsang ham, kulolyapsanmi, bu sen uchun sinib qolish xorligidan satr;
● Ahlingdan sakinat topishing, sendan sakinat topishi uchun ular bilan aloqada bo‘lishing yolg‘izlik xorligidan satr;
● Bir ishing, hunaring bo‘lishi va u kishilarga xorlik ila qo‘l cho‘zishingdan man qilishi sen uchun ta‘na mazamatidan satr;
● Farzandlaringning sog‘lomligi sen uchun qahr xorligidan satr;
● g‘am-tashvishlaringni birga ko‘taradigan zavjang borligi erning xotini oldida sinib qolish xorligidan satr;
● Unutma, senda millionlab insonlar havas qiladigan ne‘matlar bor Bu SATRdir
Sattor sifatli Alloh bizni dunyo va ohiratda mastur qilsin
Abdulqodir Samarqandiy
📚
Qalblardan so‘rang