
Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal
Kanalimizga ta'limga oid foto hamda video lavhalaringizni joylashtiring va ommolashtiring
Murojaat uchun:
@Kamol07
Reklama va e'lonlarni kanal rivoji uchun pullik qilingan. Kanal admini bilan kelishilgan holda. Bizni to'g'ri tushunasiz degan umiddamiz
📍
Hazoraspda Ustozlar Milliy Forumi
Xorazm viloyati Hazorasp tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan navbatdagi, to‘rtinchi ustozlar milliy forumi tantanali ravishda tashkil etildi.
Ushbu forum o‘zida ta’lim tizimidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, ustozlarning faoliyatini yuksak qadrlash va kelgusi vazifalarni belgilab olishga xizmat qildi.
📹
Forum doirasida tayyorlangan ushbu videorolikka 2024–2025-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi jamlandi. Unda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar bilimini yanada mustahkamlash, ilg‘or pedagogik tajribalarni amaliyotga joriy etish, shuningdek, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq ruhda tarbiyalash borasida erishilgan yutuqlar o‘z ifodasini topgan.
🤩
Forum nafaqat ustozlarning faoliyatini yuksak baholash, balki ularning kelgusidagi ishlariga yangicha ruh, kuch va mas’uliyat baxsh etishi bilan ham alohida ahamiyat kasb etdi.
💻
💼
Ustozlarimizning fidokorona mehnati tufayli ta’lim sifati oshib bormoqda, yoshlarimiz esa bilimli va barkamol avlod sifatida kamol topmoqda!
#UstozlarForumi
#Hazorasp
#MaktabgachaVaMaktabTa
’limi
#Ta
’lim2025
#Sarhisob
📌
“Dolzarb 90 kun” — yoshlar uchun imkoniyatlar makoni!
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi mamlakatimiz bo‘ylab yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yirik tashabbus sifatida keng e’tirof etilmoqda.
📍
Shu doirada, 2025-yil 16-avgust kuni Hazorasp tumani 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida mazkur loyiha asosida qator tadbirlar tashkil etildi. Unda nafaqat maktab o‘quvchilari, balki uyushmagan yoshlar ham faol ishtirok etdilar.
✔️
Sport musobaqalari va jismoniy mashg‘ulotlar
✔️
To‘garaklar, ijodiy uchrashuvlar va bilim bellashuvlari
✔️
Ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar va madaniy tadbirlar
Ushbu faoliyatlar orqali yoshlarning qiziqishlari qo‘llab-quvvatlanib, ularga sog‘lom turmush tarzi, ijodkorlik, intellektual rivojlanish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalari singdirilmoqda.
🤩
“Dolzarb 90 kun” loyihasi — yoshlarimizni barkamol, bilimli va ma’naviy yetuk shaxs sifatida tarbiyalash yo‘lida muhim qadamdir.
#Dolzarb90kun
#Hazorasp1Maktab
#YoshlarKelajagimiz
#SoglomAvlod
#FaolYoshlar
Hazorasp tuman MMTB Axborot xizmati
Hazorasp tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limining rasmiy sahifalariga
✅
Telegram
|
📹
Youtube
|
📱
Facebook
|
➡️
Hazorasp_MMTB
⬅️
🔴
✅
Yaxshi xabar:
Coursera
kurslari endi O‘zbek tilida!
Zamonaviy bilim olishingizga chet tilini yaxshi bilmasligingiz to’siq bo’layotgan bo’lsa,
endi parallel ravishda ham yangi ko’nikmalarni ham chet tilini o’rganishingiz mumkin
! Buning uchun Coursera kurslarini chet tilida ko’rib, tagidagi subtitrini O’zbek tilida o’qib tushunib boraverasiz.
Coursera kompaniyasi bilan hamkorlikda
ilk 1500 ta zamonaviy IT kurslar
sun’iy intellekt yordamida o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Kelgusida ular sonini oshirib boramiz.
Masalan, quyidagi eng talabgir kurslarda O'zbek tilidan ham foydalanib ta’lim oling hamda IT olamida daromad olishga birinchi qadamingizni boshlang:
➡️
AI Foundations: Prompt Engineering with ChatGPT – Arizona State University;
➡️
Generative AI in Software Development – IBM;
➡️
Cybersecurity and Privacy – Microsoft;
➡️
Data Analysis with Python – IBM;
➡️
Designing User Interfaces and Experiences – IBM.
Yildan yilga IT sohasida ta’lim olayotganlar soni ortib bormoqda birgina misol, 2023-yilda
uzbekcoders.uz
portali orqali 230 ming nafar yoshlar IT sertifikatni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, 2025-yilning 7 oyida bu raqam 370 ming nafarga yetdi! (ularning yarmi - qizlar)
🏆
🏆
🏆
🏆
📣
Tayinlov:
Mas’uliyatli lavozimga yangi tayinlov!
Xorazm viloyati Hazorasp tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbariyati tarkibida kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.
🔹
Saidov Rasulbek Qodirberganovich Hazorasp tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga rasman tayinlandi.
Saidov Rasulbek Qodirberganovich ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Hazorasp tumanidagi 8-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori sifatida samarali faoliyat yuritib, ta’lim sifatini oshirish, jamoa bilan ishlashda yuqori tashkiliy salohiyat va mas’uliyat namunasini ko‘rsatib kelgan.
📌
Yangi lavozim — bu yangi mas’uliyat, yangi maqsadlar, yangi imkoniyatlar demakdir.
🌟
Hazorasp tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi jamoasi nomidan Saidov Rasulbek Qodirberganovichni ushbu mas’uliyatli lavozim bilan chin dildan tabriklaymiz!
🇺🇿
Yangi ish faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, bardavom zafarlar, mustahkam sog‘lik va sharafli xizmat tilab qolamiz!
#Tayinlov
#HazoraspMTTB
#RasulbekSaidov
#Rahbariyat
#YangiBosqich
#Ta
’limSifati
#OmadVaZafarlar
Hazorasp tuman MMTB Axborot xizmati
Hazorasp tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limining rasmiy sahifalariga
✅
Telegram
|
📹
Youtube
|
📱
Facebook
|
➡️
Hazorasp_MMTB
⬅️
🔈
Xorazm viloyati Hazorasp tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi jamoasi yana bir yutuqqa erishdi!
Ma’lumki, Vazirlik va idoralar tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida “Besh tashabbus” doirasida turli yo‘nalishlarda olimpiadalar va sport musobaqalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi — xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lom turmush tarziga undash hamda jamoalarda do‘stlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashdir.
Bugun Hazorasp tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi ayollar jamoasi Voleybol va Stol tennisidan o‘tkazilgan sport musobaqalarida faol ishtirok etib, o‘zlarining irodasi, jamoaviy ruhiyati va sportga bo‘lgan ishtiyoqi bilan ajralib turdi. Ularning mehnati o‘z samarasini berib, jamoamiz faxrli birinchi o‘rinni egalladi va viloyat bosqichiga yo‘l olishga muvaffaq bo‘ldi!
🎉
🏆
Bu g‘alaba — nafaqat sportdagi yutuq, balki jamoaning birligi, matonati va maqsad sari intilishining yorqin ifodasidir. Endi ular viloyat bosqichida ham yuqori natijalar ko‘rsatish, yanada katta yutuqlarga erishish uchun tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.
Hazorasp tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining sportchi xodimalarini ushbu muvaffaqiyat bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Keyingi bosqichlarda ham ulkan g‘alabalar va yorqin zafarlar tilaymiz
Hazorasp tuman MMTB Axborot xizmati
Hazorasp tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limining rasmiy sahifalariga
✅
Telegram
|
📹
Youtube
|
📱
Facebook
|
➡️
Hazorasp_MMTB
⬅️
📌
“Dolzarb 90 kun” — yoshlar kelajagi yo‘lida muhim qadam!
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
📍
2025-yil 24-iyul kuni Hazorasp tumani 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida ushbu loyiha doirasida o‘quvchilar va uyushmagan yoshlar uchun turli faoliyatlar tashkil etildi.
✅
To‘garak mashg‘ulotlari
✅
Sport musobaqalari
✅
Ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar
✅
Ijodiy uchrashuvlar
Bu tadbirlar yoshlarning bilim va salohiyatini rivojlantirish, ularni sog‘lom hayot sari yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🌟
“Dolzarb 90 kun” — bu faqat loyiha emas, bu yoshlarga bo‘lgan e’tibor va ishonch timsoli!
Hazorasp tuman MMTB Axborot xizmati
Hazorasp tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limining rasmiy sahifalariga
✅
Telegram
|
📹
Youtube
|
📱
Facebook
|
➡️
Hazorasp_MMTB
⬅️
#Dolzarb90kun
#Hazorasp1maktab
#YoshlarKelajagimiz
#FaolYoshlar
#SoglomAvlod
#Ma
’naviyat
🎉
🇺🇿
Hurmatli Shavkat Miromonovich!
Sizni tavallud kuningiz bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!
Yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilayotgan, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti sifatida ezgu orzularni ro‘yobga chiqarayotgan Sizga bugungi qutlug‘ sana — 68 yillik yubileyingiz munosabati bilan chuqur hurmat va samimiy ehtiromimizni izhor etamiz.
Siz olib borayotgan oqilona siyosat, uzoqni ko‘zlagan islohotlar va xalqparvar yondashuv bugungi O‘zbekistonni yangilanish, taraqqiyot va yuksalish sari yetaklamoqda. Mamlakatimizda barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” tamal toshlari aynan Sizning dadil, halol va matonatli rahbarligingiz bilan qo‘yilmoqda.
Shavkat Miromonovich, Siz — o‘zbek xalqining or-nomusini, ertangi kuniga bo‘lgan ishonchini, milliy qadriyatlarini asrab-avaylaydigan, har bir fuqaroning dardiga quloq tutadigan, jahon sahnasida O‘zbekiston degan davlatning obro‘sini yuksaltirayotgan buyuk siyosatchi va xalq yetakchisiz.
Tavallud ayyomingiz munosabati bilan Sizga mustahkam sog‘lik, baxtu saodat, tinimsiz kuch-g‘ayrat va ulkan zafarlarga boy umr tilaymiz!
Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ulug‘vor faoliyatingiz bardavom bo‘lsin!
Siz bilan faxrlanamiz, Sizga ishonamiz!
Hazorasp tumani 4-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Dolzarb 90 kunlik” doirasida “Yaxshi kayfiyat haftaligi” munosabati bilan rang-barang va quvonchli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir bolajonlarning ijobiy kayfiyatini mustahkamlash, ularning dunyoqarashi va estetik didini shakllantirish, ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida tashkil etildi. Bayram davomida kichkintoylar o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari, raqslari va chiqishlari bilan barchaga quvonch ulashdi.
Tashkilotchilar tomonidan yaratilgan yorqin muhit, bezaklar, musiqali sahnalar va faoliyatlar bolajonlarning xotirasida unutilmas taassurot qoldirdi. Tadbirda ota-onalar, pedagoglar ham faol ishtirok etib, bolalar bilan birga quvonchli onlarni baham ko‘rishdi.
“Yaxshi kayfiyat haftaligi” — bu nafaqat bir haftalik bayram, balki bolalarning qalbiga iliqlik, mehr, ijobiy energiya ulashuvchi muhim tarbiyaviy jarayonning bir bo‘lagi bo‘ldi.
Hazorasp tuman MMTB Axborot xizmati
Hazorasp tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limining rasmiy sahifalariga
✅
Telegram
|
📹
Youtube
|
📱
Facebook
|
➡️
Hazorasp_MMTB
⬅️
Xorazm viloyati Hazorasp tumani 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2025-yil 16-iyul kuni “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida qator amaliy ishlar olib borildi.
Mazkur tadbirlar doirasida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari Boltayeva O‘g‘iljon va Davletova Muqaddas, shuningdek, musiqa fani o‘qituvchisi Axmedova Sayyora tomonidan o‘quvchilar bilan samarali to‘garak mashg‘ulotlari tashkil etildi. Ustozlar tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar bolalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish, darsdan tashqari vaqtini mazmunli tashkil etish hamda fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.
Tashabbus doirasidagi bu kabi faoliyatlar o‘quv-tarbiyaviy jarayonga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda va pedagoglarning yangicha yondashuvini namoyon etmoqda.
Hazorasp tuman MMTB Axborot xizmati
Hazorasp tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limining rasmiy sahifalariga
✅
Telegram
|
📹
Youtube
|
📱
Facebook
|
➡️
Hazorasp_MMTB
⬅️
Hazorasplik iqtidorli o‘quvchi xalqaro imtihonlarda yuksak natijalarga erishdi
Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi 28-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Qutlimuratov Kamronbek xalqaro miqyosdagi nufuzli imtihonlarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritdi. Jumladan, u SAT (Scholastic Assessment Test) xalqaro test sinovidan 1360 ball, hamda ingliz tili bo‘yicha eng e’tirof etilgan imtihonlardan biri — IELTS (International English Language Testing System) dan 7,5 ball to‘pladi.
Mazkur natijalar Kamronbekning nafaqat ilmiy salohiyati, balki til bilimi, mantiqiy tafakkuri va jahon ta’lim standartlariga tayyorligini yaqqol namoyon etadi. Eng muhimi, bunday yutuqlar uni endilikda dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga muddatidan oldin hujjat topshirish va o‘qishga qabul qilinish imkoniga ega bo‘lgan iqtidorli yoshlar qatoriga qo‘shmoqda.
Qutlimuratov Kamronbekning bu yutuqlari — nafaqat maktabi, balki butun Hazorasp tumani ta’lim tizimi uchun faxrli holatdir. Unga bilim bergan ustozlarining zahmatli mehnati, ota-onasining qo‘llab-quvvatlashi va, albatta, o‘zining qat’iyati bu yuksak natijalarning poydevori bo‘ldi.
Bugungi kunda O‘zbekiston yoshlari xalqaro maydonda o‘z salohiyatini namoyon etishga harakat qilayotgan bir vaqtda, Kamronbek singari fidokor va izlanuvchan o‘quvchilarning yutuqlari boshqalarga ham ibrat bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shubhasiz, Kamronbekning bu kabi zafarli qadamlari kelgusida uni ilm-fan yo‘lida yanada baland marralarga yetaklaydi. Biz unga muvaffaqiyatlar tilaymiz va O‘zbekiston ta’limining kuchli va iste’dodli avlodi yetishib chiqayotganidan faxrlanamiz.
Hazorasp tuman MMTB Axborot xizmati
Hazorasp tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limining rasmiy sahifalariga
✅
Telegram
|
📹
Youtube
|
📱
Facebook
|
➡️
Hazorasp_MMTB
⬅️