Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Hoshimov Iqtisodiyoti

Hoshimoviqtisodiyoti

Канал мухлис томонидан юритилади
Мурожаат учун:
@econ_uzb
Расмий канал:
@iqtisodchi_kundaligi
Gazeta.uz
:
https://www.gazeta.uz/ru/authors/behzod-hoshimov/
YouTube:
https://www.youtube.com/@hoshimoviqtisodiyoti
https://youtube.com/@Uzbekonomics

Subscribers
1 150
Post views
275
ER
24,17%
Posts
1 652
October 29, 12:02

Aytmoqchi, Iroqdan tashqari barcha Arab, o'rta sharq va shimoliy Afrika o'lkalarida fertilik darajasi Isroilnikidan kichikroq.
@Hoshimoviqtisodiyoti

October 29, 11:53

Kopengagenlashmaganligimizdandir shu muammolarimiz.
https://t.me/muhrim2022/5888

October 26, 12:05

Nikolas Tompsondan ajoyib insho: "Men nega yuguraman?"
Biz hammamiz, albatta, har kuni o‘lmoqdamiz. Qanday qaramasak ham, biz bu yerda uzoq qolmaymiz. Ammo bir xonali uyimda yolg‘iz o‘tirganimda, nurlanish tanamni parchalab tashlayotganda, o‘lim endi shunchaki gipotetik masala emas edi. Besh oy oldin men yuqori darajali marafonchi edim, endi qizil gilamchada azobda yotar ekanman, o‘sha odam erib ketgandek tuyular edi. Men parchalanib ketgan edim va bularning barchasi men na ko‘ra oladigan va na his qila oladigan hujayralar to‘plami tufayli edi. Bir haftalik izolyatsiya tugashiga ko‘zim yetib turardi. Xuddi 21-Dekabrdan keyingi paytdek: oqshomlar hali qorong‘i, ammo endi har kuni kuni uzoqroq yorishib borardi. Derazalarni lang ochib qo‘yib, uyni yaxshilab tozalagan edim, Daniyelle qaytib keldi. Skanerlar saraton yo‘qolganini ko‘rsatdi. Endi tuzalish jarayonini boshlashim mumkin edi.
https://www.theatlantic.com/magazine/archive/2025/12/the-running-ground-memoir/684633/
@Hoshimoviqtisodiyoti

October 26, 12:05

Rahmatulloh qori aka bilan suhbat.
https://youtu.be/73TVNKfh5EI?si=XDoSErnq8nnljNEU

October 23, 11:19

Rossiya neft korxonlariga sanksiyalar kiritilishining asosiy sabablaridan biri - iqtisodiy. Neft narxi juda arzon bo'lgani uchun, mamuriyat buni xavfsiz deb topdi. Mamuriyat ham emas, moliya vazirligidagi ma'sul shaxs.
@Hoshimoviqtisodiyoti

October 22, 07:32

Men bu maslaxatlarni qilaman deya olmaymanku, lekin to’g’ri maslaxat:
https://t.me/scaleupuz/232

October 22, 07:32

Yaxshi qo’shiq xususiyatini topdim: birinchi marta tinglaganingizda ham, xuddi qayerdadir eshitgandek eshitilishi kerak.
Xit qo’shiqlar nazariyasi desa bo’ladi.

October 20, 06:59

Nobelchilar haqida ajoyib blogpost:
https://kevinbryanecon.com/mokyraghionhowitt.html

October 18, 21:04

Toshkentda qachon tirbandliklar kamayadi?
Javob oddiy: agar avtobusni o’rtacha kutish vaqti 7 daqiqadan kamroq bo’lsa.
Agar avtobusni 10 daqiqa kutish kerak bo’lsa, demak, bu joyda odamlar mashinada yurishga majburlar. O’n daqiqadan ko’p avtobus kutish bo’lsa - jamoat transporti deyarli yo’q deb talqin qilsa bo’ladi. Jamoat transporti bo’lmasa - shaharda yashash noqulay bo’ladi, hatto avtomobilda yuruvchilarga ham. Jamoat transporti rivojini eng yaxshi o’lchovi - serqatnovlik.
@Hoshimoviqtisodiyoti

October 18, 14:20

Bloomberg O’zbekiston haqida:
https://www.bloomberg.com/news/features/2025-10-15/uzbekistan-attracts-global-investors-including-citibank-jpmorgan?embedded-checkout=true