
Hoshimov Iqtisodiyoti
Anu kuni bir o’rtog’im Toshkent orqali uchayotgan edi — tranzit. Kelishidan 5 soat oldin yozib qo’ydi, shahardamisan deb. Men ham shu kunlarda Toshkentdaman - u tavakkal qilib yozgan, bilmagan.
Ikki tasodif bir-biriga to’qnash keldi va ko’risha oldik.
Gaplashib ketdik, u aytdi: “Senda yaxshi odat bor edi, kimdir yodingga tushsa, yozasan. Oxirgi yillarda mendan hech kim xabar olmay qo’ygandi. Men sendan o’rganib yozdim, Toshkentdamisan deb”.
O’zi to’g’risi menda bunday odat bor deya olmayman - lekin firkriga qo’shildim. Dunyo o’ta bog’langan, lekin kam xabar olamiz bir birimizdan, menimcha.
O’sha xabar bo’lmaganda - ko’rishmasdik. U aeroportdan chiqmas edi, yana necha yilda ko’rishardik, vallohu alam. Hozirgi dunyoda do’stlikni aynan shu saqlaydi.
Kimdir hayolingdan o’tgan bo’lsa - yozib qo’y.
@Hoshimoviqtosodiyoti
Yangi epizod:
62 - Yashirin iqtisodiyot: sabab, oqibat, va yechimlari haqida
.
Youtubeda video:
https://youtu.be/bW4Gg7fYiKo
Audio formatda:
Spotify
|
Apple Podcast
|
Yandex Music
|
Podbean
Tinglang, ko'ring, do'stlaringiz bilan ulashing va izoh qoldiring.
Epizod hamkori: "Juru".
"Juru" Markaziy Osiyo va Kavkazdagi yetakchi xalqaro konsalting va muhandislik korxonasi bo'lib, uning maqsadi barqaror rivojlanishni ilgari surishdir.
https://juru.org/about-us
@uzbekonomics
Epic — Viskonsin universiteti talabasi tomonidan Madison shahrida boshlangan kompaniya.
Dunyodagi eng go'zal korporativ ofislaridan biri ularga tegishli. Asoschisi Judit Folkner esa universitetga ham juda ko'p hissa qo'shgan tadbirkor.
Qiziq tomoni shuki — men Abu Dabida ham, AQShda ham murojaat qilgan kasalxonalar Epic dasturiy ta'minotida ishlaydi. Demak, tibbiy tariximni ikki qit'ada bir tizim kuzatib borgan.
https://t.me/paiziev24/2107
@Hoshimoviqtisodiyoti
Tramp stavkani oshirishi haqidagi gaplariga reaksiya:
@Hoshimoviqtisodiyoti
Buni oldini olishni yana bir yo'li - buni haqiqiy jinoiy javobgarligi borligini ko'rsatish.
https://t.me/muhrim2022/7705
Menga qiziqligi, nechta O’zbekistonlik buni olay oladi? Top universitetlarda PhD qilgan o’zbekistonlik o’ta kam. 35 yoshdan yoshi undan ham kam. Masalan 10 ta odam ola olarmikan? Yoki yuztami?
Kriteriylar qiziq, ayniqsa, yoshi va summasiga taaluqli joyi. Masalan Toshkentda ko’chmas mulk kamida 2-3 barobar qimmat, Toshkent uchun istisno bo’ladimi? Bu summaga Toshkentda kattaroq uy bermasa kerak:
https://t.me/bankxabar/8985
Lekin eng qizig’i, bir yil oldin bu e’lon qilinganida, Prezident farmonida olimlarga foizsiz ssuda beriladi deyishgan edi, hozir esa 14% deyilyapti.
Bu narsa o’tgan yili birinchi iyundan kuchga kirish kerak edi, Mart oyida e’lon qilingan edi. Mana bir yil o’tdi, hali ham ijro qilinmadi. Va shartlar ancha o’zgardi. Menimcha yaxshi emas bunday qilish.
Xullas qiziq menga. Siz nima deb o’ylaysiz? Shunday darajasi bor tanishlariz bormi?
Mart 2025:
https://t.me/davletovuz/22557
Президент фармони:
➖
2025 йил 1 июндан
нуфузли халқаро рейтинг ташкилотларининг
юқори 100 талик рўйхатига
киритилган хорижий олий таълим ташкилотларида илмий даража
(PhD ва унга тенглаштирилган бошқа илмий даража)
олган 35 ёшгача бўлган мутахассисларга уй-жой сотиб олиш учун уй-жой жойлашган ҳудуддан келиб чиқиб, ўн йил муддатга
БҲМнинг 2 150 бараваригача миқдорда фоизсиз ссуда
ажратилади;
➖
Нуфузли халқаро фан олимпиадалари ғолиб ва совриндорларига тўланадиган бир марталик пул мукофотининг амалдаги миқдорлари
5 бараварга оширилади.
@Hoshimoviqtisodiyoti
Yangi tadqiqot
Review of Development Economics
jurnalida chiqibdi — O'zbekistonda o'g'il farzand afzalligining tug'ish qarorlariga ta'sirini o'rganishgan.
2021–2022 yillardagi MICS so'rovnomasi ma'lumotlariga ko'ra, ayolda kamida bitta o'g'il bo'lsa, keyingi farzandni tug'ish ehtimoli 36% gacha pasayar ekan, va bu ta'sir ayniqsa qishloq ayollari orasida hamda uchinchi-to'rtinchi farzanddan keyingi qarorlarda kuchli ekan.
O'g'illar soni ortgan sari tug'ishni to'xtatish ehtimoli ham ortar ekan. Qizig'i shundaki, birinchi farzand o'g'ilmi yoki qizmi - yana bir farzand ko'rishga ta'sir qilmas ekan.
"Aralash jinsli" bolalarni xohlash istagi (ham o'g'il, ham qiz bo'lsin degan) topilmagan.
O'g'li bor ayollarda tug'ilishlar orasidagi qisqa yoki xavfli interval ehtimoli pastroq ekan. O'g'li bor ayollar kontratseptiv vositalardan foydalanish ehtimoli yuqoriroq ekan. Qisqasi, O'zbekistonda o'g'il farzand mavjudligi reproduktiv xulqda aniq ko'rinib turinadigan omil ekan.
Menga bu qiziq ko'ringani, nega bizda o'g'il bolalar ko'proq tug'ilishini yaxshi tushintiradigan natija. Selektiv abortlar o'rniga, kontratseptsiya desa ham bo'ladi.
Ikkinchi tomoni, men o'ylar edimki, aralash jinsli farzandlar, ya'ni ham o'g'il ham qiz bo'lsin deydiganlar ko'p deb - deyarli ko'rinmas ekan.
https://onlinelibrary.wiley.com/doi/10.1111/rode.70152
@Hoshimoviqtisodiyoti
Эрон уруши таъсири ва нақдсиз тўлов мантиқсизликлари — Беҳзод Ҳошимов билан суҳбат
“Йирик суммалардаги олди-сотдиларни нақдсиз шаклга ўтказишни тушуниш мумкиндир, лекин айрим маиший товарларни нақд пулга сотиб олиб бўлмаслиги мантиғини тушуна олмадим.
Бу чеклов – иқтисодиёт учун улкан харажат дегани,
бу харажат эвазига жамият нима олади?”
Kun.uz
иқтисодчи Беҳзод Ҳошимов билан
Эрон урушининг Ўзбекистонга таъсири, нақдсиз тўлов талаблари ва
аҳоли даромадлари
каби қатор мавзуларда
суҳбат уюштирди
.
📹
СУҲБАТНИ ТОМОША ҚИЛИНГ
Afrosiyob poyezdida internetga ulanish uchun har o'rindiqda QR kodlar bor ekan. Wifini qiziq xususiyati - ulanish uchun mahalliy telefon raqami kerak ekan. Tabiiyki, mehmonlar ulana olishmaydi, chunki O'zbek nomeri ularda yo'q. Yonimdagi chet-elliklar sim…
"Men Macbookdek qudratli kompyuterni facebookda o'tirishga ishlatsam, Opus 4.7ni emaildan boshqa nimaga ishlatar edim"