Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

KBE.uz | Rasmiy Kanal

KBEuz_Xabarlar

KBE.uz
| Rasmiy Kanali
Reklama /
👨‍💻
@KBEuzAdmin
Rasmiy saxifalarimiz
https://instagram.com/kbe_uz
https://youtube.com/@KBEuz
tiktok.com/@kbe.uz
🎵
Musiqa Bot:
@Shazamizlabot

Subscribers
46 000
Post views
3 470
ER
7,23%
Posts
7 829
July 14, 12:03
Media unavailable
3
Show in Telegram

Oʻzbekistonga rossiyalik harbiylar keldi
Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Tojikistondagi 201-harbiy baza jangchilari Tojikiston va Oʻzbekiston togʻ yoʻllari orqali 300 km masofani bosib oʻtib, “Termiz” poligonga yetib kelishdi.
Bu yerda Oʻzbekiston va Rossiya harbiy xizmatchilari bir hafta davomida “Hamkorlik-2025” oʻquv mashgʻulotida qatnashadi.
Rasmiy saxifalarimizga obuna bo'ling!
Telegram
|
LIVE
|
Instagram
|
YouTube
|
Donat Qilish
💸

July 14, 11:12
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Buxoro viloyatida 4,2 magnitudali zilzila qayd etildi.
Uning sezilish kuchi Peshko‘ va Qorakol tumanlari va Gazli shahrida 2-3 ballni
tashkil etdi.
Rasmiy saxifalarimizga obuna bo'ling!
Telegram
|
LIVE
|
Instagram
|
YouTube
|
Donat Qilish
💸

June 30, 12:04
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Top-300 talik oliygohga kirgan o‘zbekistonlik yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti beriladi
Har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi dunyoning nufuzli oliygohlariga tayyorlanadi.
O‘zbekistonda banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti beradi. Bu haqda 30-iyun kuni prezidentning yoshlar bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.
Yaqinda “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyati takomillashtirilgandi. Endi top-300 talik oliygohga kirganlar uchun o‘qish va yashash xarajatini qoplash tizimi yangi tartibda ishlay boshlaydi. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, “Ta’lim — kelajak sarmoyasi” degan ezgu g‘oya jamiyatida katta harakatga aylanmoqda.
Eng avvalo, STEM yo‘nalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika), energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura, qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi kabi drayver sohalar uchun kvotalar bir necha karra oshiriladi.
“Garvardchilar” maktabi Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida faoliyatini boshladi. Ushbu xalqaro maktabga bu yilgi 8-sinf bitiruvchilari orasidan 60 nafar o‘quvchi saralab olinadi va 3 ta yo‘nalishda o‘qitiladi. Kelgusida o‘quv o‘rinlari karrasiga ko‘paytiriladi.
Umuman, milliy dastur asosida har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchi seleksiya qilinib, Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi dunyoning nufuzli oliygohlariga tayyorlanadi. Shundan kamida 300 nafari ehtiyojmand oila farzandlari bo‘ladi.
Tadbirda ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston yoshlari top-500 talik oliygohlarga kirish bo‘yicha o‘tgan yili Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi. Bugungi kunda 30 nafar yoshlar dunyoning top-10 talik oliygohida, 500 nafari top-100 va 1 ming 500 nafari top-300 dan joy olgan nufuzli universitetlarda tahsil olmoqda. Prezident yoshlarga sifatli ta’lim va tarbiya berish, zamonaviy kasb va hunarlar, xorijiy tillarni o‘rgatish, hayotda munosib o‘rin topishi uchun zarur sharoitlar yaratish eng asosiy vazifa ekanligini aytdi.
Rasmiy saxifalarimizga obuna bo'ling!
Telegram
|
LIVE
|
Instagram
|
YouTube
|
Donat Qilish
💸

June 24, 07:13
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Isroil Eron bilan urushda sulhga erishilganini tasdiqladi
Isroil Eron bilan mojaroda barcha harbiy maqsadlariga erishdi, deya hukumatga ma’lumot berdi bosh vazir Binyamin Netanyahu.
Isroil rasmiylari Eron bilan harbiy mojaroda avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirganini tasdiqladi. Bu haqda 24 iyun, seshanba kuni ertalab Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning idorasi ma’lum qildi. Bayonotga ko‘ra, Netanyahu o‘z vazirlar mahkamasiga Isroil o‘zining barcha harbiy maqsadlariga erishganini ma’lum qilgan.
Bu bayonot Trampning Truth Social mikroblogidagi yangi postidan keyin berilgan. U Eron va Isroil o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirganini yozdi. «Otashkesim allaqachon amalda. Iltimos, uni buzmang», dedi u.
Bundan oldin, tunda Tramp harbiy amaliyotlarning to‘xtatilishi bosqichma-bosqich amalga oshirilishini tushuntirdi: Eron Isroilga hujumlarni taxminan ertalab soat 6:00 da to‘xtatishi kerak, Isroil esa 12 soatdan keyin shunga amal qiladi. 24 soatlik muddatdan so‘ng, Trampning so‘zlariga ko‘ra, urush «rasmiy ravishda tugaydi».
Ayni paytda kechasi Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi Trampning Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqidagi bayonotini rad etdi. Shu bilan birga, u X ijtimoiy tarmog‘ida Isroil 24 iyun kuni ertalab soat 4:00 ga qadar harbiy harakatlarini to‘xtatsa, Eron unga zarba berishni to‘xtatishini yozdi. Tehron harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha yakuniy qarorni keyinroq qabul qiladi, deya qo‘shimcha qildi Arag‘chi.
Rasmiy saxifalarimizga obuna bo'ling!
Telegram
|
LIVE
|
Instagram
|
YouTube
|
Donat Qilish
💸

June 17, 16:59
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

O‘zbekistonda mansabdorlar harakati sabab yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash bo‘yicha qonun loyihasi qabul qilindi
Ushbu hujjat aybdor mansabdorlarni javobgarlikka tortishga qaratilgan.
Majlisda davlat organi yoki uning mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarori yoki harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qabul qilindi.
Konstitutsiyaning 55-moddasiga muvofiq, har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlangan. Har kim davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi huquqiga ega.
Bugungi kunda davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va xizmatchilarining qonunga xilof deb topilgan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan hamda sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan zararlar va ma’naviy ziyonlarni qoplashni tartibga solish yagona qonun hujjati bilan tartibga solinmasdan kelinayotgan edi.
Mazkur qonun loyihasi bilan yetkazilgan zararning o‘rnini kompensatsiya qilish, hududiy kompensatsiya jamg‘armasi hisobidan qoplab berilgan mablag‘larni keyinchalik aybdor deb topilgan davlat organining mansabdor shaxsidan to‘liq miqdorda regress tartibida undirib olish, hududiy kompensatsiya jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish tartibi belgilanmoqda.
Qonun tashabbuskorlari ko‘tarilgan savollarga batafsil tushuntirishlar berib, ushbu hujjat fuqarolarning davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashga hamda aybdor mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga qaratilganini ta’kidladi.
Rasmiy saxifalarimizga obuna bo'ling!
Telegram
|
LIVE
|
Instagram
|
YouTube
|
Donat Qilish
💸

June 17, 16:07
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Eron AQSH va Isroildan zudlik bilan hujumlarni to‘xtatib, muzokara boshlashni so‘radi — OAV
Aks holda Tehron yadro dasturini tezlashtirib, “urush ko‘lamini kengaytirishi”ni ta’kidlagani aytilmoqda.
Eron hukumati vositachilar orqali Isroil va AQSHdan harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishni so‘radi. Bu haqda Yaqin Sharq va Yevropa rasmiylariga tayanib The Wall Street Journal xabar berdi.
Rasmiylarning ma’lum qilishicha, agar AQSH Isroilning hujumlarida ishtirok etmasa, Eron Vashington bilan yadroviy muzokaralarni qayta boshlashga tayyor. Eron, shuningdek, Isroilga zo‘ravonlikni jilovlash har ikki tomon manfaatlariga mos kelishini bildirgan.
Eronliklar bilan suhbatlashgan arab diplomatlari fikricha, Tehron Isroilning “toliqtirish urushi”ni davom ettira olmasligiga ishonadi. Yahudiy davlati oxir-oqibat diplomatik yechim izlashga majbur bo‘ladi. Eron rasmiylari Isroilning mojarodan chiqish bo‘yicha aniq strategiyasi yo‘qligini aytgan. Yadroviy inshootlarga sezilarli zarar yetkazish uchun esa AQSHning yordami zarur bo‘ladi.
Eron arab amaldorlariga agar AQSH bilan muzokaralarni qayta boshlash istiqboli bo‘lmasa, yadro dasturini tezlashtirishi va urush ko‘lamini kengaytirishi mumkinligini aytgan, deyiladi WSJ xabarida.
Shu bilan birga, arab vositachilarining aytishicha, Tehron yadroviy muzokaralarda yon berishga tayyorligi alomatlari yo‘q.
MAGATE ma’lumotlariga ko‘ra, Eronning yadroviy obyektlariga yetkazilgan zarar unchalik katta bo‘lmagan, shuning uchun Isroilda zarbalarni davom ettirish uchun barcha asoslar bor, deydi tahlilchilar.
Isroil va Eronning o‘zaro hujumlari 13-iyunga o‘tar kechasi boshlandi. Yahudiy davlati “Isyonkor sher” operatsiyasini olib bormoqda. Uning doirasida Isroil qo‘shinlari Eron hududidagi yadroviy va harbiy obyektlarga hujum qilmoqda.
Eron oliy rahnamosi fuqarolarga yo‘llagan murojaatida Isroilning Eronga bergan zarbalarini jinoyat deb atagan. U Isroilni “achchiq va dahshatli taqdir” kutayotganini ta’kidlagan. Tehron “Haqiqiy va’da 3” nomli operatsiyani boshlagan. Uning doirasida Isroilga yuzlab raketalar uchirilgan. Ikki davlat bir-biriga hujum qilishda davom etmoqda.
Rasmiy saxifalarimizga obuna bo'ling!
Telegram
|
LIVE
|
Instagram
|
YouTube
|
Donat Qilish
💸

June 17, 12:59
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Arab tashqi ishlar vazirlari Isroilni harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi
Ushbu chaqiriq bo‘yicha 20 ta davlat tomonidan bayonot imzolangan.
“Tashqi ishlar vazirlari mintaqadagi xavfli keskinlashuv butun mintaqa xavfsizligi va barqarorligi uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan chuqur xavotir bildiradi. Ular Yaqin Sharqda keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlarini to‘xtatish zarurligini va o‘t ochishni to‘xtatish ustida ishlash muhimligini ta’kidlaydi”, deyiladi qo‘shma bayonotda.
Vazirlar bayonotida, shuningdek, Xalqaro atom energiyasi agentligi va BMT Xavfsizlik kengashining tegishli rezolyutsiyalariga muvofiq, yadroviy obyektlarga hujum qilishdan tiyilishga chaqirilgan. Ta’kidlanishicha, bunday harakatlar xalqaro gumanitar huquqning buzilishi hisoblanadi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Eron oliy rahnamosi Ali Xomanaiy va uning oilasi 13-iyun kunidan beri Isroil havo hujumlaridan yerosti bunkerida boshpana topmoqda. Isroilning 15-iyun kuni Mashhadga havo hujumi Ali Xomanaiyga yadroviy qurol dasturini qisqartirish bo‘yicha “qaror qabul qilish uchun so‘nggi imkoniyat ekani” va Eron rahnamosi mamlakatning hech qayerida xavfsiz emasligi” haqida ogohlantirish bo‘lgani qayd etilgan.
Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eron aholisining 80 foizi mamlakatning amaldagi rahbariyatini ag‘darishni istashi, amaldagi hukumat esa “juda zaif” ekanini bildirgandi. Bir kun avval Netanyaxu Eron oliy rahnamosi Ali Xomanaiyning o‘ldirilishi mojaroni kuchaytirmasligini, balki unga chek qo‘yishini ma’lum qilgandi. AQSH prezidenti Donald Tramp esa Xomanaiyni o‘ldirmaslikka chaqirgandi.
Rasmiy saxifalarimizga obuna bo'ling!
Telegram
|
LIVE
|
Instagram
|
YouTube
|
Donat Qilish
💸

June 17, 12:27
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

O‘zbekistonda yo‘l qoidabuzarligi uchun qaror kechiktirilsa, jarima bekor qilinadi
Bu ko‘zda tutilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
O‘zbekistonda kamera va radarlar orqali qayd qilingan huquqbuzarliklar bo‘yicha qaror bir oydan kechiktirib chiqarilgan bo‘lsa, jarima qo‘llanmaydi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 17-iyundagi majlisida ma’lum qilindi.
Majlisda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 36-moddasi 3-qism bilan to‘ldirilib, unga muvofiq, yo‘l harakati qoidalari buzilganligi foto va video vositalari orqali qayd etilgan hollarda ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab 1 oydan kechiktirmay, qaror ustidan shikoyat qilinganda esa 1 yildan kechiktirmay qo‘llanishi mumkin bo‘ladi. Ya’ni endilikda kamera va radar orqali aniqlangan huquqbuzarliklar uchun qaror 1 oydan kechiktirib chiqarilgan bo‘lsa jazo qo‘llanmaydi”, degan Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Jahongir Shirinov.
Majlisda qayd etilishicha, ayrim xorijiy davlatlarda ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun jarima jazolaridan tashqari “og‘zaki ogohlantirish” va “ogohlantirish” jazosi borligi, bunda birinchi marta kam ahamiyatli ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarni jarimaga tortish o‘rniga, sodir etgan qilmishining ijtimoiy oqibatlarini tushuntirgan holda ogohlantirish amaliyotda bunday qilmishlar sodir etilishining oldini olishda yuqori natijalarga erishilayotganligi kuzatilmoqda.
Mazkur qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga “ma’muriy ogohlantirish” jazo chorasini kiritish va ijtimoiy xavfliligi kam bo‘lgan yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ogohlantirish jazosini qo‘llashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Jahongir Shirinovning bildirishicha, transport vositasini boshqarish jarayonida kamar taqmaslik, texnik ko‘rikdan o‘tkazmaganlik, tegishli jihozlar bilan ta’minlanmaganlik, boshqarish davomida telefondan foydalanish, monitordan foydalanish, to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish, majburiy sug‘urta talablarini buzish, piyodalar va boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasligi kabi holatlar uchun bir yilda bir marta ogohlantirish qo‘llanadi.
Yo‘l chiziqlarini bosganlik kamera orqali qayd etilmaydi.
Ta’kidlanishicha, qonun loyihasi avtomobillardan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, sohada fuqarolarni qiynab kelayotgan ayrim muammolarni bartaraf etishga qaratilgan. Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida bir qator mamlakatlarda (Belarus, Latviya, Qozog‘iston, Rossiya, Germaniya, Italiya) ma’muriy jazoning alohida turi sifatida “ogohlantirish” instituti joriy qilingan. “Ogohlantirish” jismoniy va yuridik shaxslarning sog‘lig‘i, hayoti va mulkiga, atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan huquqbuzarliklar uchun qo‘llanadi. O‘zbekistonda maʼmuriy jazolar tizimiga “maʼmuriy ogohlantirish” taʼsir chorasini kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi prezident topshirig‘iga muvofiq ishlab chiqilgandi.
Rasmiy saxifalarimizga obuna bo'ling!
Telegram
|
LIVE
|
Instagram
|
YouTube
|
Donat Qilish
💸

June 17, 11:39
Media unavailable
2
Show in Telegram

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazdi
Yetakchilar huzurida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar yakunlangani to‘g‘risida bayonnoma imzolangani e’lon qilindi.
Shavkat Mirziyoyev va Xitoy raisi Si Szinpin 17-iyun kuni Qozog‘istonda muzokara o‘tkazib, ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdi.
Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, davlat rahbarlari keyingi yillarda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarilganini qayd etdi.
Kambag‘allikka qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yetakchilar Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston strategik temir yo‘li qurilishini jadallashtirish muhimligini ham qayd etdi. Ta’lim, fan, turizm va madaniyat, kadrlar tayyorlash hamda xitoy tilini o‘rganish sohalaridagi almashinuvlarni rivojlantirishdan manfaatdorlik bildirildi.
Uchrashuvda xalqaro kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi. BMT, SHHT, “Markaziy Osiyo— Xitoy” formati va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi muvofiqlashuv va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Yakunda yetakchilar huzurida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar yakunlangani to‘g‘risida bayonnoma imzolangani e’lon qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan “Markaziy Osiyo—Xitoy” ikkinchi sammitida ishtirok etish uchun Olmaotaga kelgandi. Bo‘lajak tadbirda ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston—Xitoy munosabatlari
O‘zbekiston prezidentining 2024-yil yanvar oyida Xitoyga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar amalga oshirilmoqda. Barcha darajalarda aloqalar va almashinuvlar sezilarli faollashgan. Tashqi ishlar vazirlarining strategik muloqoti yo‘lga qo‘yildi. Joriy yil iyun oyi boshida Samarqand shahrida ikkinchi Hududlar forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Savdo-iqtisodiy va moliyaviy-investitsion hamkorlik rivojlanmoqda. 2024-yilda tovar ayirboshlash 14 milliard dollarga yetdi. Investitsiya loyihalari portfeli 60 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda. O‘zbekistonda qo‘shma texnoparklar va maxsus industrial zonalar faoliyat yuritmoqda, BYD elektromobillarini ishlab chiqarish kengaymoqda.
“Yashil” energetika, neft-gaz, kimyo, farmatsevtika, metallurgiya, tog‘-kon, to‘qimachilik, oziq-ovqat va qurilish tarmoqlarida hamda logistika, “aqlli” qishloq xo‘jaligi, sun’iy intellekt va raqamlashtirish sohalarida istiqbolli loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Xitoyning yetakchi moliya institutlari bilan ham o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. “Ipak yo‘li” jamg‘armasi bilan investitsiya platformasini kengaytirish rejalashtirilgan. Xitoy Eksimbanki ishtirokida Toshkentda Olimpiya shaharchasi qurilishi yakunlanmoqda. Toshkent shahrida ushbu bankning mintaqaviy filiali ochildi.
O‘zbekistonda Xitoyning Shimoli-g‘arbiy qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi universitetining filiali faoliyat ko‘rsatmoqda, Urganch universiteti negizida Pekin universiteti bilan hamkorlikda Xalqaro matematika markazi tashkil etilgan. O‘tgan yili Konfusiy instituti faoliyatining 20 yilligi nishonlandi, Xitoyning Lu Ban ustaxonasi professional ta’lim tizimi joriy etilmoqda.
Kelgusi yilda ikki mamlakatda madaniyat va san’at haftaliklarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Rasmiy saxifalarimizga obuna bo'ling!
Telegram
|
LIVE
|
Instagram
|
YouTube
|
Donat Qilish
💸

June 11, 02:49
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

O‘zbekiston prezidenti tashrif buyurgan O‘zbekiston-Qatar bahsidan fotogalereya
Davlat rahbari sportchilarga faxriy unvon, orden va medallarni topshirdi. Shuningdek, terma jamoamiz a’zolari va mutaxassislariga BYD avtomobillari sovg‘a qilindi. Futbol bayrami dronlar va mushaklar shousi bilan yakunlandi.
zbekiston-Qatar bahsidan fotogalereya
Avval xabar berilganidek, JCH–2026 saralashi doirasida O‘zbekiston MTJ so‘nggi turda Qatarni yirik hisobda mag‘lub etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ham 10-iyun kuni “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurib, ushbu o‘yinini tomosha qildi.
O‘zbekiston prezidentining 6-iyundagi farmoniga muvofiq, O‘zbekiston tarixida birinchi marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani, yosh avlodni sportga mehr va milliy g‘urur ruhida tarbiyalashga qo‘shgan hissasi uchun futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari va murabbiylaridan bir guruhi mukofotlangan edi.
O‘yindan keyin ushbu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi. Davlat rahbari sportchilarga faxriy unvon, orden va medallarni topshirdi. Shuningdek, terma jamoamiz a’zolari va mutaxassislariga BYD avtomobillari sovg‘a qilindi.
Futbol bayrami dronlar shousi va mushakbozlik bilan yakunlandi.
2026-yilgi jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. 48 ta jamoa 12 ta guruhga bo‘linib bahs olib boradi. Guruhlarda birinchi-ikkinchi o‘rinni egallaganlar hamda natijalari eng yaxshi 8 ta uchinchi o‘rin sohiblari keyingi bosqichga yo‘l oladi.
Rasmiy saxifalarimizga obuna bo'ling!
Telegram
|
LIVE
|
Instagram
|
YouTube
|
Donat Qilish
💸